www.ziyouz.com
kutubxonasi
21
ezilganini ko‘rgan Jahonning rahmi kelib, ochiq chehra bilan kutib oldi va «Dadamning
muomalalaridan xafa bo‘lmang, betoblikdan ko‘ngillariga qil ham sig‘maydi», — dedi.
Somon o‘gay singlisi Jahonning gapiga javob qaytarmay, bo‘ynini egib ko‘rpaga o‘tirdi.
Uning yuzlaridan quyilayotgan yoshni ko‘rgan Jahon ta’sirlandi. Qizning odamiylik mehri
aqli va sezgirligidan ustun kelib: «Aka, nega yig‘layapsiz?» — deb so‘radi.
Somon boshini ko‘tarib, bo‘g‘iq ovozi bilan dedi:
— Mendan so‘rab nima qilasan, voqeani o‘z ko‘zing bilan ko‘rib, qulog‘ing bilan
eshitding-ku, axir!
— Dadam sizga nima degan bo‘lsalar, yomon niyat bilan emas, kasalliklari tufayli
dedilar. Sizni yaxshi ko‘radilar, sizdan bo‘lak o‘g‘illari yo‘q, axir u kishining nomi sizda
qoladi va siz...
Somon uning so‘zini bo‘ldi:
— Dadam, ehtimol, meni yaxshi ko‘rarlar, lekin o‘zim baxtsizman. U kishining
xizmatlarida jonimni fido qilaman. O‘zlari kohinni aytib kelishni menga buyurganlari yo‘q
edi, lekin «bir kishi bo‘lsa, kohinni topib kelardi», deganlarini eshitib, «men bora qolay»
deb o‘zim ketgan edim. Qachon bo‘lsa, menga teskari qaraganlari-qaragan, mendan
norozi bo‘lib ketmasalar, degan tashvishdaman.
— Dadam, sizdan rozilar yoki albatta rozi bo‘ladilar, xotirjam bo‘lavering, — tasalli berdi
Jahon.
— Sen meni hurmat qilishingni va dadamni mendan rozi qilish harakatida ekaningni
yaxshi bilaman. Lekin u kishining ko‘ngillarini boshqalar buzyapti, o‘zlari oq ko‘ngil
bo‘lganlari uchun, kim nima desa, ishonaveradilar,— dedi-yu, yana Jahonga malol
kelmasin deb, o‘rnidan turib, chiqib ketmoqchi bo‘ldi. Jahon uni to‘xtatib: «Aka,
orabuzar, ig‘vogar deb kimlarni aytmoqchisiz?» — dedi.
— Din nomidan aqlimizni ham, dillarimizni ham, mollarimizni ham asir qilganlarni
aytmoqchiman, — dedi Somon.
Gapidan u ibodatxona xodimlari — kohin va so‘filarni aytmoqchi bo‘lganini Jahon
payqadi-da, unga: «Ha, tushundim, «hali kohinni topmadim» deb jo‘rttaga yolg‘iz qaytib
kelganingiz ham shuning uchun ekan-da», — dedi.
Somon yo‘talib oldi-da: «Ataylab qilganim yo‘q, rostdan ham uni ibodatxonada
topmadim, lekin boshqa yerga borib, qidirib ham o‘tirmadim, chunki ularning nomuborak
qadami uyimizga yetsa, biror yaramas ish chiqarmay ketmaydi», — dedi.
Jahon uning gapini bo‘ldi:
— Bu fikringizga qo‘shilmayman, chunki kohinlar biz uchun ibodat qilishadi, ular biz
uchun baraka, boshimizga tushgan har bir falokatni ularning yordami bilan daf qilamiz.
Bundan tashqari otamiz ularga ixlos qo‘yganlar, u kishiga zid ish qilishimiz durust
bo‘lmaydi, albatta.
— Ularning ichida ba’zi durust odamlar ham borligini inkor qilmaymiz, — dedi Somon, —
lekin ba’zilari borki, o‘lguday tamagir. Hamma narsaga chovut solaverishadi. Ey,
qo‘ysang-chi, hozir ular to‘g‘risida gapirishning nima keragi bor. Menga eng keragi
otamning mendan ko‘ngillari qolmasligi.
— Bu yog‘ini menga qo‘yib bering-da, bemalol borib uxlang, — dedi Jahon.
Somon boshini egib, g‘amgin chiqib ketdi. Ammo Jahon o‘rniga cho‘zildi-yu, kechani
xayol dengiziga g‘arq bo‘lgancha mijja qoqmay o‘tkazdi.
_____________
* M a m l u k — qul kabi sotib olingan va xojasining ixtiyorida turadigan xizmatchi.
* O b n u s — qora, qattiq daraxt.
* Savsarlar oilasidan bo‘lgan yovvoyi hayvon terisi.
* K o h i n — otashparastlarning duoxoni, tabibi.
Farg‘ona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon
www.ziyouz.com
kutubxonasi
22
* S i n d — Hindistondagi bir viloyat.
* K i r sh o n sh o h — Farg‘onadagi majusiylar ibodatxonasining nomi.
Do'stlaringiz bilan baham: |