www.ziyouz.com
кутубхонаси
57
bo’lgan e’tiqodi ham ko’payadi. Chunki inson g’amini yeyishga hech kim e’tibor qilmaydigan bir
davrda musulmonlar manfaatini ko’zlash eng olijanob faoliyatdir. V-as-salom. Al-faqir Ubaydulloh.
Maktubdagi birinchi gap diqqatni o’ziga tortadi. Unda Xoja Ubaydulloh ko’nglida Alisher Navoiy
bilan bir karra muloqotda bo’lish orzusi ko’pdan beri joy olgani ta’kidlanadi. Ammo bu muloqotning
qachon va qayerda sodir bo’lishini bilmayajagi aytiladi. Bizningcha, bunda Xoja Ubaydulloh tolibi
ilmliligi vaqtida Samarqandda ko’rgan Alisher Navoiyni davlat arbob sifatida ko’rish va u bilan
muloqotda bo’lishni nazarda tutgan ko’rinadi. Bu orzuning amalga oshgan-oshmaganligi hozircha
noma’lum. Taxminimizcha, amalga oshmagan ko’rinadi. Chunki, 1475-1476 yillardan so’ng Xoja
Ubaydullohning Hirotga borgani ham yoki davlat arbobi Alisher Navoiyning Samarqandga kelgani ham
tasdiqlangan emas.
Shunisi ham borki, Xoja Ubaydulloh Alisher Navoiyning faqat ijtimoiy faoliyatidan xabardor bo’lib
qolmay, balki uning badiiy ijodidan ham voqif bo’lgan. Bu jihatdan «Xamsat ul-103
mutahayyirin»da keltirilgan quyidagi lavha diqqatga sazovordir. «Ul vaqtdakim, shahzodai Behamto
Kichik mirzo... tavozu’ va niyoz nahajiga xursand va faqru fano ahliga muxlis va niyozmand erdi, bu
faqirning «To’hfat ul-afkor» qasidamdin... bu baytnikim:
Yak nazar farmo ki mustasno shavam z-abnon chins,
Sag chu shud manzuri Najmiddin sagonro sarvar ast.
(Mazmuni: bir nazar tashla tengqurlardan farqli bo’lay: Najmiddinga manzur bo’lgan it hamma
itlarga boshchi bo’ldi) bitib, hamul istido’ bila Samarqandga hazrati... Xoja Nosiriddin Ubaydulloh
xizmatiga yuborib edi» (Alisher Navoiy. Asarlar. 15 tomlik, 14-tom, 33–34 betlar).
Alisher Navoiyning o’zi asarlarini Xoja hazratlariga yuborgan-yubormaganligi haqida ma’lumotga
duch kelmadik.
Xoja Ubaydullohning Alisher Navoiyga yozgan va «Navoiy albomi»ga kiritilgan nomalari to’la
o’rganilgan va to’la nashr etilganicha yo’q. Ehtimolki, bu xatlar bizga noma’lum bo’lgan boshqa
masalalarga oid mulohazalar ham bordir. Shuning uchun ularni – asl matni, tarjimasini sharhlar bilan
ta’minlagan holda nashr etish nihoyatda muhim ish bo’lib, bu ish bilan shug’ullanayotgan muhtaram
Asomiddin O’rinboyevga omad tilaymiz.
Alisher Navoiy Xoja Ubaydulloh haqida o’zining ko’pgina asarlarida turli munosabat va mazmunda
so’z yuritadi. Muhimi shundaki, ularning hammasida ham Alisher Navoiyning Xoja Ubaydullohga
nisbatan ehtirom va samimiyati Seziladi. Jumladan, «Majolis un-nafois»da Ali Safiy ibn Husayn Voiz
Koshifiy haqida so’zlaganda uning Samarqandga borib, Xoja Ubaydulloh qabuli va e’zozi sharafiga
muyassar bo’lganini alohida uqtiradi. «Holoti Sayid Hasan Ardasher» asarida esa otaxoni Sayid Hasan
Ardasherning Xoja Ubaydulloh huzuriga borgani haqida shunday yozadi: (Sayid Hasan Ardasher)
Samarqandga hazrati Xoja Nosiriddin Ubaydulloh sharafi suhbatlarigakim, zamon ahlining ko’pi,
xususan, Samarqand ahli xojani «Qutb»ga nisbatan berurlar erdi, musharraf bo’lurga azimat qildilar.
Xoja bila Necha kun suhbatlar tutib, ta’zim va tashriflar topib, yana Hirot shahriga azimat qildilar.
(Alisher Navoiy. Asarlar. 15 tomlik, 14-tom, 85-bet).
Alisher Navoiyning bularni alohida ta’kidlagani bejiz emas. Chunki o’sha davrda Xoja hazratlari
qabulida bo’lib, uning hurmatiga sazovor bo’lish juda katta obro’-e’tiborga ega bo’lgan va bunday
kishilar alohida hurmat qilingan.
Shu bilan birga Alisher Navoiy o’zining «Hayrat ul-abror» va «Nasoyim ul-muhabbat» asarlarida
Xoja Ubaydulloh haqida Kengroq to’xtaladi. Jumladan, «Hayrat ul-abror» dostonida Xoja Bahovuddin
Naqshband va Xoja Ubaydullohlar zikriga maxsus bob ajratib, buning asosiy qismini Xoja Ubaydulloh
tavsifi va ta’rifiga bag’ishlaydi. Bu qism Alisher Navoiyning Xoja Ubaydullohga nisbatan bo’lgan
munosabatini aniqlash hamda Xoja Ubaydullohning o’sha davrdagi mavqyei, fazilati, ijtimoiy-siyosiy
va iqtisodiy faoliyati haqida tasavvur hosil qilishda muhim bir adabiy-tarixiy hujjat sifatida ahamiyatga
molik bo’lgani sababli uni muxlislarga to’la manzur etish maqsadga muvofiq ko’rindi (sharhlash oson
Buyuk ma’naviy murshid
Do'stlaringiz bilan baham: |