Mehnat muxofazasi



Download 308 Kb.
bet7/9
Sana17.12.2019
Hajmi308 Kb.
#30715
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
(MARUZA MATNI) MEHNAT MUHOFAZASI

5. 3. Mikroiqlim


Ishlab chiqarish muhitida meteriologiya sharoitini ifodalovchi omillar-havoning harorati, nisbiy namligi, barometrik bosim va ish joylaridagi havo harakatining tezligi kishining ish qobiliyatiga, mehnat unumdorligiga va inson organizm jarayonlariga katta ta’sir ko’rsatadi. Inson tanasidagi doimiy harorat-organizm termoregulyatsiyasi fiziologik va kimyoviy jarayonlar asosida ushlab turiladi va tashqi muhit bilan organizm orasidagi issiqlik almashinuvi to’liq ta’minlanadi. Haroratning 15-200S, nisbiy namlikning 35-75% bo’lishi moddalar almashinuvi va issiqlik ajralish jarayonlarini amalga o’zgartirmaydi.

Organimning tashqi muhit bilan issiqlik almashinuvi meteriologik sharoitdan tashqari, bajarilayotgan ishning turi va ishchining fiziologik holatiga ham bog’liqdir.

Sovuq sharoitda ishlovchi ishchilar uchun sanoat korxonalari binolar ichini isitish va ularni maxsus kiyim-bosh bilan ta’minlash zarurdir. Havo haroratini o’lchash uchun har xil simobli, spirtli va yuqori - quyi kontaktli termometrlardan, o’zi yozar termograflardan havoning nisbiy namligini o’lchash uchun psixometrlardan foydalaniladi.

5. 4. Titrash va shovqinlar


SHovqin, titrash va ultra-infratovush qattiq jism, gaz hamda suyuqlik, moddiy jismlarning mexanik tebranishlaridir. Ruxsat etilgan sanitariya talablaridan ortiq bo’lgan ishlab chiqarish shovqinlari, titrash va ultra-infratovushlari muntazam ravishda ta’sir etganda odam organizm zaharlanishi, keyinchalik og’ir kasbiy kasalliklar kelib chiqishi mumkin.

Fiziologik nuqtai nazardan shovqin eshitish organlariga yoqimsiz ta’sir ko’rsatadigan ovoz jarayoni sifatida qaralib, so’zlashiga halaqit berib, inson sog’lig’iga salbiy ta’sir ko’rsatadi.

SHovqin chastotasi-Gts (gerts), intensivligi - r va tovush bosimi R bilan ifodalanadi.

Titrash apparat va kommunikatsiyalarning mexanik mustahkamligini va germetikligini sifatsizlanishiga olib kelishi va har xil avariyalarning sababchisi bo’lishi mumkin.

SHovqin va titrashning ish joylarida ruxsat etilgan darajasi «Sanoat korxonalarini loyixalash sanitariya meoyorlari» bilan belgilab berilgan.

6- Mavzu: ISH JOYLARI VA ISHLAB CHIQARISH BINOLARIDAGI XIMOYa VOSITALARI. ATROF MUXITNI, TUPROQ VA SUV XAVZALARINI ISHLAB CHIQARISH CHIQINDILARIDAN SAQLASH.




Reja.

  1. Xavfsizlikning texnik asoslari.

  2. Rangli signallar va xavfsizlik belgilari.

  3. Ergonomika elementlari.

  4. Sanoat changi va uning insonga ta’siri.

6.1. Xavfsizlikning texnik asoslari


Sanoat korxonalarida texnologik jarayonlar ishlovchilarning sog’ligi hamda xayoti uchun yashirin xavf tugdiradi. Uskunalarddan foydalanish xavfsizligini oshirish va ishlab chiqarishda shikastlanishlarni oldini olish uchun xavfsizlikning maxsus texnik vositalari qo’llaniladi. Ular havfsizlik ximoyalovchisi va to’suvchi to’zilmalar, xavfsizlik masofalari va o’lchamlari, yorug’lik signalizatsiya va xavfsizlik belgilari, havfli mintaqalar ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish.

Elektr qurilmallarining tok o’takzuvchi hamma qismlari (magnitli tushirgichlar, taqsimlash shitlari, boshqarish tugmalari, kalitlari) ham doimiy to’siqlar bilan ximoyalangan bo’lishi zarur.

Tuzilshiga ko’ra, doimiy to’siqlar uskunaning ajralmas qismi kabi tayyorlanadi. Ularning tashqi sirti uskunaning rangida, ichki sirti esa to’siqni olib yoki ochib qo’yib ishlash havfli ekanligidan ogohlantiruvchi qizil rangda bo’ladi.

Texnologik va umumfabrika uskunalari ishini blokirovkalashdan maqsad ulardan havfsiz foydalanish imkonini yanada oshirishdan iborat.

Blokirovkalash tizimlari qo’yidagi maqsadlarga hizmat qiladi:

- texnologik jarayon va umumfabrika uskunalarini noto’g’ri boshqarishga barham berish;

- havf paydo bo’lganda ishlayotgan uskunani darhol to’xtatish;

- ayrim mexanizm va detallarning xavfli mintaqadan tashqari harakatlanishga imkoniyat yaratish uchun.

Meoyordagi ish sharoitining buzilishi, ayrim mexanizmlarning ishlamay qolishi obiqibatida mazkur qurilmaga xizmat ko’rsatadigan kishi salomatligiga putur yetishi mumkin.

Blokirovkalash uchun ko’pincha har hil relelardan foydalaniladi.

Texnologik uskunalarga hizmat ko’rsatishda mehnat xavfsizligini ta’minlash, falokatlar oldini olish, bino hamda inshoatlarning yong’in havfsizligini ta’minlash uchun mashinalar bilan tuzilmalar, havfsizlik masofalari va o’lchamlari deganda, uskunalar yoki oboektlar o’rtasidagi ruxsat etilgan eng kichik masofalar tushuniladi. Bu masofalar qisqartirilganda shikastlanish havfi paydo bo’ladi.

6.2. Rangli signallar va xavfsizlik belgilari.


Falokatlar va kungilsiz xodisalarni oldini olish maqsadida rangli plakatlar hamda xavfsizlik belgilaridan foydalanish mehnat havfsizligi nuqtai nazardan katta ahamiyatga ega.

Rangli signallar va havfsizlik belgilari ishlovchilarning diqqat-e’tiborini bevosita havfga jalb etishga, mumkin bo’lgan xavfdan ogohlantirishga, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida muayyan ishlarni bajarish uchun ko’rsatmalar berish va ruxsat etishga, shuningdek axborot berishga mo’ljalangan.

Xavfsizlik belgilari korxonalar, qurilish maydonlarining hududlari, ishlab chiqarish xonalari, ish o’rinlari va ishlab chiqarish uskunalariga o’rnatilishi kerak. «Rangli signal va xavfsizlik belgilari»ga muvofiq rangli signallar hamda xavfsizlik belgilarining to’rt turi-qizil, sariq, yashil, ko’k belgilangan.

Qizil-taqiqlash, bevosita xavf, yong’inga qarshi texnikaning belgilanishi.

Sariq-ogohlantirish, mumkin bo’lgan xavf belgisi.

Yashil-xavfsizlik «shu yerdan chiqilsin» belgisi.

Ko’k-ko’rsatma, yong’in xavfsizligi belgilari, axborot.

Havfli mintaqa -deb, ishlayotgan uskunalar va harakatlanuvchi uzel hamda detallar yoki ish asbobi harakatining chekka nuqtalariga yaqinidagi bo’shliqqa aytiladi.

Korxonalarda ishchi-xizmatchilarning qattiq charchashi va zo’riqishga barham beradigan qulay mehnat sharoitini yaratish uchun og’ir hamda sermehnat ishlar mexanizatsiyalashtirilishi va ishlab chiqarish jarayonlari avtomatlashtirilishi zarur. Sermehnat jarayonlari mexanizatsiyalashtirilgan mahsulot miqdori ortib, ishlab chiqarishda shikastlanishlar soni keskin kamayadi.



Download 308 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish