www.ziyouz.com
кутубхонаси
61
boblarida Xoja Ubaydulloh ham tilga olingan, uning hikoyalari Keltirilgan. Shu bilan birga Alisher
Navoiy o’z asarida Xoja Ubaydullohga alohida bob ajratgan. Bu bobning avvalida Abdurahmon Jomiy
«Nafahot ul-uns»ida Xoja Ubaydulloh haqida Keltirilgan fikrlarning qisqacha mazmuni beriladi.
Shundan so’ng juda qiziq bir gap aytilgan, ya’ni Alisher Navoiy shunday deydi: «Hazrati Maxdumi
Nurankim (Abdurahmon Jomiykim) alar (Xoja Ubaydulloh) vasfida bu nav’ nukta surubdurlar, alarning
(Xoja Ubaydullohning) maorifidan ba’zi so’z Keltururlar, chun so’z bag’oyat daqiq biylik erdi va bu
bebizoatning fahmi va idroki andin qosir...» (Alisher Navoiy. Asarlar. 15 tomlik, 15-tom, 139-bet).
Bu gapning kishini hayratda qoldirgan joyi shundaki, Abdurahmon Jomiy «Nafahot ul-uns»da Xoja
Ubaydullohning tasavvufga oid fikrlarini aynan Keltirgan. Ana shular haqida so’z yuritgan Alisher
Navoiy aytadiki, Xoja Ubaydulloh so’zlari shunchalik chuqur va shunchalik buyukdirki, ularni tushunish
uchun mening fahmim va idrokim ojizlik qiladi. Agar Alisher Navoiydek buyuk zot tasavvufga oid so’z
va fikrlarni tushunishda o’zini shunchalik kamtar tutsa, mening fahmu idrokim ularni tushunishga
ojizlik qiladi, deb e’tirof etsa, bunga inonmoq kerak. Chunki bu bilan Alisher Navoiy bu masalada
hamma narsani Men bilaman deb da’vo qilish mumkin emasligini uqtirmoqda (Alisher Navoiyning
buyukligi shunda-mi deyman) va o’z navbatida, boshqalarni ham ogohlantirmoqda (E vohki, bu
ogohlantirishdan saboq olmay, Ummon dengiziga sho’ng’ib qimmatbaho durru gavharlarni qo’lga
kiritaman deb undan oddiy bir toshni olib chiqqan va u bilan mag’rurlangan g’avvosdek bugungi
kunda biz ham tasavvuf masalalariga berilib Ketib, bizga hamma narsa ayon, biz hammadonmiz, deb
da’vo qilayapmiz. Vaholanki, bizning ahvolimiz bu masalada eslatilgan g’avvos holiga o’xshashdir).
Shuning uchun bo’lsa kerak, Alisher Navoiy o’zining kitobida «alarning (Xoja Ubaydullohning) ba’zi
holatiki, bu faqirga mafhum (tushunarli) va yaqin edi, anga shuro’’ qilildi» deb, Xoja Ubaydulloh
tarjimai holi va faoliyati haqida o’ziga tushunarli va ma’lum masalalardan so’z yuritadi (bu masalani
yoritishda qo’lingizdagi risolaning muallifi ham Alisher Navoiy yo’lidan borgani muhtaram
o’quvchilarga endi ma’lum va ravshan bo’lsa kerak). Shunisi borki, Alisher Navoiyning Xoja
Ubaydulloh haqida «Nasoyim ul-muhabbat»ida keltirilgan ma’lumotlari «Hayrat ul-abror»dagi yoki
«Nafahot ul-uns»dagi fikrlarning takrori emas, balki yangidir. Shugina emas, balki u Xoja
Ubaydullohning vafotidan olti yil keyin o’zbek tilida yozilgan birinchi ma’lumot bo’lganligi bilan katta
ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun u muhtaram o’quvchilarga to’liq tarzda manzur etiladi. Alisher
Navoiy yozadi:
«Alar (Xoja Ubaydullohning mavlidi (tug’ilgan joyi) Toshkanddur va otalari darvesh kishi ermish va
ona tarafidan hamonoki, shayxi Tahurki, ul viloyatda mutaayyin shayx ermish, anga yetarlar va
o’zlarida bu ish choshnisi tufuliyat ayyomidin bor ermish. Yigit bo’lg’ondan so’ngrakim, sayohatqa
qadam qo’yubdurlar, ko’p mashoyix va avliyo xizmatig’a yetib, suhbatlarig’a musharraf bo’lubturlar.
Xuroson mashoyixidin hazrati Mir Sayid Qosim Anvor xizmatlarig’a yetibturlar va shayx Bahovaddin
Umar mulozamatiga musharraf bo’lubturlar va shayx Zayniddin Xavofiy suhbatiga yetibturlar va
mavlono Muhammad Asad va Mavlono Sa’diddin Qoshg’ariy bila suhbat tutubturlar va Movarounnahr
mashoyihidin Xoja Muhammad Porso mulozamatig’a yetibturlar va Xoja Abu Nasr suhbatig’a
yetibturlar va Mavlono Nizomiddin Xomush bila suhbat tutubturlar. Mavlono Ya’qub Charxiydin
irshodlar va tarbiyatlar topibturlar. Va so’ngralar hazrati Xojaga oncha muknat (qudrat) dast berdiki,
ma’lum emaski, mashoyixdin hech kimga ul dast beribtur yo yo’q. Mulkka ajab istilo (zabardast
bo’lmoq) va salotin va mulkka g’arib (ajab) ishrof (oliy rutba, martaba). Movarounnahr salotini
o’zlarini alarning muridzoda va mahkumi hukmi tutarlar erdi. Yo’qqi yolg’uz Movarounnahr salotini,
balki Xuroson va Iroq va Ozarboyjon, hattoki bir soridin Rum va Misrg’acha va bir soridin Xitoy va
Hindg’acha barcha muluk va salotin o’zlarin Xojaning mahkumi hukmi va ma’muri farmoni (hukmiga
bo’ysunuvchi va uni amalga oshiruvchi) tutarlar erdi va bir ruq’alari bu salotinga oncha muaasir
(ta’sirli) erdikim, alarning ahqomi (hukmlari) o’z xuddomig’a (xodimlariga) bo’lmag’ay. Va hazrati
Xojag’a zohir jamiyati barcha abnoi zamondin ko’prak voqea erdi. Andoqki botin jamiyati barcha
abnoi zamondin, balki ko’p moziy mashoyixdin dog’i hamonoki ortug’roq erdi.
Va haqir bila iltifotlari ko’p bor uchun vahiyiosor ruq’alari bila musharraf qilib, ishlarga ma’mur
Buyuk ma’naviy murshid
Do'stlaringiz bilan baham: |