Mehnat muxofazasi



Download 308 Kb.
bet8/9
Sana17.12.2019
Hajmi308 Kb.
#30715
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
(MARUZA MATNI) MEHNAT MUHOFAZASI

6.3. Ergonomika elementlari


Ergonomika insonning ish jarayonidagi harakatidir. Erganomika ishlab chiqarish jarayonida ishchining charchamasdan, mehnat qobiliyati pasaymagan va sog’ligini yo’qotmagan holda eng yuqori ish unumdorligiga erishishda funktsional imkoniyatlarni urganuvchi fandir.

Ish joyida jixoz va uskunalarning noto’g’ri joylashtirilishi, ularning shakli, rangining noto’g’ri tanlanishi ishchini charchatadi, to’g’ri joylashtirilganda esa aksincha, ish unumdorligini oshiradi.

Ish joyining balandligi ham muhim ahamiyatga ega. Odatda u 1000-1600mm oraliqda bo’lgani maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari, ko’zning imkoniyat doirasini ham xisobga olinishi kerik. Gorizontal bo’yicha ko’rish burchaklari kuyidagicha:

18 0 - ko’zni ish joyida oniy ko’rish burchagi;

300 - ko’zni ish joyida samarali ko’rish;

1200 - ko’zning bosh qimirlatmay ko’rish;

2200- ko’zning bosh burchagida ko’rish burchagi.

Vertikal bo’yicha yuqorini ko’rish burchagi 55-600 ni, pastni kurish burchagi esa 70-750 ni tashkil qiladi. Bunda ham samarali kurish burchgi esa 30-400ni tashkil qiladi.

Sanoat korxonalarida yuklarni ortish-tushirish va ko’tarish-tashish ishlarini xavfsiz amalga oshirishga javobgar shaxslar tayinlanadi.

Ko’tarish kranlarga ularning yuk ko’tarish imkoniyatlarini kursatuvchi belgilar o’rnatiladi. Signal asboblari (qo’ng’iroq, gudok, sirena) mashinadan harakat oladigan ko’chma kranlar kabinasidan tashqariga o’rnatiladi.

Bosim bilan ishlaydiagn qurilmalar o’z vaqtida texnik kurikdan, tekshiruvdan, o’tkazib, sinab ko’rilib daftarga kayd etib boriladi.

6.4. Sanoat changi va uning insonga ta’siri


Halq ho’jaligidagi ko’p ishlarni bajarishda chang hosil bo’ladi. Ular kelib chiqish manbalariga ko’ra, tabiiy va Sun’iy changlarga bo’linadi.

Tabiiy changlar-inson ta’sirisiz hosil bo’ladi. Bunday changlar turkumiga shamol va bo’ronlar ta’sirida qum hamda tuproqning erroziyalangan qatlamlari ko’chishi, o’simlik va xayvonot olamida, vulqonlar otilishi boshqa hollarda paydo bo’ladigan changlarni kiritish mumkin. tabiiy changlarning atmosfera muhitidagi miqdori tabiiy sharoitga, havoning meteriologik holatiga, yilning fasllariga va aniqlanayotgan zonaning qaysi mintaqada joylashishiga bog’liq. Masalan, atmosferadagi changning miqdori shimoliy tumanlarga nisbatan janubiy tumanlarda, o’rmon zonalariga nisbatan cho’l zonalarida, shuningdek, qish oylariga nisbatan yoz oylarida ko’proq bo’lishi ma’lum.

Aniqlanishicha, har bir kubometr havo tarkibida chang zarralari dalalar va bog’larga nisbatan shaharlarda o’n marta ko’proq ekan. Tog’li hududlarda esa chang zarralari undan ham kamroq bo’ladi.

CHangning kattaligi, yaoni dispersligiga qarab uch guruhga bo’lib, o’rganiladi:

-Kattaligi 10 mkm.dan katta bo’lgan changlar. Odatda bunday changlar o’z og’irligi ta’sirida yerga qo’nadi;

-Kattaligi 10 mkm.dan 0,25 mkm.gacha bo’lgan changlar. Bu changlarni mayda changlar yoki mikroskopik changlar deb yuritiladi. Ular yerga juda sekinlik bilan tushadi;

-Kattaligi 0,25 mkm.dan kichik bo’lgan changlar. Bu changlar ultramikroskopik changlar deb yuritilib, ular qo’nmay havoda uchib yuradi.

Eriydigan changlar nafas yo’llarida to’tilib so’riladi va qonga o’tadi, organizmga ko’rsatadigan keyingi ta’siri ularning kimyoviy tarkibiga bog’liq. Masalan, qo’rg’oshin, mis va boshqa materiallarning changi zaharlovchi ta’sir ko’rsatadi.

CHang zarralarining shakli sferik, yassi va boshqa ko’rinishda bo’ladi. CHetlari o’tkir qirrali chang zarralari o’pka to’qimalarini jarohatlaydi. SHisha-tola, asbest slyuda kabi chang turlari yuqori nafas yo’llarining xujayralarini mikrojarohatlanish, ko’zning shilliq qavatiga va teriga ta’sir ko’rsatishi ham mumkin.

7- Mavzu: INSON ORGANIZMIGA ISSIQLIK ENERGIYaSI, YoRUG’LIKNI, ELEKTR TOKI, TOVUSH VA TITRASHLARNI TA’SIRI.



Reja

  1. Havo muhitining meteriologik sharoitlari.

  2. Yoritilganligini ish unumdorligiga ta’siri.

  3. Avariya yoritgachlari.

  4. Inson organizmiga elektr tokining ta’siri.

  5. SHovqindan ximoyalanish.

  6. Titrashdan ximoyalanish.

7.1. Havo muhitining meteriologik sharoitlari


Sanoat korxonalarining ishlab chiqarish zonalari havo muhitining metereologik sharoitlari havo xarorati (0S), nisbiy namligi (%), havo bosimi (mm.simob ust. yoki Pa) va havo harakati tezligi (m/s) bilan ifodalanadi. Bulardan tashqari meteriologik sharoitga ta’sir qiluvchi ishlab chiqarish omillari mavjud, yaoni ishlab chiqarish korxonalaridagi har xil qurilma-uskunalar va ishlov berilayotgan materiallar, moddalar yuzasidan tarqaladigan issiqlik turlari havo haroratining oshishiga olib keladi. Bu omillar ta’sirida ishlab chiqish zonasidagi hosil bo’ladigan havo muhiti sanoat mikroiqlimi deb yuritiladi.

Inson organizmining issiqlik boshqarilishi fiziologik va kimyoviy jarayonlar asosida tana haroratini bir hil chegarada (36-370S) saqlab turish qobiliyati demakdir.

Organizmdan tashqi muhitga uch xil yo’l bilan issiqlik chiqishi mumkin:

1. Odam tanasining umumiy yuzasidan infraqizil nurlanish orqali (radiatsiya) havo almashinuvi.

2. Tanani o’rab turgan havo muhitini isitish.

3. Terining terlab, bug’lanishi va nafas olish yo’llari orqali suyuqliklarning bug’lanishi natijasida.

Inson organizmiga faqatgina yuqori harorat ta’sir qilib qolmasdan, balki past harorat ham ta’sir ko’rsatadi. Uzoq vaqt past harorat ta’sirida bo’lish asosiy fiziologik jarayonlarning buzilishiga, ish qobiliyatining susayishiga va organizmning kasallanishiga olib keladi. Past harorat ta’sirida qon tomirlari torayadi, uzoq vaqt ta’sir qilish natijasida kapillyar qon tomirlarining faoliyati buziladi, shundan keyin organizmning bo’tunlay sovishi seziladi.

Havoning nisbiy namligi yuqori bo’lgan vaqtda ta’sir ayniqsa kuchli bo’ladi, chunki sovuq, haroratdagi nam havo issiqlikni yaxshi o’tkazadi va konvetsiya orqali issiqlik yo’qotishni kuchaytiradi.




Download 308 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish