Mehnat muxofazasi


Yoritilganlikni ish unumdorligiga ta’siri



Download 308 Kb.
bet9/9
Sana17.12.2019
Hajmi308 Kb.
#30715
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
(MARUZA MATNI) MEHNAT MUHOFAZASI

7.2. Yoritilganlikni ish unumdorligiga ta’siri.


Sanoat korxonalarida ishchilarni unumdorligining oshirishning asosiy omillaridan biri ish joylarining yoritilishidir. To’g’ri tashkil qilingan yoritganlik mehnat sharoitining meoyoriy bo’lishini ta’minlaydi.

Faqatgina yoritganlikni yaxshilash xisobiga ish unumdorligi 5%dan ziyodrok oshirish mumkinligi aniqlangan.

Inson 90% axborotni faqat ko’z orqali oladi. SHuning uchun korxonoda yoritishni to’g’ri tashkil qilish kishi salomatligiga hamda markaziy asabning faoliyati meoyorida bo’lishiga olib keladi. Yoritilganlik yetirli bo’lmasa yoki u ratsional joylashtirilmasa, baxtsiz xadisalar sodir bo’lishi mumkin. Yoritganlik meoyorida bo’lsa, mehnat unumdorligining oshishiga va maxsulot sifatining yaxshi bo’lishiga olib keladi.

Yoritilganlik: tabiiy, Sun’iy va aralash bo’lishi mumkin.

Tabiiy yorig’lik manbai quyoshdir.

Sun’iy yorug’lik manbai elektr quvvati bo’lib, u cho’g’latma lampalar orqali amalga oshiriladi.


Sun’iy yorug’lik


Sanoat korxonalarida ish ikki -uch smenali bo’lsa, Sun’iy yoritganlikdan foydalaniladi.

Sun’iy yorug’lik, asosan, ikki xil cho’g’lanma va lyuminestsent lampalar orqali, amalga oshiriladi.

CHo’g’lanma lampalarning foydali ish koeffitsenti kichik: ularga keladigan quvvatning juda ozgina qismi yorug’likka, asosiy qismi esa issiqlik quvvatiga aylanadi. Bu lampalar spektori quyosh spektoridan keskin farq qilib yorug’lik beradi. SHuning uchun ular ishlatiladigan yerlarda kishining idrok qilish qobiliyati susayadi. Lekin bu lampalar to’zilishining oddiyligi, xoxlagan quvvatda ishlab chiqarish mumkinligi sababli ham keng miqyosda qo’llanilmokda. Bu lampalarni yordamchi tsexlarda, fonarsiz binolarning texnik kavatlarida, ventiliyatsiya kameralarida va konditsionerlar joylashgan xonalarda qo’llash maqsadga muvofiqdir.

Lyumenetsent lampalar tabiiy yorug’lik spektriga yakin spektrda yorug’lik tarkatadi. Bu ishchilarni kamroq toliqtiradi, idrok qilish qobiliyati ortadi. Bu lampalar elektr quvvatini tejashda ancha afzaldir va chuglanma lampalarga karaganda yorug’lik chikaruvchi yuzalari katta bo’lganligi uchun ko’zni kamashtirish xususiyati kamdir.

Lyumenetssent lampalar past va yuqori bosimli qilib tayyorlanadi. «Ular ham kamchiliklardan xoli emas»: ulardan yorug’lik pulsatsiyali tarkaladi. Bu ishchilarning fiziologiyasiga salbiy ta’sir qilibgina kolmay, balki straskopik samara ham paydo qiladi. Straskopik samara shunday hodisaki, mashina va dastgoxlarning xarakatdagi qilishlari to’xtab turgan, sekin aylanayotgan yoki noto’g’ri harakat qilayotgandek bo’lib tuyuladi.

7.3. Avariya yoritqichlari


Avariya yoritqichlari xalokat natijasida ish yoritqichlari o’chib qolganda ishni davom ettirish yoki odamlarni xonalardan evakuvatsiya qilish maqsadida o’rnatiladi. Ish yoritqichi uchsa portlash, yong’in, jaroxatlar sodir bo’lishi va texnologik jarayonlarni o’zoq muddatga ishdan chiqishi mumkin. Bunda ish sirtlarining eng kam yoritilganligi meoyordan kamida 5%ni, ammo bino ichida 2 lyuksni va tashqaridan 1 lyuksni tashkil qilishi zarur.

Odamlarni evakuatsiya qilishga mo’ljallangan avariya yoritqichlari 50 dan ortiq ishchi-xizmatchilar ishlaydigan ishlab chiqarish xonolariga o’rnatiladi. Bunda yoritilganlik darajasi xonalarda kamida 0,5 lyuks tashqarining 0,2 lyuksdan kam bo’lmasligi shart. Xona va ish o’rinlarining yoritilishi kamida bir yilda bir marta oddiy lyuksimetr bilan o’lchab ko’rilishi lozim. Buning uchun chug’lanma lampalari va lyuminestsent lampalar ishlatilishi mumkin. Avariya hodisalari uchun ishlatiladigan yorug’lik sistemasi alohida manbadan ta’minlanish kerak.


7.4. Inson organizmiga elektr tokining ta’siri.


Elektr uskunalarning nosozligi yoki ularni ishlatish qoida-talablariga amal qilmaslik odamning shakaslanishiga olib keladi. Elektr toki odam tanasiga termik, elektrolitik va biologik xilda ta’sir etish mumkin. Natijada odamning nafas olishida, yurak faoliyatida, moddalar almashinuvida, qon tarkibida va boshqa aozolarida o’zgarish bo’lishi mumkin.

Elektrdan shikastlanish elektrik quyishga, terining metallanishiga, elektr belgilariga, elektrooftalpmiyaga, mexanik ta’sirga farqlanadi. Elektrdan kuyish to’rt darajada ifodalanadi, yaoni termik qizarish pufakchalar hosil bo’lishi, teri yuzasining mo’rtlanishi, teri to’qimasining to’liq qo’yib ketish namayon bo’ladi.

O’zgaruvchan tok (50 Gts.da) o’zgarmas toka nisbatan havfli hisoblanadi. Havfsiz o’zgaruvchan tok kuchi miqdori 10 mA, o’zgarmas tok uchun 50 mA qabul qilingan. Ta’sir etadigan vaqt esa 0,01-0,03 sekundni tashkil etadi, vaqt ortib borishi bilan (0,2-1 s) yurak faoliyati o’zgaradi.

Odamning tanasi teri qatlami quruq va toza, shikastlanmagan holatda solishtirma qarshiligi 105-106 Om.sm ni tashkil etadi, deelektrik hisoblanadi.

Tana qarshiligini o’rtacha 1000 Om deb qabul qilingan.

7.5. SHovqindan ximoyalanish.


SHovqinga qarshi kurash maqsadida tovush yutadigan hamda o’tkazmaydigan ashyolar va qurilmalardan foydalaniladi. Havo yo’llari bo’ylab tarqaladigan aerodinamik shovqin har hil tuzilishdagi so’ndirgichlar yordamida pasaytiriladi. Naychasimon shovqin so’ndirgichlar kvadrat yoki to’rtburchak kesimli qilib tayyorlanadi, bu so’ndirgichlarning qalinligi 700 mm.ni tashkil etadi. SHovqin so’ndirgichning turi havo sarfiga ruxsat etilgan tezliklarga qarab tanlanadi.

SHovqinga qarshi zichlovchi ashyolar sifatida yumshoq rezinalar, toshpaxta (asbest)dan foydalanishi mumkin.

SHovqinni susaytirish uchun tovushni yutadigan turli ashyolardan foydalaniladi. Tovush quvvatini yutuvchi ashyo va qurilmalar uch guruhga: g’ovakli, rezonans va donali tovush yutkichlarga bo’linadi.

G’ovakli tovush yutqichlarga yog’och tolasidan, mineral paxtadan, shisha toladan qilingan plitalar, tsementli fibralit, ftoroplast, kapron va mineral tolalardan yasalgan to’shaklar, shisha tola kiradi.

Donali tovush yutqichlar ma’lum shakldagi jismlardan iborat bo’lib, ular xonaga bir-biridan 1500-2000 mm oraliqda qo’yiladi. Ular, asosan, g’ovakli ashyolardan tayyorlanadi.

SHovqinni yakka tartibdagi vositalariga quloq taqshlari (vkladishlar), quloq qolpoqlari (naushniklar) va shlemlar kiradi.


