Kirish. Pediatriya asoslari va bolalar gigiyenasi fani



Download 49,22 Kb.
bet1/3
Sana22.11.2022
Hajmi49,22 Kb.
#870152
  1   2   3
Bog'liq
1-maruza


Kirish. Pediatriya asoslari va bolalar gigiyenasi fani. Fanning boshqa fanlar bilan aloqasi. Fanning maqsadi va vazifalari
“Bola faqat uning o’ziga taaluqli qoidalarga muvofiq o’sib ,
rivojlanib boradigan zotdir.Bola-katta yoshli odamning shunchaki jajji bir nusxasi emasdur” .
Reja :

  1. Pediatriya fanining kelib chiqish tarixi.

  2. Fanning vazifalari , maqsadi va taraqqiyoti.

  3. Pediatriya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.

Pediatriya – yunoncha so’zdan kelib chiqgan bo’lib (paib – bola , iatrea – davolamoq ) .
Pediatriya odam organizmini tug’ilgan paytdan boshlab,ba’zi hollarda esa ona qornidagi hayotining oxirgi oylaridan boshlab toki o’smirlik davrigacha o’rganib boradi va aslini aytganda ,o’sib borayotgan organism meditsinasi hisoblanadi.
Pediatriya fanining vazifasi - asosan bolalr uchraydigan patalogik holatlar , turli kassaliklarni oldini olish chora tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.
Pediatriya fanining maqsadi – bolalar sog’ligini saqlash , kasalliklarni oldini olish yo’llarini o’rgatishdan iborat.
Pediatriya oid bilimlarning avval boshi juda qadim zamonlarga borib tarqaladi. Gipokrat asarlarida ,uning “Aforizmlari “da , Soran , Galen asarlarida chaqaloq bolani parvarishlab borishga ,dietikaga taaluqli qiziq yo’l-yo’riqlarni topsa bo’ladi. Ammo, o’z zamoniga nisbatan olganda taraqqiyotda ancha yuksaklikka erishganiga qaramay na yunon, na rim ,na arab meditsinasi bola to’g’risida sistemaga solingan ma’lumotlar qoldira olmadi.
M.Maksimovich –Ambodik katta rolni o’ynadi, u ona va bolaning sog’ligini saqlashga aloqador ”Doyachlik san’ati yoki doyachik ilmi “(Искусство повивания или наука о бабичьем деле) nomli asarida go’daklarga xos kasalliklar tasvirlab berilgan.
Rus pediatriyasini rivojlanishida F.Xotoviskiy juda katta rolni o’ynadi.U 1-bo’lib pediatriyani meditsinadan alohida fan bo’lib ajaritishni boshlab bergan. Bolalar kasalliklariga doir 1- qo’llanma “Pediatrika “ (1847 ) F.Xotoviskiy qalamiga mansubdir.
Pediatriyaning fan sifatida rivojlanishini 3 ta davrga bo’lishi mumkin:
Birinchi davri- 16,17,18 asarlarini o’z ichiga oladi.Bu davrda bilimlar hali hech qanday bir sistemaga solingan emas edi. V.Lomonosov o’zining “Rossiya xalqining ko’payishi va saqlanib borish tog’risida “(О размножении и сохранении российского народа) degan asarlarida rus xalqi sog’ligini saqlashga taaluqli asosiy chora-tadbirlarni belgilash bilan bir qatorda va homilador ayol va farzandli bo’lgan ayollarga g’amxo’rlik qilib borish va bolalar o’limiga qarshi kurashish zarurligini ko’rsatib bergan.
Ikkinchi davri – 19-asrning boshidan to 1917-yilgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu davrda pediatriya endi mustaqil fan sifatida rivojlanib boradi. 1834-yili Peterburgda 50 o’rinli bolalar kasalxonasi ochildi.,bu Rossiyada 1- , jahonda 3-maxsus kasalxona edi.Hozirgi F.Filatov nomidagi kasalxona.2-kasalxona 1842 yil ochildi.1865-yilMeditsina – xirurgiya akademiyasi qoshida Rossiyada 1-bor Bolalar kasalliklari kafedrasi tashkil etildi.
19-asrning oxiri 20-asrning boshlarida Vatanimizda pediatriya fani rivoji boshlandi.Bunda Filatov va Gundobinlarni xizmati katta.Filatov pediatr maktabini yaratdi.U qizilcha va limfa tugunlari yallig’lanishi kasalliklarini ilk marta tasvirlab berdi.
Harbiy –meditsina akademiyasi a’zosi N.P.Gundobin o’zining “Bolalik davri xususiyatlari “ asari hozirda ham o’z ahamiyatini yo’qotgan emas.U Rossiyada bolalar o’limiga qarshi kurash ittifoqi asoschi rahbaridan biridir.
Uchinchi davr esa-ulug’ Oktabr Inqilobidan keyin boshlandi.1917-yil dekabrda V.Lenin tomonidan imzolangan dekret onalik va bolalikni muhofaza qilishning vazifalarini belgilab berdi.1944-yil 8-iyun kuni “Xomilador ayollarga ,ko’p bolali va yolg’iz onalarga davlat yordmini ko’paytirish ,ona vabola muhofazasini kuchaytirish to’g’risida “, “Qahramn ona “ kabi farmonlar chiqdi.1977-yili “Xalq sog’ligini saqlashni yanada yaxshilash choralari to’g’risida “ qaror qabul qilinadi.Bu qarorda bolalar sanatoriyalari , tug’ruqxonalardagi o’rinlar sonini ko’paytirish , bolalar ovqatiga ishlatiladigan mahsulotlarni ishlab chiqishni ko’paytirish , MTMlarda meditsina xizmatini ko’rsatishni yaxshilash ko’zda tutilgan.
Bola organizmi hamisha o’sishva rivojlanish protssesida bo’ladi , bola muayyan qonuniy bir tartib bilan tinmasdan o’sib va rivojlanib boradi .Bola tug’ilgan paytidan boshlab ma’lum davrlarni , ya’ni yosh davrlarni boshdan kechiradi.
Biroq , bolaning yoshiga aloqador xususiyatlarni o’z xolicha uni kasallikga duchor qiladi deb o’ylash xatodir.
Maktabgacha tarbiya yoshida bola organizmi mustahkamlanib boradi , muskulturasi rivojlanib , baquvvat bo’lib qoladi , suyaklari rivojlanishda davom etadi ,bola kattalardek ovqatlanish rejimiga o’tadi. Aholi bilan olib boriladigan ishning to’g’ri tashkil etilganligi va ma’lum bir maqsadga qaratilgan bo’lishi bolalarda uchraydigan kasallikran profilaktikasi va davosi samaradorligini ancha oshiradi.


Mavzu: Kirish. Muhit gigienasi. Maktabgacha tarbiya muassasalarining yer uchastkasi, bino va jihozlarga bo’lgan talablar. Mikroiqlim haqida tushuncha. Maktabgacha tarbiya muassasalarini yoritish va texnik jihozlar bilan jihozlash.


REJA:



  1. Maktabgacha tarbiya muassasalarining tiplari, aholi punktlarida joylashtirish qoidalari.

  2. Yer uchastkasi, tuproq, relief, ko’kalamzor maydonchalarga bo’lgan gigienik talablar.

  3. Maktabgacha tarbiya muassasalari territoriyasini zonalash.

  4. Uchastkani kechki vaqtda yoritish

Bolalar muassasalarini qurishda guruhlarning bolalarini shoshilinch ravishda ko’chirish, izolyatsiya qilish uchun zapas zinapoyalar qurilishini hisobga olish zarur. Hatto eng kam joyga mo’ljallangan yasli va bog’chalarda (25 joy) asosiy va zapas chiqish joylari bo’lishi kerak. Ko’p joyga mo’ljallangan maktabgacha tarbiya muassasalarida maktabgacha tarbiya yoshidan oldingi bolalar 2 guruhi uchun 1 ta umumiy kirish joyi mo’ljallandi. Bolalar muassasalarini badiiy jihatdan jihozalash bola tarbiyasida muhim ahamiyatga ega. Bolar bog’cjasi va yaslilarning binosi ko’pi bilan 1-2 etajli bo’lishi kerak. 2-etajda katta guruh bolalari joylashtiriladi. Zinapoyalar bolalarni chiqishi uchun qulay, charchatib qo’ymaydigan balandlikda quriladi. Zinapoyalarni qurishda bolalarning o’rtacha qadami uzunligi, oyoqlarni ko’tarish balandligi hisobga olinadi. Zinapoya chuqurligi 27-30 sm, ko’tarish balandligi 12-14 sm bo’lishi kerak. Zinapoyada bolalar to’qnashib ketmasligi uchun zina poya kengligi 1,3 m bo’lishi lozim, zina poya har marshi 10-13 pilla poyalardan iborat. Baxtsiz hodisalarni oldini olish maqsadida zinapoyalar atrofi balandligi 1,5 m to’siq bilan o’ralib, oralari 12 sm dan qoldirib to’r qo’yiladi. Maktabgacha tarbiya muassasalarining asosiy binosi guruhlar yacheykasini tashkil qilib, asosiy va yordamchi binolardan tashkil topgan. Yasli bog’chalarda 3 guruh xonalari: maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun; bir yoshgacha bo’lgan bolalar uchun maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun. Mamuriy xo’jalik xonalardan iborat. Maktabgacha muassasalarini loyihalashtirishda blok va pavilon sistemasidan foydalaniladi. Bunda guruh yacheykalari bir-biri bilan yopiq eshiklar orqali birikkan.
Guruh yacheykalari quyidagilardan iborat:
Yasli uchun:

  1. Qabul qilish xonasi.

  2. O’yin o’ynash xonasi

  3. Yotoq xona.

  4. Hojat xona.

  5. Buffet

Bog’cha uchun:

  1. Yechinish xonasi

  2. Guruh xonasi

  3. Guruh yotoqxonasi

  4. Guruh hojatxonasi

  5. Bufet

Yotoqxona kichik yasli yoshidagi bolalar uchun 2 zonaga ajratilgan bo’ladi:

  1. Gimnastika 2. Musiqa mashg’ulotlarini o’tkazish uchun maydoncha 75 m2 (140 joyga), 10 m2 – 140-190 joyga teng xona ajratiladi.

Bolalarni suzishga o’rgatish uchun basseyn quriladi, maydoni 37 m2 . U yechinish, dush, vanna xonalaridan iborat. Mehnat xonalari ham ajratiladi. Xona 36 m2 bo’ladi. Maktabgacha tarbiya muassasalarida albatta tibbiyot hamshirasi xonasi bo’lib u tibbiy komnata izalyator, qabul xona, palata, xojatxonalardan iborat
Bolalarni sog’lomligi, jismoniy ruhuy jihatdan rivojlanishi, ularni o’qitish va tayyorlash borasida bajariladigan ishlar maktabgacha tarbiya muassasalarining binolarini to’g’ri rejalashtirish va loyihalashtirishga bog’liq. Bolalar muassasalarini gaz va ko’p miqdorda chang hosil qilib ishlaydigan korxonalardan, bozordan, kinoteatrlarsan, garaj, umumiy ovqatlanish muassasalaridan uzoqroqqa qurish asosiy gigienik talablardan biri hisoblanadi. Bolalar muassasalari temir yo’ldan kamida 500 m uzoqda joylashishi va katta transport harakati bo’lgan magistrallardan uzoqda joylashishi kerak. Bolalar muassasalari ko’pincha kvartallar orasida, zich aholi joylashadigan punktlar orasida 15 km kenglikdagi daraxtlar chegarasini yaratgan holda quriladi.
Travmatizmni oldini olish maqsadida ko’chalarda transportlarning harakatini sekinlashtiruvchi belgilar qo’yiladi. Agar maktabgacha tarbiya muassasalari fabrikalarning yonida qurilgan bo’lsa ular o’rtasida ko’kalamzor zona (500 m atrofida) yaratilishi kerak.
Maktabgacha tarbiya muassasalari 2 ta asosiy tipga bo’linadi:

  1. kunduzgi (9-12) soat

  2. sutkalik

Yasli 3 yoshgacha bo’lgan bolalarni tarbiyalashga mo’ljallangan. Har bir gruppalar 20 kishidan iborat bo’lishi kerak. Qishloqlarda mavsumiy yasli bog’chalar tashkil etilib, ular faqat yig’im – terim paytida ishlaydi.
Maktabgacha tarbiya muassasalari jumlasiga bolalar uyi ham kirib u yerda 3 yoshgacha bo’lgan yetim bolalar tarbiyalanadilar. Bolalar bog’chalarida 3 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalar tarbiyalanadilar. Har bir guruh 25 ta boladan iborat bo’lishi kerak. Aholi soni kam bo’lgan yashash joylarda yasli bog’chalar yaratilib, birinchi gruppa 10 joyga, 3 yoshgacha 15 joyga, 7 yoshgacha bolalar 15 joyga mo’ljallangan guruhlardan iborat. 600-700 aholi yashaydigan joylarda 50 joyga, 1000-1500 aholi yashaydigan joylarda 90 joyga mo’ljallangan maktabgacha tarbiya muassasalari quriladi. 140-280, 500-660 joyga mo’ljallangan maktabgacha tarbiya muassasalari epidemic jihatdan xavfli bo’lganligi uchun kompleks ravishda alohida-alohida pavilionlar holida yasli bog’cha, mamuriy-maishiy xonalar quriladi. Yasli -bog’cha maktabgacha yoshdan oldingi va maktabgacha yoshdagi gruppalardan iborat.
Yer uchastkasi
Bolalarni satr qilish, issiq kunlarda hamma tarbiya ishlarini o’tkazish uchun mo’ljallanadi. Uchastkaning o’lchami zonalashtirish va jihozlash, bolalar muassasasining tipiga, kontingentiga, yoshiga bog’liq bo’ladi. 95 joyga mo’ljallangan joyga 40 m2 , 140-320 joyga 35 m2 , 560-660 joyga 30 m2 yer uchastkasi ajratiladi. Tuproqning tozaligi yer uchastkasiga bo’lgan gigienik talablardan biridir. Uchastkadagi maydonchalar qiya qilib quriladi. Yer uchastkasi balandligi 1.6 m dan iborat to’siq bilan o’raladi.
Ko’kalamzor nihollar yer uchastkaning 50% ini tashkil etadi. Ko’kalamzor zona havoni tozalashda va qulay mikroklimot yaratishda katta yordam beradi. Changni yutib havoni namlab turishda, quyosh nurini qaytarishda katta ahamiyatga ega.Har bir gruppa o’zining alohida maydonchalariga ega bo’lishi kerak. Erta yoshdagi I-II guruhlarda har bir bolaga 5m2 , I-kichik gruppada 7,5 m2 ,maktabgacha guruhlarda 7,2 m2 maydon to’g’ri keladi.
Har bir maydoncha usti yopilib uch tomondan o’ralishi kerak bo’lgan naves bilan biriktirilgan. Guruh maydonchalari o’t, chim bilan qoplangan bo’lishi kerak. Har bir maydoncha tarqatuvchi yorug’lik manbai Drel lampalari bilan yoritilishi kerak. Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini o’tkazish uchun umumiy fizkultura maydonchalari jihozlanib, har 50-70 bolaga 150m2 , 100 va undan ortiq bolaga 250m2 hisobda mo’ljallanadi. Xo’jalik binolari, ovqatlanish bloki alohida joylashtiriladi. Mamlakatning janubiy rayonlarida maktabgacha tarbiya muassasalarida cho’milish basseyinlari quriladi.


Maktabgacha tarbiya muassasalarini tozalash.
Maktabgacha tarbiya muassasalariga chang kamroq kirishi uchun ularni ko’kalamzor massivlar o’rtasida qurish maqsadga muvofiqdir. Axlat har kuni ertalab bolalarni qabul qilishdan 1-2 soat oldin olib ketiladi. Yoz kunlarida uchastkaga 1-2 marta suv sepish kerak. Muassasaga kirish joyiga oyoq kiyimlarini tozalash uchun reshotka qo’yiladi. Vestibulda gilamchalar to’shab qo’yiladi. Polllar kuniga 2 marta xona jihozlarini taglari bilan qo’shib artiladi. Xonalarni tozalash paytida derazalar ochib qo’yiladi. Mebellar, shkaflar, har kuni nam latta bilan artiladi. Yorkaklash stollari, plyonkalar, garshoklar, unitzlar kuniga 2 marta soda sovun bilan yuviladi, dezinfeksiyalovchi eritmalar bilan chayilib chotkalar shu eritmalarga botirib qo’yiladi. Dezinfeksiyalovchi eritmalar yopiq, rangli idishlarda bolalardan uzoqda saqlanadi. Tozalovchi inventarlar markirovka qilib qo’yiladi. Uchastka jihozlari har kuni 1 marta namlab artiladi. Qum 1oyda bir marta almashtiriladi.



Download 49,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish