Microsoft Word buyuk manaviy murshid ziyouz com doc



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/83
Sana12.07.2022
Hajmi0,53 Mb.
#784185
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   83
Bog'liq
Botirxon Valixo\'jayev. Buyuk ma\'naviy murshid Xoja Ahror Valiy

www.ziyouz.com
кутубхонаси
75
ulardan ayrim misollar «Silsilat ul-orifin» va «Rashahot» kitoblarida Keltirilgan. Shayx Xovandi Tahur 
risolalaridan yuqorida eslatilgan kitoblarda keltirilgan parcha-namunalar shundan guvohlik beradiki, 
shayx Xovandi Tahur o’z risolalarida xojagon tariqatining nazariy va amaliy masalalaridan ham nasriy 
va ham she’riy tarzda so’z yuritganlar. Bu risolalarni mutolaa qilgan Xoja Ahrori Vali mashhur 
bobolarining tavhidni sharhlashga bag’ishlangan fikrlaridan ayrimlarini suhbatlari jarayonida o’z 
aqidalarining to’g’riligini isbotlovchi dalil sifatida misol keltirar ekanlar. Jumladan: «Shayx Xovandi 
Tahur o’z risolalarida shunday aytibdurlar, – deb davom etadilar Xoja Ahrori Vali, shariatda Tavhid 
Haqni (Olloh taoloni – B.V.) bir demak va bir bilmakdir, tariqatda esa ko’ngilni Haq subhonahudan 
boshqa narsalardan yakkalash demakdir». 
Bu masalaga doir fikr davom ettirilib, Shayx Xovandi Tahur shunday deganlar: 
«Tavhid tanni ibodatga tayyorlash uchun uni shahvatdan tozalashdir hamda ko’ngilni ibodatga 
muvofiqlashtirish uchun uni har qanday xatarlardan qutqarishdir, chunki u (Olloh taolo – B.V.) 
yagonadir. Bu masala tariqat fasllaridan bo’lib, bu aqida haqiqat ahli so’zlaridir. Shariatda asa tavhid 
Xudoni bir bilmoqdir». 
Xoja Ahrori Vali bobolarining bu fikrlarini keltirish bilan ularning tasavvufning zabardast 
namoyandalari fikrlariga asoslanganligini isbotlash yoki, boshqacha qilib aytganda, Shayx Xovandi 
Tahur aqidalarining shak-shubhasiz ekanligini dalillash maqsadida Xoja Abdulloh Ansoriyning «tavhid 
faqat Haqni (Olloh taoloni – B.V.) yagona bilmoq emas, balki Haq bilan yagona bo’lmoq hamdir», – 
degan fikrlarini Keltiradilar. 
Shayx Xovandi Tahurning yana bir so’zlari shundaydir: «Dilbar jamolsiz bo’lmas, rahbar esa 
kamolsiz». Bu hikmatning ikkinchi qismida so’z rahbar – murshid haqida borar ekan, har qanday kishi 
ham murshid – rahbar bo’laVermasligi alohida uqtirilib, shu sohada kamolotga erishgan shaxsgina 
rahbar – murshid bo’la olishi ta’kidlangan. Shunday ekan, har bir sohada, jumladan, tasavvufda ham 
barcha masalalarni nihoyatda chuqur bilgan va muammolarni to’g’ri hal eta oladigan bo’lmoq 
lozimligidan bahs yuritilganki, bu fikr hozirgi kunda ham o’z ahamiyatini saqlab Kelmoqda. 
Shayx Xovandi Tahurning yuqorida Keltirilgan hikmatlarining birinchi qismi ham – «dilbar jamolsiz 
bo’lmas» o’zining chuqur ma’nosi bilan diqqatga sazovordir. Agar uning zohiriy – majoziy ma’nosi «dil 
eltguvchi, ko’ngillarni o’ziga band etguvchi jamolsiz – go’zalliksiz va maftun etuvchi jozibasiz 
bo’lmas», degan ma’noni, ya’ni «go’zal (yor) maftun etuvchi go’zalligi bilan ko’ngillarni band etadi» 
ma’nosini anglatsa, uning botiniy - haqiqiy ma’nosi esa «Olloh taolo o’zining ilohiy jamoli – go’zalligi 
bilan ko’ngillarda tajalliy etadi», degan ma’noni anglatib, yuqorida sharhlangan birinchi qismni 
(rahbar - murshidning kamolsiz bo’lmasligi) yanada kengroq tushunishga ko’maklashadi, ya’ni agar 
rahbar - murshidning ko’ngli Olloh taoloning tajalligohida aylana olgan bo’lsa, bunday murshid – 
rahbari komil sanalur. 
Demak, Shayx Xovandi Tahurning bu fikrlari insonning ma’naviyati olamiga va uning komil 
bo’lishiga qaratilganidan hozirgi kunda ham insonlarning ma’naviyatini shakllantirish va uning 
ustuvorligini ta’minlash ishiga xizmat qila oladi. 
Shayx Xovandi Tahur fikrlari ifoda etilgan quyidagi hikmat ham nihoyatda jozibali va 
umumbashariy mazmunga molikdir: 
«Borg’il-da, dushmanning ko’nglini top, Do’stning ko’nglini sinashga esa qanday ehtiyoj bor?!» 
Hikmatning mazmuni tushunarli bo’lsa-da, uni sharhlash maqsadga muvofiq ko’rinadi: Shayx 
Xovandi Tahur aytmoqchilarki: ey inson, sen dushman deb bilgan kishining ko’nglini top-da, 
tushunmovchiliklarni bartaraf qilib uning bilan tinch-osoyishta yashash yo’llarini izla. Do’stlarni esa 
imtihon qilishga hojat yo’q, chunki ular bunday imtihonlardan allaqachon o’tib, sening do’sting 
bo’lganlar. Bas shunday ekan, do’stlarning ko’nglini zaruratsiz imtihon qilaman deb, ularda shubha 
uyg’otmagil, Zero bu hol ularning Senga nisbatan samimiyatiga darz ketishiga bois bo’lmog’i mumkin. 
Bas shunday ekan, ey inson, Sen tinch-osoyishta yashash yo’llarini izlagil, dushmanlikdan hazar qilgil. 
Bunday olijanob fikr-hikmat shayx Xovandi Tahurning zamondoshlari bo’lmish mashhur Xoja Hofiz 
Sheroziy she’riyatida quyidagicha ifodalangan edi: 


Buyuk ma’naviy murshid 

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish