www.ziyouz.com
кутубхонаси
2
asarida Ali Safiyning «Rashahot ayn ul-hayot» kitobi asosida bayon qilingan «Xoja Mavlononing
hazrati eshon (Xoja Ahror) bilan xusumati qissasi:
Xoja Mavlono o’zining xossa suhbatdoshlari bilan bo’lgan o’ltirishda eshon hazratlari (Xoja Ahror)
haqida g’iybat so’zlar aytibdi. Eshon hazratlariga muxlis bo’lganlardan biri bu g’iybatlarni eshitib,
shunday degan ekan: hech bo’lmaganda eshon hazratlarining sohib davlat ekanliklarini nazarda tutib,
bunday g’iybat so’zlarni oshirib yubormasangizlar. Xoja Mavlono unga shunday javob beribdi: to’g’ri
aytasiz, Men ham buni bilaman, ammo nima qilayki, obro’-izzat g’ururi meni tinch qo’ymayapti. Shayx
ul-islomlik lavozimi taqozasi bilan men shunday qilishga majburman.
(Xoja Ahror) aytur edilarki, mirzo Sulton Abu Sa’id vafotining xabari kelgandan so’ng bir kun yo’lda
Xoja Mavlono bilan yuzma-yuz uchrashib qoldik. Ammo Xoja Mavlono yuzini bizdan o’girib, «Xoja,
salom aleyk» deb aytdida, to’xtamasdan otini tez surib ketdi. Vaholonki, bundan oldingi kuni ko’chada
uchrashib qolganimizda, biz bilan birga yarim shar’iy (taxminan 20-30 metr masofa) yo’lni birga o’tdi
va juda majbur qilganimizdan so’nggina orqaga qaytib, yo’lini davom ettirgan edi. Shunda biror ish
payida yurgani ko’nglimizdan o’tgan edi. Bir necha kundan so’ng, ma’lum bo’ldiki, Xoja Mavlono
amirlar bilan Kelishib, shunday qarorga kelgan ekan: bundan so’ng Xoja (Ahror)ning uyiga
bormaysizlar, uning so’zlariga quloq solmaysizlar, unga umuman e’tibor qilmaysizlar. Shuning bilan
birga shunday ham degan ekan: Men shunday fatvo-shar’iy hukm chiqaramanki, sizlar uning (Xoja
Ahrorning) mol-mulkini musodara qila olgaysizlar. Ana shu kengash vaqtida Amir Abdulali bo’lmagan
va u Kechikib kelgan ekan. (Amir Abdulali haqida Bobur o’zining «Boburnoma»sida shunday yozadi:
«Sulton Ahmad Mirzo umarosidan yana biri Abdulali tarxon edi. Darvesh Muhammad tarxonga uruq
bo’lar edi, Boqi tarxonning onasi bo’lg’ay. Agarchi darvesh Muhammad tarxon g’o’ra va mucha bila
mundin ulug’ edi, vale bu fir’avn ani ko’zga ilmas edi. Buxoro hukumati necha yil munda edi. Navkarni
yaxshi shafqat bila saqlar edi. Baxshish va Purshish va devon va dastgoh va shilon va majlisi
podshohona edi. Zobit va zolim va fosiq va mudamme’ kishi edi. Shayboniyxon garchi navkari emas
edi, vale necha mahal muning bila bo’lur edi. Shayboniyxonning muncha taraqqiy topmog’iga va
muncha qadim xonavodalar buzilmog’iga Abdulali tarxon sabab bo’ldi» («Boburnoma» Toshhent,
1960, 77-bet). Shunda amir Darvesh Muhammad (bu amir xaqida ham Bobur shunday ma’lumot
beradi: «Sulton Ahmad mirzoning umarosidin) yana biri Darvesh Muhammad tarxon edi. O’rda Bug’a
tarxonning o’g’li, Sulton Ahmad mirzo, Sulton Mahmud mirzoning tuqqan tag’oyisi edi. Mirzo (Sulton
Ahmad mirzo) qoshida borcha beklardin ulug’roq va mo’tabarroq edi. Musulmon va odmi va
darveshvash kishi edi. Hamisha mushaf kitobat qilur edi. Shatranjni bisyor o’ynar edi, yaxshi o’ynar
edi. Qush ilmini xo’b bilur edi. Qushni xo’b solur edi. Oxir Boysung’ur mirzo bilan Sulton Ali mirzoning
g’avg’osida ulug’luq zamonida badnomlik bila o’ldi» («Boburnoma», 77-bet). Aytibdurkim, biz bir
kelishuvga keldik. Siz yo’q edingiz. Sizning ham bu kelishuvga qo’shilishingiz ma’qul ko’rinadi.
Shundan so’ng amir Abdulali aytibdi: qanday kelishuv ekanini tushuntirsangiz, shunga qarab ish
tutsam. Amir Darvesh Muhammad tarxon Xoja Mavlono bilan qilingan kelishuv mohiyatini
tushuntirgach, o’ylab turibdida, shunday debdi: bu masalada xato qilibsizlar. Chunki bu aziz (Xoja
Ahror) biz va sizning e’tiborimiz tufayli mo’’tabar bo’lgan emas, balki haqning, ya’ni Olloh taoloning
e’tibori natijasida mo’’tabar bo’lgan zotdir. Ertaga bu mo’’tabar zot shunday zarba beradiki, bu zarba
natijasida sizu biz yer bilan yakson bo’lamiz, sharmandai sharmisor bo’lib qolamiz. Ma’lum bo’lsinkim,
Men bu masalada sizning kelishuvingizni ma’qullamayman. Bunday dushmanlikdan ko’ra har qanday
boshqa makruhlik Menga yaqinlashadigan bo’lsa, unga roziman.
Eshon hazratlari (Xoja Ahror) shunday aytar edilarki, amir Abdulali garchi nafsini qondirish uchun
zulm qilguvchi bo’lsada, ammo bizning mo’’tabar tariqatimizga bo’lgan ixlosi tufayli Olloh taolo uning
noxush va nomaqbul harakatlarini Kechirib, uni avf qilgusidir. Jahon ustod ul-ulamosi janob mavlono
Ali Arron shunday hikoyat qilib edilarki, Xoja Mavlononing amirlar bilan kelishuvidan (Xoja Ahror
borasida) so’ng shayx ul-islom Xoja Mavlononnng qabuliga borgan edim. Xoja Mavlono shunday dedi:
Mavlono, tashrifingiz yaxshi bo’ldi. Hozir qishloqiy shayxni (Xoja Ahrorni) ko’rishga borurmiz. Men uni
qay ahvolga solishimni ko’rib qo’ysangiz. Mavlono Ali Arron aytur erdilarkim, mening Xoja Ahror
Buyuk ma’naviy murshid
Do'stlaringiz bilan baham: |