www.ziyouz.com
кутубхонаси
6
Mazmuni:
Jahonga shahanshohlik navbati yetdi,
Ubaydulloh faqri hashamatining.
Yer yuzi avvaldan oxirgi nuqtasigacha,
Uning oldida tirnoqday ko’rinar, bas.
Faqrning hurriyatidan ogoh zot-bu
Xoja Ahror Ubaydulloh bu.
Shu bilan birga mavlono Muhammad Qozi hazratlari ham bu tabarruk zotning ahvoloti sharhini
«Silsilat ul-orifin» kitoblarida bitibdirlar. Mir Abdulavval hazratlari ham o’z «Majmaa»larida eshon
hazratlarining ahvolotlari haqida mufassal so’z yuritganlar. Husayn Voizning muhtaram farzandi
mavlono Faxriddin ham o’zining «Rashohot» nomli fayzli asarida bu hazratning ahvolotlari, kashfu
karomat va odatlari bobida ma’lumot beradi. Mavlono Faxriddin eshon hazratlari bilan ul janobning
keksaliklari vaqtida uchrashgan edi.
Xoja Ahror hazratlari tarix 895 hijriy yil rajab oyining shanba kunida (1490, may-iyun oylari)
Samarqand qishloqlaridan bo’lmish Kamongaronda (Urgut tumanida) bu olam bilan vidolashdilar. U
hazratning tabarruk jasadlari Kamongarondan Xoja Kafshgar mahallasiga olib kelinib, dafn etildi. Bu
qabristonga hazratning ko’pgina yaqinlari, mashhur ulamo va fozillar dafn etilganlar. Jumladan, bu
asar muallifining ajdodi bo’lmish mavlono Ismatulloh ibn Mavlono Mahmud ibn mavlono Ne’matulloh,
hadislarning tafsirchisi muhaddis mavlono Mahmud ibn mavlono Abdulali Geloniy (bul zot kamina
Roqimning ajdodlaridandir), Mavlono Isomiddin va boshqalar.
Hazrati Xoja Ahrorning mozorlari shahardan bir mil (4 km) masofadadir. Shahar darvozasidan
hazrati eshon maqbaralarigacha boradigan yo’l xiyobondir. Bu xiyobon o’zining ko’kalamzorligi,
baland bo’yli daraxtlari tufayli hamisha soya salqindir. (Xiyobon tasviriga bag’ishlangan she’r
Keltirilgan).
Shundan so’ng Xoja Ahror vafoti munosabati bilan turli shoirlar, jumladan, Alisher Navoiy
tomonidan yozilgan ta’rix-qit’a ketma-ket joylashtirilgan.
Amiri kabir Alisher Navoiyning hazrati eshon vafoti munosabati bilan yozgan ta’rix-qit’alari
quyidagicha:
Xojagon tariqatining xojasi Ubaydulloh,
Murshidi solikoni rohi yaqin.
Shud ba xuldi barin, ki az favtash,
Soli ta’rix gasht: «xuldi barin».
Mazmuni:
Xojagon tariqatining xojasi Ubaydulloh,
Tabarruk yo’l yo’lovchilarining murshidi.
Vafot etgach, bihisht sari otlandi,
Shuning uchun tarixi yili bo’ldi «xuldi,barin».
Ana shu ta’rix munosabati bilan ayrim mulohazalarni bayon etish ma’qul ko’rindi.
«Xuldi barin» iborasidagi «xuld» so’zi ikki ma’noni bildiradi: doimiy boqiylik va bihisht, jannat.
«Barin» so’zining ma’nosi oliy, balanddir. Shu jihatdan «xuldi barin» iborasining bir ma’nosi «abadiy
va oliy boqiylik» bo’lsa, ikkinchisi «oliy bihisht», eng yuqori jannatdir. Agar «xuldi barin» iborasi abjad
usulida hisoblansa, 896 raqami kelib chiqadi. Vaholanki, barcha manbalarda Xoja Ahrorning vafoti yili
Buyuk ma’naviy murshid
Do'stlaringiz bilan baham: |