Qarori respublikamizda asalarichilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘G‘risida



Download 253 Kb.
bet1/4
Sana13.01.2022
Hajmi253 Kb.
#355185
  1   2   3   4
Bog'liq
ASALARICHILIK


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING

QARORI


RESPUBLIKAMIZDA ASALARICHILIK TARMOG‘INI YANADA RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

Asalarichilik tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish, tarmoqda naslchilik ishlarini ilmiy asosda tashkil etish, asalarichilik xo‘jaliklari faoliyati samaradorligini oshirish, asal mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi va turlarini yanada ko‘paytirish, asalni qayta ishlash bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, sohaning eksport salohiyatini oshirish, shuningdek, asalarichilik sohasidagi ilg‘or tajribalarni respublikamizning barcha hududlarida tatbiq etish maqsadida:



Oldingi tahrirga qarang.

1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda Aksiyadorlik-tijorat “Aloqabank”ning (keyingi o‘rinlarda AT “Aloqabank” deb ataladi) “O‘zbekiston asalarichilari” uyushmasini (keyingi o‘rinlarda Uyushma deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.



(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)

2. Quyidagilar Uyushmaning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin:

asalarichilik tarmog‘ini rivojlantirishga qaratilgan normativ-huquqiy bazani ishlab chiqishda ishtirok etish;

asalarichilik tarmog‘ini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishni muvofiqlashtirish, yagona ilmiy-texnika, texnologik, investitsiya va eksport siyosatini amalga oshirishni muvofiqlashtirish;

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda asalarichilik xo‘jaliklarini o‘rmon fondi yerlariga, tog‘ va tog‘oldi hududlariga, tabiiy pichanzor va yaylovlarga hamda qishloq xo‘jaligi yerlariga joylashtirishni amalga oshirish;

asalarilar uchun sun’iy ozuqalar ishlab chiqarishni markazlashgan holda tashkil etishga ko‘maklashish va ushbu tajribani keng qo‘llash hisobiga asalarichilik xo‘jaliklarining ozuqa bazasini mustahkamlash;

asalari kasalliklarining oldini olish, davolash va tashxis qo‘yish bo‘yicha zamonaviy va ilg‘or usullarni joriy etish ishlariga ko‘maklashish;

oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, shu jumladan xorijiy muassasalarda asalarichilik tarmog‘iga kadrlar tayyorlash. qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirishda ishtirok etish.

3. “O‘zbekiston asalarichilari” uyushmasining tashkiliy tuzilmasi va uning ijro etuvchi apparati boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 27 nafar bo‘lgan tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq ma’qullansin.

4. Uyushmani tashkil etish bilan bog‘liq tashkiliy chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish va uni kelgusi faoliyatini yo‘lga qo‘yilishiga ko‘maklashish bo‘yicha ishchi guruh tarkibi (keyingi o‘rinlarda Ishchi guruh deb ataladi) 3-ilovaga muvofiq tashkil etilsin.

Ishchi guruh (Z.T. Mirzayev) ikki oy muddatda:

Uyushmani tashkil qilish bo‘yicha tashkiliy masalalarni hal etilishini, uning ustavi tasdiqlanishini va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini;

Uyushmaning markaziy apparatini yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirilishini ta’minlasin.

Oldingi tahrirga qarang.

5. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va AT “Aloqabank” Uyushmani “Apimondiya” xalqaro asalarichilik uyushmalari federatsiyasiga a’zo bo‘lib kirishi bilan bog‘liq barcha zarur tashkiliy-amaliy tadbirlarni ta’minlasin.



(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)

6. Belgilab qo‘yilsinki:

Uyushma raisi va uning o‘rinbosari muassislarning umumiy yig‘ilishi qarori bilan saylanadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tasdiqlanadi;

Uyushmaning ijro etuvchi apparati faoliyatini moliyalashtirish Uyushmaga a’zo bo‘lgan tashkilotlarning a’zolik badallari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;

Uyushmani tashkil etish hamda uning faoliyati bilan bog‘liq barcha xarajatlar, Uyushmani “Apimondiya” xalqaro asalarichilik uyushmalari federatsiyasiga a’zo bo‘lib kirish va a’zolik badali to‘lovlari dastlabki uch yil davomida AT “Aloqabank” mablag‘lari hisobidan ta’minlanadi.


Download 253 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish