www.ziyouz.com
кутубхонаси
71
Qilsa ko’nglum chok teg’i zahrparvardi aning,
Quymangiz marhamki, o’ltursun mani dardi aning...
Belu og’zing o’lturur be qilu qol, ey umrkim,
Der Ado bo’lsun kamoling bezavol, ey umrkim,
Bir karam qil qilmagil raddi savol, ey umrkim,
Ber Navoiy komini yo jonin ol, ey umrkim,
Zulmi elga fig’onni haddidin o’tkardi aning.
Daftari she’rim bu tun ko’rdi Navoiy-yu dedi:
«Ey Ado, Lutfiy so’zi yo toza devondurmi ul!»
Yigitlikda ko’ngulni uzmagan men dilrobalardin,
Qariganda na deb ko’ngul o’zay mijgon asolardin.
Ahroriylar naslining She’riyatdagi namoyandalaridan yana biri Naqibxon Tug’ral Ahroriy
Samarqandiydir.
Naqibxon Tug’ral (1865–1919) o’z ijodiyoti bilan XIX asr-ning oxiri XX asr boshlaridagi adabiy
muhitda ma’lum mavqyega ega bo’lgan shoirdir. Uning tojik tilida yozilgan asarlaridan bir qismi 1916
yilda Kogon bosmaxonasida Devon holida nashr qilingan edi. keyinchalik, ya’ni tug’ilganiga 125 yil
to’lishi munosabati bilan (1990) uning nisbatan to’laroq she’riy to’plami ham hozirgi, ham arab
yozuvida Dushanbeda nashr ettirildi. Naqibxon Tug’ralning asarlari Zarafshon vodiysida yashovchilar
tomonidan Sevib o’qiladi. Tadqiqotlar davom ettirilsa, Ahroriylar xonadonining zabardast vakillari
haqidagi ma’lumotimiz ham kengayib boradi, degan umiddamiz.
Buyuk ma’naviy murshid
www.ziyouz.com
кутубхонаси
72
SHAYX XOVANDI TAHUR
Markaziy Osiyo xalqlarining o’rta asrlardagi ma’naviyati ildizlariga nazar qilinganda, ulardan biri
katta salohiyatga ega bo’lgan tasavvuf hamda uning zabardast namoyandalari qoldirgan boy meros
ekanligiga shak-shubha qolmaydi. Chunki bu soha ming yillar davomida jamiyatning ijtimoiy-siyosiy,
madaniy, ilmiy va adabiy hayotida, turli toifa va tabaqa kishilariniig ma’naviyatini shakllantirishda
muhim omillardai biri bo’lib qolgan edi. Bu jihatdan, xususan, Xoja Abdulxoliq G’ijduvoniy, Xoja
Ahmad Yassaviy, Xoja Bahouddin Naqshbandlarning tabarruk nomlari bilan bog’liq bo’lgan xojagon
tariqatining yassaviya va naqshbandiya suluklari alohida ahamiyat kasb etadi. Bu ikki sulukning asosiy
maqsadi bir bo’lib, tavhidni e’tirof etish, shariat va Muhammad rasulullohning sunnatlariga amal qilish
vositasida insoning o’zligini tanishga ko’maklashishdan iboratdir. Bu ikki sulukning maqsadga erishish
usullarida o’ziga xos jihatlar (jahriyai sultoniya va xufiya) mavjud bo’lib, bular esa o’z navbatida,
maxsus ishlangai rasm-rusumlar – murshidlar rahnamoligida bajarilishi lozim bo’lgan qonun-qoidalar
asosida amalga oshirilgai. Bu ikki suluk Markaziy Osiyo mamlakatlarida Keng tarqalgan bo’lib, zamon
va makon xususiyatlaridan kelib chiqqan holda takomillashib, hozirga qadar o’z muxlislari va
murshidlariga ega.
XV yuz yillikda o’z faoliyatlari bilan bu sohada alohida mavqye egallagan xoja Ubaydulloh Shoshiy –
Xoja Ahrori Valini maydonga Keltirgan tabarruk ajdodlari – padari buzrukvorlari, volidai
muhtaramalari tomonidan bo’lgan bobo va bobokalonlari haqida ham tadqiqotlar olib borish shundan
guvohlik beradiki, bu xonadonning vakillari yuqorida eslatilgan ikki sulukka ham daxldor bo’lganlar.
Shayx Xovandi Tahur ana shu xonadonning ko’zga ko’ringan namoyandalaridandir.
Mavlono Ali Safiy ibni Husayn Voiz Koshifiyning «Rashahot aynul hayot»da xabar berishicha, Shayx
Xovandi Tahur Xoja Ahrori Vali volidai muhtaramalarining bobolari bo’lib, ul hazrat, ya’ni shayx
Xovandi Tahur shayx Umar Bog’istoniyning katta farzandlari – o’g’illari bo’lganlar.
Shayx Umar Bog’istoniy (ba’zan Toshkandiy tarzida ham eslanadi, chunki Bog’iston Toshkandga
qarashli tog’liq etagida joylashgan mavze) XVI asrda hayot kechirgan tabarruk zotlardan bo’lib,
«Rashahot»da uqtirilishicha, Bog’istonda tug’ilganlar va sharafli nasablari o’n olti vosita bilan Abdulloh
bin Umar Xattobga borib yetar ekan.
Shayx Umar Bog’istoniy avvalida o’z shaharida ta’lim olib, so’ng Buxoroga borib, qutb ul-vosilin deb
e’tirof etilgan, majzubi mahbub sanalgan shayx Hasan Bulg’oriy (1208-1298) huzurida tasavvuf
sohasidagi bilimlarini yanada chuqurlashtirgach, o’z shaharlariga qaytib kelib, tasavvuf sohasida
komillik darajasiga erishgan siymo sifatida taniladilar. Shayx Umar Bog’istoniyning suluki jazba
(jazava) bo’lib, bu jihatdan turk mashoyixlari bilan hamohangdirlar. Tariqat sohasidagi komillik tufayli
shayx Umar Bog’istoniy Turkiston va Movarounnahrda shuhrat topdilar. Shuning uchun o’sha davrda
dovruq taratgan Xoja Bahovuddin Naqshband shayx Umar Bog’istoniyni nihoyatda ehtirom etar
ekanlar. Bu haqda Xoja Ahrori Vali Xoja Bahouddin Naqshbandning yetuk shogirdlaridan bo’lgan
mavlono Ya’qub Charxiydan eshitgan gaplarni aytar edilar:
«Mavlono Ya’qub Charxiy menga aytdilarki, – deb eslaydilar Xoja Ahrori Vali, - hazrati Xojai
buzurg, ya’ni xoja Bahouddin Naqshband, shayx Umar Bog’istoniyning tariqatlariga (yo’l, usul) e’tiqod
qilib, uni ma’qullardilar hamda aytur edilarki: «shayx Umar Bog’istoniy tariqatlaridagi jazba (jazava)da
cheksiz shodlik, jo’sh-xurush, o’zini yo’qotish darajasida zavqlanish holati samimiy intilish va doimiylik
bilan uyg’unlashib ketgan».
Shundan so’ng mavlono Ya’qub Charxiy aytdilarki, «xoja Bahouddin hazratlarining shayx Umar
Bog’istoniy va ul kishining tariqatlariga oid bu ta’rif – maqtovlari nihoyatda go’zaldir. Chunki jazba
(jazava)ning xosiyati kishidagi zavqlanish darajasiga bog’liq bo’lib, undan so’ng shariat rusumlariga
itoat qilish qiyin bo’lib qoladi. Bunday holatda ko’pgina jazba (jazava) ahli o’zini idora qila olmaydigan
holatga tushadi, ammo faqat ulug’ zotlargina bunday holatda o’zlarini jamlay oladilar, ya’ni o’zlarining
holatlarini boshqara oladilar. Bas shunday ekan, hazrat xoja Bahouddin shayx Umarni ulug’ zot
sifatida ta’riflaganlar».
Buyuk ma’naviy murshid
Do'stlaringiz bilan baham: |