Birlikdagi otdan ko‘plikdagi otni hosil qilish uchun otga i -s yoki -es, qo‘shimchalari qo‘shilad
Friend va class - Birlikdagi otlar
Friends va classes - Ko‘plikdagi otlar
s/es qo‘shimchali fe’llar
Mary works at the bank.
John watches birds.
Fe’l Present Simple da uchinchi shaxsda birlikdagi ot (yoki uchinchi shasxadgi olmosh he/she/it) bilan qo‘llanilgan bo‘lsa, u s/es qo‘shimchalarini oladi.
Ko‘pchilik so‘zlarda (u xoh fe’l bo‘lsin, xoh ot bo‘lsin) ulardan ko‘plik shaklini hosil qilish uchun oxiriga -s qo‘shimchasi qo‘shiladi.
wash - washes
watch - watches
class - classes
buzz - buzzes
box - boxes
Biroq -sh, -ch, -z, -s va -x harflari bilan yakunlanadigan so‘zlarning oxiriga -es qo‘shimchasi qo‘shiladi.
toy - toys
buy - buys
-yharfi bilan yakunlanadigan so‘zlar uchun quyidagi qoidaga rioya qilish kerak:
agar y harfi oldida unli harf turgan bo‘lsa u holda -s qo‘shimchasi qo‘shiladi.
agar y harfi oldida undosh harf turgan bo‘lsa, u holda y harfining o'zi i ga o'zgaradi va -es qo‘shimchasi qo‘shiladi.
baby - babies
cry - cries
Quyida keltirilgan qaysi so‘zlar -es qo‘shimchasini oladi.
floor
tax
talk
bush
hat
Quyida keltirilgan qaysi so‘zlar -s qo‘shimchasini oladi.
season
develop
touch
cough
method
2.2 a/an, the Artikllari
Lesson 2 of 10
Аniq va noaniq otlarning (a/an, the) artikllari
Noaniq otlar uchun
(a) I had a banana for a snack.
(b) I had bananas for a snack.
(c) I had fruit for a snack.
(d) I had some bananas for a snack.
(e) I had some fruit for a snack.
Noaniq ot - bu aniq belgilanmagan/ alohida tarzda aniq ko'rsatlmagan ot.
Bu misolda (a): gapirayotgan "bu banan", "u banan" yoki "siz bergan banan" ni nazarda tutmaydi. Gapirayotgan shunchaki, u bitta bananni yeganini aytyapti. Eshituvchi aynan qanday banan yeyilganini bilmaydi yoki bilishi shart emas: bu hamma banandan faqat bittasi edi xolos.
a artikli u qo‘llanilayotgan otlarda birlik ma’nosini anglatar ekan, ko‘plikdagi noaniq otlar va sanab bo‘lmaydigan otlar bilan qo‘llanilmaydi, bu (b) va (c) misollarda keltirilgan.
Some ham artikl sifatida ko‘plikdagi noaniq otlar va sanab bo‘lmaydigan otlar uchun qo‘llaniladi, bu (d) va (e) misollarda keltirilgan.
Aniq otlar uchun
(f) Thank you for the banana. (g) Thank you for the bananas. (h) Thank you for the fruit.
Agar gapiruvchi va eshituvchi aniq bir narsa (predmet) haqida o‘ylayotgan bo‘lsa otlar aniq otlar hisoblanadi.
(f) misolda: gapiruvchi the artiklini qo‘llayapti, chunki eshituvchi gapiruvchi aniq qaysi banan, ya’ni eshituvchi gapiruvchiga bergan aynan shu banan haqida gapirayotganini biladi.
Е’tibor bering, the artikli birlikdagi otlar bilan qo‘llanilganidek, ko‘plikda ham qo‘llaniladi bu (f) va (g) misolda ko‘rsatilganidek, shuningdek, sanalmaydigan otlar bilan ham qo‘llaniladi, (h) misolda ko‘rsatilganidek.
Quyida keltirilgan gaplarning qaysi birida a artikli ishlatilishi kerakligini aniqlang.
_ bird has wings.
_ animals needs a regular supply of food.
_ concert is a musical performance.
_ opera is musical play.
_ cup is a small container used for liquids.
_ milk is nutritious.
_ gold is a metal.
_ tree needs water to survive.
_ water is composed of oxygen and hydrogen.
_ island is a piece of land surrounded by water.
_ knowledge is a source of power.
_ fruit is good for you.
Quyida keltirilgan gaplarning qaysi birida a artikli ishlatilishi kerakligini aniqlang.
The teacher made ___ announcement.
I saw ___ bird.
I saw ___ birds.
Rosa borrowed ___ money from her uncle.
I had ___ accident.
I have ___ homework to do tonight.
There is ___ table in the room.
Quyida keltirilgan gaplarning qaysi birida an artikli ishlatilishi kerakligini aniqlang.
Olmosh ot o‘rnida ishlatiladi. Unga tegishli ot "oldingi" yeb nomlanadi.
(a) misolda, it olmoshi book oldingi otga tegishlidir.
Birlikdagi olmosh birlikdagi otni ifodalashda qo‘llaniladi,
(а) misolda ko‘rsatilganidek. Ko‘plikdagi olmosh ko‘plikdagi otni ifodalashda qo‘llaniladi,
(b) misolda ko‘rsatilganidek.
(c)I like tea. Do you like it too?
Ba’zan so‘zlashuvda otlarni olmoshlarga almashtirish mumkin.
(c) misolda, I olmoshi gapiruvchiga tegishli, you olmoshi esa kimga murojaat qilingan bo‘lsa, shu shaxsga tegishli. Ushbu holatda soddalik uchun ikkinchi gapda tea oti it olmoshi bilan almashyapti.
Biroq, shuni esdan chiqarmaslik kerakki, bu kabi gaplarda narsaning o‘zini nomini to‘g‘ridan- to‘g‘ri eslatmasdan o‘tib bo‘lmaydi. Ya’ni, gapni oldingi gapda predmetni o‘zi ko‘rsatib o‘tilganidek aytmasadan "Do you like it too?", gapni aytib bo‘lmaydi.
(d)John has a car. He drives to work.
Sub’ektli olmoshlar (d) misolda keltirilganidek, gapda ega sifatida qo‘llanilishi mumkin.
Ob’ektli olmoshlar ba’zan harakat sodir etilayotgan ob’ekt sifatida qo‘llaniladi.
(e) misolda him harakat sodir etilayotgan ob’ekt sifatida qo‘llanilyapti, xuddi shunday
(f) misolda me. olmoshida ham shunday qo‘llaniladi.
(g)That book is hers. Yours is over there. (h)INCORRECT: That book is her's.Your's is over there.
Egalik olmoshlari ingliz tilida otdan alohida ishlatiladi.
(g) misolda ko‘rsatilganidek, ot egalik olmoshidan keyin ishlatilmaydi.
(h) misolda ko‘rsatilganidek, apostrof (tutuq belgisi) egalik olmoshida ishlatilmasligini eslab qoling.
(i)Her book is here.Your book is over there.
Egalik sifatlari har doim otlar bilan ishlatiladi.
2.4 Ko‘rsatish olmoshlari Lesson 4 of 10
Near
Yonida
Not near Uzoqda
Singular Birlikda
this
that
Plural Ko‘plikda
these
those
Biz qo‘llaymiz:
this va these yonimizdagi odamlarga yoki narsalarga ko‘rsatish uchun. This is a tablet.
these va those bizdan uzoqdagi odamlarga yoki narsalarga ko‘rsatish uchun. Those are my friends.
00:19
Wh- questions. "Wh-"savoli bilan boshlanadigan ko‘rsatish olmoshlarini qo‘llash.