Microsoft Word buyuk manaviy murshid ziyouz com doc



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/83
Sana12.07.2022
Hajmi0,53 Mb.
#784185
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   83
Bog'liq
Botirxon Valixo\'jayev. Buyuk ma\'naviy murshid Xoja Ahror Valiy

www.ziyouz.com
кутубхонаси
70
Demezonning Ado bilan bir necha marta uchrashib, turli masalalar bo’yicha suhbatlashgani ham 
alohida qayd qilingan. Qizig’i shundaki, Sharq xalqlari tillari, urf-odati, adabiyoti, tarixini yaxshi bilgan 
P.I. Demezon Ado bilan yakkama-yakka suhbat qiladi, uyida Mehmon bo’ladi va natijada yevropalik 
sharqshunos olim Ado va uning xususiyatlari haqida boshqa manbalarda uchramaydigan jihatlarni 
yozib qoldiradi. Avvalo, Ado P.I. DeMezonda yaxshi taassurot qoldiradi: o’z qadrini biladigan
tilyog’lamachilikni yoqtirmaydigan, to’g’ri so’zli ehtiyotkor shaxs. U Buxoro amiri atrofidagilarning 
xushomadgo’yliklarini ham, amirlikning ishlarini ham ma’qullamas edi, deb yozadi P.I. DeMezon. Shu 
bilan birga Ado ko’pgina ilmlarni o’rgangan, farang ilmiga ham qiziqadigan ekani aytilib, misni oltinga 
aylantirish maqsadida kimyo bilan shug’ullanishi va hatto, yashirin tarzda tajribalar ham o’tkazishini 
P.I.Demezonga astagina aytib, Farangiston olimlari bu masalada nima deyishlari bilan qiziqqan ekan, 
P.I.Demezon ham Farangistondagi ishlar haqida gapirib, Adoning tajriba o’tkazishlaridan bir natija 
chiqmasligini ham nozik tarzda uqtirgan ekan. Ko’rinadiki, bu ma’lumotlar boshqa manbalarda qayd 
qilingan emas. Shuning uchun ular yangi bo’lib, Ado faoliyatinint bizga noma’lum tomonlarini 
yoritishda xizmat qiladi. 
P.I.Demezon Adoning she’riyat bilan shug’ullanishi, she’rlari esa uning nomini Turkistonda 
mashhur qilganini ham yozadi. Sultonxon to’raning adabiy faoliyati XIX asrning ikkinchi yarmida 
yaratilgan «To’hfat ul-ahbob fi tazkirat ul-ashob» (1871–1872 yilda tuzilgan) tazkirasida ham 
yoritilgan. Tazkira muallifi Rahmatullo VoZeh uning haqida shunday yozadi: «Ado-malik ul-kalom, 
xalq Peshvosi, fozillar boshlig’i va faxri Sultonxoja shayx ul-islom Samarqandiyning taxallusi. Mazkur 
Xoja (Sultonxon) hazrati qutb us-solikin Xoja Ubaydulloh Ahrorning muhtaram avlodidandir, 
Sultonxon Ado forsiy va turkiy she’r aytishda mohir va fasohatlidir. Ikki tilda ham Devonlari bor. 
Yaxshi qasidalari ham ko’p. Ulardan biri hajmi katta «Nola va fig’on» deb ataladigan qasidadir. Qasida 
ham, boshqa She’rlari ham go’zal va yoqimlidir». 
XIX asrning o’zidayoq Sharq va G’arb olimlari Ado haqida bunday ijobiy fikrlar aytgan ekanlar, 
demak bular uning haqida xolisona so’z yuritishga turtki bo’lmog’i lozim. 
Ado shoir sifatida devonlar tuzgan. Biz ana shunday devonlardan birini, ya’ni 1239 h. – 1824 yilda 
ko’chirilgan nusxasini ko’rdik. Bizningcha, bu Devon amir Umarxon vafotidan keyin amir Haydar 
tomonidan Buxoroga taklif qilinishdan oldin bir muddat Samarqandda yashagan shoir tomonidan 
tuzilgan. Devondan o’zbek va tojik tillarida bitilgan g’azal, ruboiy va muxammaslar o’rin olgan. Bu 
asarlar turli mavzuda mahorat bilan yozilgan bo’lib, ular Kamol Xo’jandiy, Hofiz Sheroziy, Mavlono 
Lutfiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Abdulqodir Bedil kabi forsiy va turkiy adabiyotning 
zabardast namoyandalari an’analarida davom ettirilgani seziladi. O’quvchilarning o’zlari bir xulosaga 
kelsinlar degan umid bilan shu devondan ayrim she’rlarni misol sifatida keltiramiz:
Chu kulbam sori keldi yor dutorini soz aylab,
Quyosh oraz bila ul qish ekan orazni yoz aylab.
Boshimni sajdaga qo’ygan mahalda ul oyoq bosti,
Anga berdim salom ul lahza Men tarki namoz aylab,
Chu boshim sajdaga ko’rdi oyog’i birla bir tepti,
Jabiniga solib chin Men sori ko’p ehtiroz aylab.
Dedi Sen qibla sori bosh qo’yarsan boqmayin manga,
Haqiqat yo’liga kirding magar tarki majoz aylab. 
Ham andar ham bo’lib zulfingki ul ruxsora yostanmish,
Qaro af’i dururkim, to’lg’onib gulzora yostanmish.
Banogo’shingda mushkin xol gesu halqasi birlan,
Ilingan qiltuzog’a zordurkim, qora yostanmish. 
Men Navoiyga ne dey chun fikri boshqardi aning,
Manzili maqsudga urdi rohovardi aning.
Qit’a-qit’a qildi bag’rimni bu bir fardi aning,


Buyuk ma’naviy murshid 

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish