www.ziyouz.com
кутубхонаси
9
orasida katta obro’ga ega bo’lgan Dukchi eshon kabilar tushunilar va shuning uchun ular
madaniyatga qarshi vahshiylikni joriy qiluvchilar sifatida qattiq jazolanardi. Xuddi shu vaqtda XV asr
hayotiga murojaat qilib, Ulug’bek mirzo va uning davri haqida – ilm va mada-niyat rivojlanganligi
to’g’risida so’z yuritib, Ulug’bek qatlidan so’nggi davrda Samarqand ahvolidagi o’zgarishlarni
«qishloqiy shayx» Xoja Ahror faoliyati bilan bog’lash bejiz emas.
Asrimiz boshida bu masalaga siyosiy nuqtai nazardan yondashish tarixiy shaxsni bir yoqlama talqin
kilishga olib keldi. Xoja Ahrorga bunday yondashish 20-yillarda «xudosizlar jamiyati» tashkilotlariga
juda mos keldi va uni qo’llab-quvvatlabgina qolmay, balki qora buyoqni yanada ko’proq va quyuqroq
chaplashga kirishib Ketildi. A.N. BoldiRevning maqolasida bundaylarning nomlari va ishlari ko’rsatib
o’tilgan. Bu yo’nalishning aks-sadosi Abdurauf Fitratning «O’zbek klassik musiqasi ham uning tarixi»
asaridan ham eshitiladi. Jumladan, u shunday yozgan ekan: «Ulug’bek zamonida mashhur Xoja Ahror
Valining himoyasi ostida Samarqandda «diniy teskarichilik» (aksil harakat) paydo bo’la boshlaydur.
Shuning ta’siri bilan Ulug’bek o’lkasida bo’zg’uliklar yuz ko’rsatadir-da, Ulug’bekning o’limi bilan
natijalanadir. Mana shul foJea Teskarichilikdan so’ng go’zal san’atlar markazi Samarqanddan Hirotga
ko’chiriladur» («O’zbekiston adabiyoti va san’ati», haftanoma, 1991, 22 mart, 6-bet).
Bu mulohaza izohga muhtoj bo’lmasa kerak. Masalaga shu nuqtai nazardan yondashish faqat ilmiy
maqolalardagina emas, balki turli xildagi badiiy asarlarga ham ko’chdi. Natijada ularda Xoja Ahror
faqat teskarichigina emas, balki buzg’unchi, jumladan, Ulug’bek mirzo qurdirgan rasadxonani buzib
tashlash tashabbuskori sifatida ham tasvirlandi. Rasadxonaning buzilishiga Xoja Ahrorning hech
qanday aloqasi yo’qligi ustozimiz akademik Vohid Abdullayev bilan hammualliflikda nashr ettirilgan
«Zebi jahon rasadxonaning taqdiri» maqolamizda («Fan va turmush» jurnali, 1971, 5-son) o’sha
davrga oid manbalardan olingan dalillar bilan isbotlangan edi. Chunonchi, maqolada shunday fikr
aytilgandi: «Ba’zi ilmiy asarlar va maqolalarda bu ajoyib Me’morchilik obidasi rasadxonaning keyingi
asrlardagi taqdiri mubohasali tarzda bayon qilinadi – guyo u Mirzo Ulug’bekning o’ldirilishi bilanoq
buzdirilgan va xarobaga aylantirilgan emish. Ammo ko’pchilik tarixiy-adabiy manbalarda keltirilgan
ma’lumotlar bunday fikrning to’g’ri emasligini ko’rsatmoqda. Chunonchi, 1465–1469 yillarda, ya’ni
Mirzo Ulug’bek fojiaviy halok bo’lgandan keyin oradan 15-20 yil o’tgach, Samarqandga kelib ijod
etgan o’zbek shoiri Alisher Navoiy o’zining «Farhod va Shirin» dostonida Mirzo Ulug’bek va uning ilmiy
faoliyati to’g’risida so’z yuritib, jumladan quyidagi mashhur misralarni yaratgan edi:
Temurxon naslidin sulton Ulug’bek,
Ki olam ko’rmadi sulton aningdek.
Aning abnoi jinsi bo’ldi barbod,
Ki davr ahli biridin aylamas yod.
Valek ul ilm sori topdi chun dast,
Ko’zi olida bo’ldi osmon past.
Rasadkim bog’lamish zebi jahondur,
Jahon ichra yana bir osmondur,
Bitib bu nav’ ilmi osmoniy
Ki andin yozdi «Zichi kuragoniy».
Qiyomatga Deguncha ahli ayyom,
Yozarlar oning ahkomidin ahkom.
Demak, Mirzo Ulug’bek rasadxonasining binosi XV asrning ikkinchi yarmida ham mavjud bo’lib,
Alisher Navoiy Samarqandda bo’lgan vaqtlarda rasadxona o’zining salobatli ko’rinishi bilan kishilarni,
jumladan, ulug’ o’zbek shoirini maftun etgan». Shundan so’ng o’sha maqolada Boburning
«Boburnoma» (XV asrning ikkinchi yarmi), Hasan Nisoriyning «Muzakkiri ahbob» (XVI asrning ikkinchi
yarmi), Darvesh Ali Changiyning «To’hfat us-surur» (XVII asrning avvali) kabi asarlardan dalillar
keltirilib, rasadxonaning XVII asrda ham mavjudligi, faqat shundan so’ng qarovsiz qolgani tufayli
Buyuk ma’naviy murshid
Do'stlaringiz bilan baham: |