www.ziyouz.com
кутубхонаси
51
XOJA AHRORNING SHUHRATLI MUXLISLARI
Xoja Ahror tarix sahifasiga kirgach, u mansub bo’lgan naqshbandiya tariqatining muxlislari yanada
ko’paydi. Bu muxlislar orasida o’sha davrdagi ijtimoiy tabaqalarning – podshohlar, vazirlar,
mudarrislar, tolibi ilmlar, san’at va hunar ahli, ilm va madaniyat namoyandalari, dehqonlar, xullas,
barcha ijtimoiy guruhlarning namoyandalari bor edi. Ana shular qatorida mashhur shoir va
mutafakkirlar Abdurahmon Jomiy hamda Alisher Navoiy, iste’dodli davlat arbobi, shoir, nosir, muarrix,
adabiyotshunos Zahiriddin Muhammad Boburlar ham bor edi. Biz quyida ularning Xoja Ahrorga
munosabatlari haqida qisqacha to’xtalmoqchimiz.
NURIDDIN ABDURAHMON JOMIY
(1414–1492) – mashhur tojik shoiri va mutafakkiri
Xurosonda naqshbandiya tariqatining peshvolaridan bo’lib, Xoja Ahror bilan shaxsan tanishib, Xoja
hazratlarini «ka’bai maqsud» deb bilib, u kishi bilan Hirot, Samarqand, Andijon va Toshkandda bir
necha marta uchrashish sharafiga muyassar bo’lgan edi.
Abdurahmon Jomiyning Xoja Ahror bilan munosabatlarini yoritishda professar A’loxon Afsahzod va
professor A.N. BoldiRev keyingi yillarda samarali mehnat qilib, o’z maqola va risolalarida bu haqda
ancha muhim ahamiyatga ega bo’lgan mulohazalarni bayon qilganlar. Shunday bo’lsa-da, bu o’rinda
Xoja Ahror va Abdurahmon Jomiy o’rtasidagi munosabat haqida ayrim mulohazalarni bayon etish
maqsadga muvofiqdir.
Abdurahmon Jomiy Xoja Ahrorni qachondan beri taniydi, u bilan qanday uchrashgan, degan
savollar javob kutadi, albatta. Bu savollarga yuqorida eslatganimiz allomalar javob aytganlar, bu
masalani yoritganlar. Shunday bo’lsada, quyidagilarni bayon etishni ma’qul deb bildik. Bizningcha,
Abdurahmon Jomiyning Xoja Ahror bilan sirtdan tanishuvi Sa’diddin Qoshg’ariy bilan qilingan
muloqotlardan boshlangan ko’rinadi. Chunki Abdurahmon Jomiy 1451–1452 yilda Samarqanddan
Hirotga Keladi va bu yerda naqshbandiya tariqatining nufuzli namoyandasi bo’lgan Sa’diddin
Qoshg’ariydan tasavvuf bo’yicha ta’lim olib, Sa’diddin Qoshg’ariyni naqshbandiya sohasida o’ziga pir
deb qabul qiladi. Abdurahmon Jomiy uning nazdida xojagon tariqati silsilasini o’rganar ekan, Sa’diddin
Qoshg’ariy unga o’sha vaqtda bu silsilaning ko’zga ko’ringan vakili, o’zining Samarqandda tanishgan
do’sti va hammaslagi Xoja Ubaydulloh – Xoja Ahror haqida ham so’z yuritgan ko’rinadi. Sa’diddin
Qoshg’ariyning Xoja Ahror haqidagi hikoyalari Abdurahmon Jomiyda unga nisbatan g’oyibona
e’tiqodni ham shakllantirgan ko’rinadi. Chunki Sa’diddin Qoshg’ariy vafot etgach (1456), Abdurahmon
Jomiy xojagon tariqatining boshqa namoyandalariga emas, balki Xoja Ahrorga intiladi va 1460 yilda
Xoja Ahror Hirotga borganda u bilan birinchi marta muloqotda bo’ladi. Shunda u piri Sa’diddin
Qoshg’ariy o’rnida Xoja Ahrorni o’ziga ma’naviy pir deb qabul qiladi va uni o’zi uchun «ka’bai
maqsud» – maqsud ka’basi deb e’tirof etadi. Buning sababi shundan iborat bo’lsa kerakki,
Abdurahmon Jomiy Xoja Ahror qarashlari bilan Sa’diddin Qoshg’ariy qarashlari o’rtasida umumiylik
borligini ko’rdi. Shu bilan birga ularning o’z dunyoqarashi, falsafiy va ijtimoiy-siyosiy aqidalariga
hamohangligini ham his etdi. Xususan, Xoja Ahror ta’limotida «al-faqru faxri» (faqirlik faxrimiz)
g’oyasining Keng ko’lamda tushunilgani va talqin etilgani Abdurahmon Jomiyga nihoyat ma’qul
tushgan ko’rinadi. Shuning uchun ham u o’zining «Tuhfat ul-ahror» dostonidagi Xoja Ahrorga
bag’ishlangan bobda bu masalaga alohida diqqat qilib, bundan oldin ham Keltirganmiz quyidagi
baytlarni bitgan edi:
Zad ba jahon navbati shohanshahy,
Kavkabai faqri Ubaydullahy.
On ki zi hurriyati faqr ogah ast,
Xojai Ahror – Ubaydullah ast.
Mazmuni:
Buyuk ma’naviy murshid
Do'stlaringiz bilan baham: |