Mavzu: Qaffol Shoshiy ilmiy merosini o‘rganilishi
Reja:
1.
Islom olamida Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Imom al-Moturidiy kabi «imom» darajasiga erishgan ko’plab buyuk allomalar orasida Imom Abu Bakr al-Qaffol ash-Shoshiy ham alohida o’rin egallaydi. Zamondoshlari «Hazrati Imom» deb ulug`lagan bu zotning to’liq ismi Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Ismoil al-Kaffol ash-Shoshiy bo’lib, arab manbalarida unga alohida hurmat bajo keltirish uchun nomiga «katta», «ulug`» ma’nosini ifodalaydigan «al-Kabir» so’zini qo’shib yozadilar. Alloma mohir hunarmand bo’lib, qulfsozlikda shuhrat qozonganligi bois «al-Qaffol», ya’ni qulfchi, qulfsoz degan nom bilan e’zozlangan va bu so’z uning taxallusiga aylanib ketgan. Bu haqda mashhur tarixchi Abu Sa’d Abdulkarim ibn Muhammad Sam’oniy o’zining «Al-Ansob» («Nasabnoma») asarida shunday yozadi: «al-Qaffol — qulfsozlik kasbiga nisbat berilgan. Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Ismoil al-Qaffol ash-Shoshiy Shosh ahlidan bo’lib, qulfsozlikda shuhrat qozongan. U o’z zamonasining imomi (peshvosi) bo’lib, fiqh, hadis, usul, tilshunoslik ilmlari bo’yicha tengi yo’q olim edi. Qaffol ash-Shoshiyning nomi Mag`ribu Mashriqqa yoyilgan».
Shamsuddin az-Zahabiy esa uni nafaqat Movarounnahr, balki Xuroson olimi sifatida ham e’tirof etadi: «Alloma, lug`at, usul, fiqh imomi, Xuroson olimlaridan Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Ismoil ash-Shoshiy ash-Shofi’iy «Katta Qaffol» nomi bilan mashhur bo’lgan. U zot Movarounnahrda o’z davrining imomi bo’lib, bir necha kitoblar musannifi bo’lgan».
Shayx Muhyiddin an-Navaviyning aytishicha, agar Qaffol Shoshiy deb zikr qilinsa, bundan maqsad ana o’sha biz tanigan buyuk imom Abu Bakr Qaffol ash-Shoshiy tushuniladi. Agar Qaffol Marvaziy deb aytilsa, unda bu zotdan keyin yashab, faoliyat ko’rsatgan «Kichik Qaffol» tushuniladi. Shoshiy («Katta Qaffol») atamasi tafsir, hadis, usul, kalom ilmlarida takror-takror zikr etiladi. Ammo Marvaziy («Kichik Qaffol») so’zi esa fiqhga taalluqli asarlardagina uchraydi.
Tojuddin as-Subkiy esa vatandoshimizni quyidagicha ta’riflaydi: «U zamonasining ulug` imomlaridan biri, bir qancha ilmlarda keng qobiliyat va ochiqqo’l egasi bo’lgan buyuk insondir. Abu Bakr al-Qaffol ash-Shoshiy tafsir, hadis, kalom, usul, furu’, lug`at va she’riyat ilmlarida hamda zuhd va gaqvoda imom(peshvo)lardan biri bo’lgan. U ko’plab ilmlarni muhofaza qilgan, o’zi keltirgan narsalarni tahqiq etib, ularni go’zal tasarruf qiluvchilardan biri edi».
Abu Bakr al-Qaffol ash-Shoshiyning islom olamidagi obro’-e’tibori va mavqei, ilmiy salohiyati haqida o’rta asr arab mualliflari o’z asarlarida alohida ta’kidlab o’tishgan. Jumladan, Ibn Xallikon o’zining «Va-foyot al-a’yon» kitobida: «Abu Bakr al-Qaffol ash-Shoshiy o’z zamonasining imomi bo’lgan. U fiqh, hadis, usul, tilshunoslik fanlari va she’r bitish bo’yicha Movarounnahrdagi shofi’iy mazhabiga mansub olimlar orasida tengi yo’q edi. U Xuroson, Iroq, Hijoz, Shom va Sug`ur (Shimoliy Suriya) safarida bo’lgan, uning dong`i bu o’lkalarda ham keng tarqalgan», deb qayd etgan.
Abu Sa’d Abdulkarim ibn Muhammad Sam’oniy o’zining «Al-Ansob» («Nasabnoma») kitobida Toshkentni shunday ta’riflaydi: «Sayxun daryosi ortidagi, turklar bilan chegaradosh shahar bo’lib, u «Shosh» deb ataladi. Bu erdan qo’plab imomlar etishib chiqqan». Sam’oniy shoshlik imomlar to’g`risida ma’lumotlar keltirib, jumladan, Qaffol Shoshiy haqida shunday yozadi: «Imom Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Ismoil Qaffol Shoshiy bo’lib, tafsir, hadis, fiqh, tilshunoslik ilmlari bo’yicha zamonasida unga teng keladigan olim yo’q edi... Qaffol Shoshiy to’g`risida shunday naql mavjud bo’lgan:
«Bu Abu Bakr — qulfsoz faqih, Fiqh bilan qiyin qulflar (masalalar)ni ochuvchi-dir».
Ma’lumki, Qaffol ash-Shoshiy 291/904 yilda Shoshda tug`ilib, dastlabki bilimni o’z yurtida, keyinchalik, Movarounnahrdagi mavjud ma’rifat o’choqlarida oladi. Samarqand, Buxoro, Termiz kabi shaharlarni kezib, bu erlarda o’zidan sal oldinroq o’tgan va bebaho diniy-ilmiy meros qoldirgan Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy kabi yirik olimlar asarlari bilan tanishadi. Payg`ambarimiz Muhammad (s.a.v.) hadislarini eshitadi va o’rganadi.
O’z navbatida, Qaffol ash-Shoshiydan ham ba’zi olimlar hadislar eshitishgan va o’rganishgan. «Tadvin fi axbori Qazvin» («Qazvin xabarlari haqida bitik-lar») nomli kitobda bu xususda ma’lumotlar berilgan. 962 yildan keyin Qaffol ash-Shoshiy Qazvin shahriga keladi. Bu erda Abu Mansur al-Qatton va shunga o’xshash olimlar Qaffol ash-Shoshiyning majlislarida hrzir bo’lishib, undan hadislar va ba’zi ma’lumot-larni yozib olishgan.
Qaffol ash-Shoshiy she’rlar bitganligi to’g`risida ham manbalarda ma’lumotlar bor. Bu borada Tojuddin Subkiyning «Tabaqot ash-shofi’iya al-kubro» asarida al-Qaffol ash-Shoshiyning she’rlaridan ham parchar keltirilgan:
Tojuddin Subkiyning «Tabaqot ash-shofi’iya al-kubro» asarida Vizantiya imperatori bilan Arab xalifasi o’rtasidagi diplomatik yozishmalar haqidagi tarixiy ma’lumotlar ham berilgan. Bu haqda Xoja Ahrorning shogirdi Shayx Abu Ahmad Muhammad Qoziy Shoshiy qalamiga mansub «Silsilat al-orifin» («Oriflar silsilasi») kitobida batafsil yozilgan.
Ta’kidlanganidek, Qaffol Shoshiy islom dunyosining turli o’lkalariga ilm-ma’rifat izlab safar qilgan. O’z navbatida, u tez-tez hajga - Makkaga borgan va qaytayotganida Bag`dodda birmuncha vaqt istiqomat qilib, o’z bilimlarini yanada oshirish maqsadida u erdagi yirik olimlar bilan ilmiy muloqotlar olib borgan. Bir gal Qaffol ash-Shoshiy Bag`dodda to’xtaganida noxush voqea ustidan chiqib qoladi. Bu esa hijriy sananing to’rtinchi asriga to’g`ri kelib, Vizantiya imperatorining qo’mondoni Tag`fur abbosiylar xalifaligiga tegishli Shomning Shimoliy qismi va Antokiyani bosib olib, xalifalik poytaxtiga ham xavf solgan edi.
Sharqshunos olim Bahriddin Mannonovning yozishicha, o’z vaqtida, ya’ni IV asrda Rum imperiyasining ikki-a bo’linib ketishi oqibatida uning sharqiy qismida qaror topgan mustaqil Vizantiya imperiyasi X asrga kelib, o’z sarhadtarini qayta tiklash yo’lida katta muvaffaqiyatlarga erishadi va uning ta’sir doirasi nafaqat
Bolqon yarim oroli hamda Sharqiy Evropaning ma’lum qismi, balki Qora dengiz qirg`oqlari, Kavkazning g`arbiy kismi, Kichik Osiyoning sharqigacha bo’lgan joylarda ham mustahkamlanadi. Shunday bir sharoitda Konstantinopol Arab xalifaligi tasarrufiga o’tgan sarhadlarni qaytadan zabt etish, iloji boricha uni mahv qilish rejalarini amalga oshirishga kirishadi. Shu maqsadda olib borilgan janglarda Vizantiya qo’shinlari bir necha bor g`alabaga erishadilar... Ana shunday bir tarixiy vaziyatda Vizantiya imperiyasining Bag`dod xa-lifaligi, umuman, islomga qarshi xurujlari har taraf-lama avj olib ketadi. Shu jarayonning ko’rinishlari-dan biri sifatida Tag`fur tomonidan Bag`dod xalifasi-ga yuborilgan va bizgacha etib kelgan she’riy maktub — ultimatum vujudga kelgan.
O’sha davrda Vizantiya va Arab xalifaligida she’ri-yatga qiziqish yuksak darajada bo’lgan. Davlatlar o’zaro aloqalaridagi diplomatik yozishmalar she’rlar va qasidalarda o’z aksini topgan. Vizantiya imperatori Arab xalifaligiga do’q-po’pisa bilan murojaat qilib, bir vaqtlar go’yo uning erlari bo’lgan, hozir esa Bag`dod xalifasi egallab turgan o’lkalarni tinchlik bilan, yaxshilikcha ularga qaytarib berishni talab qiladi. Vizantiya hukmdorlari maktubning balandparvoz chiqishi uchun uni arab tilida she’r bilan bitadilar.
«Hoshimiylar xonadonidan bo’lmish hukmron xalifaga» deya atalgan she’riy maktubda «Biz sherdek otilib chiqib, o’z erlarimizni egalladik. Damashq o’lkasi esa ota-bobolarimiz maskani edi, biz bu diyor mol-mulkiga ega bo’lamiz. Misrni ham qilichimiz tig`i bilan egal-laymiz. Hijoz, Bag`dod, Sheroz, Ray, Xuroson, Quddus, Sharqu G`arb hammasini egallaymiz», degan mazmundagi do’q-po’pisalar bilan xalifa va uning sarkardalariga dag`dag`a soladi, ularni ayyorlik bilan qo’rqitmoqchi va nihoyat, o’lxalarni osonlikcha qo’lga kiritmoqchi bo’ladi. Xudsti mana shu voqealar bo’lgan kezda Qaffol ash-Sho-shiy Bag`dod shahrida edi. U xalifalikda iqtidori zo’r olim, saroy a’yonlari o’rtasida yaxshigina qonunshunos, zabardast shoir sifatida tanilgan edi.
O’sha vaqtda Bag`dodda ko’zga ko’ringan olim va shoir-lar ko’p bo’lsa ham, hech kim Tag`furning bu tahdid xatiga javob yozishga botina olmaydi. Xalifa tahdid xatiga ja-vob yozishni Imom Qaffol Shoshiyga topshiradi.
Shubhasiz, Tag`fur tahdid xati orqali musulmonlar-ning o’sha vaqtdagi ma’naviy saviyasini bilmoqchi bo’lgan. Imom Qaffol Shoshiyning she’riy maktubi esa unga munosib javob bo’lib, sezilarli zarba bo’lib tushgan. Hatto Vizantiya adiblari, kohinlari ham: «Musulmon-larning shunday shoirlari borligini bilmas ekanmiz», deb tan olishlari juda e’tiborlidir. Ba’zi rivoyatlarda, ayni shu qasida evaziga Imom Shoshiy Hazrati Usmon mushafini olgan, deb aytiladi.
Rossiyalik sharqshunos prof. S. Prozorovning ham ta’kidlashicha, Vizantiya imperatori Nikifor Foki (963—969) nomidan musulmonlarga yuborilgan haqoratli she’riy maktubga javoban Qaffol Shoshiyning qasidasi yuksak darajada yozilgani vizantiyalik adiblar tomonidan e’tirof etilgan.
Muhimi, o’sha paytda Arab xalifaligining poytaxti Bag`dodda kanchadan-qancha mashhur va zabardast shoirlar bo’lishiga qaramasdan, Xalifa Muti’lilloh (946-974) tomonidan Vizantiya hukmdoriga raddiyayozishdek o’ta muhim vazifaning Qaffol Shoshiyga topshirilishi uning qanchalik zo’r iste’dod sohibi, ayni paytda, kuchli dip-omat ekanligini ko’rsatadi.
Qaffol Shoshiyning shogirdlariga asli jurjonlik, bolaligidan Buxoroda, keyin Nishopurda yashab, hadis to’plagan, Buxoro va uning tevaragida hadis ahllariga rahnamolik qilgan, turli shaharlarda qozilik lavozimida faoliyat olib borgan, o’zining «Shua’b al-imon» («Imonning tarkibiy qismlari») asarida ustozi Qaf-folni «o’z asrining olimlari ichida undan bilimdonrog`ini uchratmadim», deb sifatlagan Abu Abdulloh al-Halimiy (339/950-430/1012), ko’pgina asarlari qatorida hadis ilmining peshvolaridan bo’lmish Abu Dovud (202/ 817-275/888)ning «Musnad»iga sharh bitgan mashhur mu-haddis Abu Sulaymon al-Bustiy (vaf. 388/998), «Nisho-pur voqealari» muallifi Abu Abdulloh al-Hokim an-Nisoburiy (vaf. 405/1014), «Ahli tasavvuf siyrati» muallifi Abu Abdurahmon as-Sulamiy (vaf. 412/1021), Ibn Mandah, faqihlardan Abu Abdurahmon al—Ibrisamiy, Abu Ishoq ash-Shoshiy, Nosir ibn al-Husayn al-Marvaziy, Abu Nasr Umar ibn Qatodani misol qilib keltirish mumkin. Abu Bakr al-Qaffol ash-Shoshiy dunyo kezib, bir necha olimlardan nafaqat ta’-lim olgan, balki o’zi ham ilm o’rgatgan. Shuning uchun shoshlik alloma qomusiy ilmlar bilimdoni sifatida shuhrat qozongan.
Do'stlaringiz bilan baham: |