Alisher Navoiyning «Mezon ul-avzon»



Download 15,73 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi15,73 Kb.
#330346
Bog'liq
Mezon ul avzon(2)


Mezon ul avzon” ilmiy tanqidiy matni
Alisher Navoiyning «Mezon ul-avzon»i esa bu risolalardan o’zining ko’pgina fazilatlari bilan ajralib turadi: birinchidan, risola faqat aruz ilmiga bag’ishlanib, o’zbek tilida yozilgan; ikkinchidan, aruz ilmi turkiy she’riyat asosida talqin qilingan; uchinchidan esa, Alisher Navoiy bu haqda shunday yozadi: «Chun ul Hazratning (Sulton Husayn Boyqaroning- B.V.) muborak xotirlari she’r buhuru avzonig’a va nazm qavoidu mezonig’a muncha moyil erdi aruz fanidan bu muxtasar sabt bo’ldi va anga «Mezon ul avzon» ot qo’yuldi va necha qoidau doira va vaznkim, hech aruzda, misli fan voze’i Xalil ibn Ahmad va ilm ustodi Shams Qays kutubida va Xoja Nasir To’siyning «Me’yor ul ash’or» ida, balki Hazrati Maxdumiy navvara marqaduhi nuran (ya’ni Abdurahmon Jomiy – B.V.)«Aro’z»larida yo’q erdikim, bu faqir bu fan usulidin istixroj qilib erdikim, bu kitobg’a izofa qildim» (MAT, 20 tomlik, 16-tom, 44-45-betlar).

Demak, Alisher Navoiyning e’tiroficha, asarda oldingi risolalarda tilga olinmagan masalalar yoritilgan. Darhaqiqat, «Mezon ul-avzon» da turkiy xalqlar she’riyati va ularning rasmiy aruzga munosabati masalasi birinchi marta tilga olinib, nihoyatda katta ilmiy ahamiyatga ega bo’lgan fikrlar bayon etilgan.


«Mezon ul-avzon»ning yozilgan yili asarda ko’rsatilmagan. Shuning uchun bu masalaga oid taxminlar mavjud bo’lib, shulardan biri asar XV asrning 90-yillarida (ya’ni, 90-99 yillar orasida) yozilgan bo’lsa kerak, degan fikrdir.

«Mezon ul-avzon»da arabiy, forsiy va turkiy tillardagi she’riyatda qo’llanilgan hazaj, rajaz, ramal, munsareh, muzore’, muqtazab, sare’, jadid, qarib, xafif, mushokil, mutaqorib, mutadorik, vofir, komil, tavil, madid, basit kabi o’n to’qqizta bahr haqida o’zbek tilidagi misollar asosida mulohaza yuritilgan.


Alisher Navoiy mazkur bahrlarning xususiyatlarini yoritish bilan bir qatorda ulardan qaysilari arab she’riyatiga xosligi, qaysilari Ajam va turkiy she’riyatda ko’proq ishlatiladigani hamda zamondoshlari tomonidan qo’shilgan yangi bahrlar haqida ham o’z kuzatishlari natijalarini bayon etgan. Jumladan;
«Tavil va madid va basit bahri arab shuarosining maxsusidur… va Ajam shuarosi anga mashg’ul bo’lmaydurlar.»

Shunday bo’lsa-da, mazkur bahrlar haqida so’z yuritganda (ko’rs.asar, 90-91-betlar) shu bahrlarda o’zbek tilida yozilgan misollarni ham keltirgan. Bu bilan, garchi ular kam ishlatilsa-da, ammo o’zbek tilida bu bahrlarda ham she’rlar yaratish mumkin, degan fikrni ifoda etadi. Bu misollar Alisher Navoiyning qalamiga mansub baytlar bo’lsa kerak.



Yana, asarda zamondoshlari va Alisher Navoiyning aruz bahrlarini boyitish, yangi doiralarni tuzish sohasidagi xizmatlari ham alohida ta’kidlanadi.
Jumladan, Alisher Navoiy aruz bahrlari doiralari qatoriga o’zi aniqlagan «Doirai mujtamia»ni qo’shgani haqida kamtarlik bilan shunday yozadi:
«Bu mazkur bo’lgan to’qquz asl bahrning (sare’, jadid, qarib, munsareh, xafif, muzore’, muqtazab, mujtas, mushokil) solimini….bir doirai azimada jam’ qilib, har birining o’rnig’a alohida misol kelturub, to’qqiztasini yana bir misra’din ham istixroj qilib, ul «Doirai mujtamia» deyildi va bu doira rasmi zamon zurafosidin ba’zining xayolig’a kelib erdi, ammo faqir anga tartib berdim va ul bu nav’ surat biladur»
Download 15,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish