3-mavzu. İlmiy tadqiqotning namayon bo’lish jihatlari va shakllari. Reja



Download 74,12 Kb.
bet7/15
Sana13.07.2022
Hajmi74,12 Kb.
#791428
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
3 Mavzu IDM UZB

Muvofiqlik tamoyili. İlmiy bilishning mazkur sohasidagi bilimlarni yangi tamoyillar (g’oyalar, koncepciyalar, nazariyalar) asosida tizimga solish bu sohadagi «eski» bilimni ushbu tizimning unsuri sifatida (xususiy hodisa, eng so’nggi hodisa sifatida va sh.k.) o’z ichiga olishi lozim. Masalan, relyativistik mexanika jismlar past tezlikda harakatlanganida Nьyutonning klassik mexanikasiga o’tadi.
İlmiy bilish metodologiyasida muvofiqlik tamoyilining shakllanishi odatda N. Bor nomi bilan bog’lanadi. Vaholanki, muvofiqlik tamoyili g’oyalari turli shakllarda undan oldin ham ilgari surilgan. Adabiyotlarda, jumladan, shunday deb ko’rsatiladi: «Nilьs Bor 1913 yilda mashhur «muvofiqlik tamoyili»ni ta`riflab berdi. Mazkur tamoyil nurlanishning klassik nazariyasi bilan kvant nazariyasi o’rtasida qonuniy munosabat o’rnatdi. U atom nazariyasining rivojlanishida shu qadar muhim rolь o’ynadiki, A. Zommerfelьd N. Borning «muvofiqlik tamoyili»ni «sehrli tayoqcha» deb ta`rifladi»38. Ammo o’tgan asrga nazar tashlaydigan bo’lsak, shunga o’xshash g’oyalarni Butlerovda ham uchratishimiz mumkin. U, jumladan, shunday deb yozadi: «Kimyoviy energiya va atomlar harakatining tabiatini tushunib etsak, mexanika qonunlari bu erda ham amal qila boshlasa, kimyoviy tuzilish haqidagi ta`limot kimyoning eski nazariyalari singari o’z ahamiyatini yo’qotadi. Ammo u faqat yo’qolish uchun emas, balki o’zgargan shaklda yangi, yanada keng qarashlardan o’rin olish uchun o’z ahamiyatini yo’qotadi»39.
Mazkur tamoyil aksariyat hollarda ilmiy va noilmiy bilimni farqlashga ko’maklashadi.
To’ldiruvchanlik tamoyili. Tadqiqotning ko’pgina ob`ektlari (mikrodunyoning elementar zarralarga o’xshash eng oddiy ob`ektlaridan tortib to inson va jamiyat singari murakkab ob`ektlargacha) har xil, hatto qarama-qarshi bilimlar (nazariyalar, koncepciyalar, yondashuvlar)ni birlashtirish asosida nisbatan to’la tavsiflanadi. Fizikadagi korpuskulyar-to’lqinli dualizm yoki ruh va tana haqidagi ta`limot (din), haqiqatning ikkiyoqlamaliligi haqidagi ta`limot (İbn Rushd), insonni tavsiflashda moddiy va ruhiy substanciyalar (Dekart), lingvistika va kulьturologiyada sinxronik va diaxronik yondashuvlar, fan metodologiyasi va tarixida internalistik va eksternalistik yondashuvlar shular jumlasidandir. Ko’rinib turganidek, ayni bir ob`ekt to’g’risidagi turli bilimlarning to’ldiruvchanligi g’oyasi qadimdan ma`lum. «To’ldiruvchanlik tamoyili»ni aniq shaklda ta`riflash esa yana N. Bor nomi bilan bog’lanadi: «Klassik fizikaning juftdosh tushunchalarini yanada yaxshiroq tushunish uchun Nilьs Bor «to’ldiruvchanlik» tushunchasini ilmiy muomalaga kiritdi. U zarra manzarasiga va to’lqin manzarasiga ayni bir voqelikning bir-birini to’ldiruvchi tavsiflari deb qaradi. Ularning har biri faqat qisman haqiqiy bo’lib, qo’llanilishi cheklangandir»40.

Download 74,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish