Tayanch tushunchalar:
Receptura, diskriptik metodologiya, normativ metodologiya, protometodologiya, arxitektonika, spekulyaciya.
Nazorat savollari:
İlmiy bilishni egallashda metod va metodologiyaning ahamiyati qanday namoyon bo’ladi?
Metodologiyaning tarixiy rivojlanishi qaysi davrlardan rivojlantirilgan va qaysi mutafakkirlar bu ishga salmoqli hissa qo’shganlar?
Metodologiyaning bilish faoliyati haqidagi ta`limot sifatida ifodalanishi uning qaysi shakllarida aks etadi?
Metodologiya qanday tasniflanadi?
Tafakkur jarayoni qanday kechadi va mutafakkirlar tafakkur jarayoniga qanday ta`rif berishgan?
İntellektualizm va sensualizmning farqli va o’xshash jihatlarini tushuntiring.
Nьyutonning naturfalsafiy ta`limotida normativ tamoyillar haqida nima deyiladi?
Fan refleksiyasi falsafa tarixida qanday talqin etiladi?
2–mavzu. Metodlarni tasniflash
İnson faoliyati turlarining rang-barangligi metod turlarining ham rang-barangligini belgilab beradi. Mazkur metodlarni turli asoslar (mezonlar)ga ko’ra tasniflash mumkin. Eng avvalo, ma`naviy, ideal (shu jumladan, ilmiy) faoliyat metodlarini hamda amaliy, moddiy faoliyat metodlarini ko’rsatish zarur. Bugungi kunda metodlar tizimi va metodologiya ilmiy bilish sohasi bilangina cheklana olmasligi, ular mazkur soha doirasidan chetga chiqib, amaliyot sohasini ham qamrab olishi ayon bo’ldi.
Fan metodlari masalasiga kelsak, ularni bir nechta asoslarga ko’ra, guruhlarga ajratish mumkin. Jumladan, ilmiy bilishdagi o’rni va ahamiyatiga qarab formal va mazmunli, empirik va nazariy, fundamental va amaliy, tadqiqot va bayon etish metodlariga ajratish mumkin. Fan o’rganayotgan ob`ektlar mazmuni tabiatshunoslik metodlarini ijtimoiy-gumanitar fanlarning metodlaridan farqlash uchun asos bo’lib xizmat qiladi. O’z navbatida, tabiiy fanlar metodlarini jonsiz tabiatni va jonli tabiatni o’rganish metodlariga ajratish mumkin. Shuningdek, son va sifat metodlari, bir ma`noli-aniqlovchi va ehtimoliy metodlar, bevosita va bilvosita bilish metodlari, original va hosila metodlar ajratiladi.
Hozirgi zamon falsafiy-metodologik adabiyotlarda metodning bir nechta jihatlari farqlanadi. Ayrim tadqiqotchilar fikricha, har bir metod uchta asosiy jihatga: ob`ektiv mazmun, operacional va prakseologik jihatlarga ega. Birinchi jihat metodning bilish predmeti bilan nazariya vositasida bog’lanishini ifoda etadi. Operacional jihat metodning mazmuni bilish ob`ektidan ko’ra, ko’proq uning sub`ektiga, tegishli nazariya birgalikda metodni hosil qiladigan qoida, tamoyil va usullar tizimiga aylantirish layoqati hamda qobiliyatiga bog’liqligini qayd etadi. Metodning samaradorlik, ishonchlilik, aniqlik, izchillik singari xossalari uning prakseologik jihatini tashkil etadi.
Har qanday ilmiy metodning o’ziga xos belgilari jumlasiga asosan ob`ektivlik, evristiklik, zaruriylik, muayyanlik va boshqalar kiritiladi. Masalan, XX asrning yirik ingliz faylasufi va matematigi A. Uaytxed metod haqida fikr yuritar ekan, har qanday metod muhimligini nazariya belgilaydigan ma`lumot va faktlar bilan «ishlash usullari» belgilashini qayd etadi. Mana shu nazariya metodni ham ilgari suradi. Metod hamisha muayyan bo’ladi, zero, uni faqat tegishli turga mansub nazariyalarga nisbatan qo’llash mumkin. Shuning uchun ham, Uaytxedning ta`biri bilan aytganda, har bir metod «muvaffaqiyatli soddalashtirish» ekanligiga qaramay, «har qanday metod yordamida faqat ma`lum, unga mos keladigan haqiqatlarning tagiga etish va ularni faqat mazkur metod belgilagan atamalarda ta`riflash mumkin».33
Hozirgi zamon fanida metodologik bilimning ko’p darajali koncepciyasi ancha muvaffaqiyatli amal qilmoqda. Bu nuqtai nazardan ilmiy bilishning barcha metodlarini (umumiyligi va qo’llanish darajasiga qarab) quyidagi asosiy guruhlarga ajratish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |