Mavhumlashtirish, ideallashtirish va formallashtirish metodlari –ilmiy tadqiqot jarayonida real ob`ektlarni eng muhim xossalari cheklangan ob`ektlar shaklida (mavhumlashtirish) ifoda etish, shuningdek ularning aniq belgilangan xossalari («ideal gaz», «moddiy nuqta», «mutlaqo qora jism»)ga tayanib, xayoliy obrazlarini yaratish qulaydir. Mazkur ob`ektlarning xossalarini va ularni o’z ramz, belgilari shaklida ifodalash, ya`ni formallashtirish juda oson. Bu ularning xayoliy obrazlari va matematik timsollarini boshqarish (matematik formalizmdan foydalanish)ni ancha engillashtiradi.
Mantiq metodlari: tahlil, indukciya va dedukciya – ob`ektni tadqiq qilish jarayonida uning tarkibiy qismlarini ajratish, alohida faktlarga asoslanib umumiy mulohaza yuritish, ma`lum umumiy qoidalarga asosan xususiy xulosalar chiqarish (Bu haqda mantiqning bilish imkoniyatlariga bag’ishlangan bo’limda mufassal so’z yuritilgan).
Metodologik tamoyillar va yondashuvlarning tabiati har xildir. Masalan, redukciya, yaxlitlik, kontrredukciya tamoyillari tadqiqotning tabiiy ob`ektlari tabiatini: verifikaciya, falьsifikaciya tamoyili, mantiq qonunlari esa bilish va fikrlash faoliyatining shakllarini: to’ldiruvchanlik, tarixiylik tamoyillari va sistemali yondashuv esa tadqiqot ob`ektlari hamda bilish va fikrlash faoliyatining xossalarini ifoda etadi.
Metodologik tamoyillar ro’yxati ochiq xususiyatga ega bo’lib, ko’payishda davom etmoqda. So’nggi davrda tez-tez tilga olinayotgan «antrop tamoyili»da tabiatni ilmiy bilish metodologiyasi uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan narsani ko’rmadik. Uni maxsus ajratish, balki, qadimiyatga borib taqaluvchi turli antropocentrik ta`limotlarni birlashtirish uchun foydali bo’lishi mumkin. Antrop tamoyilning asosiy g’oyasi, mohiyat-e`tibori bilan, Olamda mavjud bo’lgan barcha ob`ektlar o’z mavjudligi bilan ana shu Olamda mavjud bo’lgan boshqa ob`ektlarga zid kelmasligi kerak, degan siyqasi chiqqan qarashga asoslanadi. Bu nuqtai nazardan antrop tamoyili o’rniga, aytaylik, «elektron tamoyili» yoki «timsoh tamoyili» to’g’risida ham so’z yuritish mumkin.
Normativ metodologiya, aniq ta`riflangan tamoyillardan tashqari, «yarim normativ» shaklda, ayni paytda «yarim deskriptiv» shaklda ilmiy bilishning ideallari va normalari, fanlarning o’zaro ta`siri, ilmiy nazariyalarning shakllanishi va asoslanishi haqidagi ta`limotlarda, eksperimental faoliyat tamoyillarida, bilimlarni birlashtirish va sintez qilish muammolarida, ilmiy bilishning imkoniyatlari va chegaralari, ilmiy bilishning tilida ham bo’lishi mumkin. Bundan tashqari, maxsus metodologiyaning o’ziga xos xususiyatlari alohida fan sohalari: matematika, fizika, kimyo, biologiya, texnika va texnologiya, evolyuciya jarayonlari, ekologiya va hokazolarning muayyan tarzda ishlab chiqilgan metodologiyalarida o’z aksini topadi.
İlmiy bilish tizimida metodologiyaning tutgan o’rni, vazifalari haqida bildirilgan fikrlarga shuni qo’shimcha qilish kerakki, metodologiyaning operacional-amaliy ahamiyatidan tashqari, uning inson aqliy va bilish faoliyatining ayrim mexanizmlarini ochib beruvchi bilim tizimi sifatidagi ahamiyati to’g’risida so’z yuritish mumkin. Zotan, bu inson o’z-o’zini anglashi uchun ham, «sun`iy intellekt» tizimlarini yaratish uchun ham muhimdir. Bundan tashqari, har qanday ilmiy bilish faoliyati doimo muayyan metodga va u haqdagi qarashlarga (ya`ni ma`lum protometodologiyaga yoki aniq bo’lmagan metodologiyaga) asoslanishini ham tushunish kerak. Ammo barcha tadqiqotchilar ham metodologiya muammolarini maxsus o’rganavermaydi va ishlab chiqavermaydi. Bu metodologiya har qanday ilmiy bilish faoliyatining ajralmas qismi ekanligini tushunib etish uchun muhimdir.
Tabiiy ob`ektlar xossalarining to’rt turi – barcha tabiiy ob`ektlarga xos bo’lgan xossalarning turlarini aniqlash fan metodologiyasining muhim vazifasidir. Tabiiy ob`ektlar, deganda kelib chiqishi insonning ongli ijodi bilan bog’liq bo’lmagan har qanday yaxlit ob`ektlar: atomlar, molekulalar, tirik organizmlar, tabiiy til, jamiyat va shu kabilar tushuniladi. Turli sohadagi ilmiy bilimlarning katta hajmini va muayyan fanlardagi shaxsiy ish tajribasini anglab etish natijasida har qanday tabiiy ob`ektga xos bo’lgan turli-tuman xossalarning to’rt turini ajratdik.
Sub`ektiv yaxlit xossalar - ontologik maqomi immanent, noemerjentdir. Epistemologik maqomi–tarkibiy qismlarining xossalariga nisbatan redukciyalanadi, boshqacha qilib aytganda, butunning xossalarini belgilashi mumkin bo’lgan qismlarning xossalari.
Sub`ektiv yaxlit xossalarga misollar: og’irlik, jismlarning elektr zaryadi, gapning so’z (birikma)lar ma`nosi bilan bevosita bog’liq bo’lgan qisman ma`nosi. Bilish usuli: redukciya tamoyili.
Yaxlit xossalar – ontologik maqomi immanent, emerjentdir.
Epistemologik maqomi tarkibiy qismlarining xossalariga nisbatan redukciyalanmaydi, ya`ni qismlarining xossalariga bog’lash mumkin emas. Mazkur xossalar butunning tabiatdagi boshqa ob`ektlar–yaxlitliklar bilan o’zaro munosabatlarida individ sifatidagi maqomini belgilaydi.
Yaxlit xossalarga misollar: boshqa organizmlar bilan o’zaro munosabatlarda va atrof muhit bilan nomuvoziy holatda tirik organizmlarning yaxlit mavjud bo’lish qobiliyati, tabiiy tilda gaplarning aynan yaxlit ma`nosi, xalq, millat, etnos psixikasi.
Bilish usuli: yaxlitlik tamoyili (xolistik yondashuv).
Do'stlaringiz bilan baham: |