3-mavzu. İlmiy tadqiqotning namayon bo’lish jihatlari va shakllari. Reja



Download 74,12 Kb.
bet1/15
Sana13.07.2022
Hajmi74,12 Kb.
#791428
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
3 Mavzu IDM UZB


3-mavzu. İlmiy tadqiqotning namayon bo’lish jihatlari va shakllari.
Reja:

  1. İlmiy tadqiqot tushunchasi va uni amalga oshirish bosqichlari. İlmiy tadqiqot namoyon bo’lishining asosiy jihatlari. İlmiy tadqiqotni ilmiy ish sifatida rasmiylashtirish metodikasi va ularning taqdimoti. Xalqaro jurnallarda maqolalar nashr qilishning zarurati va ahamiyati.

  2. İlmiy tadqiqotning namoyon bo’lish shakllari.

  3. Hamkorlikdagi ilmiy tadqiqotning o’ziga xos xususiyati.

  4. Texnikaviy tadqiqot va uning tiplari. Badiiy ijod bilan bog’liq ilmiy tadqiqot. Badiiy ijod ijtimoiy ongning maxsus shakli.

  5. Pedagogik faoliyat va ilmiy tadqiqotning uyg’unligini ta`minlashning ahamiyati.



Tayanch tushunchalar:


Metod, ob`ektiv mazmun, operacional va prakseologik, zarurlik, dialektik, metafizik muayyanlik, tarixiylik, qarama-qarshilik, umummilliy yondashuv, sinergetika, muvofiqlik, to’ldiruvchanlik, verifikaciya, fal’sifikaciya, redukciya, yaxlitlik, kontrredukciya.
Fundamental bilimlar, shu jumladan, falsafiy-metodologik bilimlar xususiy bilimlardan farqli o’laroq, «boqiy» bilimlar qatoriga kiradi. Fanning maxsus bo’limlari shu «boqiy» bilimlar asosida qurilgan. Fan-texnika axboroti oqimining ko’payib borayotganligi, hozirgi zamon bilimi fanlararo xususiyatga ega ekanligi, xususiy tor bilimlar mazmunining jadal o’zgarishi, fan-texnika faoliyatining zamon sharoitiga mutaxassis tez moslashishi uchun asos bo’lib xizmat qiluvchi fundamental-konceptcual bilimlar salmog’ini oshirishni taqozo etadi. Darhaqiqat, fundamental bilimlarni o’zlashtirish qiyin, ammo mumkin bo’lsa, bir ixtisoslikka doir maxsus bilimlar (recepturalar, metodikalar, texnologiyalar, reglamentlar) ummonini o’zlashtirishga hatto Mafusail umri ham etmaydi (ma`lumki, İnjilda tavsiflangan bu zot 969 yil yashagan).
Maxsus ta`limda mutaxassis, qadimda bo’lgani singari, barcha fanlarni o’rganish (buning iloji yo’q) orqali emas, balki, eng avvalo, yangi bilimlar olishning umumilmiy metodlarini yoki ma`lum bilimlarni turli sohalarda qo’llashning umumiy tamoyillarini o’rganish natijasida to’liq bilim olishi (ma`lumotli bo’lishi) mumkin.
İnson uchun bilimlarni o’zlashtirishga qaraganda bilish tamoyillari (usullari)ni o’zlashtirish muhimroqligini, ko’p bilimlilik donishmandlikning belgisi hisoblanmasligini mutafakkirlar qayd etib o’tishgan. İ. Kant «Tuban qobiliyat o’z holicha hech qanday qimmatga ega emas, masalan, odam xotirasi yaxshi bo’lsa-yu, mushohada yurita olmasa, u tirik lug’atdan boshqa narsa emas. Shunaqa odamlar ham kerak, chunki ular o’zlari tayin bir narsa yarata olmasalar-da, boshqalarga biror yaxshi narsa yaratishlari uchun material topib beradilar»1, deb e`tirof qilgan. Vivekanand esa bu haqd shunday fikr bildiradi: «Besh g’oyani o’zlashtirib, ularni o’z hayoti va tabiatining mulkiga aylantirgan odam butun bir kutubxonani yodlab olgan odamdan ham ma`lumotliroqdir. Sandal daraxtidan yasalgan yukni ortib ketayotgan eshak faqat yukning og’irligini biladi, sandal daraxtining qimmatidan esa u bexabardir».
Fan metodologiyasi bilimning maxsus sohasi bo’lib, u bilish sohalari ierarxiyasida muayyan fanlar va falsafa o’rtasida oraliq o’rinni egallaydi. Shuning uchun ham fan metodologiyasi muayyan fan sohalarini tadqiq qilishning maxsus predmetiga kirmaydi. Buning ustiga, muayyan bilim sohalaridagi tadqiqotchilar o’z sohasining refleksiyasidan tashqari bo’libgina qolmasdan, hatto ilmiy bilimni shakllantirish sohasida, unumli faoliyat ko’rsatish jarayonida ham uning tabiati va xususiyatlarini nomuvofiq tarzda qabul qilishlari mumkin. Bu vaziyatni İ. Kant juda yaxshi tavsiflab bergan: «Har kim fanni yaratishda uning asosiy g’oyasiga tayanadi. Ammo fanni yaratish jarayonida tuzilgan sxema va, hatto, fanga berilgan ta`rif, sxemaning g’oyasiga kamdan-kam hollarda mos keladi, chunki g’oya tafakkurda mavjud, u xuddi barcha qismlari hali yaxshi rivojlanmagan va mikroskopda ham kuzatish qiyin bo’lgan homilaga o’xshaydi. Shuning uchun ham fanlarni ularning asoschisi bergan tavsifga qarab emas, balki tafakkurda yaratilgan g’oyaga qarab tushuntirish va ta`riflash lozim. Darhaqiqat, ba`zan fan asoschisi va hatto uning keyingi izdoshlari ham o’zlari yaxshi anglab etmagan, shuning uchun ham o’z fanining asl mazmuni, qismlari (tizimli birligi) va chegaralarini belgilay olmagan bo’lib chiqadi»2.
Yuqorida aytilganlar fan refleksiyasi, uning o’z-o’zini anglashi yoki fan falsafasi va metodologiyasini ishlab chiqishning muhimligini ko’rsatadi. Umumiy metodologik bilimlarni tizimlashtirish va tavsiflashga kirishishdan oldin ba`zi «standart» ta`riflarni keltirib o’tamiz.
«Metodologiya nazariy va amaliy faoliyatni tashkil etish hamda qurish tamoyillari, usullari tizimi, shuningdek mazkur tizim to’g’risidagi ta`limot»dir.
«Metod to’g’risidagi ta`limot – metodologiya, ayniqsa, falsafa sohasidagi va alohida fanlardagi metodni tadqiq qilish hamda yangi, maqsadga muvofiq metodlarni yaratish tamoyillarini ishlab chiqishdir. Metod to’g’risidagi ta`limot ilk bor Yangi davrda paydo bo’lgan. Bungacha fan bilan ilmiy metod farqlanmagan»3.
«Metod (yunoncha metbodos–yo’l, tadqiqot, kuzatish)–ma`lum maqsadlarga erishish usuli, voqelikni amaliy yoki nazariy o’zlashtirish usullari va amallari majmui. Fan sohasida metod deganda tadqiqotchi o’z faraziga tayanib, o’zining predmeti sari ochadigan bilish yo’li tushuniladi»4.
Xullas, muhtasar qilib aytganda, metodologiya–bilish faoliyati yo’llari haqidagi ta`limot. Bu o’rinda shuni yana bir karra qayd etish kerakki, fan metodologiyasi samarali bilish faoliyatining umumiy tamoyillarinigina belgilab berishga qodir, ammo u tadqiq qilinayotgan ob`ektning bilishning muayyan yo’llarini ko’rsatib bera olmaydi. Metodologiya umumiy yondashuvlar va tamoyillarni ishlab chiqsa-da, ammo metodik, yangi bilim olishning «recepturasi» va «texnologiyasi» hisoblanmaydi. Bilish faoliyatining muayyan sohalarida metodologiyaning foydali faoliyati muammo echimini topishning mumkin bo’lgan variantlarini tanqidiy tahlil qilishda va tadqiqotning boshi berkligi ayon bo’lgan yo’llarini ko’rsatishda namoyon bo’ladi.
Metodologik bilimlarning vazifalarini tushuntirishning juda ko’p variantlari mavjud. Ular G. Leybnicning «Kashfiyot san`ati to’g’risida» asarida aniq va lo’nda qilib tavsiflangan: «...inson aqli xuddi elakka o’xshaydi – fikrlash jarayonida undan eng mayda zarralargacha elab tushiriladi. Zarralar elakdan o’tayotganida spekulyativ tafakkur o’ziga zarur zarralarni olib qoladi. Buni o’g’rini ushlamoqchi bo’lgan odamning fuqarolarga darvozadan o’tishni, jabrlanuvchiga esa darvoza oldida qarab turishni buyurishiga o’xshatish mumkin. Ammo ishni tezlashtirish uchun istisno etish usulini qo’llash mumkin. Zotan, jabrlanuvchi o’g’ri o’rta yashar ayol, o’smir yoki bola emas, balki erkak kishi bo’lganini aytsa, ularning barchasi (ya`ni, qidiruv ob`ekti, uning maqsadi bo’lmagan odamlar) bemalol o’tib ketishlari mumkin»5.
Shu nuqtai nazardan har qanday metodologik ish, birinchi navbatda salbiy rol o’ynaydi, ilmiy tafakkurga aql-zakovat dunyosining chigal yo’llaridan boshi berk yo’nalishlarda bemalol o’tib ketishiga yo’l qo’ymaydi.
Metodologiya bilish faoliyati haqidagi ta`limot sifatida ikki asosiy shakl: deskriptiv va normativ shakllarda namoyon bo’lishi mumkin.

Download 74,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish