II. Hozirgi zamon fanida keng qo’llanilayotgan va rivojlantirilayotgan umumilmiy yondashuvlar va tadqiqot metodlari. Ular falsafa bilan maxsus fanlarning fundamental nazariy-metodologik qoidalari o’rtasida o’ziga xos «oraliq metodologiya» bo’lib xizmat qiladi. Umumilmiy tushunchalar qatoriga ko’pincha «axborot», «modelь», «tuzilma», «funkciya», «tizim», «element», «oqilonalik», «ehtimollik» singari tushunchalar kiritiladi.
Birinchidan, bir qancha xususiy fanlar hamda falsafiy kategoriyalarning alohida xossa, belgi va tushunchalari umumilmiy tushunchalarning mazmuniga «singdirib» yuborilganligi, ikkinchidan, (falsafiy kategoriyalardan farqli o’laroq) matematik nazariya va simvolik mantiq vositalari bilan ularni formallashtirish, ularga aniqlik kiritish mumkinligi umumilmiy tushunchalarning o’ziga xos jihatlaridir.
Agar falsafiy kategoriyalar umumlikning mumkin bo’lgan eng yuqori darajasi – muayyan umumiy darajani o’zida mujassamlashtirgan bo’lsa, umumilmiy tushunchalarga ko’proq umumiy abstrakt (bir xil) daraja xoski, bu ularni abstrakt-formal vositalar yordamida ifoda etish imkonini beradi. Falsafaning asosiy masalasini (to’la hajmda) echishda «ishtirok etish» sharti muayyan «tafakkur shaklini yaratish»ning «falsafiyligi», «dialektikligi» darajasini aniqlashning muhim mezonidir.
Umumilmiy tushuncha va koncepciyalar asosida bilishning tegishli metodlari, tamoyillari ta`riflanadi, ular esa, o’z navbatida, falsafaning maxsus ilmiy bilim va uning metodlari bilan oqilona o’zaro aloqasini ta`minlaydi. Umumilmiy tamoyillar, yondashuvlar qatoriga tizimli va strukturaviy-funkcional, kibernetik, ehtimoliy yondashuvlar, modellashtirish, formalizaciya hamda boshqalar kiradi.
So’nggi yillarda umumilmiy fan–sinergetika jadal rivojlanmoqda. Sinergetika–o’z-o’zini tashkil etish hamda har qanday tabiatli–tabiiy, ijtimoiy, kognitiv (ma`rifiy) ochiq yaxlit tizimlarni rivojlantirish nazariyasi. Sinergetikaning asosiy tushunchalari orasida «tartib», «xaos», «chiziqsizlik», «noaniqlik», «beqarorlik», «dissipativ tuzilmalar», «bifurkaciya» tushunchalari bor. Sinergetika tushunchalari bir qancha falsafiy tushunchalar bilan chambarchas bog’liq. «Borliq», «rivojlanish», «shakllanish», «zamon», «yaxlit», «tasodif», «imkoniyat» singari tushunchalar shular jumlasidandir.
Umumilmiy tushunchalarning muhim roli shundan iboratki, ular o’zining «oraliq xususiyati» bilan falsafiy va alohida ilmiy bilimning (shuningdek tegishli metodlarning) o’zaro o’tishini ta`minlaydi. Gap shundaki, birinchi bilim ikkinchi bilimga sof yuzaki tarzda, bevosita o’tmaydi. Shuning uchun ham maxsus ilmiy mazmunni darhol falsafiy tushunchalar tilida ifodalashga urinishlar, qoida tariqasida, nokonstruktiv va samarasiz bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |