Badminton paydo bo’lishi Badmintonning O’zbekistonga kirib kelishi Badminton inshoatlari



Download 85,19 Kb.
bet1/2
Sana07.04.2022
Hajmi85,19 Kb.
#534234
  1   2
Bog'liq
Badmintonning O’zbekistonga kirib kelishi


Badmintonning O’zbekistonga kirib kelishi
Reja:

  1. Badminton paydo bo’lishi

  2. Badmintonning O’zbekistonga kirib kelishi

  3. Badminton inshoatlari


Badminton
Badminton (Angliyaning Badminton shahri nomidan) — patli koptok (volan)ni raketka bilan urib o‘ynaladigan tennisga o‘xshash sport o‘yini. O‘yin to‘rtburchakli maydonchada (yakkama-yakka uchrashuvlarda maydoncha o‘lchovi 13,4x5,2 m va juftli o‘yinlarda 13,4x6,1 m) 1,55 m balandlikda tortilgan to‘rda o‘tkaziladi. O‘yinda raqib urgan koptokchani yerga tushirmay unga qaytarish muhimdir. 15 xol (ayollar va bolalar 11 xol) gacha sanaladi. 3 yoki 5 qur o‘ynaladi. Xol 0 va juft bo‘lganda koptokcha o‘ngdan, toq bo‘lganda chapdan uriladi.
Juftli o‘yinlarda o‘ng tomondan boshlanib, har xoldan keyin o‘yinchilar sherigi bilan o‘rin almashtiradi. Badminton qadimgi Malayyada vujudga kelgan, keyinchalik Osiyodagi boshqa mamlakatlarga tarqalgan. 19-asr 70- yillarida Angliyada rasm bo‘lib, o‘yin qoidalari ishlab chiqilgach Yevropaning boshqa mamlakatlariga ham yoyildi.

Xalqaro badminton federatsiyasi (IBF) 1934 yil tashkil topdi, unga 80 dan ortiq mamlakat a’zo (1991). 1977 yildan jahon birinchiligi o‘tkazib kelinadi. 1992 yildan Olimpiya o‘yinlari dasturidan joy oldi. Erkaklar uchun Tomas kubogi (1947 yildan), ayollar uchun Uber kubogi (1955 yildan) eng yirik xalqaro musobaqalar, Angliyaning ochiq birinchiligi (Uimbldon turniri) esa norasmiy jahon chempionata hisoblanadi. Badminton O‘zbekistonda 50- yillardan rivojlana boshladi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA BADMINTON SPORT TURINI RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Respublikada badminton sport turini yanada keng rivojlantirish, aholi keng qatlamlarini, xususan, yoshlarni badminton sport turi bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish, ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, yuqori malakali trener kadrlarni tayyorlash tizimini rivojlantirish, mavjud moddiy-texnika bazadan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasida badminton sport turini rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Quyidagilar Dasturning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
badminton sport turi bilan shug‘ullanuvchilar uchun shart-sharoitlar yaratish, ushbu sport turining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy sport anjomlari bilan ta’minlash, ushbu yo‘nalishda davlat-xususiy sheriklik subyektlarining faoliyatini rivojlantirish;
badminton sport turi bo‘yicha kadrlar salohiyatini yanada oshirish, yuqori malakali, chuqur kasbiy bilimga va axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan malakali trenyerlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, ularni ilmiy-metodik jihatdan ta’minlash;
aholining keng qatlamlari o‘rtasida badminton bo‘yicha ommaviy sog‘lomlashtirish ishlarini rivojlantirish, musobaqalarni o‘tkazish, iqtidorli sportchilarni aniqlash, qo‘llab-quvvatlash va maqsadli tayyorlash;
O‘zbekistonda badminton sport turini yanada rivojlantirish maqsadida ushbu sport turi bo‘yicha yuqori natijalarga erishgan mamlakatlar tajribasini o‘rganish, zarur hollarda xorijiy trenyerlar va mutaxassislarni jalb qilish;
ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, elektron va Internet jahon axborot tarmog‘i orqali aholi o‘rtasida badminton sport turining sog‘lom turmush tarziga ijobiy ta’sir etuvchi vosita ekanligini targ‘ib qilish ishlarini tashkil etish.
2. Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishda tegishli vazirliklar va idoralar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining shaxsiy mas’uliyati belgilab qo‘yilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi O‘zbekiston badminton federatsiyasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda hududlarda badminton sport turini yanada rivojlantirish, shu jumladan tegishli tuman (shahar)larda badminton bo‘yicha klublarni tashkil etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi namunasini ishlab chiqsin hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuborsin.
3. Quyidagilar Dasturning moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida nazarda tutilgan mablag‘lar;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining “Ta’lim” sohasiga ajratiladigan mablag‘lari;
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi mablag‘lari;
O‘zbekiston badminton federatsiyasi mablag‘lari;
imtiyozli xorijiy kreditlar va grantlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
4. Respublika hududlari bo‘yicha badminton sport turiga biriktirilayotgan sport obyektlari ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda O‘zbekiston badminton federatsiyasi bilan birgalikda 2-ilova bilan biriktirilayotgan sport obyektlarida badmintonchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, zamonaviy sport asbob-uskunalari, inventarlari bilan ta’minlash, badminton bo‘yicha yuqori darajada sport musobaqalarni, o‘quv-mashq yig‘inlarini va boshqa sport tadbirlarini o‘tkazish, badminton klublarini tashkil etish vazifalari yuklansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda samarali sport infratuzilmasini yaratish maqsadida bolalar maydonchalari negizida tasdiqlangan me’yor va talablar asosida badminton maydonchalarini qurish bo‘yicha namunaviy loyiha ishlab chiqilishini tashkil etsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi:
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazida 2020-yildan boshlab badminton sport turi uchun 3 oylik qisqa muddatli qayta tayyorlash o‘quv kurslari tashkil etsin.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga 2020/2021 o‘quv yili uchun ajratilgan qabul parametrlarini yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimlashda badminton sport turi uchun kvotalarini oshirishini ta’minlasin;
2020/2021 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida badminton sport turi uchun kafedra tashkil qilsin hamda yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirilishini ta’minlasin;
Oldingi tahrirga qarang.
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab har bir olimpiya zaxiralari kollejlarida, bolalar va o‘smirlar sport maktablarida, ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktablarida badminton bo‘limlarini ochish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilasin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-noyabrdagi 735-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2020-y., 09/20/735/1580-son)
7. Xorazm viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda O‘zbekiston badminton federatsiyasining Xorazm viloyati, Urganch shahri, Yangiariq ko‘chasida joylashgan Xorazm tennis va badminton markazini Xorazm viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi balansiga o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Belgilansinki, Xorazm viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi Xorazm tennis va badminton markazida badmintonchilar uchun kerakli shart-sharoitlar yaratish, badminton bo‘yicha o‘quv-mashg‘ulotlar, sport musobaqalari, o‘quv-mashq yig‘inlari va boshqa sport tadbirlarini o‘tkazishga hamda O‘zbekiston badminton federatsiyasi badmintonchilari ushbu markazdan tekin foydalanishi uchun mas’ul hisoblanadi.
8. Quyidagilar:
“Kapital bank” ATB va “Davr bank” XATBning (keyingi o‘rinlarda banklar deb ataladi) Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Muqimiy ko‘chasi, 7/3-uy manzilida joylashgan O‘zbekiston badminton federatsiyasiga operativ boshqaruv huquqi asosida tegishli bo‘lgan ma’nan eskirgan ikki qavatli bino o‘rnida (liter 0002) banklar mablag‘lari hisobidan ko‘p qavatli binoni (keyingi o‘rinlarda bino deb ataladi) ikki yil davomida qurish, qurilgan binoni (1100 kv.m) O‘zbekiston badminton federatsiyasi balansiga badmintonchilar uchun yotoqxona sifatida o‘tkazish sharti bilan banklarga berish;
ushbu banklarni O‘zbekiston badminton federatsiyasiga bosh homiy sifatida biriktirish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi binoning loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini ta’minlasin va qurilish-montaj ishlari sifatli bajarilishi bo‘yicha davlat arxitektura-qurilish nazoratini o‘rnatsin.
10. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasiga badminton sport turini rivojlantirishni va musobaqalarni ommaviy axborot vositalari hamda Internet jahon axborot tarmog‘i orqali keng yoritish tavsiya etilsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A.A. Abduxakimov hamda O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri D.X. Nabiyev zimmasiga yuklansin.


Download 85,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish