www.ziyouz.com
кутубхонаси
66
bor edi. Bu qasida Muhammad payg’ambarga ma’qul tushib, shoirni o’z himoyasiga oladi va o’zining
burdasini – to’nini unga to’hfa qiladi. Shundan so’ng Kaab ibn Zuhayr kasallikdan qutuladi va uning
qasidasi «Qasidai burda» nomi bilan butun musulmon olamida ma’lum va mashhur bo’ladi (qarang:
Xanna al-Fahuri. Istoriya arabskoy literaturi. G. I, izd. inost. lit-ri. Moskva, 1959, str. 176 i daleye).
Bundan ko’rinadiki, ixlos qo’yish natijasida kasallikdan qutulish mavzusi Bobur va Kaab ibn Zuhayr
sarguzashtlaridagi o’xshashlikni yuzaga keltirgan. Shu bilan birga ikki muallif ham asar yozib, o’z
maqsadiga erishgan: birida Muhammad payg’ambar tufayli, ikkinchisida esa Xoja Ubaydulloh ruhi
vositasida.
Uchinchidan esa, bu ishora Boburning arab adabiyoti tarixidan juda yaxshi xabardorligini namoyish
etadi. Agar diqqat qilinsa Bobur bundan tashqari Abdurahmon Jomiyning «Haft avrang»iga kiruvchi
«Sabhat ul-abror» dostonini ham tilga olib, «Volidiya» manzumasi uning vaznida, ya’ni ramali
musaddasi maxbunda yaratilganini ham uqtiradi. Bunda esa fors-tojik adabiyotining zabardast
namoyandasi Abdurahmon Jomiy asarlaridan xabardorgina emas, balki ularning shakliy-badiiy
xususiyatlarini ham yaxshi bilguvchi ekaniga ishora qilmoqda. Bas shunday ekan, Boburning
yuqoridagi ta’kidida uning ham arab adabiyoti, ham fors-tojik adabiyotining yorqin obidalaridan
yaxshigina xabardorligi ko’zga tashlanadi. «Volidiya»ning o’zbekcha manzumaligi uqtirilar ekan, unda
Bobur turkiy adabiyot va badiiy ijodning donishmandlaridan va mohir namoyandasi ekaniga go’yo
ishora ham qilmoqda. Bu sifatlar ibratlidir. Chunki Bobur badiiy ijod bilan shug’ullanuvchi shaxsning
dunyoqarashi ham, bilimi ham keng bo’lishi lozimligini uqtirganday bo’ladi.
To’rtinchidan va eng muhimi yana shundan iboratki, yuqorida Keltirilgan parcha - e’tirofda
«Volidiya» manzumasining yaratilish jarayoni, shoir mehnati va uning tarixi juda ajoyib tarzda
ko’rsatilgan. Jumladan, Bobur 935 h. yili safar oyining yigirma yettinchi kuni - seshanBe kechasida,
ya’ni 1528 yil noyabr oyining 10 kunida «Volidiya» risolasini turkiy tilga nazm tarzida o’girishga
kirishib, bu ishni 935 h. yil rabe’ ul-avval oyining 8 kuni, ya’ni 1528 yil noyabr, oyining 21 kuni -
shanbada nihoyasiga yetkazgan. Demak, risolani manzumaga aylantirish uchun hammasi bulib 10–12
kun sarflangan, xolos. Orada esa bir kun dam olgan ko’rinadi. Bundan tashqari, u bu ishga kirishgan
kechasi 13 baytni keyinchalik esa kunida o’n bayt va, hatto, bir kun ellik ikki bayt yozganini ham
uqtiradi. Bu e’tirofning muhim tomoni shundaki, asarning yozilish tarixi ishning bajarilishi davomida
qariyb har kuni yozilgan baytlar soni aniq ko’rsatilgan. Bu esa Boburning badiiy ijod bilan muntazam
shug’ullanganidan dalolat beradi. Hatto ilhomi jo’sh urganda bir kunda ellik ikki bayt – bir yuz to’rt
misra yozganini ham alohida ta’kidlaydi (Bu o’rinda shuni eslatish lozimki, afg’onistonlik Shafiqa
Yorqin Bobur devonini nashrga tayyorlab, uning kirish qismida «Volidiya» haqida ham so’z yuritadi-
da, Boburning «bir kun ellik ikki bayt aytildi» jumlasini «har ro’z panchohu du bayt gufta shud», ya’ni
«har kun ellik ikki bayt aytildi» mazmunida tarjima qilib, asliyatning mazmuniga putur yetkazgan).
Bobur tomonidan bu e’tiroflarning qayd qilingani nihoyatda muhim ahamiyatga ega bo’lib, uning
badiiy ijod bilan shug’ullanish maromi va natijasini o’rganishda juda katta yordam beradi.
Endi «Volidiya» manzumasi haqida qisqacha to’xtalib o’taylik. Avvalo shuni qayd qilish lozimki,
Bobur XVI asrning 20-yillarida turli ilmiy-adabiyotshunoslik, tarix, jo’g’rofiya, o’simliklar dunyosi,
o’lkalardagi rasm odatlarni o’rganish bilan bir qatorda islom huquqshunosligi – fiqh va tasavvuf bilan
ham mashg’ul bo’ldi. Natijada 927 h. – 1520–1521 yillarda islom huquqshunosligi asoslari haqida
o’g’illari Humoyun va Komron mirzolarga bag’ishlab «Mubayyin» She’riy asarini yozadiki, u «Fiqhi
Boburiy» va «Fiqhi mubayyin» nomlari bilan ham mashhurdir. Shundan sakkiz yil o’tgach, 935 h. –
1528 yilda esa tasavvuf va odob-axloqqa doir «Volidiya» asariga murojaat qilib, uni o’zbekcha
manzumaga aylantiradi.
Boburning «Volidiya» manzumasi «Hamd», «Rasulullohning na’ti», «Risola nazmining sababi»,
«Risola shuru’i», «Risola xotimasi» boblaridan iborat bo’lib, ikki yuzu qirq uch bayt - to’rt yuzu sakson
olti misradan tashkil topgan.
Manzuma ikki qo’lyozma nusxada bizgacha yetib kelgan bo’lib, biri asar yozilgan 935 h. – 1528
yilda ko’chirilgan bo’lib, Hindistonning milliy kutubxonasi (Rampur)da saqlanadi. Shu nusxalar asosida
Buyuk ma’naviy murshid
Do'stlaringiz bilan baham: |