3-mavzu. İlmiy tadqiqotning namayon bo’lish jihatlari va shakllari. Reja



Download 74,12 Kb.
bet9/15
Sana13.07.2022
Hajmi74,12 Kb.
#791428
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
3 Mavzu IDM UZB

Redukciya tamoyili–ma`lum yaxlitlik, tizim, «murakkablik»ni uning nisbatan sodda tarkibiy qismlari, unsurlari orqali bilishdir. Boshqacha qilib aytganda, redukciya tamoyili–tadqiq qilinayotgan ob`ektlar (yaxlitliklar, tizimlar)ning ma`lum integral xossalarini mazkur ob`ektlarning tarkibiy qismlari orqali bilish. Bu tamoyil jonli va jonsiz tabiatning ma`lum ob`ektlarini, ijtimoiy tizimlarni, ijtimoiy-tabiiy tizimlarni ilmiy bilishga ko’proq xos. Masalan, atomning ba`zi bir xossalarini uning yadrosi va elektronlarining xossalaridan, tirik hujayraning xossalarini uning tarkibidagi organoidlardan, jamiyatning xossalarini uni tashkil etgan ijtimoiy tabaqalar, iqtisodiyot, jug’rofiy-siyosiy holatning xossalaridan keltirib chiqarish mumkin va h.k.
Yaxlitlik tamoyili – tadqiq qilinayotgan ob`ektlarning alohida yaxlit xossalarini boshqa ob`ektlar (yaxlitliklar va sh.k.) bilan o’zaro aloqada bilish. Sodda qilib aytganda, butun narsa uning tarkibiy qismlari yig’indisidan katta. Aniqrog’i, har qanday tizim, yaxlitlikda tarkibiy qismlar, unsurlarning jami xossalariga bog’lab (redukciyalab) bo’lmaydigan xossalar bo’ladi. Masalan, molekulalarning xossalari ularning tarkibidagi atomlarning xossalari bilangina cheklanmaydi; tirik hujayralarning xossalari ularning tarkibidagi molekulalar va organoidlarning xossalari bilangina cheklanmaydi; populyaciyalarning xossalari o’z tarkibiga kiruvchi mavjudotlarning xossalari bilangina cheklanmaydi; til xossalari uni tashkil etuvchi leksik birliklar, grammatika qoidalari, semiotik tafsilotlarning xossalari bilangina cheklanmaydi.
Kontrredukciya tamoyili –V.İ. Kurashov42 ta`riflab bergan (mazkur tamoyil ontologik nuqtai nazardan barcha tabiiy tizim (yaxlitlik)da oliy immanent «metayaxlit» xossalarning mavjudligini va mazkur tizim (yaxlitlik)ni yanada yuksak darajada uyushgan tizimning tarkibiy qismi, unsuri sifatida tadqiq qilish jarayonida yuqorida zikr etilgan xossalarni bilish (gnoseologik nuqtai nazardan) mumkinligini e`tirof etadi. Bu erda aynan immanent, ya`ni mazkur yaxlitlikka avvaldan xos bo’lgan xossalar to’g’risida so’z yuritilayotganligi maxsus qayd etiladi. Kontrredukciya tamoyili elementar zarralardan tortib to ijtimoiy-tabiiy tizimlargacha bo’lgan barcha tabiiy ob`ektlarga, shu jumladan, tabiiy tilga nisbatan amal qiladi.
Xullas, kontrredukciya tamoyili deganda ob`ekt (yaxlitlik, tizim)larni nisbatan yuksak darajada uyushgan tizimlarning tarkibiy qismlari sifatida, shu jumladan, tadrijiy rivojlanayotgan tabiiy tizimlarning tarkibiy qismlari sifatida tadqiq qilish jarayonida mazkur ob`ektlarning «metayaxlit» xossalarini bilish tushuniladi. Tadqiq qilinayotgan ob`ektlarga nisbatan kontrredukciya tamoyilini qo’llash natijasida aniqlangan immanent «metayaxlit» xossalarni oliy narsalar va kelajak haqidagi immanent «xotira» deb nomlash ham mumkin.
Kontrredukciya tamoyili «butunning xossalari uning tarkibiy qismlari xossalarining yig’indisidan katta», degan ma`lum qoidaga asoslanibgina qolmasdan, tabiiy tuzilmalar (yaxlitliklar)ning oliy (metayaxlit) xossalarini ajratadi. Muayyan ob`ektning aniqlangan yaxlit xossalari, agar ular tarkibiy qismlarning xossalariga bog’liq bo’lmasa, «metayaxlit xossalar» bo’lmasligi mumkin.

Download 74,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish