www.ziyouz.com
кутубхонаси
60
xizmat qilishga chog’langan har kim ogohlik darajasiga yetadi, agar u gado bo’lsa, ma’naviy jihatdan
shoh bo’ladi. 5. Agar uning egniga nazar solsang, unda irfon xazinaboni qo’li bilan kiydirilgan yuz
kiyimni ko’rasan, ya’ni irfon ma’rifati undan yuzlab qavat o’rin olgan. 6. Shuning uchun u firib-
nayrang bilan to’nni o’zgartirmaydi; u qimmatbaho mo’ynadan yoki oddiy matodan tikilgan to’nlarga
e’tibor bermaydi, ya’ni uning kiyimlari dabdabali emas, balki oddiy kiyimlardir. 7. Uning suhbatida
g’ayb olamining go’zali hech shak-shubhasiz o’zini ko’rsatadi, ya’ni ularning suhbatlarida g’ayb
olamining sir-asrori shunday go’zal tarzda bayon etiladiki, eshituvchilar uning maftuni bo’lib qoladilar.
8. Xoja hazratlari xilvat burchagini o’ziga vatan qilmay, bir burchakda yashirinib o’tirmay, balki ochiq-
oshkora faoliyat ko’rsatadi. 9. Falakning qimmatbaho atlasi va dunyoning hashamati uning oddiy
to’nining astaridekdir, ya’ni u oddiy bo’lib, dunyoning hashamatini ko’zga ilmaydi. 10. Ammo o’sha
oddiy to’n matoyining har tori-ipi faqr-faqirlik tariqatida yuzta murshid-yo’lboshchiga oltin zanjirday
bo’lib tuyuladi. 11. U jahon mulkidagi ekinzorning Dehqonigina emas, balki jahon mulkining nigohboni
– qo’riqlovchisidir. 12. U mamlakatlarning nigohboni qo’riqlovchisigina emas, balki barcha
sultonlarning sultonidir. 13. Agar uning ruq’alari – xatlari podshohlar qo’liga tegsa, avval uni o’padilar-
da, so’ngra qoshlariga surtib e’zozlaydilar. 14. Bu nomalarni har bir podshoh boshidagi tojdek, undagi
har bir so’zni esa bezagan qimmatbaho durlardek biladilar. 15. U faqat shohlarga iltifot qilib, ularga
tojlar bag’ishlamaydi, balki gadolarga ham iltifot ko’rsatib, ularni ham baland martabalar bilan
e’zozlaydi. 16. U Haq (ham haqiqat, ham Olloh) so’zini elga bayon qilar ekan, bu vaqtda uning oldida
shohu gado teng ko’rinadi. 17. Uning dargohida qabul marosimi boshlanishiga guvohlik beruvchi
karnaylar chalinar ekan shohlar navbat bilan kirib, dargohi tuprog’ini o’padilar. 18. Ul hazratning
xotirlari jahonni yoritguvchi quyoshdek bo’lib, suhbatdoshlari esa, sharaf osmonidagi yulduzlarga
o’xshaydi. 19. Uning suhbatdoshlarining har biri olam eligagina emas, balki samodagilarga ham yo’l
ko’rsatuvchidirlar. 20. Suhbatdoshlarning barchasi suluk-tariqat ahliga rahbar bo’lib, qorong’i
kechalari esa yo’lovchilarga yo’l ko’rsatuvchi yulduzdirlar. 21. Ularning har biri tiyra nazarlarga nur-
yorug’lik bag’ishlashda Cho’lpon yulduzidekdir. 22. Ul hazratning odatlari tijorat-savdo qilish bo’lgani
tufayli bir joyda sokin bo’lib qolmaydilar. 23. U kishining yuklari fano mulkidan Keltirilgan bo’lib, har
bir solik-yo’lovchi bu tuhfalardan boylik orttiradi. 24. Ul hazratning siym-boyliklarining barchasi fano
konidan, durru-gavharlari esa yo’qlik (fano) ummonidan olingan. 25. Najot bag’ishlaguchi yuklarni
turli tomonga yuborganlari tufayli koinotning chorsulari (bozorjoylari) ular bilan band bo’ldi. 26. Bu
narsalarni sotib olguvchilar zarar ko’rsak kerak deb vahimaga tushishadi, ammo ularni sotib olgach,
ulardan foyda ko’rishadi. 27. Toki jahon qasri bor ekan, toki uning ustiga falakning ayvoni (osmon-
ko’k) bor ekan. 28. Ubaydulloh karnayining (shuhratining) dabdabasi jahon ayvonini holi qoldirmasin.
29. Olloh bul hazratning himmatin bizga ham ravo ko’rsa va shu tufayli biz ham faqr yo’lida boy bo’lib
imonimiz ham boyisa (mustahkamlansa).
Alisher Navoiy Xoja Ubaydulloh haqida juda ko’tarinki uslubda so’z yuritadi va muhim fazilatlarini
ta’kidlaydi. Uning fazilatlaridan biri tijorat-savdo ishlari bilan shug’ullanib, o’z mollarini turli joylarga
yuborgani masalasidir. Alisher Navoiy bu masalaga murojaat qilib, uni tariqatning muammolari bilan
ham bog’laydi. Demak, tijorat va tariqat ikkovi birlashib ketib, Xoja hazratlari faoliyatidagi muhim bir
tomonni oydinlashtiradi. Shunday ekan, Xoja Ahrorning 1460 yilda Hirotga borib, Sulton Abu Sa’id
Mirzodan tamg’a solig’ini Bekor qilinishini so’ragani va sultonning bu iltimosini qondirgani ham tabiiy
bo’lib ko’rinadi.
Alisher Navoiyning Xoja Ubaydulloh haqidagi baytlari va ularda bayon etilgan mazmun 1483 yilda,
ya’ni Xoja Ubaydulloh hayot bo’lgan vaqtda yozilgan bo’lib, unga hech kim e’tiroz bildirmagan. Alisher
Xoja Ubaydulloh haqida yozishni yana davom ettirdi. Bu gal uning yozganlari Xoja hazratlari vafotidan
keyinga to’g’ri keldi. Alisher Navoiy tomonidan yozilgan bu asar esa uning mashhur «Nasoyim ul-
muhabbat»idir. Ma’lumki, Abdurahmon Jomiyning tasavvuf tarixiga doir «Nafahot ul-uns» asaridan
ilhomlanish natijasida maydonga kelib, unga nisbatan ko’pgina yangi ma’lumotlari (xususan, turk
mashoyixlari haqida) bilan ajralib turadi. Alisher Navoiy ana shu asarda Xoja Ubaydullohni bir necha
marta tilga oladi. Masalan, Amir Sayid Qosim Anvor va shayx Kamol Xo’jandiyga bag’ishlangan
Buyuk ma’naviy murshid
Do'stlaringiz bilan baham: |