Reja: Naqshbandiya tariqati



Download 109 Kb.
Sana30.03.2022
Hajmi109 Kb.
#517058
Bog'liq
Naqshbandiya tariqati


Naqshbandiya tariqati

Reja:
1. Naqshbandiya tariqati


2. Ta`limotning insonparvarlik g`oyalari, Bahouddin Naqshband o`gitlari
3. Tariqatning keng quloch yoyishi
4. Xulosa

Naqshbandiya ta`limoti asosida Bahouddin Naqshbandning Xoja Muhammad Porso va Alouddin Attor tufayli bizgacha yetib kelgan qarashlari yotadi. Bu g`oya qarashlar “Maqomati Naqshbandiya” deb nomlanib, naqshbandiyaning hamma shaxobchalari uchun asos bo`lib qoldi. Bundan hokimiyatga nisbatan munosabat mustasnodir. Xoja Ahror davridan boshlab esa naqshbandiya hokimiyat egalari bilan yaqin munosabatda bo`lish orqali “ularning qalbiga hukmron bo`lib”, ular siyosatiga ta`sir ko`rsatish bilan xalq manfaatini himoya qilish nafaqat mumkin, balki majburiy deb bilindi. Mana bu naqshbandiyani ajratib turgan siyosiy faolligi darajasidir.


Naqshbandiyaning dunyoqarashi tasavvufning O`rta Osiyodagi ikki tariqati: Abdulxoliq G`ijduvoniy ta`limotida aks ettirilgan shaharliklarga xos “o`rtacha” yo`l va Ahmad Yassaviyning ko`chmanchi “turkiy xalqlar”ga xos yo`lini birlashtirish va hayotga moslashtirishdan iboratdir. Naqshbandiyaning suluqi (xudoga yaqinlashish yo`li) o`nta maqom (daraja)dan iborat. Tariqat a`zosi bu maqomga uning o`n bitta axloqiy qoidalariga to`la amal qilgan holdagina yetishishi mumkin. So`fiy xudoga yetishishi darajasi ma`naviy-ruhoniy murabbiy orqali amalga oshadi. Bu murabbiy shayx, murshid (yo`lga soluvchi) va pir nomlari bilan yuritiladi.
Naqshbandiya amaliyotining asosiy qismi ichida, ya`ni qalb bilan maxfiy zikr qilish (Alloh nomini eslash takrorlash)dir. Bu tariqat ko`pchilik afzal hisoblaydigan ovoz chiqarib (jahriy) zikr qilishdan farq qiladi. Maxfiy zikrni payg`ambarimiz g`orda u kishi bilan birga bo`lgan Abu Bakrga o`rgatganlar, ovoz chiqarib zikr qilishni esa hazrati Aliga aytganlar. Shu bois, Naqshbandiyaning ba`zi jamoalarida keyingi zikrga ham yo`l qo`yiladi.
Naqshbandiya ta`limotining boshqa bir tarkibiy qismi suhbat – murshid bilan murid o`rtasidagi xilvatda uchrashish – saralashish bo`lib, bu eng yuqori ruhiy darajada o`tadi. Nihoyat murshid va murad o`rtasidagi yaqin munosabat tavajjuh murshidning muridga nazar tashlash har ikki tomon fikrlarining birlashishi bilan namoyon bo`ladi. Bu avval ular orasidagi ma`naviy-ruhiy aloqani, keyin esa murshid va muridning ma`naviy qo`shilib ketishini vujudga keltiradi. Kamolotga yetishgan muridga murshid o`z hirqa (janda) sini yechib beradi. Naqshbandiya a`zosining ruhiy-jismoniy tayyorligi, chiniqishi va faqat tanani o`ldirish va tana ruhini “aylanib yurish”da emas, uning ma`naviy poklanishi va qalbni sayqallab tozalash, tarbiyalab chiniqtirishidadur.
Naqshbandiyaning asosiy yo`li jon-jahd bilan haqqa yetishga intilish, ichida xufya zikr qilish (Alloh nomini eslashni qalbga muhrlab, qalbda ifoda etish) haqiqiy so`fiyni chetga chalg`itadigan riyokorona xudojo`ylik va rasm-rusumlarni: qirq kun ro`za tutish, daydilik, qashshoqlik, zikr qilishda musiqa chalish, ashula va raqsga tushib, oshkor zikr qilish (samo`) va ovoz chiqarib (jahr) zikr qilishni Naqshbandiya inkor etadi. Tariqat rahnamosiga, unga asos solgan avliyolarga, ular xoki yotgan mozorlarga sig`inib, ulardan barakot va madad so`rash foydasiz, deb sanaydi, chunki har qanday barakot va madadni faqat Allohgina berishga qodir, uning bandalari bunga qodir emas, ruhiy poklanib, manfaatparastlik, manmanlik, kibrlikdan tamom voz kechish, ixtiyoriy faqirlik, hokimiyat bilan butunlay munosabatni uzish (Xoja Ahrordan keyin mamlakat siyosiy ishiga aralashishga qisman yo`l qo`yilgan)ni targ`ib qiladi.
So`fiylar podshoh-hukmdorlar bergan sovg`a-hadyalarni olmaganlar. So`fiylar payg`ambar alayhissalom chahoryorlar va sahobalarning xamma sunnatlari va islom shariatining tamom qonun-qoida, yo`l-yo`riqlariga to`la rioya qilishlar va ularni amalga oshirishlari kerak. Mana shular naqshbandiya tariqatining asosiy talabi edi.
Umuman, Naqshbandiya tariqatining mohiyatini: “Dil-ba yor-u, dast ba kor!” shiori ochib beradi. Bu, ko`ngil Xudoda bo`lsin-u, qo`l ishda, degan ma`noni bildiradi. Mavjud o`n bir shiorning ko`pi ham mohiyatan ana shu bosh aqidadan kelib chiqadi. Bu qoidalarga amal qilish solihlarning zikr mahali o`z ruhini nazorat qilib, maqsadga yo`naltirib turishi uchun zarur. Demak, shiorlarning tor ma`nosiga zikr tushish bilan bog`liq. Bu aqidalarning har biri yana shunday keng ma`nolarga ham egaki, so`fiy nafaqat zikr paytidagina, umuman, umri davomida ularga rioya etib borishi zarur.
Endi Naqshbandiyaning bosh shiori haqida ikki og`iz so`z. Naqshbandiya o`zidan oldingi tariqatlardan bevosita hayotga yaqinligi bilan ajralib turadi. Aytish mumkinki, naqshbandiya tasavvufdagi ilgarigi o`ta qattiq oqimni bir oz yumshatdi, mo`tadillashtirdi. Chunki naqshbandiya bevosita kasbu kor kishilariga – shaharliklar, hunarmandlar, ziyolilar, o`troq holda kun kechirayotgan dehqonlarga mo`ljallangan edi. Bunday ish odamlari esa tirikchiliklaridan voz kechib, tariqat bilangina mashg`ul bo`lsalar, ularga hech kim o`z-o`zidan bir burda non keltirib bermas edi.
Tasavvufdagi ko`p tariqatlar tartib-qoidasiga ko`ra, zikr tushish jamoa bo`lib, baland ovoz, ya`ni jahriya usuli bilan amalga oshiriladi. Ba`zi tariqatlarda zikr tushishning samo` usuli ham bo`lgan. Bunda muayyan kuyga hamohang qo`shiq aytib zikr tushiladi. Naqshbandiyada zikri jahriya ham, zikri samo` ham yo`q. Naqshbandiyaning hayotga yaqinlashganligiga dalil bo`luvchi jihatlaridan biri shuki, bu tariqat qoidasiga binoan, yolg`iz va hatto botinan, ya`ni ovoz chiqarmay, birovga bildirmay zikr tushish mumkin.
Naqshbandiya axloqiy ta`limotida hurfikrlilikka keng yo`l berilgan. Bu sulukdagilar mehnat qilish, ilm olish, o`z mehnati bilan topilgan boyligi halol bo`lishi, noz-ne`matlarini ko`pchilik bilan baham ko`rish, faqirona hayot kechirish, hammaga yaxshilikni ravo ko`rish g`oyalari ilgari surilgan.
Bahouddin Naqshband tasavvuf tariqatining axloqiy tizimi avvalgi tasavvufchilardan biroz farq qiladi. Naqshbandiya ta`limotida inson tabiat ne`matlaridan lazzatlanishi, ammo bu lazzat hissi Allohni esdan chiqarishga, u dunyoni unutishga xizmat qilmasligi, inson botiniy (ichki) Haq-Alloh bilan, zohiriy (tashqi) xalq bilan bo`lishi, inson hayotni, tabiatni sevishi lozim, deb tushuntiriladi. So`fiy Haq bilan botinan shunday munosabatda bo`lsinki, xalq uni Holiq bilan hech qanday aloqadorligi yo`q deb fikr yuritsin. So`fiyning bu xatti-harakati vosillikka, foniylikka, Alloh bilan qo`shilish vahdatga halal bermaydi.
Endi yuqorida eslatib o`tgan tariqatning to`rt tamoyiliga to`xtasak:
1. XILVAT DAR ANJUMAN: naqshbandiya ta`lim beradiki, insonlardan xoli xilvatda yashashda, yolg`izlikda ofat bordir. Jamoaga uyushish, suhbat–anjuman qurish va ko`pchilik bilan alohida muloqotda bo`lish kerak. Birlik va hamjihat yashashning asosiy shartlaridan biri-o`z qo`l kuchi, mehnati bilan halol rizq-ro`z topib kun kechirish, tirikchilik qilishdir. Bu holat qul saqlash, xoja bo`lish, o`z manfaati uchun o`zga mehnatidan foydalanishni istisno etadi. Qul bo`lishlik, xojalik bandlikka to`g`ri kelmaydi. Hamma Allohning quli, xizmatkori, Xoja esa birgina Allohdir. Ibodat o`n juz` bo`lib, uning to`qqiztasi birov mehnatisiz halol hayot kechirishdir. Bunday yashashga nimaiki halal bersa, undan voz kechish kerak, muhtojlarga yordam berish ham taqvo ibodat bo`lib, u nafl namoz, nafl ro`zadan afzaldir.
Tariqat a`zolari bu qoidalarga qattiq amal qilishar, o`zlari dehqonchilik qilishar, bir-birlariga yordamlashishar, o`z qo`l kuchlari bilan topilgan narsalarni iste`mol qilar edilar.
“Dil ba yoru, dast bakor” (Diling Allohda, qo`ling ishda bo`lsin) shiori bu sulukdagilar hayot faoliyatining mazmuni bo`lgan.
... Abul Hasan Muhammad Boqir binni Muhammad Alining “Maqomati Naqshbandiya” asarida shunday rivoyat keltirilgan: bir kun Hirot podshosi Malik Husayn Bahouddin Naqshbandni mehmondorchilikka chorlaydi. O`zi xohlamagan tarzda majburan shoh huzuriga borgan shayx dasturxonda bisyor noz-ne`matlarni ko`radi. Shayx ularga beparvo o`tiraveradi. Taomlardan tanovvul etishni Shayxdan o`tinib so`raydilar. Bir tuz totmagan Shayx oxirida aytadiki, men podshohlar dasturxonidan ovqat yemayman, chunki bu taomlar haqsizlik bilan topilgan, podshoning o`z mehnati, qo`l kuchi bilan yaratilmagan, ular halol emas.
2. SAFAR DAR VATAN. Bahouddin Naqshband axloqiy ta`limidagi bu ruknning ma`nosi shuki, so`fiylar bir yerda, xilvatda, uzlatda emas, dunyoni sayru sayohat qilish, Alloh yaratgan go`zalliklarni ko`rib, uning qudratini tomosha qilish lozim. Sayru sayohatda inson ongi o`sib, Alloh mo`jizalaridan ogoh bo`ladi.
3. NAZAR DAR QADAM. Bu rukn ta`limida inson har bir qadamni o`ylab, fikrlab bosishi, bir ish qilishda har bir xatti-harakatni mulohaza, mushohada qilib ko`rishi, so`ngida pushaymon bo`lmasligi, baxtsizlik, g`am-alamga o`z ixtiyori bilan yuz burmasligi haqida so`zlanadi.
4. XUSH DAR DAM. Insonning bu dunyosi muvaqqatiy, umri o`lchangan, vaqti g`animat. Bu hayot noz-ne`matlar maskani. Tabiat o`ynoqi, ur-karashmali. Hayot azob-uqubatlarga ham to`la. Inson hayot qiyinchiliklari qarshisida qanot sindirmasdan, sabr-bardosh bilan, kuch sarflab, uning go`zalliklaridan bahramand bo`lishi lozim. Buning uchun inson faoliyati harakatda bo`lishi kerak. Badan tansihatligi, ko`ngil zoriga quloq tutish, har ishni tajribada sinab ko`rish, oz so`zlash, kam yeyish, tejamkorlik, nafsini jilovlash kabi inson axloqiy xatti-harakatlariga o`zi hokim bo`lishi lozim.
Alisher Navoiy ham bu qoidalarni e`zozlab, “Nasoim-ul muhabbat”, “Saddi Iskandariy” asarlarida naqshbandiya tariqatining bu ruhiy-axloqiy jihatlariga yuksak baho bergan edi.
Bahouddin Naqshband ustozlaridan meros sifatida qabul qilgan va bemisl iste`dodi bilan rivojlantirib, tariqat qoidalariga aylantirgan usul va ruknlar payg`ambar sunnatiga muvofiq bo`lib, sunnatga xilof bo`lgan rasm-rusumlar, odatlardan tasavvufni tozalashga xizmat etadi. Chunonchi, “Xilvat dar anjuman”, ya`ni “jamoa ichra xilvat” ruhini olib ko`raylik.
Hazrati Xoja buni yana aniqlashtirib, “Dar zohir bo xalqu da botin Haq” (Zohirda xalq bilan, botinda esa haq bilan) deb ta`riflaydilar. Ko`rinib turibdiki, ilgari tasavvuf ahli orasida hamma vaqt bir-biriga zid tushunchalar sifatida qo`llanib kelingan xalq va haq, xalq va holiq, xilvat va anjuman, zohir va botin bir-biri bilan kelishtirilgan. Xudo vasliga yetishish uchun jahd etgan solik xalqdan ajralib, mozoratlar, g`orlarda rabotu honaqohlarga chillanishi bo`lishi, oila – farzand, do`st yorlardan voz kechib, butkul tarki dunyo qilishi kerak emas. Odamlar bilan birga bo`lib ham xalq yodi bilan yashab, qalbni poklash mumkin.
Bahouddin hazratlarining o`zlari, shuningdek ul janobning pirlari Boboiy Samosi, Sayyid, Amir Kulol, Qusam shayx, tariqat birodarlari, shogird va xalifalari muntazam ravishda foydali mehnat bilan shug`ullanganlar: dehqonchilik va bog`dorchilik qilganlar, har birining bir hunari bo`lgan, hazrati Naqshband manoqibida darveshlar xashar yo`li bilan qo`rg`on va rabotlar ko`rganliklari hikoya qilinadi. Ali Safiyning “Ravshaxot” asarida keltirilgan va hazrati Bahouddinga nisbatan beriladigan “Dast bakoru dil ba yor” (Qo`l ishda, ko`ngil Allohda bo`lsin) shiorini talqin etish davomida, ushbu ta`limotning shahar hunarmandlari ruhiga mosligi ta`kidlanadi. Bu ham bir jihatdan to`g`ri fikr.
Turon zaminining qadimgi madaniy shaharlari aholisi sunniy mazhabining mustahkam va mustaqil davomchilari bo`lgani uchun naqshbandiya shu yerda ildiz otib rivojlandi. Hazrati Bahouddinning xizmatlari yana shundan iboratki, shahar aholisi bilan qishloq ahli, to`g`rirog`i, qadimiy o`troq madaniyatli xalqlar bilan ko`chmanchi chorvador xalqlarni ham o`zaro birlashtira oldi.
Bundan tashqari, naqshbandiya o`zbek va tojiklarning ma`naviy-ruhiy yaqinligini kuchaytirishga ham xizmat qildi. Bu yaqinlashuv Amir Temur davrida, ya`ni XIV-XV asrlarda tarixan shakllanib, yagona ruh, yagona milliy madaniyat va ma`naviyat xususiyatini olgan edi. Aynan shu davrda turku tojik shayxlarining o`zaro munosabatlari tobora kuchayib borgan.
Muhammad Boqirxonning “Manoqibi hazrati Naqshband” nomli risolasida keltirilishicha, Baxouddin Naqshband Qarshiga borib, Qusam shayx bilan uchrashib, uning ishonchini qozogan va tarbiyasini olgach, ustozi unga qarab: “Endi sen turku tojikka rahnamo bo`lasan”, - deydi. Bundan oldin Amir Kulol Bahouddinga talqini zikr va suhbat ta`limini berib bo`lgach, “Turku tojik mashoyixlaridan kimni xohlasang, huzuriga borib bahramand bo`lishi mumkin”, deb aytgandi.
Rus olimi V.L. Gordlevskiyning fikricha, Bahouddin turklarning qadimiy shomoniy tasavvurlaridan ham yaxshi foydalangan. Hazrati Bahouddin hikoya qiladilarki, valiylik nishonalari menda paydo bo`lgan dastlabki kezlarda turkning ulug` mashoyixlaridan, Hokim ota Rahmatulloh (Sulaymon Boqirg`oniy)ni tushimda ko`rdim, ul kishi meni bir darveshga topshirdilar. Ul darveshning surati xotiramda qoldi, uyg`onib tushimni buvimga aytdim. Buvim dedilar: “Ey farzand, u turk mashoyixidan senga nasibalar yetgay”. Bahouddin tushida ko`rgan darveshni o`ngida ko`rish ishtiyoqida yuradi va bir kuni uni Buxoro bozorida uchratib qoladi. Ular bir-biri bilan topishib, do`stlashib ketadilar. Bu darvesh Halil ota edi.
Ushbu voqea ikki narsadan dalolat beradi. Biri Bahouddinning xazrati Xoja Ahmad Yassaviy tariqatiga tavajjuhi bo`lsa (chunki Halil ota Ahmad Yassaviy avlodlaridandir), ikkinchisi davlat mafkurasiga aylantirish, aniqrog`i, shohu darvesh orasidagi muxolafatni olib tashlab, ularni birlashtirish uchun harakat qilganidir. Bahouddin Halil ota bilan yurib, uning karomat va mo`jizalarining shohida bo`ladi, jumladan, birinchi uchrashuvdayoq Bahouddin ko`rgan tushini aytmoqchi bo`lganda, Halil: “Sening xotirangda nima kechgan bo`lsa, bizning oldimizda ayondir”, - deb aytadi, shu bois Bahouddin uning xizmatida bo`ladi.
Darveshning taxtda o`tirishi, mamlakatni idora qilishi hamda murid tayyorlashi Halil ota misolida shohu darveshni birlashtirish mumkinligini isbotlagan bo`lsa, Bahouddinning unga hurmat bajo keltirishi tasavvuf hukmron bo`lgan saltanatni vujudga keltirish mumkinligini ko`rsatadi. Bu podsholikning qanday siyosat yuritgani haqida ma`lumotlar juda oz, ammo shu narsa aniqki, Halil ota ushbu shohlikni xuddi dunyo kabi “mijoziy”, foniy deb bilgan barchaga haq rizosi asosida muomala qilgan “Mijoziy mamlakat” shohligi zavol topib, Halil ota vafot qilganidan so`ng, Bahouddinning ko`ngli ham “dunyo ishlaridan batamom soviydi”.
Shularning ta`sirida bo`lsa kerakki, Bahouddin Naqshband nazarida shohu gado barobar edi, shohlar oldiga bosh egib kelganda, ularga ayricha iltifot ko`rsatmadi, shohlar duosiga ko`tarilgan qo`li gadolarga ham “tojbaxsh” bo`ldi. Naqshbandiya mana shunday ulug` birlashtiruvchilik, qavmlar, tabaqalar va toifalarni yagona sunniy yo`lidagi so`fiyona mafkura asosida jipslashtirish ishini amalga oshirdi. Ayni vaqtda bu hol tasavvuf ta`limotini “demokratlashtirib”, omma orasiga chuqurroq singishiga zamin hozirladi.
Bahouddin Naqshbandning ustozi Abduholiq G`ijduvoniydan qabul qilib olgan “safar dar vatan” (vatan ichra safar), “xush dar dam” (nafasda xushyorlik), “nazar dar qadam” (nazarni qadamdan uzmaslik) kabi qoida talablari “xilvat dar ajuman” qoidasini hayotga tatbiq etish usullari edi. Chunki odamlar orasida botiniy xilvatni ta`minlab turish uchun inson o`z-o`zini doimiy ravishda nazorat qilib turishi kerak. “Vatan ichra safar” – ruhining o`zi asli tomon safari, ya`ni sayrul filloh. Garchi bu qoida yashagan joy bilan oshnolik o`z xalqi, qavmini o`rganish, uning ahvolidan xabardor bo`lish va o`z qavmiga rahbarlik ruhini murabbiylik qilmishini nazarda tutsa-da, biroq birinchi ma`no istisno etilmaydi.
Har ikki ma`no ham solih a`molining qanday davom etayotganini kuzatish, natijani baholashga ishora etadi. “Nazar dar qadam” – faoliyatni tadqiq etish, qilayotgan ishlari, harakatining sunnatga muvofiqligini tekshirib turish va qadamni yomon joylarga qo`ymaslikka intilishini anglatadi. “Yodhard” (yodlash), “bozgasht”, (takrorlash, yangidan boshlash), “nigohdosht”, (esda saqlash), “yoddosht” (esdalik, eslab qolish) talablari esa (zikri hafiy) deb nomlanmish yashirin zikrga tegishlidir, ya`ni zikrni nazorat qilishdir. Chunki zikrdan maqsad – Alloh nomlarini quruq qaytaraverish, tilda aytib, dilda boshqa narsani o`ylash emas, balki bu nomlarni dilda naqshlab, muxrlab olish uchun jiddu jahdir. Har bir solih zikr qanchalik uni Alloh sifati va zotiga yaqinlashtirganini o`zi nazorat qilsin va agar o`zi uddalay olmasa, pir buni tekshirib aniqlasin. Naqshbandning xalifai kibori Alouddin Attor deydi: “Bu zamonda, xofi zikri bilan mashg`uldirlar, qalbdan emas oshqozondan aytadilar”. Bahouddin Naqshband ta`lim beradilarki, solih hamisha o`z botiniy ahvolining tahqiqi payidan bo`lsin, nazorat va hofizu hisobni tekshirib turishni kanda qilmasin. Alouddin Attor pirlarining fikrini davom ettirib, xatar botinda o`rnashib qolmasligi uchun, ya`ni dunyo mehri dilni band etmasligi uchun kishi o`zini kuzatishi, nafas orqali bo`shatib turishi kerak, deb aytadi. Shunda iroda – ixtiyor qaysi tomonda ekani ma`lum bo`ladi. Kishi qanchalik botinga safar, qilsa shuncha o`zini anglaydi, zotan o`zingga ketish – o`zidan ketish demak. Ayni paytda o`zinga qarab borishdir ham. Chunki o`zlikni tark etmoq o`zini tanimoqdir. O`zingdan begonayu, Haqqa oshnolik, o`zingdan g`oyibu Haqqa hozirlik shu tahlit qo`lga kiritiladi.
Bahouddin Naqshband ilova qilgan “vuqufi zamoniy” (muayyan muddatda to`xtab, o`z-o`zini tekshirish), “vuqufiy adodiy” (zikr hisobini aniqlash uchun to`xtash) va “vuqufi qalbiy” (qalb ahvolini bilish uchun to`xtash) tamoyillari ham yashirin zikrni mustahkamlash va kuzatib, natijasini bilish uchun joriy etilgan. Hazrati Naqshband zikr talqiniga shunchalik e`tibor bilan muxlislardan surunkali zikrni talab qilgan emaslar. Bu o`rinda quyidagi hikoyat ibratlidir: “Bahouddin Naqshband Xurosonga safar qilganda buzrukzodalardan biriga zikr ta`limini degandirlar. Ul safardan qaytganda alarga debdirlarki, ul ta`lim olgan zikrga ishtig`ol ko`rsatmaydur va tark qilibdur”.
Shundan keyin Bahouddin haligi odamni uchratib, “Bizni hech tush ko`rdingizmu?”, - deb so`raydilar. Ul odam “Xa, ko`rdim” deb javob beradi. Shunda hazrati Naqshband: “Shul sanga basdur” deydilar. Bu hikoyat Navoiyning “Nasoyimul muhabbat” asarida keltirilgan. Navoiy shundan keyin “Mundin ma`lum bo`lurki, har kimgaki oz robitan azizlar bila bo`lsa, oxir mulhaq bo`lur”, - deb yozadi. YA`ni, azizlar bilan ozgina aloqada bo`lgan odam, agar sidqi dildan ixlos etgan bo`lsa, Haqqa musharraf bo`ladi. Naqshbandning so`zlaridan ixlos va sidqu sadoqatga e`tibor qilingani va qonun-qoida talablariga ko`r-ko`rona ergashmasdan, mohiyatga qarab ish tutish, botiniy o`zgarishga e`tibor qilish muhimligi sezilib turibdi.
Alouddin Attor ham surunkali zikr tarafdori bo`lmagan. “Maqsad ko`p aytish emas, - deb ta`kidlaydi u kishi, - Bir nafas davomida uch marta o`ng tomondan boshlab yurak ustiga qarab “La ilaha ilollohu” va chapdan qarab “Muhammadur rasululloh” deyish kifoya”.
Naqshbandiya ta`limoti bo`yicha, so`fiy hamma vaqt bedor va xushyor, o`zidan va atrofidagilardan boxabar bo`lib turishi kerak. Bo`lmasa u o`z–o`zini nazorat qilolmaydi, o`zidagi sifatiy o`zgarish, kamolotini anglamasligi mumkin. “Xilvat dar anjuman” tamoyili shuni taqozo etadi. Bu fikrni Naqshbandning Junayd Bag`dodiy so`zlariga e`timodi ham tasdiqlaydi. Junayd Bog`dodiy tasavvuf tarixida “sahv”-“xushyorlik” yo`lini yoqlagan va Boyazid Bistomiyning “sukra”- behudlik konsepsiyasiga qarshi borgan mashhur shayxdir. Boyazud Bistomiy fikricha, so`fiy to o`zini unitish darajasiga borib yetmasa, ya`ni ruhiy taraqqiy etib, xalqni, dunyoni butkul esdan chiqarib, Xudo yodida mastu devoni bo`lmasa, foniy bo`lolmaydi va haq visoliga erisholmaydi. Shu maqsadda “sukra” chilar samo` majlislari uyushtirganlar, jazavaga tushib, o`zlarini yo`qotib, kiyimlarini yirtib tashlaganlar. Junayd bu raviyani dinga va inson shani, tafakkuriga zulmi deb, man etgan. So`fiy ichidan ma`rifat daryosi toshib, tug`yon mavj urganda ham xushini yo`qotmasdan turishi kerak, shunda u haqiqat asrorini yanada ko`proq kashf etadi va bu durlarni o`z suhbatdoshlariga tuhfa qiladi. Nazarida, “xush dar dam” rukni ayni ana shu konsepsiyani rivojlantiradi. Junayd Bag`dodiyning “xushyorlik” konsepsiyasi Bahouddinning barcha g`oyalariga mos bo`lib, shariat talablariga ham javob berar, fikr hikmatining oshkor etishga ko`maklashardi. Bahouddin Muhammad Naqshband har lahzada iymon uchun kurashishi kerak, “tabiiy vujudni nafratlab”, haqiqiy ma`bud isboti uchun intilmog`i lozim, degan fikrni bayon etar ekan, Junaydning quyidagi fikriga suyanadi. Junayd degan ekan: “Oltmish yildirkim, iymon keltiramen va vujudning nafrati men uchun tariqatdir, lekin faqat ixtiyorini tark etish va qusurlarni ko`rish bilan a`mol hosil bo`lmaydi”. Qusurlarni ko`rish bilan kifoyalanmasdan, ulardan qutilish yo`lini qidirish lozim. Qusur esa masuvoga bog`liqlikdir. Mosuvo, Junayd tilidan keltirilgan bayt:
Oni dunyo solik yo`lida,
Qalin bir parda kabidir.
Taalluq xijobastu behosili,
Chu payvandho bigsili – vosili.
Ko`rinadiki, so`fiyning iymoni oddiy mo`min iymonidan farq qiladi. So`fiy uchun iymon faqat tilda Allohning yakka – yagonaligini tan olish, uning payg`ambari, kitoblari, qiyomatiga ishonishigina emas, balki doimiy ravishda vujud pardasini bartaraf qilib, asl mohiyat tomon intilish hisoblangan. Bahouddin deydilar: “haqiqat, ahli iymonga bunday ta`rif berganlar: haqiqiy iymon dil Haq subhanaxuga payvand etilgandagina hosil bo`ladi, barcha manfaatlari uzilsa va qalb ahli – tuguni paydo bo`lsa, iymon ham mustahkam bo`ladi”.
Bahouddin Naqshband Junayd Bog`dodiy sulukiga rag`bat bildirgan, chunki bu suluq iymon tozaligi, sokin va osoyishta so`fiylik sharoitiga tayangan faqirlikni targ`ib etardi. Shuning uchun Vasliy Samarqandiyning “Nazmus silsila” asarida Naqshbandiya silsilasini Boyazid Bistomiyga olib borib bog`lashini yangilash hol deb bilmoq kerak. Bil`aks, Naqshbandiya sulukini Junayd Bog`dodiy tariqatiga ulash ma`qul ko`rinadi. Buni yana shu ham tasdiqlaydiki, Junayd kabi Naqshband ham suhbat ta`limini juda qadrlaganlar. Suhbat ta`limi xofiy zikr usuliga va “anjuman ichra xilvat” talabiga mosdur. Suhbat samo` va zikriy jaloni rad etadi. Bahouddin hazratlari demishlar: “Bizning tariqatimiz suhbatdir va xilvatda shuhratdir va shuhratda ofat”.
Suhbat – xilvat – jamiyat. YA`ni nomuvofiqlar muvofiqligi bir – biriga zid tushunchalarni moslashtirish. Xilvatdan maqsad yakka bo`lish, ya`ni Alloh bilan birga bo`lish demak. Ikki kishi bir joyda bo`lsa, bu xilvat emas, balki jamiyatdir. Shu bilan birga suhbat kamida ikkita odam bo`lishini taqozo etadi. Xo`sh suhbat bo`lgandan keyin, xilvat bo`lish mumkinmi? Agar suhbatdoshlar suhbati irfon mavzuda bo`lsa, agar ularning bahs–munozarasi haqning haqiqatiga yaqinlashtirsa, demak bunday anjuman xilvat o`rnini bosa oladi. Chunki xilvatdan murod ma`rifatdir, suhbatdan murod ham ilohiy ma`rifatdir.
Naqshband janoblarining suhbat haqidagi fikrlari yana shunisi bilan muhimki, unda piru murid suhbati boshqacha aytganda, biri nasihat qilib, ikkinchisi so`zsiz quloq soladigan suhbat emas, balki haqiqiy orifona tortishuv nazarda tutilgan. YA`ni munozara va fikriy-shuuriy dalil-isbot bilan haqiqatni aniqlash, so`fiyona botiniy charaqlashlarni bir-biriga tutashtirish, bir-biridan bahramand bo`lish. Suhbatda agar tariqat soliklari bir-birlari bilan suhbatlashsalar, bunda “Xayru baraka ko`p” deydilar shayxi buzrukvor ofat va ofatda shuhrat deganlarining ma`nosi shu.
Hazratning quyidagi fikrlari ham muhimdir. “Tolib haq taolo do`stlaridan bo`lgan do`sti bilan suhbatlashar ekan, o`z holidan xabardor bo`lsin va suhbat zamonini o`tgan zamonlar bilan qiyoslasin. Agar tafovut ko`rsa, ul azizning suhbatini g`animat bilsin”. Hazrat aytmoqchilarki, solik suhbatdoshning fikrini diqqat bilan kuzatsa va agar uning gaplari yangilik bo`lsa, unday odam bilan suhbatni davom ettirsin. Bahouddin bu o`rinda ham o`z ahvolidan voqif bo`lishini alohida ta`kidlaganlar. Demak, suhbat xushyor va zakovatli odamlar ishi, behuda, “devoni”ga suhbat kor qilmaydi.
Suhbat ta`limi Naqshbanddan oldin ham bo`lgan. Ammo Naqshband suhbatlari u kishining boshqa tarbiya usullari – yashirin, botiniy zikr, “anjuman ichra xilvat” qoidalariga muvofiqlashtirilib, sunnat yo`rig`iga solingan edi. Naqshbandning diqqat-e`tibori tasavvufni shariat bilan kelishtirish, ilhom hayajonlari va to`g`yonlari, Mansur kabi “Anal haq” deb nido qilishlarni so`ndirdi, lovullagan alangalar o`rniga lahcha manqallarni paydo etib, betoqat bulbul emas, jimgina sha`mga talpinib, yonadigan parvonani afzal deb biladi.
Ulug` shoir Alisher Navoiy Naqshband sulukining mohiyatini juda aniq ta`riflab: botiniy holni xalqdan yashirib, botiniy olam bilan haq vasliga musharraf bo`lish, ko`ngilda irfon nurini limmo-lim saqlash, ammo buni o`zgalardan pinhon tutish, dilda ma`rifatning yuz ming daryosi toshib tursa ham, sadaf kabi og`zini ochmaslikni aytadi. Baxouddin Naqshband o`z tariqatlari mohiyatini tushuntirib deganlar: “Bizning tariqatimiz urvon vusqodir (mustahkam tutqichlar), ya`ni xazrati Rasul Sallolohu alayhu vasallam mutoibati etadigan tutmoq va sahobam kirom merosiga erishishdir”. Yana qo`shib qo`yganlar: “Har kim bizning tariqatdan yuz o`girsa, dindan xatar ko`radi”.
Hozirda Bahouddin Naqshband hazratlari xalq zahira bilan va botinda Haq bilan” shiorini ko`tarib chiqqan bo`lsalarda, xilvatni butunlay inkor etgan emaslar. Umuman xilvatni inkor etib, so`fiy bo`lish mumkin emas. Chunki tasavvuf botin bilan g`ayb olami bilan oshnolikdadir, bu esa tabiiy ravishda alohida hayot tarzi, boshqalarga o`xshamagan ruhiy–ma`naviy ravish va amallarni talab qiladi.
Shuni ham qayd etmoq o`rinliki, samo` va zikri jaloni yoqtirmagan Bahouddin hazratlari, kuy-qo`shiqqa betaraf munosabatda bo`ladilar. “Manoqibi Xoja Bahouddin Naqshband” kitobida keltiriladikim, ul zotdan sizning musiqa, surudga munosabatingiz qanday deb so`raganlarida, ul kishi o`zlariga xos zakovat bilan so`z o`yini orqali “Mo in kor naukunem, ammo inkor nokunam”. (Biz bu ishni qilmaymiz, ammo inkor ham qilmaymiz), deb javob berganlar.
Bahouddin Naqshband tariqati tarafdorlariga xos yagona markaz bo`lmagan. Keyinchalik Bahouddin maqbarasi uning hamma a`zolari uchun sig`inish joyi bo`lib qoldi. Jamoadagi itoatkorlik va maxsus xonaqohda istiqomat qilish boshqa tariqatlardan hech narsasi bilan farq qilmaydi. Naqshbandiya zohidlik (tarkidunyolik) ni inkor etadi. Hamma “birodarlar” dunyoviy-so`fiylar bo`lib, maxsus maskanlarda yashashlari majburiy emas, deb ko`rsatadi.
Naqshbandiya tariqatining ba`zi shahobchalari tepasiga Alloh so`zi yozilgan va yurak shakli chizilgan nishon (tamg`asi)ga ham ega bo`lgan. Naqshbandiya a`zosi boshiga uzun bo`lmagan jun qo`lpoq (kuloh) kiyib yurgan. U to`rt qiyiqli (Turkiyada ba`zan 18 qiyiqli) bo`ladi va unga Qur`on oyatlari tikilgan, rangi odatda oq bo`ladi. So`fiylar kiyimining qanday rangda bo`lishi tavsiya etilmagan. Tariqat asoschisining nomi unga zamondosh va keyin yashagan ko`pgina olimlar tomonidan tasavvufga oid yozilgan asarlarga kiritilgan. U Naqshbandiya tariqatining asoschisi, buyuk mutasavvuf, tasavvuf nazariyotchilaridan biri, karomat ko`rsatuvchi mo`jizikor avliyo sifatida sharaf bilan tilga olingan, tarjimai holiga oid ma`lumotlar, maqomatlaridan namunalar keltirilgan. Bu sohiy karomat avliyo haqida Abdurahmon Jomiy “Nafahot al-une min hazrat al-qudus”, Faxriddin Voiz Koshifiyning o`g`li Ali as-Safiyning “Rashahot ayn al-hayot”, Xoja Muhammad Porso Buxoriyning “Anis at-tolibin va uddat as-soliqin” asarlarida ma`lumotlar berilgan. Turk olimi Shamsiddin Soliyning “Qomus al-a`lom” kitobida ham turk tilida qisqa ma`lumotlar berilgan. Arab tilidagi “Al-Munjid” nomli izohli lug`atda ham Bahouddin nomi Naqshbandiya tariqatining asoschisi sifatida esga olinadi.

Ta`limotning insonparvarlik g`oyalari, Bahouddin Naqshband o`gitlari


Naqshbandiya ta`limoti o`zining hayotga yaqinligi, axloqiy g`oyalarga boyligi, xususan, mehnatkash xalqning orzu-umidlari, fikr-o`ylarini aks ettirganligi bilan ajralib turadi. Bu haqda biz turkiyalik olim Enver Behnan Shapolyoning ushbu tariqat haqidagi asarini keltirmoqchimiz. U 1964 yilda Istambulda chop etgan “Mashablar va tariqatlar tarixi” nomli kitobida Naqshbandiya tariqatining asoschisi buxorolik Xoja Bahouddin Naqshbandning hayoti, faoliyati, ushbu tariqatning xalq orasiga yoyishdagi uning sa`y – harakatlari haqida ilk bor mufassal so`z yuritadi.


Olim, avvalo, naqshbandiya tariqatining asoschisi buxorolik Bahouddin Naqshband o`z g`oyalarini turk eliga yoyganligini yozadi. Bu tariqat Movarounnahr, Xuroson, Xorazm va nihoyat boshqa joylarda ham keng quloch yoydi. Shapolyon naqshbandiya tariqatining yassaviylikka nisbatan xalq orasida kengroq yoyilganligini, uning axloqiy tomonlarini, Alloh visoliga yetgunga qadar insonning poklanishi yo`lidagi maqomlari, bosqichlari, ya`ni komil insonni tarbiyalash yo`llariga to`xtaladi. Xullas, naqshbandiya ta`limoti, olimning fikricha, boshqa tariqatlardan tarkidunyochilikni inkor etish va boshqa o`ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Tasavvufning, shu jumladan, naqshbandiylikning asosida haqiqat, ya`ni Alloh visoliga yetishish, xudo bilan birlashish yotadi.
Buni biz XIV-XV asrlarda O`rta Osiyodagi yuksalishdan ham bilishimiz mumkin. Bu davrda Amir Temur va temuriylar markazlashgan kuchli davlat tuzib, natijada iqtisodiy ko`tarinkilik yuz berdi, savdo-sotiq rivojlandi, qishloq xo`jaligi ravnaq topdi. Hukmdorlar madaniyat va ma`naviyatga katta e`tibor berdilar. Bu davrning muhim belgilari dunyoviy bilimlarni egallashga intilish, ilm-fan va ma`rifatga e`tiborni kuchaytirish, hind va yunon madaniyati yutuqlaridan bahramand bo`lish, ahillik va bilimdonlik, tabiat sirlarini o`rganish, inson va uning axloqiy kamoloti to`g`risida qayg`urish, insonparvarlikni tarannum etish, inson, uning axloqiy va bilim qobiliyatlarini kuylash, shirinsuxanlik, odamiylik o`zaro hurmat va shunga o`xshash fazilatlarni ko`tarishdan iborat edi.
O`sha davrda Movarounnahrda ma`naviy yuksaklik ro`y berishida, shubhasiz, tasavvuf, xususan, naqshbandiya tariqatining xizmati beqiyosdir. Umuman olganda tasavvufning yirik shayxlari, olim va shoirlar insonga uning kamoloti va barkamolligiga katta e`tibor berdilar. Masalan, tasavvufning XV asrdagi ko`zga ko`ringan vakili Shoh Doyi SHeroziy (1406-1466) insonni Alloh tomonidan yer yuzida yaratilgan eng a`lo mavjudoti, Alloh butun borliqning ko`zgusidir, Alloh Borliq va Inson yaxlitdir, ularni bir-birlaridan ajratib bo`lmaydi. Lekin inson butun jismlar, minerallar, o`simliklar hayvonot dunyosining gultojisi bo`lib, Allohdan nur olib turadi, u dunyodagi barcha jism va unsurlarni o`zida to`plagan, deb yozadi. Shoh Doyi SHeroziy insonning fikrlash qobiliyatiga yuksak baho berib, uni “duru gavhar”, “borliqning ko`zgusi”, “bebaho xazinasi”, “quyoshi”, “zarralar majmuyi”, “koinot hukmdori”, - deb ataydi.
Uning fikricha, inson farishtalardan ham yuqori turadi. Chunki inson ularga ham bilim berib, o`z izmiga sola oladi. Naqshbandiya tariqatining tarqalishida uning insonparvarlik g`oyalari muhim o`rin tutadi. Uning asosida insonning ma`naviy-axloqiy kamolotga erishish yo`llari yotadi. Bu tariqat insonlarning halol va pok bo`lishi, o`z mehnati bilan kun ko`rishga, o`zgalarga beva-bechoralarga yordam berish, kamtar va sofdil bo`lishga chorlaydi. Manbalarning shohidlik berishicha, Bahouddin Naqshband butun umr mehnat qilib, shuning evaziga kun kechirgan.
Taniqli sharqshunos olim A.A. Semyonovning yozishicha, u Naqshbandiya tariqatini xalq orasiga yoyish bilan bir qatorda o`z otasi bilan birga bejirim shoyi matolarni to`qib, ularga bezak bergan hamda metallarga turli naqshlar solgan. Shu bois ham “naqshband” degan nom uning kasbkorini anglatgan. Bahouddin Naqshbandning “Dilba-yoru, dast-bakor” (qo`lim ishda, ko`nglim Allohda) hamda “zohiran xalq bilan, botinan haq bilan”, - degan purhikmat so`zlari bu tariqatning asosiy mohiyatini belgilab, uning bu dunyo ishlariga, insonlarga naqadar katta e`tibor berganligidan dalolat beradi.
Naqshbandiya tariqati bu dunyo ishlaridan yuz o`girmaslik, tinmay mehnat qilish, ayni bir vaqtda yuksak iymon va e`tiqodga ega bo`lish, doimo dilida xudoni jo qilib, uning visoliga yetishga ruhan tayyorlashni bildiradi. Bahouddin soliqlar zohiridan doimo xalq bilan bo`lishi, bir-biri bilan suhbat qurishi lozim, deb bildi. Alisher Navoiy naqshbandiya suluki haqida: “Bizning tariqimiz suhbatdur va xilvatda shuhratdur va shuhratda ofiyatdur: xayriyat jamiyatdadur va jamiyat suhbatidadur-bu shart bilaki, jami bu yo`l soliqlari bir-biri bilan suhbat tutsalar, ana ko`p xayr barakatdur”, - deb yozgan edi. Naqshbandiya tariqati yaqin qarindosh-urug`larga yordam qo`lini cho`zish, odamlarni sevish, ularga ko`mak berish, muhtojlarga xayr - ehson qilish, insonni poklash hamda unga yaxshi fazilatlarni singdirish yo`li bilan uning ruhan xudo vasliga yetishishini targ`ib qiladi.
Naqshbandiya tariqati kishilarda mehnatsevarlik, halollikni, rostgo`ylik, xarom-xarij ishlardan o`zini tiyishni targ`ib qilar ekan, o`g`rilik, nopoklik, yolg`onchilik, firibgarlik, ta`magirlik, boylikka xirs qo`yish kabi yaramas illatlarni qoralaydi. “Maqomati Hazrati Xoja Naqshband” risolasida keltirilishicha, Buxoroda Shayx Hisrav degan savdogar do`konda etikfurshlik qilgan. U juda boy va badavlat bo`lib, hamyonida 4-5 ming dinordan ortiq puli bo`lgan. Kunlardan bir kun Xoja uning do`koniga tashrif buyuradi. Shayx Xisrav uning oldiga peshvoz chiqadi. Xoja u bilan bulg`or etigini savdolasha boshlaydi. Shayx Xisrav bu etikni o`n bir dinordan kamiga sotmasligini aytadi. Oxiri u 9-8 dinorga sotishga rozi bo`ladi. Shundan so`ng Xoja Shayx Hisravga qarab: “Bir kunda necha juft etik sotasan? Bir juft etik tufayli o`z so`zingda turmaysan, yolg`on gapirasan, boz ustiga Alloh bandalariga sodiqlikka da`vo ham qilasan”. Shayx Hisrav Xoja Bahouddinni hurmat qilar va unga ruhan qattiq bog`lanib qolgan edi. Bu gaplardan keyin Shayx Hisrav o`zini gunohkor sezib, beqaror bo`ldi. Xoja Bahouddin savdoda halollik, adolatni yoqtirar, nopok ishlardan hazar qilar, ayniqsa firibgarlikni yomon ko`rar edi. Bundan tashqari, u soliqlar, ya`ni naqshbandiya tariqasiga e`tiqod qiluvchilar, bir-biri bilan ahil, do`st bo`lishi, biri ikkinchisining xol-ahvolidan boxabar bo`lib turishlari lozim, deb bilar edi.
Yuqoridan ta`qid etganimizdek, temuriylar davrida naqshbandiya tariqatini Xoja Ahror, Abdurahmon Jomiy, Husayn Vois, Koshifiy, Alisher Navoiy va boshqalar rivojlantirdilar. Ular naqshbandiya tariqatining yirik vakillari bo`lib, firibgarlik va adolatsizlik hamda nohaqlikning har qanday ko`rinishlariga qarshi kurash olib bordi. “Fuqaroti Ahroriya”, “Manqibi Xoja Ahror” va boshqa risolalardagi fikrlar ham buni tasdiqlaydi.
Xoja Ahror o`ziga qarashli mulklarda ishlayotgan xizmatkorlar o`g`irlik yoki birovni haqorat qilsa, boshqalarga zo`ravonlik qilganini sezsa, ularni turli yo`llar bilan qattiq jazolagan, vazifasidan olib tashlagan, ishdan haydagan. As-Safiyning “Rashaxoti aynul hayot” risolasida ta`kidlanishicha, Xoja Ahror hayotining boshidan to oxirigacha tanishu begonalarning xizmatida bo`lgan, do`stlarining hurmatini joyiga qo`ygan, ularga homiylik qilgan, dushmanlarga shafqatsiz bo`lgan.
U hayotda insoniylik, kishilar o`rtasida do`stlikni xush ko`rgan. Xalqni sabr-qanoatli bo`lishga, insof va diyonatga chaqirgan. Xoja Ahror qurg`oqchilik yillarida qiynalib qolgan tumanlarga g`alla tarqatgan, beva-bechoralarga mehr-shafqatli bo`lishga intilgan. “Manoqibi Xoja Ahror”da bayon qilinishicha, Umarshayx hukmronligi davrida Toshkent aholisi og`ir soliqdan qiynalib qolganligi to`g`risida noxush xabar keladi. U Toshkent aholisini qiyinchilikdan xalos etish uchun 250 ming dinor beradi. Boshqa bir paytda esa u musulmonlarning farovonligi uchun 70 ming dinor xadya etadi. Naqshbandiya tariqatining davomchisi, himoyachisi – Xoja Ahrorning o`ta kambag`alparvarligi saxiyligi, mehribonligi, adolatparvarligi haqida tarixiy manbalarda ko`plab manbalar mavjud.
Yuqorida ta`kidlaganimizdek Naqshbandiya ta`limoti soliq uchun bajarish shart etilgan o`n bitta qoidani o`z ichiga oladi; ulardan sakkiztasi Xoja Yusuf Hamadoniy va Xoja Abdulholiq G`ijduvoniy tomonidan kiritilgan, so`ngra uchta qoida Bahouddin Naqshband tomonidan ilova qilingan. Ali ibn Husayn Voriz Koshifiyning “Rashahot aynal-hayot” asarida bu qoidalar haqida, jumladan, shunday deyilgan:
1. Xush dar dam – solik har bir nafasdan ogoh bo`lsin. Toki u Alloh zikridan iborat bo`lsin va o`zga vasvasalarga sarflanmasin.
2. Nazar bar qadam – solik yurganda ko`zi qadamida bo`lsin, maqsad Allohni yodlashdan boshqa narsaga chalg`imasin.
3. Safar dar vatan – solik o`z tabiatida safar qilsin, ya`ni noloyiq odatlardan kechib, poklik sari yursin.
4. Xilvat dar anjuman – soliq xalq orasida bo`lib, qalbda Allohni yod olsin.
5. Yodkard – “La iloha illalloh” kalimasini tilda yoki dilda zikr etmoqdan iborat.
6. Zikr aytuvchi tilda kalima aytganda dil o`sha yo`riqda uni talqin etmog`i zarur.
7. Nigoxdosht – bu dilning muroqabada bo`lmoq faoliyatidir; ya`ni bir nafas bilan kalimai toyibani takrorlaydi.
8. Yoddosh – Alloh yodi bilan yurishdan soliq hamisha zavq olmog`i lozim.
9. Vuqufi zamoniy – soliq yo`lda ketayotgan kishidir; u har bir nafasi Allohga shukrona qilmoqqa yoki uzr aytmoqqa loyiqligidan voqib bo`lsin.
10. Vuqufi adadiy – ilohiy ilm martabasining boshlanishidir; bu “La illaha illalloh” kalimasini takrorlashdan maqsad ko`p aytish emas, balki haqiqatni anglash va zikr tashkil etishiga e`tibor berishdan iborat.
Vuqufi qalbiy aytilgan zikrdan dilning to`la ogoh bo`lmog`idir.
Bulardan tashqari, Saloh ibn Muborak al-Buxoriyning “Anis at-tolibin” asarida Bahouddin Naqshbandga mansub bir qancha o`gitlar keltirilgan. Ular quyidagilar:
- Alloh sari boruvchi solik oldida doim hijob (parda) bo`ladi: bizning tariqatimizda solik, uning qaysi maqomda turganini bilmasligi kerak. Imon qalb turi:
imom qalbning duridir;
Valiy (kishi) Alloh inoyati ila muhofaza qilingan bo`ladi, uni o`z holiga tashlab qo`ymaydilar, bashariyat ofatlardan asraydilar;
Tolib avvalida bizning do`stlarimiz suhbatida bo`lmog`i lozim, toki biz bilan suhbatga qurbi yetadigan bo`lsin;
(Muhammad Payg`ambar) sunnatiga amal qilmoqlik ulug` ishdir;
kimki bizning tariqatimizdan yuz o`girsa, din uchun xatarli bo`ladi;
kimki ko`nglida bizga nisbatan ixlos va muhabbat bo`lsa, u, xoh uzoqda bo`lsin, xoh yaqinda, bizning shafqat tarbiyatimiz unga foiz keltiradi; shu shart bilanki agar u o`zini tuta bilsa, fayz boradigan yo`lni pok tuta olsa;
Pir tolibni tarbiyat qila olishi uchun o`tmishi, hozirgi ahvoli va kelajagini anglab yetmog`i lozim;
bu tariqatning asosiy shartlaridan biri odobdir va u axloqning yaxshiligi so`z va af`olning xushligidan iborat. Kishining ishdagi odobi u qilgan ishidan (ham) afzal turadi: Allohga, Muhammad Payg`ambarga va shayxlarga nisbatan odob bor;
zikr aytmoqlik pir tomonidan mukammal bo`lishi kerak, shundagina u natija beradi. Biz zikri xufiyani tanlaganimiz sabab bu zikr kuchli va afzalroqdir. Chunki zikri jahriyatda zikr aytuvchi harakatda bo`ladi va hushyorlikdan chetlashadi; agar dilida, ya`ni hufiy zikr aytsa, shayton vasvasasidan ogoh bo`lib turadi;
oriflar uch yo`l bilan o`zlari uchun yo`nalish belgilaydilar: muroqaba (kuzatish), mushohada (tekshirish) muhosaba (nazorat qilish); o`zgalarga bu yo`l berkdir;
barcha karomatlar tavhid kalimasi (La illaha illalloh) bilan yonma-yon turadi;
tavhid siriga tezda yetishsa bo`ladi, ammo ma`rifat siriga yetishmoq mushkuldir;
ahlulloh o`z xulqlarini a`lo darajada yetkazish, birorta dilni shod etish maqsadida xalqning og`irini yengil qiladilar. Kimki bu dilni shod aylar, unga o`sha dildagi Alloh nazaridan fayz yetajak. Agar (odamlarning) kamchiligiga qaraydigan bo`lsak, yor-do`stsiz qolamiz;
kimki o`zgalarni yoqtirsa, o`zini yoqtirgan bo`ladi;
agar o`zdan kechsang, undan so`ng hammasi rohatu xursandchilik bo`ladi;
Bahouddin Naqshband ta`limoti va o`gitlari o`z xalqchilligi, shu bilan birga chuqur falsafiy mazmunga ega bo`lganligidan keng tarqalib katta shuhrat qozondi. Shu bois bu pand-nasihatlar XV asrdan boshlab, O`rta Osiyo xalqlarining ma`naviyati, ayniqsa shoirlarimiz nazmidan mustahkam o`rin ola oldi.
Tariqatning keng quloch yoyishi
Bahouddin Naqshband tariqatining zamon talablariga mosligi, uning barchaga xosligi uning keng tarqalishiga sabab bo`ldi. Bu yo`nalish hukmdorga ham, gadoga ham xush kelar edi.
O`sha vaqtlarda Movarounnahrda, shu jumladan Buxoroda ham ming-minglab darveshlar mavjud bo`lib, ularning asosiy ishi safar-sayohat sanalib, ular hech qachon ishlamas, hech kimga va hech narsaga muhtojlik sezmay, gadolikda yashashni faxr deb bilardilar. Bahouddin Naqshband ularning hayot tarzini tom ma`noda o`zgartirdi, odamlarning qo`li ishda, dili Xudoda bo`lishi kerak deya (“Dil ba yoru, dast ba kor”), ularni mehnatga chorladi. Bu borada dastlab o`zi o`rnak ko`rsatdi, to`quvchilik bilan shug`ullandi.
Bahouddin ta`limotiga amal qiluvchilar soni kundan-kunga, yildan-yilga ortdi. Darveshlarning jamoalari, minglab qalandarlar tinch, osoyishta hayotga qaytdilar. Ular haq Ta`lo yo`lida ma`rifat hosil qilish bilan birga, o`z mehnatlari bilan kun kechirish darajasiga yetdilar. Bahouddin kechalari Buxoroi sharif atrofidagi aziz-avliyolarning mozorlarini aylanardi. Shunday kechalarning birida uning ko`ziga foniy dunyoni tark etgan pirlaridan biri Abdulholiq G`ijduvoniy namoyon bo`ldi va u Bahouddinga haqqa yetishish yo`llarida zikr merosi sirlarini o`rgatdi.
Oradan bir qancha vaqt o`tgach, Xoja Bahouddin shogirdlari Muhammad Porso, Alouddin Attor hamrohligida Haj safariga otlandi. Safar davomida ular ko`plab shaharlarda bo`lishdi, mashhur olimlar, din peshvolari bilan uchrashishdi. Bahouddin ayrim tariqatlar turli mashab vakillari dinni chalkashtirib yuborilganini tushundi. U islomni asl holiga keltirish kerak degan fikrga keldi hamda o`rtaga ana shunday shiorni tashladi. Sharqdagi ko`plab mamlakatlarning minglab sofdil musulmonlari bu chaqiriqqa qizg`in javob berdilar. Shu tariqa Buxoroda bosh maqsadi islomni musaffolashtirish hisoblangan Naqshbandiylik Suluki-ijodiy maktabi vujudga keldi va Bahouddin huzuriga turli o`lkalardan minglab shogirdlar oqib kela boshladi.
Naqshbandiya tariqatining ochiq tarkidunyochilik qilmay, bu dunyo ishlaridan oshkor qo`l silkimay turib ham, Allohga yetish mumkinligini ko`rsatib berganligi musulmon olamida tasavvufning juda keng aholi qatlamlari orasiga kirib borishini ta`minlaydi. Bahouddin Naqshband davrlaridan boshlab, bu tariqatning mavqei ko`tarilgandan-ko`tarilib boraverdi. Tasavvuf tariqatlari va so`fiylar faoliyati musulmon Sharq, qolaversa G`arb falsafiy-axloqiy tafakkuri tarixi taraqqiyotida o`ziga xos o`rin tutganligi aniq. Ammo bu ta`limotlar – tariqatlar tarixi, sharqshunoslikda eng kam o`rganilgandir. Ayniqsa, tasavvuf, tariqatlarning shajarasi, so`fiylarning hayoti va faoliyati, ilgari surgan g`oyalari, xususan falsafiy-axloqiy qarashlari haqida kommunistik mafkura nuqtai nazaridan tanqidiy qarashlaru ma`lumotlarga egamiz, xolos.
Tasavvuf ta`limotlari sharq she`riy tafakkuri, xususan Sa`diy, Hofiz, Dehlaviy, Jomiy, Navoiy, Bobur, Bedil, Mashrab kabi bobokalon shoirlar ijodiga beqiyos ta`sir ko`rsatdi. Shuningdek, mashhur so`fiy nazariyotchilari ulug` shoirlar bo`lganlar. Farididi Attor, Jaloliddin Rumiy, Ahmad Yassaviy, Abdurahmon Jomiy va biz nomlarini bilmaydigan yuzlab mutasavvuf olimu shoirlar borki, bu merosdan hozircha bebahramiz.
Shuni qayd etish kerakki, Arab xalifaligi, Somoniylar, Qoraxoniylar, Saljuqiylar davlatining podshohlari, Amir Temur, Temuriyzodalar va keyingi turkiy hukmdorlar buyuk sunniy tasavvuf tariqatlari va uning mashoyihlariga homiylik qilganlar, ular shaxsiyu e`tiqodiga hurmat ehtirom ko`rsatganlar, vafotidan so`ng qabrlariga maqbaralar barpo etib, so`fiy-darveshlar uchun xonaqohlar qurdirganlar.
Zamonlar o`tishi bilan tasavvuf tariqatlari mavqei susaya borgan. Shunga qaramay, so`fiylarning Samarqand, Marv, Xiva, Toshkent, Hirot, Balx, Buxoro va ko`pgina boshqa shaharlarda ilmiy-ma`rifiy markazlari bo`lgan. Bundan tashqari, Sharqiy Turkistonda, Qo`qon, Afg`oniston, Eron, Balujiston va Hindistonda tasavvuf tariqatlarining yirik guruhlari mavjud bo`lgan.
Sunniy tasavvuf Hindiston hududida ilk bor Bobur zamonida paydo bo`lgan. Tasavvufning chinakam targ`ibotchisi Muhammad Boqibilloh Birang (1563-1603) Dehlida faoliyat yuritgan. Shayx Birang ustozlari silsilasi Xo`ja Ahror valiyga borib taqaladi. Xullas, tasavvuf olamida xilma-xil tariqatlar, ularning tarmoqlari, sulokotlari, turli-tuman guruhlari behisobdir. Bular haqida Abdurahmon Jomiyning “Risolai tariqati Naqshbandiya, “Nafohot ul-uns”, “As-Safiyning “Rashahot ayn ul-hayot”, Muhammad Boqirning “Maqomati Xoja Bahouddin”, Muhammad Porsoning “Risola Qutsia”, Salohiddin Muborakning “Anis ut-tolibin” kabi noyob asarlari muayyan tasavvur beradi.
Bahouddin Naqshband axloqiy-falsafiy ta`limi an`analarini zamonlar zangi yuvib keta olmaydi. Hatto u bizning kunlargacha qaysidir shakllarda, qaysidir holatlarda yetib keldi.. naqshbandiya ta`limoti hayratlanarli darajada ijtimoiy-iqtisodiy ma`no-mohiyatga va hayotiy mazmunga ega. Bir misol keltiraylik: tarixiy manbalar guvohligicha, mo`g`ul bosqinidan so`ng Turkiston ko`p yillar xarobaga aylandi.
Ana shu xaroba o`rnida mamlakat gullab-yashnashida, iqtisodiy-ma`naviy yuksalishida Bahouddin Naqshband hazratlarining xizmatlari katta bo`lgan. Ulug` pir “harakatda barakat” taomiliga amal qilib, ya`ni “Dil ba yoru, dast ba kor” axloqiy ta`lim-tarbiyani hayotga tatbiq etib, mingta murididan kasb-hunar o`rganishni, ularning har biri esa o`z hunarini yuztadan shogirdiga o`rgatishni talab etgan ekanlar.
Ayni paytda bu yuzta shogird ham boshqalarga o`z kasb-hunarlarini o`rgatgan. Shu bois mamlakat har jihatdan taraqqiy etib borgan. Yoki Naqshband pirimizning “Xilvat dar anjuman”, ya`ni ijtimoiy birlik va birlashish, ko`plashib mehnat qilish, bir ishni mulohaza, mushohada bilan ado etish, “Safar dar vatan”, ya`ni vatan ravnaqi va shaxsni komillikka erishish maqsadida safar qilish, Alloh yaratgan go`zalliklardan bahramand bo`lish, dunyo ko`rish, bilmaganlarni bilish, ma`murlik sir-sinoatlaridan boxabar bo`lishga da`vat qilganlar.
“Nazar dar qadam”, “Xush dar dam” axloqiy ta`limlari ham shunday ijtimoiy ma`noga ega bo`lagan. Natija shu bo`ldiki, Turkiston xarobalari o`rnida navqiron Vatan ko`kardi. Aytish mumkinki, Amir Temur ulug` davlatining poydevoriga oltin g`ishtlarni Bahouddin Naqshband hazratlari qo`ygan edi. Ulug` pirning shogirdlaridan Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Xo`ja Ahror Valiy hazratlarining turkiy podshohlarning nizolarini bartaraf etish va mamlakat iqtisodiy-madaniy ravnaqidagi ulkan xizmatlarini tarixning o`zi tasdiqlaydi.
Shunday qilib, Naqshbandiya tariqatining islomning sunniy an`analaridagi ahamiyati katta bo`lib, bu ta`limot shahar xarakterida bo`lishiga qaramay, ko`pgina turkiy qabilalar tomonidan ularni birlashtiruvchi vosita sifatida qabul qilindi. Mazkur ta`limot Shohruh vafotidan keyingi davrdagi g`alabalarga ham o`z hissasini qo`shdi.
Abdurahmon Jomiy ham Naqshbandiya tariqati shajarasiga kirib uning asarlari fors, turk va hind tasavvufiga juda katta ta`sir ko`rsatdi. Ayniqsa uning 1476 yil yozib tugatgan “Nafohot ul-uns” (Mutasavvuflar tarjimai holi) to`plamining ahamiyati katta bo`ldi.
Ma`lumki, Jomiy temuriyzodalardan Sulton Husayn Bayqaro davlatining muhrdori, Amir Alisher Navoiy ruhona poklanish yo`liga o`tgan 1476 yili unga Naqshbandiya tariqatini bayon qiladi. Alisher Navoiy Husayn Bayqaro saltanatida ilm-fan, san`at homiysi va buyuk shoir hamda nosir sifatida dovrug` taratadi. U chig`atoy (turkiy) tilida qalam tebratgan ulug` shoirdir. Alisher Navoiy Hirotda Ixlosiya xonaqosiga (Shohruh barpo etgan) asos soldi va uni moddiy jihatdan ta`minladi, 90 rabot qurdirdi.
Bahouddin Naqshbanddan keyingi eng ta`sirli kishi “Hazrati eshon” nomi bilan mashhur Nasriddin Ubaydulloh al-Ahror binni Mahmud ash-Shoshiy bo`lgan. Xo`ja Ubaydulloh al-Ahror binni Mahmud ash-Shoshiyning muridlari–so`fiylar ko`chmanchi o`zbeklar orasida islom ta`sirini kuchaytirishga, bek va amirlarga tinch-totuv, sulh asosida yashashga juda ko`p xizmatlar qilgan. Xo`ja Ahror Valiyning ulkan obro`si mamlakat ijtimoiy hayotiga katta ta`sir etgan. Naqshbandiya shayxlarining amiru a`yonlar orasida ham obro`lari baland bo`lgan. Temuriyzodalarning deyarli barchasi ana shu tariqat shayxlariga murid tushganlar.
R. Tillaboyevning tarixiy ma`lumotlariga tayanib yozishiga ko`ra, mang`it sulolasiga mansub Buxoro amirlari taxtga o`tirishlaridan oldin albatta Bahouddin Naqshband qabrlariga ziyoratga chiqqanlar, u kishining dahmalarini ziyorat qilib, so`ng yo`lga otlanishgan. Safardan qaytganda ham avval Bahouddin qabrlarini ziyorat qilib, keyin Arkka qadam qo`yishgan. Hatto, amir Nasrulloh Bahodirxon haftada bir bor Arkdan Bahouddin qabrlariga piyoda ziyoratga borib, yayov qaytgan. Amir Abdulazizxon (1544 y.) esa Bahouddin Naqshband maqbaralari yonida ulkan bir xonaqoh qurdirgan.
Naqshbandiya tariqati kichik Osiyo va Kavkazda, Qurdistonda, Afg`onistonda, Eron, Pokiston va Hindistonda, Turkiyada keng tarqala bordi. Hozir talay musulmon mamlakatlarida bu tariqat juda katta mavqega ega. Hatto Pokistonning Lahor shahrida ham Naqshbandiya tariqatining jahon markazi mavjud.
1992 yilning yozida ana shu naqshbandiya jahon markazining rahbari, mazkur tariqatning hozirgi ulug` pirlaridan biri, Pokistonning yirik jamoat arbobi va diniy ulamosi Zulfiqor Ahmad Naqshbandiy yurtimizga tashrif buyurib: “Ishonchim komilki, naqshbandiya daraxtining soyasi butun dunyoni tutadi”, degan so`zlarni aytdi. Turkiyaning sobiq Prezidenti marhum Turg`ut O`zol ham “Men ham hazrati Naqshbandning yo`lidaman, ota-bobolarim ham mana shu yo`lda, shu sulukda”, deb aytgan edi.
Bugungi kunda Bahouddin Naqshband suluki, bu tariqat pirlari haqida jahon ilmida yirik-yirik kitoblar yozilgan. Birgina Alisher Navoiy bobomiz asarlarida Naqshbandiya ta`limotining qanchadan qancha talqinlari bor, bevosita Bahouddin Naqshband hayotlariyu a`mollari bilan bog`liq ne chog`liq mulohazayu, muhokamayu ma`lumotlar mavjud. Alisher Navoiy “Nasoim-ul muhabbat”, “Saddi Iskandariy” asarlarida Naqshband tariqatining ruhiy axloqiy jihatlariga yuksak baho bergan edi.
Musofir bo`l Vatan ichra bo`l,
Tilq xilvatu anjuman ichra bo`l.
Bu tariqat g`oyalari bugungi kun uchun, hozirgi kishilar ma`naviy kamoli uchun, demakki, kelajak uchun ham juda kerak. J.S. Triminem yozganidek, tasavvuf, jumladan, naqshbandiya falsafasi “bundan buyon ham insoniyatning ma`naviy barkamolligi uchun muhim hayotiy ta`limot bo`lib qolaveradi”.
Bizning ma`naviyatimiz keng ma`noda islomiy madaniyat tizimidagi bir halqadir.
Tasavvuf esa ana shu islom odobini – ma`naviyatini yanada kuchaytirdi, insoniylik mezonlarining ayrim jihatlariga diqqat e`tiborni oshirdi, kishilarni bu dunyoda bir buyuk va muayyan maqsad sari yetakladi, butun islom axloqining eng muhim qadriyatlarini bir nuqtaga jamladi va shu tariqa komil inson g`oyasi takomillashtirildi.
Tasavvuf insonning komillikka intilishini uning Allohga yetish sari yo`li tarzida ko`rsatdi va umumiy bu yo`l “ishq” deb atadi.
Tasavvuf insonni o`rganar ekan, avvalo kishining ko`ngliga tayandi, ko`ngilni tarbiyalashga, ko`ngil kishisini voyaga yetkazishga intildi. Chunki Alloh faqat insonning ko`nglidagina jilva qiladi.
Insonning ichki ma`naviy madaniyati mezonlari uning o`z xudbinligini qay darajada yenga olganiga qarab aniqlanadi. Tasavvuf ana shu insoniy madaniyatning eng oliy cho`qqisiga intilgan ta`limot bo`ldi. Tasavvufdagi xudbinlik “o`zlik” degan tushuncha bilan ataladi. “O`zlik” esa jism va nafsdan tashkil topadi. Insondagi jamiki xudbinliklar, illatlar, rizolatlar ana shu jism ehtiyoji va nafs ta`masidan kelib chiqadi. Komil inson bo`lish uchun, avvalo, ana shu jism bilan nafsni yengish kerak. “Kechish” tushunchasining mohiyati ham ana shunday. Buni hech ham shunchaki tarkidunyochilik deb tushunmaslik kerak. Yoki, hech bo`lmaganda bu tarkidunyochilikning tagida juda katta falsafiy mohiyat yotganini hamisha yodda tutishimiz lozim.
Milliy uyg`onish kuchaygan bugungi kunda “o`zlikni anglash” so`zini ko`p ishlatamiz. Bir qarashda “o`zlikdan kechish” bilan “o`zlikni anglash” bir-biriga tamoman qarama-qarshi tushunchalardek ko`rinadi. Aslida esa unday emas. Tasavvufdagi “O`zlikdan kechish” mohiyatan “o`zlikni anglashning yo`li. Chunki inson o`zligidan kechish orqali o`zligini topadi. Jism va nafs yengilgach, insonda hech bir illat qolmaydi. Ana shunday pokiza ruhda Alloh o`z jamolini ko`rsatadi. Chunki dunyoda eng oliy poklik, eng oliy go`zallik Allohning o`zi. Shu bois inson hamisha ana shu oliy poklik va oliy go`zallik sari intilib yashamog`i lozim.
Naqshbandiyaning tasavvuf tariqatlari ichidagi eng buyuk hissasi shuki, insonning Allohga intilishi avval faqat ko`ngil va Alloh tarzida qo`yilgan bo`lsa, endi ko`ngil yonida qo`l masalasi ham qo`shildi. Qo`shilganda ham shunchaki emas, muhim masala tarzida o`rtaga tashlandi. “Dil ba yoru, dastba kor!” – shiorining mohiyati shuki, ko`ngil xudoga intilaversin-u, qo`l ishda bo`laversingina emas, balki ko`ngil xudoga intilaverish uchun qo`l ishda bo`laverishi kerak. Shu jihatdan ham naqshbandiya dunyoviy tariqat sifatida keng yoyildi.
XIV asrda Markaziy Osiyoda paydo bo`lgan “Naqshbandiya” ta`limoti O`rta Osiyodan Afg`onistonga, Afg`oniston orqali Hindistonga va boshqa islom yurtlariga shiddat bilan tarqala boshladi. Naqshbandiya ta`limoti Amir Temurning mo`g`ullar istilosiga qarshi kurash, mustaqil davlat barpo etib, unda madaniy – ma`naviy rivojni ta`minlashga intilishda, Temur va temuriylar davri madaniy yuksalishida katta ijobiy ahamiyat kasb etdi.
XV asrning ko`pgina olimu – fozillari, davlat arboblari, ijodlarida Naqshbandiya ta`limotidan keng foydalandilar, unga o`ta ijodiy munosabatda bo`ldilar. Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) davrida, undan keyin, XVI-XVII asrlarda bu jarayon yanada tezlashdi. Naqshbandiya tariqati XVI asrda Xoja Muhammad al-Boqiy Qobuliy (vafoti 1605) Hindistonga borganida hind tuprog`ida ham bu tariqat avj oladi. Bu mashhur mutasavvuf olim Afg`on va Hind yurtlarida Xoja Boqibillo nomi bilan mashhur bo`ladi. Uning shogirdi Xoja Ahmad Foruh Sirxindiy (1563-1624) esa Naqshbandiya ta`limotining XVII asrda Hindistonda keng tarqalishida muhim rol o`ynaydi.
Shu tariqa Xazrati Bahouddin Naqshband tomonidan asoslangan Naqshbandiya ta`limoti Markaziy Osiyo, O`rta va Yaqin Sharq xalqlarining ijtimoiy – siyosiy, ma`naviy – madaniy hayotida juda katta o`rin egalladi. Bu ta`limot boshqalar mehnati bilan kun kechirishni, tekinxo`rlik, ijtimoiy zulm – istebdodini qat`iyan qoralaydi va bu ta`limot tarafdorlari asketizmga (tarki dunyochilikka) qarshi, boy – insonlarni faqat o`z qo`l kuchi, peshona teri bilan halol mehnat qilib kun kechirishga chorlaydi. Bahouddin Naqshband pirimizning da`vatlari bugun ham o`z ahamiyatini yo`qotgan emas. Yurtimizda erishgan istiqlolimizni mustahkamlash yo`lida, hazrat Naqshband o`gitlariga amal qilgan holda birikib, hamjihat bo`lib, tejamkor, xayri-saxovatli, mehr-oqibatli bo`lib, mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-madaniy yuksalishida dilimizni Allohga bog`lash, qo`limizni halol mehnatga burish va kasb-hunar o`rganish barchamiz uchun muhim vazifadir.

Xulosa



Naqshbandiya ta`limotidagi kamtarinlik, saxiylik, bag`rikenglik, mehr-shafqat, xayri-ehson, o`zaro yordam, do`stlik va birodarlik, tinchlik va totuvlik, sofdillik, mehnatsevarlik va poklik, odillik va bilimdonlik kabi olg`a surilgan axloqiy g`oyalar o`z mazmuni va mohiyati bilan umuminsoniy xarakterga ega bo`lib, o`zining nazariy hamda amaliy ahamiyatini yo`qotgani yo`q. Hozirgi mustaqillik sharoitida naqshbandiya ta`limotidagi g`oyalar respublikamiz aholisining shu jumladan, yigit-qizlarning ma`naviy – madaniy saviyasi o`sishiga, milliy mafkuramizni shakllantirishga, o`sib kelayotgan yosh avlodni barkamol yetuk inson qilib tarbiyalashga, ularga milliy ruhni singdirishga yordam beradi.
Bahouddin Naqshband timsolida inson ruhiyatining naqadar tarangligi, bu dunyoda o`z ifodasini tarbiyalab qalbini poklab, nafs balosini yengib yashaydigan odam qanday ma`naviy yuksaklikka ko`tarila olishi yaqqol namoyon bo`ladi.
Bu buyuk zot el-yurtga xizmat qilish, aavalo ma`rifat yo`lida odamlarning qalbiga chuqur kirib borish orqali ularda ezgu intilishlar, orzu-umidlar uyg`otish mumkinligini o`z hayoti misolida isbotlab berdi.
Hozirgi tahlikali dunyoda, turli nizo adovatlar hali barham topmagan murakkab vaziyatda Naqshband bobomizning-millati, tili va dinidan qati nazar – inson zotini aziz va murakkab bilish, o`zaro mehr-oqibat va muruvvat muhitini qaror toptirish, yetim-yesirlarning boshini silash, muhtojlarga yordam berish kabi ezgu da`vatlari tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Biz Naqshband hazratlarini xalqimizning ruhi va tabiatiga behad yaqin bo`lgan ana shunday g`oya va qarashlari uchun ardoqlaymiz, barchamiz uning boy merosidan ma`naviy kuch quvvat olamiz.Ota-bobolarimiz bu buyuk avliyoga chin dildan ixlos qo`yib, yuz yillar davomida uni “Bahouddin Balogardon” deb ulug`lab kelishida albatta teran ma`no bor.Darhaqiqat, yaratganning qudrati bilan karomat sohibi bo`lgan bu aziz zotning ruhi poklari o`tmishda ham, bugun ham bamisoli yurtimiz osmonida kezib, ona diyorimizni yomon ko`zlardan, ofatlardan balo-qazolardan asrab kelmoqda.


Download 109 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish