1-Amaliy mashg’ulot. Inshootlarning diskret hisobiy
sxemalarini tanlash.
Reja:
1. Inshootlarning statik sxemalarini tanlash.
2. Inshootlarning dinamik sxemalarini tanlash
Tayanch iboralar:
Statik sxema, dinamik sxema, bino, inshoot, balka, rama, o’qlar, plastina, hisobiy sxema,
massa, prujina, bino vazni, sterjen.
O’quv mashg’ulotining maqsadi:
Inshootlar va uning qismlarining
statik va dinamik
hisobiy sxemalarini tanlash va asoslash haqida tushuncha berish.
Inshootlarning statik hisobiy sxemalari haqidagi tushuncha
Inshoot va konstruktsiyalarning hisobini osonlashtirish uchun ular soddalashtirilgan
sxemalar bilan almashtiriladi. Inshootlarning soddalashtirilgan
tasvirini ifodalovchi sxema
hisoblash sxemasi deyiladi.
Inshootlar va ularning hisoblash sxemalari elementlarining geometrik shakliga ko’ra
quyidagicha kvalifikatsiyalanadi:
1. Sterjenlar birikmasidan tashkil topgan inshootlar.
Sterjenlardan tashqil topgan inshootlarga balka, rama, arka, ko’p oraliqli balka, fermalar
kiradi.
Agar inshootlar to’g’ri chiziqli sterjendan tashkil topgan bo’lsa unga balka deyiladi.
Inshoot egri chiziqli sterjendan tashkil topgan bo’lsa, arka deyiladi.
Bir-biriga bikr qilib biriktirilgan sterjenlardan tashkil topgan inshoot rama deyiladi.
Inshootlarning dinamik hisobiy sxemalarini tanlash
O’zbekistonda 60 yillardan boshlab,
turar-joy, fuqaro va sanoat inshootlarida naturaviy
izlanishlar olib borilmoqda. Uning asosiy maqsadi inshootlarning
haqiqiy ishlashiga baho
berishdan iborat.
Natural sinash natijalariga asoslanib inshootlarning xisoblash sxemalari aniqlanadi va
konstruktsiyalari takomillashtiriladi.
O’zbekistonda inshootlarning keng kulamda ilmiy izlanishlar olib borilishi, akad. Urezboev
M.T.Kobulov V.Q. va prof. Abdurashidev K. S. rahbarligida olib borilgan va olib borilmoqa.
Inshootlarning
xisobiy xolatdari bilan, ularning xaqiqiy ishlash xolatlari orasida quyidagi
farq bor.
Biz qurilish mexanikasi kursida inshootlarning xisoblash sxemasini o’rgangan-miz.
Inshootning hisobiy holati bilan haqiqiy ishlash holati
orasidagi farqning sababini, inshootning
QMQ 2.01.03-96 bo’yicha hisoblash misolida ko’rib chiqamiz.
Hisoblash vaqtida, to’plangan
yoki yoyilgan massali brus, hisoblash sxemasi deb qabul
qilinadi (1–rasm). Natural holatdagi sinashga va inshootning hususiyatlariga tegishli yangi olingan
natijalarga asoslanib, hisoblash sxemalari va hisoblash modellari takomillashtiriladi.
1-rasm.
Hisoblash natijalari bilan inshootning xaqiqiy ishlash holati orasidagi
farqning yana bitta
sababi, qurilishda har xil jinsli materiallarning /beton, g’isht, armatura va x.k./ qo’llanishidadir.
Hisoblash jarayonida bu materiallarning o’zaro ta’sirini e’tiborga olish mumkin emas. SHu
sabablarga ko’ra hisoblash va eksperimental natijalarda farq bo’ladi.