7.6. Titrashdan ximoyalanish.


Texnologik uskunaning ashyoviy sig’imi kamaytirilib tezligi oshirilganda uning titrashi kuchayadi. Titrash (vibratsiya) tebranishlar chastotasi, titrashdagi siljish amplitudasi va titrash tezligi bilan ifodalanadi. Undan ximoyalanish uchun so’ndiruvchi qo’lqop hamda poyafzaldan, amortizatorlar sifatida kigiz, rezina, po’lat purjinali to’sqichlardan foydalaniladi.

Binolarda titrashni kamaytirish maqsadida, poydevorlarning ostiga rezinadan, polivinoal smolalardan tayyorlangan, shisha tola bilan kuchaytirilgan qistirmalar qo’yiladi.

Titraydigan mashina vaqtidan tashqari ishlatish, 16 yoshga to’lmagan yoshlar, homilador ayollar, oshqozoni og’riydigan va qon bosimi yuqori kishilarga bunday uskunalarda ishlash man etiladi.

8- Mavzu: ELEKTR QURILMALARINI XIMOYaLASH VA MAKTAB O’QUV USTAXONALARIDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI.


Reja

  1. Elektr tokini xavfi

  2. Elektr tokining biologik ta’siri.

  3. Tok urishga xavflilik darajasi.

  4. Elektr qurilmasini yerga ulash.

  5. Elektrostatik zaryadlar va yashin kaytargichlar.

8.1. Elektr tokini xavfi


Sanoatda elektr quvvatidan keng kulamda foydalaniladi. Elektr tokining eng havfli tomoni shundaki, bu xavfni oldinroq sezish imkoni yo’q. SHuning uchun ham elektr toki xavfiga qarshi tashkiliy texnik chora- tadbirlar belgilash, to’siq vositalari bilan ta’minlash. SHaxsiy va jamoa tizimlarini o’rnatish nixoyatda muxim. Umuman elektr toki ta’siri faqat biologik ta’sir bilan chegaralanib qolmasdan, balki elektr yoyi magnit maydoni hamda statik elektr ta’sirlar ham bo’lib, bularni bilish har bir kishi uchun kerakli va zaruriy ma’lumotlar jumlasiga kiradi.

Elektr toki inson organizmiga termik, elektrolitik va biologik ta’sir ko’rsatadi. Termik ta’sir inson tanasining ba’zi qismlarida kuyish, qon tomirlari, asab xujayralari qizishi sifatida ko’zatiladi. Elektro litik ta’sirda esa qon yoki xujayralar tarkibidagi to’zlarning parchalanishi natijasida qonni fizik va kimyoviy xususiyatlari o’zgaradi. Bunday holat elektr toki markaziy asab va yurak tizimini kesib o’tmasdan, tananing ba’zi bir joylarigagina ta’sir kursatishida ruy beradi.

Elektr tokini biologik ta’siri natijasida inson organizmidagi tirik xujayralar muskullarning keskin qisqarishi natijasida to’lqinlanadi, bu asosan organizmdagi bioelektrik jarayonlarni bo’zilishi tufayli ruy beradi.

Inson organizmida tok urish xodisasi tashqi muxitdan yuqori kuchlanishdagi elektr tokining ta’siri yaoni biotoklar rejimini buzib yuborilishi natijasida vujudga keladi. Elektr tokining inson organizmiga ta’sirini ikki ko’rinishda ko’rsatish mumkin: maxaliy elektr ta’siri va tok urish.

Maxalliy elektr ta’sirida asosan kuyish sodir bo’ladi. U yengil kuyish, fakat yallig’lanish bilan chegaralanishi, buning natijasida, o’rta og’irlikdagi kuyish pufaklar xosil bo’lishi va og’ir kuyish xujayra hamda terilarni kumirga aylanishi bilan qo’yib, og’ir asoratlarga olib kelishi mumkin.

8.2. Elektr tokining biologik ta’siri


Inson organizmiga elektr tokining ta’siri 4 darajada bo’ladi.

1-muskullar keskin qisqarishi natijasida odam tok ta’siridan chiqib ketadi va xushini yo’qotadi;

2- muskullar keskin qisqarishi natijasida odam xushini yo’qotadi, ammo yurak nafas olish faoliyati ishlab turadi;

3- hushini yo’qotib nafas olib turishi yoki yurak urishi to’xtab qoladi;

4- klinik o’lim holati -bunda insonda xech qanday xayot alomatlari ko’rinmaydi.

Klinik o’lim holati 5-8 daqiqa davom etadi. Hech qanday yordam bo’lmagan taqdirda eng oldin bosh miya qobig’idagi xujayralar parchalanib, klinik o’lim holati biologik o’lim holatiga o’tadi.

Biologik o’lim kaytarib bo’lmaydigan jarayon bo’lib, organizmdagi biologik jarayonlar bo’tunlay tuxtaydi.

Odam tok ta’sirida qancha ko’p qolib ketsa, u shuncha ko’p zaralanadi.

Odamninng quruq zararlanmagan terisi 2.000 dan 20000 Om. gacha qarshilikka ega bo’lsa, namlangan, zararlangan teri qarshiligi 40-500 Om qarshilikka ega bo’ladi. Umuman texnik xisoblar uchun inson aozosining qarshiligi 1000 Om deb qabul qilingan.

Inson aozosi orqali 50Gts.li sanoat elektr tokining 0,6 - 1,5 mA. oqib o’tsa, buni u sezadi va bu mikdordagi tok sezish chegarasidagi elektr toki deb tanladi.

O’zgaruvchan tok (50Gtsda) o’zgarmas toka nisbatan xavfli hisoblanadi. Xavfsiz o’zgaruvchan tok kuchi miqdori 10 mA, o’zgarmas tok uchun 50 mA qabul qilingan. Ta’sir etadigan vaqt esa 0,01-0,03 sekuntni tashkil etadi, vaqt ortib borshi bilan (0,2-1s) yurak faoliyati o’zgaradi.

Agar tok 10 -15 mA.ga yetsa, muskullar tartibsiz qisqarib, boshqarib bo’lmaydi. Agar tok miqdori 25 - 50mA.ga yetsa nafas olish kiyinlashadi, 100mA dan oshsa yurak urishi buziladi, bu xolat o’limga olib keladi.


8.3. Tok urishga xavflilik darajasi.


Sanoat korxonalari odamlar uchun tok urishga havflilik darajasi bo’yicha uch sinfga bo’linadi:

-Xavfsiz xonalar deganda nisbiy namligi va havo harorati meoyorida bo’lgan va elektr toki o’tkazmaydigan poli yog’ochli xonalar tushuniladi. Bunga misol tariqasida maomuriy binolar xonalari, laboratoriyalar, asboblar saqlanadigan omborxonalarni keltirish mumkin.

-Havfli xonalarga nisbiy nomligi uzoq vaqt 75% va undan yuqori bo’ladigan nam, havo xarorati uzoq vaqt 350S va va undan ortiq bo’lgan xonalar, tok o’tkazish mumkin bo’lgan ko’mir va metallarning changlari bo’ladigan, poli tok o’tkazuvchi, metall, temir, beton, yer, g’isht va ishlayotgan ishchi bir vaqtini o’zida tomonidan elektr qurilmalarining metall korpuslariga tegib ketishi mumkin bo’lgan sanoat korxonalarining xonalari kiradi;

-O’ta xavfli xonalarga namligi juda yuqori devor, ship, pollarida suv tomchilari bo’lgan, harorati 350S va undan yuqori, havo tarkibida kimyoviy aktiv moddalar bor bo’lgan, shuningdek, xavfli xonalarga xos belgilarga ega bo’lgan sanoat korxonalarning xonalari kiradi.


8.4. Elektr qurilmasini yerga ulash.


Har qanday elektr qurilmasini, agar uning metall qobiqlarida elektr kuchlanish hosil bo’lishi xavfi bo’lsa, qaysi joyda va qanday binoda ishlatilishidan qatoi nazar, korpusi yerga ulanib qo’yiladi. Yerga ulab, muhofaza qilishning asosiy mohiyati ishlatilayotgan elektr asboblarining metall korpuslarida elekt kuchlanish paydo bo’lsa, uni yerga o’tkazib yuborishdadir.

Erga ulab muhofaza qilish qurilmasi kuchlanish 1000 Vdan oshmagan elektr qurilmalarida, yerga o’tib ketayotgan tok kuchi uncha katta bo’lmagan va odam uchun xavfli bo’lgan kuchlanishlar hosil qilmaydigan elektr qurilmalarini muhofaza qilishda qo’llaniladi.

Sun’iy yerga ulash qurilmalarining gorizontal va vertikal o’rnatilgan metall tayoqchalardan tashkil topgan turlari bo’ladi. Yerga ulash qurilmasining vertikal o’rnatilgan turi uchun diametri 3-5 sm bo’lgan bo’lgan po’lat quvurlar va 40x40 va 60x60 mm.li po’lat uchburchaklarning (ugolnik) 2,5-3 m uzunlikdagi tayoqchalari olinadi.

Tabiiy yerga ulash qurilmalari sifatida, suv uchun yoki boshqa narsalar uchun yerga o’rnatilgan temir quvurlar, artizian quduqlari quvurlari, yerga ulangan qismlarga ega bo’lgan binolarning temir-beton qismlari, kabellarni qo’rg’oshin qobiqlari va boshqalardan foydalanish mumkin.

Elektr qurilmalarining tok o’tmaydigan metall kismlarini oldindan nol sim bilan ulab kuyish nolga ulab muhofaza qilish deb yuritiladi.

Agar elektr qurilmasi korpusida inson xayoti uchun havfli kuchlanish xosil bo’lib qolsa, uni tezda o’chirish imkoniyatini beradigan muhofazalovchi o’chirish qurilmasi o’rnatilib, ular elektrni avtomatik ravishda uzadi.(unda asbobi 0,2 sek.dan oshmagan vaqt davomida o’chirish imkoniyatini berish kerak).

Agar elektr vositalaridan to’g’ri foydalanilsa, yong’in xavfi bulmaydi. Ammo elektr qurilmalari va simlarida kuchlanishning ko’payib ketishish va ularda katta qarshiliklar vujudga kelishi elektr tizimidagi qisqa to’tashuvni xosil qiladi.

Qisqa to’tashuv bo’lgan taqdirda ularni uchirib kuyishni ta’minlaydigan saqlovchi qurilmalar o’rnatiladi.


8.5. Elektrostatik zaryadlar va yashin kaytargichlar.


Ko’pincha materiallar o’zaro ishkalanishi natijasida elektrostatik zaryadlar xosil qilish xususiyatigi ega. Bu elektrostatik zaryadlar sanoat koxonalarida uchkun chikarib yonuvchi gaz va suyukliklar parlari va changlar aralashmasini yondirib yuborishi hamda portlash uchun vaziyat vujudga keltirishi mumkin.

Elektrostatik zaryadlar xavfini yo’qotish uchun sanoat uskunalari, yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar saqlanadigan idishlar yerga ulangan bo’lishi kerak.

CHaqmoq chaqqon vaqtda atmosferada hosil bo’ladigan elektr kuchlanishlari 150000000 V va tok kuchi 200.000 A ga borishi mumkin. Bunday katta kuchlanish va tok kuchi ta’sirida yer yuzidagi ko’pgina binolar yonib, buzilib ketishi mumkin.

Qurilish binolarini muhofaza qilish, odamlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida sanoat korxonalarida yashin qaytargichlar o’rnatiladi. Ular asosan, qaytargich o’rnatiladigan ustun, yashin tushish qurilmasi, tok o’tkazgich va yerga ulangan qismlardan iborat bo’ladi. Yashin qaytargichning ikki xil turi bo’ladi, sterjensimon va trossimon. Ular binodan ayri yoki bino ichiga kiritilgan holda o’rnatiladi.



Yashin qaytargichning muhofazalash xususiyati uning elektr tokini yaxshi o’tkazuvchanligi va yerga chuqur o’rnatilgan metall qismlar orqali yashinni yerga o’tkazib yuborishga asoslangan.

ADABIYoTLAR.





  1. Sulla M. B. «Oxrana truda» - M. «Prosveshenie» 1984.

  2. Oxrana truda pod obshey reaktsiey A. N. Minaeva M. «Prosveshenie» 1977.

  3. Aleksanyan A. G. Bьstritskiy Ya. Ye. Oxrana truda – M. «Vьsshaya shkola» 1989.

  4. Oxrana truda pod reatsiey f. M. Kanereva.

  5. Dolin N. A. Spravochnik po texnike bezopasnosti – M. Energiya, 1985.

  6. Lukovnikov A. V. «Mehnat muhofazasi» - T. «O’qituvchi» 1984.

  7. Zovulya V. M. Pojarnaya profilaktika v promьshlennosti i selьkom xozyaystve. – M. «Stroyizdat» 1977.

  8. Snip II-479. Yestestvennoe i iskusstvennoe osveshenie. Normь proektirovaniya – M. 1979.

  9. Sibarov Yu. G. Skolotnev N. N. Vasin V. K. Niganaev V. N. Oxrana truda v vьchislitelьnqx tsentral. – Izd. «Mashinostroenie», 1985.


Оглавление


1-Mavzu: MEHNAT MUHOFAZASI FANINING MAQSADI VA TALABLARI. MEHNAT MUHOFAZA QILISHINING HUQUQI ASOSLARI VA NIZOMLARI. 3

1.1. Mehnat muhofazasi fanining maqsad va vazifalari. 3

1.2. Mehnat muhofazasi ishlarini tashkil yetish. 4

1.3. Mehnat kodeksida mehnat muhofazasi haqida. 4

2-Mavzu: MEHNAT XAVFSIZLIGI BO’YICHA STANDARTLAR SISTEMASI. YoSHLAR VA AYoLLAR MEHNATINI MUXOFAZA QILISH. 6

2. 1. Mehnat xavfsizligi qoidalari. 6

2.2. Standartlar sistemasi. 6

2.3. Yoshlar mehnatini muhofaza qilish. 7

2.4. Ayollari mehnatini muhofaza qilish. 9

3 - Mavzu: MEHNAT MUHOFAZASI HOLATLARINING DAVLAT NAZORATLARI XALQ TA’LIMI SISTEMASIDA MEHNAT MUHOFAZA QILISH ISHLARINI TASHKIL QILISH. 10

3. 1. Tarmoq kasaba uyushmasi. 10

3. 2. Davlat sanitariya nazorati. 11

3. 3. Sanoatda havfsiz ish olib borish va tog’ ishlari xavfsizligi texnik davlat nazorati. 11

3. 4. Yong’in xavfsizligi oldini olish nazorat organi. 12

3. 5. Energetika nazorati 12

3. 6. Davlat avtomobil nazorati. 12

3.7. Xalq ta’lim sistemasida Mehnat muhofaza qilish ishlari. 12

4- Mavzu: Jaroxatlanish sabablari va xavfsiz ishlash yullarini takomillashtirish. Baxtsiz xodisalarni xisobga olish va o’rganish. 13

4. 1. Ishlab chiqarishdagi jaroxatlanishlar 13

4.2. Jaroxatlanish sabablarini o’rganish. 14

4.3. Maxsus tekshiriladigan jaroxatlanishlar. 15

5-Mavzu: MEHNAT GIGIENASI VA ISHLAB CHIQARISH SANITARIYaSI. MIKROIKLIM.TITRASH VA SHOVQINLAR. 17

5.1. Mehnat gigienasi va ishlab chiqarish sanitariyasi. 18

5.2. Mehnat fiziologiyasi 19

Jismoniy mehnat 19

Aqliy mehnat. 19

Toliqish 20



5. 3. Mikroiqlim 20

5. 4. Titrash va shovqinlar 20

6- Mavzu: ISH JOYLARI VA ISHLAB CHIQARISH BINOLARIDAGI XIMOYa VOSITALARI. ATROF MUXITNI, TUPROQ VA SUV XAVZALARINI ISHLAB CHIQARISH CHIQINDILARIDAN SAQLASH. 21

6.1. Xavfsizlikning texnik asoslari 21

6.2. Rangli signallar va xavfsizlik belgilari. 22

6.3. Ergonomika elementlari 23

6.4. Sanoat changi va uning insonga ta’siri 23

7- Mavzu: INSON ORGANIZMIGA ISSIQLIK ENERGIYaSI, YoRUG’LIKNI, ELEKTR TOKI, TOVUSH VA TITRASHLARNI TA’SIRI. 24

7.1. Havo muhitining meteriologik sharoitlari 24

7.2. Yoritilganlikni ish unumdorligiga ta’siri. 25

Sun’iy yorug’lik 26

7.3. Avariya yoritqichlari 26

7.4. Inson organizmiga elektr tokining ta’siri. 27

7.5. SHovqindan ximoyalanish. 27

7.6. Titrashdan ximoyalanish. 28

8- Mavzu: ELEKTR QURILMALARINI XIMOYaLASH VA MAKTAB O’QUV USTAXONALARIDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI. 28

8.1. Elektr tokini xavfi 28

8.2. Elektr tokining biologik ta’siri 29

8.3. Tok urishga xavflilik darajasi. 30

8.4. Elektr qurilmasini yerga ulash. 30

8.5. Elektrostatik zaryadlar va yashin kaytargichlar. 31

ADABIYoTLAR. 33

Оглавление 34



Download 308 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish