Kirish. Pediatriya asoslari va bolalar gigiyenasi fani


Maktabgacha tarbiya muassasalarida jihozlarga bo’lgan gigienik talablar



Download 49,22 Kb.
bet2/3
Sana22.11.2022
Hajmi49,22 Kb.
#870152
1   2   3
Bog'liq
1-maruza

Maktabgacha tarbiya muassasalarida jihozlarga bo’lgan gigienik talablar.
Maktabgacha tarbiya muassasalarining jihozlariga bolalarning yashash sharoitlari va pedagogic proseslar bilan bog’liq anjomlar, buyumlar kiradi. Bular mebel, o’yinchoqlar, didaktik qo’llanmalar hamda yer uchastkasida ishlash uchun kerakli asboblar, qurilish materiallaridan iborat. Jihozlar bolaning yoshiga mos kelgan holda uning o’sishi va rivojlanishiga halaqit bermasligi, shikastlanishlar, zo’riqishlarni chaqirmasligi, epidemiologik jihatdan xavfsiz, xonalarni band qilib, tiqilinch qilib, bolalarning erkin harakat qilishlari uchun halaqit bermasligi kerak. Jihozlar mustaxkam, yengil materiallardan yasalishi va ochiq rangli zararsiz lak yoki bo’yoq bilan qoplanishi lozim. Bo’yoq va lak suv, sovun, dezinfeksiyalovchi eritmalarga chidamli bo’lishi kerak. Mebellarning yuzasi silliq, burchak, aylanma, to’mtoq shaklda bo’lishi kerak. O’ynash va guruh xonalarida stol, stul bola soniga qarab qo’yiladi. O’rta va katta yasli yoshidagi bolalar guruhlarida 4 o’rinli va 2 o’rinli trapetsiya shaklidagi stollar qo’yiladi. Stol stullardan tashqari bu xonalarda shkaflar, oqliklar uchun jovon, o’yinchoqlar, didaktik qo’llanma, qurilish materiallari uchun jovonlar, tasviriy faoliyat mashg’ulotlarini yasash uchun doska, idish tovoqlar uchun bufet bo’lishi shart. Stollar oraligi 0,5m, derazalar oraligi 1m bo’lishi, osilgan doskaning balandligi 0,7-0,8m, doska maydoni 0,75x1,5m gat eng bo’lishi lozim.
I-kichik yoshli guruhlarda bulardan tashqari yo’rgaklash stoli 12ta ikki o’rinli stol (ovqatlanish uchun) , umivalnik hamda 4-5oylik bolalar uchun manejlar bo’ladi. O’rta yoshli guruhlarda jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini o’tkazish uchun maxsus moslamalar qo’yiladi. Maktabgacha tarbiya muassasalari guruhlarida bolalarni tabiat bilan qiziqtirib, mehnat qilish anjomlari bo’lishi lozim. Bu anjomlar bolaning yoshiga, bo’yiga mos bo’lishi kerak.


Xojatxonalarni jihozlash.
II- o’rta yoshidagi guruhlar uchun va I-kichik yoshidagi guruhlar uchun mo’ljallangan xojatxonalarda ikkita umivalnik, 1ta unitaz, shkaf-stollar(garshok uchun) bo’lishi kerak. Kichik yasli yoshidagi bolalar guruh xojatxonasida 1ta umivalnik, vanna, rakovina bo’lib, uning balandligi ham, bolaning yoshi va bo’yiga to’ri kelishi kerak. Maktabgacha tarbiya guruhlarida 4ta umivalnik, 3ta unitaz, dush bo’lib, unitazning balandligi poldan 28 sm baland, eni 22sm , o’tirish teshigini razmeri diametric 18-20smga teng bo’lishi kerak.
Tayyorlov guruhlarida xojatxona qiz bolalar va o’g’il bolalar uchun alohida bo’ladi. Umivalnik kranining balandligi bola tirsagi bukilgan holatiga to’g’ri kelishi kerak. Yuvinish xonasida osgich- ilgichlar bo’lib, ular bolalarni sochiqlarini osib qo’yish uchun mo’ljallangan. Har bir bolaning sovuni, tish chotkasi alohida saqlanadi. Vannalar poldan 0,9m atrofida joylashtiriladi.


Yotoqxonalarni jihozlash.
Yotoqxonalar stasionar krovatlar bilan taminlangan. Katta bog’cha va tayyorlov guruhlarida 1yarusli krovatlar qo’yiladi. Ularning arzmerlari GOST talablariga javob berishi kerak. Gigienik matraslar, yumshoq yostiqlardan foydalaniladi. Har bir krovat yoniga bola yechinishi va kiyinishi uchun stul qo’yiladi.


Qabulxona va yechinish xonasini jihozlash.
Kichik yasli yoshidagi guruhlarda yo’rgaklash stoli, stol(termometr, shpatel va bolani emizish uchun kerakli anjomlar), umivalnik, shkaf (halat uchun) qo’yiladi. O’rta yoshli guruhlarda ham stol shkaflar joylashtiriladi. Yechinish xonasining asosiy jihozlaridan biri yechinish uchun shkaflar bo’lishidir. Shkaflar individual bo’lib, uning balandligi 120-135 smga teng bo’lishi kerak.


O’yinchoqlar, didaktik materiallarga bo’lgan gigienik talablar.
O’yinchoqlar, didaktik materiallar bolalarni tashqi dunyo bilan tanishtirish va ongini takomillashtirish, rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. O’yinchoqlar bolani dunyoqarashini kengaytiradi, tabiat, hayvonlar, mehnat haqidagi tasavvurlarini oshiradi.



Download 49,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish