www.ziyouz.com
кутубхонаси
55
Hirotda yozilgan Deguvchilarni qo’llab-quvvatlash tarafdorimiz.
Demak, masnaviy Hirotdan ixroj qilingan Navoiyning Samarqandga Ketishga ixtiyor qilgani va
uning muhim bir sababi ustida to’xtalgan. Shunisi borki, Navoiy masnaviyda «men Samarqandga
borishni ixtiyor qildim» mazmunida ochiq aytmagan, ammo ramz-ishora bilan maqsadini bildirgan:
Zaruratki yasab safar barkini,
Tushub yo’lga qilgay vatan tarkini...
Yana bir budurkim, gado gar muluk,
Talab yo’liga qilgay oncha suluk.
Burun murshidi komil istay yurub,
Ani topkach, o’zin anga topshurub...
Menikim bu savdo nizor ayladi,
Havas ilgida Beqaror ayladi...
Urarmen qadam toki borguncha gom,
Ki bo’lgay menga muyassar ushbu kom.
Agar bo’lsa bu yo’lda umrum talaf,
Chu bu yo’ldadur ul ham erur sharaf.
V-agar bo’lsam o’z komima bahramand,
Zixi mulki jovidu baxti baland.
Keltirilgan parchada muhim masalalar bayon etilgan.
1.
Birinchi baytda safar asbobini tayyorlash zarur bo’lib qolganini ta’kidlash. Demak, bu yuqorida
bayon qilingan voqea - Sulton Abu Sa’idning uni Hirotdan ixroj qilish haqidagi ko’rsatmasining
kutilmagan holda maydonga kelishi va Navoiyning Hirotdan ketishi, ya’ni tarki vatan qilishi zaruriyatini
keltirib chiqarishi. Agar Navoiy o’z ixtiyori bilan safar qilmoqchi bo’lsa edi, bunday ta’kidning va
shoshilinch ravishda yo’lga otlanmoqning hojati yo’q edi. Demak, nogahoniylik bunda mavjud.
Shundan kelib chiqib, aytish mumkinki, Navoiyning o’zida ixtiyoriy tarzda safar qilish niyati bo’lmagan
ko’rinadi (Safar tushti olimga beixtiyor, Qazo amrida elga Ne ixtiyor). Chunki u yoshlikdan ko’p safar
qilib, yaqindagina Mashhaddan qaytgan va endi o’z vatani Hirotda qo’nim topmoqchi bo’lgandirki, u
Sulton Abu Sa’id xizmatiga ham kirgan edi. Bu holat Hirotda ixroj qilishning kutilmagan hodisaligini
yana bir bor oydinlashtiradi.
2.
Keltirilgan parchaning keyingi qismida barcha inson gadomi u, shohmi u, bundan qat’iy nazar,
o’sha davr taomiliga ko’ra, «talab yo’lini topish maqsadida «murshidi komil»ni axtaradi va uni
topgach, o’zini unga topshiradi» mazmunida so’z boradi. Agar biz yuqorida bayon etganimiz kabi Xoja
Ubaydullohning «murshidi komil»ni topish uchun izlanganini xotirga keltirsak unda bu gaplar
tushunarli bo’ladi.
Navoiy aytmoqchiki, Men ham ko’p qatori talab yo’lida murshidi komilni izladim va uni topdim, endi
esa men uning oldiga yo’l olaman. Demak, yo’l uzoq agar bu yo’lda «umrum talaf» bo’lsa, bu mening
uchun sharafdir. Va agar maqsadimga erishsam, bu mening uchun abadiyat mulki va katta baxt
bo’lajak.
Ko’rinadiki, Navoiy o’zi istagan murshidi komilni topdim va endi uning huzuriga boraman Demoqda.
Bu murshidi komil kim va Navoiy uni qanday topdi?
Ma’lumki, XV asrning 60-yillarida Xuroson va Mavorounnahrda naqshbandiya tariqatining murshidi
komili sifatida tanilgan va Navoiy iborasi bilan aytganda, «gado va muluk» – gadolar va podshohlar
tomonidan e’tirof etilgan bu zot Xoja Ubaydulloh – Xoja Ahrori Vali edi. Xoja Ubaydullohning fuqaro
g’amxo’ri, shohu gadoning pushti panohi ekanligi, nashqbandiya tariqati sohasida rahnamo ekanligi
yoshu qariga ma’lum edi, Xoja Ahror 1460 yili Hirotga borganida esa, qayd qilinganidek, ko’plar qatori
Abdurahmon Jomiy ham uning bilan muloqotda bo’lib, uning qo’lini olgan - uni o’ziga pir deb qabul
qilgandi. Shundan so’ng esa, Alisher Navoiy Abdurahmon Jomiy bilan yaqinlashib, uning nazdida
Buyuk ma’naviy murshid
Do'stlaringiz bilan baham: |