Mehnat muxofazasi


Mehnat kodeksida mehnat muhofazasi haqida



Download 308 Kb.
bet2/9
Sana17.12.2019
Hajmi308 Kb.
#30715
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
(MARUZA MATNI) MEHNAT MUHOFAZASI

1.3. Mehnat kodeksida mehnat muhofazasi haqida.


Mehnatni muhofaza qilish qonuniyatlari O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasi Mehnat qonunlari kodeksi asosida olib boriladi. Mehnatni muhofaza qilishning qator masalalari Konstitutsiyada aks ettirilgan. Mehnatkashlarni xavfsiz va sog’lom mehnat sharoiti bilan ta’minlashni davlat o’zining asosiy vazifasi deb hisoblaydi, buning uchun zarur bo’lgan chora-tadbirlarni qonun asosida amalga oshiradi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 8 dekabrida 12-chaqiriq II sessiyasida tasdiqlangan Konstitutsiyaning 18-20, 27, 29, 36-42-moddalarida mehnatni muhofaza qilish masalalari bayon etilgan.

Konstitutsiya barcha fuqarolarni mehnat qilish huquqini ta’minlaydi, yaoni mehnatkashlar ma’lum mikdorda haq olish hisobiga ish bilan ta’minlanadilar. Bu huquq haftasiga 41 soatdan oshmagan ish soati belgilash asosida va yiliga bir marta haq to’lanadigan (dam olish) ta’til berish yo’li bilan amalga oshiriladi.

Konstitutsiya bepul davolanish, qariganda yoki mehnat qilish qobiliyatini qisman yoki batamom yo’qotganda sotsial ta’minlanish huquqlarini ham beradi.

O’zbekiston Respublikasi mehnat qilish qonuniyatlari mehnatkashlarga yaratib berayotgan sharoitlar va huquqlar hamda ularni nazorat qilish jihatidan dunyoda eng ilg’or hisoblanadi.

Mehnatni muhofaza qilish qonunlarini yaratish va amalga oshirishda kasaba uyushmalari faol qatnashadi.

O’zbekiston Respublikasi Mehnat qonunlari kodeksida sog’liqni saqlash, xavfsiz va sog’lom sharoit yaratish, xalq uchun madaniy va maishiy farovonlikni ta’minlashga oid ko’pgina masalalar ko’rib chiqilgan.

211-modda. Mehnatni muhofaza qilish tadbirlari.

Barcha korxonalarda xavfsizlik va gigiena talablariga javob beradigan mehnat sharoitlari yaratilgan bo’lishi kerak. Bunday sharitlarni yaratib berish ish beruvchining majburiyatiga kiradi.

Ish beruvchi mehnatni muhofaza qilish talablarini buzganlik uchun javobgar bo’ladi.

212-modda. Xodimning mehnat muhofaza qilish normalari, hamda qoida va yo’riqnomalariga rioya etish majburiyati.

Xodim mehnatni muhofaza qilish normalariga, qoida va yo’riqlariga, shuningdek maomuriyatning ishni bexatar olib berish haqidagi farmonlariga rioya qilishi, olingan shaxsiy ximoya vositalaridan foydalanishi insonlar xayoti va sog’ligiga bevosita xavf soluvchi har qanday holat haqida raxbariyatga darxol xabar berishi shart.

213-modda Xodimning mehnatni muhofaza qilish haqida ma’lumot olish huquqi.

Ish beruvchi mehnat shartnomasi to’zishda va boshqa ishga o’tkazishga xodimni mehnat sharoitlari to’g’risida, shu jumladan kasb kasalliklari va boshqa kasalliklarga chalinish extimolli, shu bilan bog’liq holda unga beriladigan imtiyozlar, shuningdek shaxsiy ximoya vositalari haqida xabardor qilishi kerak.



215-modda. Mehnatni muhofaza qilish yo’l-yo’riqlar berish va o’qitish.

Xodimlarga texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi, yong’in chiqishidan saqlashini va mehnatni muhofaza qilishning boshqa qoidalari haqida yo’l-yo’riqlar berish hamda xodimlarning mehnatini muhofaza qilishning hamma talablariga rioya eotishlarini doimiy ravishda tekshirib borish vazifasi ish beruvchi zimmasiga yuklatiladi.


2-Mavzu: MEHNAT XAVFSIZLIGI BO’YICHA STANDARTLAR SISTEMASI. YoSHLAR VA AYoLLAR MEHNATINI MUXOFAZA QILISH.


Reja

  1. Mehnat xavfsizligi qoidalari.

  2. Standartlar sistemasi.

  3. Yoshlar mehnatini muhofaza qilish.

  4. Ayollar mehnatini muhofaza qilish.

2. 1. Mehnat xavfsizligi qoidalari.


Xodimlar uchun kirish yo’riqnomasi va ish joyida yuriklashtirish beriladi va u o’z ichiga ishni boshlashdan oldin, ish vaqtida favqulotda holatlarda va ishdan keyingi xafvsizlik texnikasi qoidalarini qamrab oladi.

SHuningdek, mustaqil ishlashga ruxsat berishda ichki tartib qoidalari, ishlab chiqarishning zaharli faktorlari, maxsus kiyim bosh normalari, shaxsiy ximoya vositalari, shaxsiy gigiena qoidalari, yo’riqnoma talablari bo’zilganda javobgarlik mezonlari ham o’z aksini topgan bo’lib, ish tugagandan so’ng moslamalarni o’chirish, to’xtatish, moylash, tozalash, chiqindilarni olib tashlash, smenadoshiga topshirish kabi ishlar bajarilishi ham ko’zda tutiladi.


2.2. Standartlar sistemasi.


Jaroxatlanishni oldini olishda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining texnika bo’limi tomonidan ishlab chiqilgan xavfsizlik texnikasi qoida va talablarini o’zida mujassamlashtirgan standartlar sistemasi muxim o’rin to’tadi.

«0»-standartlashtirishning tashkiliy usllubiy asoslari.

Ishlab chiqarishning zaharli va havfli faktorlarining ruyxati, klassifikatsiyasi xavfsizlik texnikasi talablarining maqsad va vazifalari.



«1»- standartlashtirishning parametrlarini aniqlash.

Ishlab chiqarishning zaharli va havfli faktorlarini turlarini, parametrlarini, ruxsat etilgan qiymatlarini aniqlash, ximoya qilish usullari.



«2»- standartlashtirishning nazorat uslublari.

Ishlab chiqarishda xavfsizlik talablarini bajarishni nazorat qilish uslublari ishlab chiqariladi.

«3»-standartlashtirishning aloxida texnologik jarayonlarga qo’yiladigan talablari.

Ishlab chiqarish jarayonining xavfsizlik talablari, texnologik jarayonlarining alohida turlariga qo’yiladigan talablarni ishlab chiqish.

«4»- standartlashtirishning nazorat uslubiga aloxida quyiladigan talablari.

Nazorat uslubi va uni baxolash, ximoya vositalarining tiplari, turlariga quyiladigan talablar.

«5»- standartlashtirishning bino, inshoatlarga qo’yiladigan talablari.

Bino loixasi, binoda ishlayotgan xodimlarning xavfsiz ishlashlari va nazorat qilish uslublari talablari.



Download 308 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish