www.ziyouz.com
кутубхонаси
64
(zulm, sitam) va tashaddud (g’azab, dag’allik) Xojaning avlodig’a dag’i siroyat (o’tmoq, ta’sir qilmoq)
qildi». («Boburnoma», 79-bet). So’ngra, Sulton Mahmudxonning bunday zulm va adolatsizliklari
qanday natijaga olib kelgani haqida shunday yozadi: «Samarqand ahlikim, yigirma-yigirma besh yil
Sulton Ahmad mirzoning zamonida rafohiyat (tinch-osoyishta) va farog’at (rohat, xotirjam) bila
o’tkarib edilar, aksar muomala hazrati Xoja jihatidin adl va shar’ tariqi bila edi, bu nav’ zulm va fisqdin
(Sulton Mahmudxon davridagi) ba jonu dil ozurda va ranjida bo’ldilar. VaZev (oddiy odam) va sharif
(yuqori darajadagi odam) faqir va miskin nafrin (nafrat) va duoyi badig’a og’iz ochib, qo’l ko’tardilar»
(«Boburnoma», 79-bet). Shuning uchun Bobur amakisi bo’lsada, Sulton Mahmudxonni yoqlamadi va
«Bad e’tiqod kishi edi, Hazrati Xoja Ubaydullohga istixfof (kamsitmoq, tahqir qilmoq) qilur edi»
(«Boburnoma», 82-bet) deb unga nisbatan o’zining salbiy munosabatini bildiradi. Xuddi shunday
munosabat Xoja Ubaydullohning o’g’li Xoja Yahyo va uning o’g’illarini hiyla bilan o’ldirtirgan
Shayboniyxonga nisbatan ham ko’rinadi.
«Boburnoma»da Boburning Xoja Ubaydullohga samimiy e’tiqod qilgani va uning natijalarini
tasvirlovchi lahzalar diqqatni o’ziga tortadi. Qizig’i shundaki, Bobur juda qiyin ahvolda, hatto hayoti
xavf ostida qolgan vaqtda Xoja Ubaydullohning ruhlari unga madadkor bo’lganini chin ixlos bila
eslaydi. Bu ixlos natijalari tush ko’rish shaklida bayon qilingan. Jumladan, Bobur 906 h. – 1500–1501
yilda Samarqandni olish payida Yor yayloqning Asfidak qishlog’ida to’xtalganida tush ko’rgan ekan.
«O’shul fursatda ajab tush ko’rim. Tush ko’rarmankim, hazrati Xoja Ubaydulloh Kelmishlar, men
istiqbollariga chiqmishMen. Xoja kelib o’lturdilar. Xojaning oldiga g’olibo Betakallufroq dasturxon
yozmishlar. Bu jihatdin hazrat xotiriga nima kelmish. Mullo bobo mening sori boqib, ishorat qildilar.
Men ham imo bilan dedimkim, mendin emasdur, dastarxon solguvchi taqsir (kamchilik) qilibtur. Xoja
fahm qilib, bu uzr masmu’ (ma’qul) tushti. Qo’ptilar. Uzata chiqdim. Ushbu uyning dolonida o’ng
qo’limdin yo so’l qo’limdin tutib, andoq ko’tardilarkim, bir oyog’im yerdan qo’pti. Turki dedidarkim:
«Shayx maslahat berdi». O’shul Necha kunda-o’q Samarqandni oldim» («Boburnoma», 39-115 bet).
Bu lavha sharhga muhtoj emas. Ammo shuni ham eslatish lozimki, insonning ruhiy Kechinmalari
dunyosining murakkab hodisalaridin biri bo’lmish tush ko’rish ko’p hollarda real hodisa-voqealardan
olingan taassurotlarning o’ziga xos tarzida in’ikosi sifatida tush ko’rgan ma’lum bir maqsad sari
intilishga bo’lgan e’tiqodini kuchaytiradi va uni ruhlantiradi. Shu jihatdan keltirilgan tushni Boburning
Xoja Ubaydullohga nisbatan bo’lgan chin e’tiqodi natijasi sifatida qaralsa bo’ladi. Umuman, e’tiqodli
bo’lish yaxshi fazilat, e’tiqodsizlikdan saqlasin odamni ham, olamni ham. Ha-da, ana shu e’tiqod
Bobur hayotini xavfdan saqlab qolganini 908 h. – 1502–1503 yilda Karnon qishlog’ida sodir bo’lgan
voqea tasviridan ham bilib olish mumkin. Qizig’i shundaki, yakka qolgan Bobur Xoja Ubaydullohning
nabirasini tushida ko’rganini shunday hikoya qiladi: «O’zumni o’lumga qaror berdim. O’shal bog’da bir
suv oqib keladur edi, vuzu qildim, ikki rak’at namoz o’qudum, boshimni munojotga qo’yub, tilak
tilaydur edimkim, ko’zum uyquga boribdur. Ko’rarmenkim, Xoja Ya’qub, Xoja Yahyoning o’g’li, hazrati
Xoja Ubaydullohning nabiralari, ro’baro’yimda ablaq ot minib, ko’p jamoati ablaqsavor bila keldilar.
Dedilarkim: g’am yemangiz, Xoja Ahror meni sizga yubordilar. Dedilarkim: «Biz (Xoja Ahror) alarg’a
(Boburga) istionat (yordam, qo’llab-quvvatlash) Tegurub, podshohlig’ masnadig’a o’lturg’uzubbiz. Har
yerda mushkul ish tushsa, bizni nazag’ra Keltirib, yod etsun, biz anda hozir bo’lurmiz». Holo ushbu
soat fath va nusrat sizning soridur. Bosh ko’taring!» («Boburnoma», 175-bet). Unga yordamga
kelgan do’sti Qutlug’ Muhammad barlos ham shunday deydi: «Men tush ko’rdimkim, Xoja Ubaydulloh
dedilarkim: «Bobur podshoh Karnon degan kenttadur, borib ani olib keling, podshohlik masnadi anga
taalluq bo’lubtur» («Boburnoma», 175-bet).
Ehtimolki, bunday tasvirlar Bobur qo’llagan badiiy tasvir usulidir, bu usul Alisher Navoiyda ham
mavlono Lutfiyda ham va boshqa shoirlarda ham uchraydi, bas shunday ekan, uni hayotiy va real deb
qabul qilish mumkin-mi, deguvchilar ham bo’lar. Biz bunday fikrlarga to’la-to’kis qo’shilamiz. Shu bilan
birga qaysi shaklda bo’lishdan qat’iy nazar bu tasvirlarda Boburning Xoja Ubaydullohga nisbatan
bo’lgan samimiy ixlosi aks ettirilgan. Bu esa muhimdir.
Ana shu ixlos tufayli Bobur o’z shaxsiy va ijtimoiy faoliyatida Xoja Ubaydulloh fazilatlari va
Buyuk ma’naviy murshid
Do'stlaringiz bilan baham: |