Buyuk ma’naviy
murshid
www.ziyouz.com
кутубхонаси
1
Botirxon Valixo’jayev
BUYUK MA’NAVIY MURSHID
O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
«Fan» nashriyoti
2004
Ushbu kitob hazrati Nuriddin Abdurahmon Jomiy, hazrati Nizomiddin Mir Alisher Navoiy,
hazrati
Zahiriddin Muhammad Bobur kabi qator yirik alloma va shoirlarga, Necha-Necha saltanat sohiblariga
murshidi komil bo’lmish naqshbandiya tariqatining qutbi – Xoja Ubaydulloh - Xoja Ahrori Vali
haqlaridadur.
Qariyb yuz yildan buyon goh ilmiy, goh badiiy adabiyotlarda valiyulloh sha’nlariga
noloyiq
bo’htonlar yog’dirib kelindi. Bu bo’htonchilar kimlar edi? Va bu kirdikorlardan ularning hamda
«xudosiz jamiyat» tashkilotchilarining ko’zlagan maqsadlari nima edi? Aslida esa qanday zot edilar
Xoja Ahrori Vali?
Haqparast olimimiz Botirxon Valixo’jayevning eng ishonchli manbalarga tayanilib bitilgan ushbu
kitobidan yuqoridagi savollarga to’kis javob topasiz, deb ishonamiz.
Muharrir: filologiya
fanlari doktori
Dilorom Salohiy
Kitobni to’ldirilgan holda qayta nashrga tayyorlovchi:
Dilora Rajabova
XOJA AHRORI VALINI ANGLASHGA INTILISH
XV asrning yirik siymolaridan bo’lmish Xoja Ubaydulloh Shoshiy – Xoja Ahrori Vali naqshbandiya
tariqatining ko’zga ko’ringan murshidi bo’lish bilan birga o’z zamonasidagi ijtimoiy-siyosiy,
iqtisodiy va
mafkuraviy hayotda katta iz qoldirgan arboblardandir. Bu davrda uning shuhrati faqat
Movarounnahrdagina emas, balki Xorazm, Dashti Qipchoq, Xuroson va Hindistongacha bo’lgan Keng
jug’rofiy mintaqada taralgan edi. Zamonasidagi temuriy hukmdorlar Sulton Abu Sa’id mirzo, uning
o’g’li Sulton Ahmad mirzolar qoshida Hoja Ahrorning obro’-e’tibori shunchalik
baland ediki, ular
murshidlarining maslahatlaridan bahramand bo’lmay turib, biror bir masalani hal qilishga shoshilmas
edilar. Ulargina emas, balki Andijon hokimi Umarshayx mirzo Hoja Ahrorni mo’’tabar sanardi. Xoja
Ahror faqat hokimlar nazdida e’tiborga sazovor bo’lib qolmay, balki o’z asrining mashhur olim va
adiblari, jumladan Hoja Fazlulloh Abulaysiy, Sa’diddin Qoshg’ariy,
Said Qosim Anvor, Abdurahmon
Jomiy, Alisher Navoiy va boshqalar ham uni «ka’bai maqsud» (A. Jomiy iborasi), «murshidi ofoq» (A.
Navoiy iborasi) deb e’tirof etganlar, unga bag’ishlab dostonlar va asarlar bitganlar, uning nomini
hurmatla eslaganlar.
Ammo
shuni uqtirish lozimki, Xoja Ahror hayotligida unga boshqacha munosabatda bo’lib, uni
obro’sizlantirish uchun intilganlar ham bo’lganlar, uning to’g’risida har xil rivoyatlar (albatta,
yomonlovchi) to’qiganlar va tarqatganlar. Bu hol shayxulislom Xoja Mavlono va Xoja Ahror o’rtasidagi
munosabatlarda yaqqol ko’zga tashlanadi. Ammo bu fitna amalga oshmay, fitnachilar o’zlari,
jumladan Xoja Mavlono sharmanda bo’lib, umri oxirida qilmishlaridan pushaymon bo’lib, Xoja
Ahrordan uzrlar so’ragan. Bu voqeaga bag’ishlangan hikoyat Xoja Ahrorning o’zi tomonidan hamda
uning guvohi bo’lgan shaxslar tomonidan aytilib, shogirdi Muhammad Qozi tomonidan quyidagicha
yozib qoldirilgan (Mazkur voqeaning mazmuni akaDemik V.V. Bartoldning «Ulug’bek va uning davri»