O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIKA – MATEMATIKA FAKULTETI XAYOT FAOLIYAT XAVFSIZLIGI KAFEDRASI
“MEHNAT MUXOFAZASI”
kursidan
Ma’ruzalar matni
Farg’ona
Texnika fanlari nomzodi, dotsent
Yo.Usmonov tahriri ostida.
Loyiha muhariri:
Fizika kafedrasi o’qituvchi A.Abdulxamidov
Taqrizchilar:
f-m.f.d, dots. B. Karimov
Uslubiy qo’llanmada «Mehnat muhofazasi» fanini o’qitish bo’yicha ta’lim texnologiyalari, ularni qo’llash bo’yicha uslubiy tavsiyalar bayon etilgan. Ushbu tavsiyalar didaktik tamoyillar, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlari texnologiyalarini ishlab chiqish usul va vositalari, ularning muhim belgilaridan iborat ta’limni texnologiyalash qoidalarini hisobga olgan holda loyihalashtirilgan. Qo’llanma oliy ta’lim muassasalari o’qituvchilari va talabalari, Mehnat muhofazasi fanini o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarini qo’llash jarayonlariga qiziquvchilar uchun mo’ljallangan.
1-Mavzu: MEHNAT MUHOFAZASI FANINING MAQSADI VA TALABLARI. MEHNAT MUHOFAZA QILISHINING HUQUQI ASOSLARI VA NIZOMLARI.
Reja:
1. Mehnat muhofazasi fanining maqsad va vazifalari.
2. Mehnat muhofazasi ishlarini tashkil yetish.
3. Mehnat kodeksida mehnat muhofazasi haqida.
1.1. Mehnat muhofazasi fanining maqsad va vazifalari.
Jamiyatni asosiy rivojlantiruvchi va ishlab chiqarish tizimini boshqaruvchi kuch inson ekanligini e’tiborga olib, uning ishlab chiqarish faoliyatini va sog’lig’ini saqlash ijtimoiy sotsial taraqqiyot yo’lidagi muhim omil bo’lib hisoblanadi. SHuning uchun ham sanoat korxonalarining muhim talabi, faqat sifatli mahsulot ishlab chiqarish bo’lib qolmasdan, balki ishlab chiqarish sharoitini yaxshilash, ishlab chiqarishda jarohatlanish va kasb kasalliklari kelib chiqishiga sabab bo’lgan manbalarni yo’qotish, ish inson faoliyati uchun charchash, toliqish va kasalliklar manbai bo’lmasdan, quvonch va baxt keltiruvchi faoliyat bo’lishini ta’minlashga harakat qilish zarur.
Sanoat korxonalarida normal sanitariya-gigiena sharoitlarini yaratish, og’ir qo’l kuchi bilan bajariladigan mehnatni tugatish va aqliy mehnat rolini oshirish, sanoatda jarohatlanish va kasb kasalliklarini butunlay tugatish chora-tadbirlarini amalga oshirish natijasida mehnat qilish yashash vositasigina bo’lib qolmasdan, hayot talabi bo’lishiga erishiladi.
Inson mehnatini muhofaza qilishni yaxshilash — davlatimiz amalga oshirayotgan asosiy va muhim ijtimoiy vazifalardan biridir.
Mehnat muhofazasi-satsial-iqtisodiy, tashkiliy, texnik, gigienik, profilaktik tadbirlarni o’z ichiga qamrab olgan, insonning ish jarayonidagi mehnat qobilyatini, sog’ligi va havfsizligini ta’minlash uchun yunaltirilgan qonunlar majmuasidir.
Fan asosan to’rt qismdan iborat:
Mehnatni muxofaza qilish qonuniyatlari.
Sanoat korxonalarida mehnat gigenasi va ishlab chiqarish sanitariyasi.
Xavfsizlik texnikasi.
Yong’inga qarshi kurash asoslari.
Bu fanning metodologik asosi -mehnat sharoitini texnologik jarayoni, ajralib chiqadigan zaharli moddalarni va foydalanish vaqtida paydo bo’ladigan havfli vaziyatlarni ilmiy tahlil qilishdir.
Talablari: (har bir xodim bilishi va uddalashi kerak).
Ishlab chiqarish jarayonlarini xaflilik darajasini baxolay olish.
Zarur o’lchash ishlarini bajara olish.
Xavfsizlikni ta’minlashda mustaqil qaror qabul qila olish.
Mehnat muhofazasi bo’yicha yo’riqnomalar ishlay olish.
Baxtsiz xodisalar sababini aniqlash, o’rganish.
Jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko’rsata olish.
1.2. Mehnat muhofazasi ishlarini tashkil yetish.
Mehnatni muxofaza qilish fanining vazifasi bo’lajak har bir muxandisga mehnat muhofazasi qonuniyatlari, ishlab chiqarish xavfsizligi masalalarini yechish usullarini o’rgatish, ularni sanoatda shikastlanish va kasb kasalliklariga qarshi kurashish, kimyo va oziq-ovqat sanoati korxonalarida bo’ladigan yong’in va portlash xodisalarini oldini olish choralari bilan tanishtirishdan iborat.
Mehnat sharoitini yaxshilashga olib keladigan tadbirlar:
Baxtsiz xodisalarning oldini olish chora-tadbirlari:
Bularga: zaharli va yengil alangalanuvchi suyukliklarni saqlash jarayonini mexanizatsiyalashtirish, ximoya moslamalari, to’siqlar, avtomatik ximoya vositalari, signal moslamalari, masofadan boshqarish moslamalari, va boshqalar kiradi.
Ishlab chiqarishda kasb kasalliklarini oldini olish chora-tadbirlari:
Unga ishchilarni har xil kasbiy zararlar ta’sirida ximoyalovchi moslama, jixozlarni tayyorlash, ularni ishlab chiqarishga joriy etish, xonalarni shamollatib turish, moslamalarini o’rnatish hamda ishlab turgan moslamalarni o’z vaqtida taomirlab turish, havo tarkibini tekshirish hamda nazorat o’rnatish uchun asbob uskunalar olish, o’rnatish va boshqalar kiradi.
Mehnat sharoitini umumiy yaxshilash chora- tadbirlari.
Bunga mehnatni muhofaza qilish masalalarini yorituvchi ko’rgazmali xonalar, burchaklar tashkil qilish, ishjoylarini unumli yoritish, shovqin va tebranishlarga qarshi umumiy chora-tadbirlar maxsus yechinish, yuvinish, kir yuvish, kimyoviy tozalash, kiyimlarni maxsus tikish xonalari tashkil etish kiradi.
Ishlab chiqarishda yangi texnologiya jarayonlarini tadbiq etish va umumiy rekonstruktsiya qilish ham umumiy mehnat sharoitini yaxshilash chora-tadbirlariga kiradi. Bundan tashqari, korxona jamoasi, rahbarlari, tarmoq, vazirliklari hamkorligida mehnatni muhofaza qilish, mehnat sharoitlarini yaxshilash va sanitariya gigiena chora- tadbirlarini ishlab chiqib tarmoq markaziy kasaba qo’mitalari bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |