www.ziyouz.com
кутубхонаси
74
shayx Zayniddin Ko’yiorifonning mozorlariga kelib, Ollohdan farzand ato qilishni iltijo qilibdurlar.
Shayx Zayniddinning inoyatlari bilan Haq subhonahu shayx Umar Bog’istoniyga bir o’g’il nasib etibdiki,
u mashhur shayx Hovandi Tahurdir. Shayx Xovandi Tahur dunyoga Kelgach, shayx Umar chaqaloqni
shayx Zayniddin mozorlariga olib boribdi, u yerdagi kaftarlar chaqaloqni ko’rib, «at-tahur» deb sayray
boshlabdilar. Ana shu karomatli mujda sababli chaqaloqqa shayx Xovandi Tahur deb nom qo’yibdilar.
Shayx Xovandi Tahurning tavallud yillari ma’lum bo’lmasa-da, vafotlari 761 h. – 1359–1360
melodiy yil ekanligi aniq. Agar umrlarining davomini shartli ravishda 70-75 yil deb olinsa, unda
tavalludlari yilini 1280-1290 yillar orasi deb taxmin qilish mumkin.
Shayx Xovandi Tahur tug’ilgan xonadon ham ota va ham ona tomonidan islomiy ilm va vara’-
diyonatda mashhur va tan olingan kishilar edilar. Jumladan, shayx Umar Bog’istoniy Xoja Bahouddin
Naqshband tomonidan kamoli hurmat bilan e’tirof etilgan bo’lsalar, mavlono Tojiddin Darg’amiy ham
bu sohada ulviy – yuksak maqom sohibi sifatida ehtiromga sazovor bo’lgan edilar. Shuning uchun Ali
Safiy «Rashahot»da quyidagilarni yozgan edi:
«Mavlono Tojiddin Darg’amiy... o’z zamonasining akobirlaridan bo’lib, zohiriy va botiniy ilmlarning
olimi, taqvo, vara’, fiqh, sirli olam ahvolini bilish va zohiriy karomatlari bilan mashhur edilar».
Ana shu xonadonning olijanob an’analari yosh Xovandi Tahurga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. U kishi
maktabda o’qidilar, savod chiqardilar va padari buzrugvorlari – shayx Umar Bog’istoniy tarbiyalarida
ulumi zohiriy va botiniy sirlarini chuqur o’zlashtirib valiyat ahlining yuksak cho’qqisiga ko’tarilganlar.
Shunday bo’lsa-da, xoja Ahmad Yassaviy avlodidan bo’lib, o’sha davrda katta shuhratga ega bo’lgan
Tunguz shayxdan ta’lim olish uchun Turkistonga safar qiladilar. Shayx Xovandi Tahur Tunguz shayx
maskanida istiqomat qilib, Tunguz shayxning shunchalik buyuk maqsad sohibi bo’lishlari bilan birga
nihoyatda kamtarona yashaganlari, turmush va oila ahli injiqliklarini sabr-toqat va bag’ri kenglik bilan
yengganliklarining shohidi ham bo’ldilar. Bu ham bir maktab edi ularga. Ana shu muhitda shayx
Xovandi Tahur sufiya ta’limotining ilmiy va amaliy nozikliklarini yanada chuqurroq o’rganadilar. Bu
safar vaqtida va Tunguz shayxdan ta’lim olish muddati davomida shayx Xovandi Tahur bilan u
kishining mulozimi shayx Muhammad Xuluvviy ham birga edi. Shayx Muhammad Xuluvviy (xuluv –
bo’shliq) xatti-harakati, beparvoligi va tinimsizligini kuzatgan Tunguz shayx uning shayx Xovandi
Tahurga munosib mulozim emasligini anglaydi. Shayx Xovandi Tahur ham mulozimning o’zlariga
noloyiq ekanligini bilardilar, undan qutulish yo’llarini axtarardilar. Xuddi shu vaqtda shayx Xovandi
Tahur o’z holatlari, kayfiyatlari, mulozimlari haqidagi mulohazalarini Tunguz shayxga bayon qiladilar.
Shunda Tunguz shayx Xovandi Tahurga aytadi: «Shunchalik isTe’dod va qobiliyatingiz bilan nega endi
hozirgacha u bilan birga bo’lishga chidab keldingiz?» Shayx Xovandi Tahur shunday deydi:
«Johillarning jabru jafosidan sabru toqat bilan qutulishni afzal bildik».
Tunguz shayx shunday deydi: «men ham uning Sizga munosib emasligini sezdim. Shunday
qilamanki, Tezda undan qutulasiz». Shundan so’ng Xovandi Tahur va shayx Muhammad Xuluvviy
Tunguz shayxdan qaytish uchun ruxsat so’raydilar. Tunguz shayx rozi bo’lib, shayx Muhammad
Xuluvviyga teri qoplanmagan nog’orani hadya etadi. Buni ko’rgan shayx Muhammad Xuluvviy
taraddudlanib qolgach, shayx Xovandi Tahur aytadi: «Shayx hazratlarining sovg’alari tabarruk va
hikmatsiz emas. Shuning uchun uni oling». Ular Buxoro tomon yo’lga chiqadilar. Bir mavzega
yetganda, Xovandi Tahur shayx Muhammad Xuluvviyga qarab aytadilarki: «Endi biz ajralamiz, men
Buxoroga boraman, Siz esa Xorazmga boring».
Shunday qilib, shayx Xovandi Tahur Buxoroga kelib, o’sha davrning mashhur donishmandlari Xoja
Muhammad Bobo Samosiy, Sayid Amir Kulol, Xoja Bahouddin Naqshband va boshqalar bilan
muloqotda bo’lganlar, xojagon tariqati to’g’risidagi ma’lumotlarini yanada chuqurlashtirganlar.
Buxorodan Toshkentga qaytib kelgan Shayx Xovandi Tahur o’z faoliyatlarini davom ettirib,
muxlislarga islomiyatdan, iymon va shariatdan, tavhid va islomiy qonun-qoidalardan ta’lim berdilar;
kishilarni poklanish, o’zligini tanish, diyonatli va adolatli bo’lishga targ’ib va tashviq etganlar. Bunday
targ’ibotlar vaqtida aytilgan fikrlar faqat og’zaki tarzda bo’lib qolmay, balki bir Necha risolalarda ham
yozib qoldirildi. Afsuski, hozircha bu risolalarning ham taqdiri aniqlangan deb bo’lmaydi. Ammo
Buyuk ma’naviy murshid
Do'stlaringiz bilan baham: |