Mehnat muxofazasi


Yoshlar mehnatini muhofaza qilish



Download 308 Kb.
bet3/9
Sana17.12.2019
Hajmi308 Kb.
#30715
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
(MARUZA MATNI) MEHNAT MUHOFAZASI

2.3. Yoshlar mehnatini muhofaza qilish.


Mehnat Kodeksida o’smirlar mehnatiga alohida e’tibor berilgan. 18 yoshga to’lmagan yigit-qizlarni ishga qabul qilishda ularning hoxishiga qarab, yilning istalgan vaqtida bir oylik mehnat ta’tili berilishi belgilangan. O’smirlar kasaba ko’mitalar ruxsatisiz qo’shimcha ishlarni bajarishga jalb qilinmaydi. Ular tibbiy ko’rikdan majburiy o’tkazib turiladi. Agar o’smirlarni bajaryotgan yumushlari ularni sog’ligiga ta’sir qilayotganligi sezilsa u holda shifokor maslahati va tegishli xujjatga asosan boshqa ishga o’tkaziladi.

239-modda: O’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslarni ishga qabul qilishdagi kafolatlar.

Belgilangan minimal ish joylari hisobidan ish joylariga ishga joylashtirish tartibda mahalliy mehnat organ iva boshqa organlar tomonidan yuborilgan, o’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslarni ish beruvchi ishga qabul qilishi shart.

Belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga qabul qilishni rad etish taqiqlanadi va bunday rad etish ustida sudga shikoyat qilish mumkin.

O’n sakkiz yoshga to’lmagan barcha shaxslar dastlabki tibbiy ko’rikdan o’tgandan keyingina ishga qabul qilinadilar va keyinchalik ular o’n sakkiz yoshga to’lgunlariga qadar har yili majburiy tarzda tibbiy ko’rikdan o’tkazib turilishi kerak.

241-modda: O’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslar mehnatidan foydalanish taqiqlanadigan ishlar.

O’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslar mehnatidan shu toifa xodimlarining sog’lig’i, xavfsizligi yoki axloq odobiga ziyon yetkazishi ishlarida va boshqa ishlarda foydalanish taqiqlanadi.

O’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslarning belgilab qo’yilgan normadan ortiq og’ir yuk ko’tarishlari va topishlariga yo’l qo’yilmaydi.

242-modda: O’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslar uchun qisqartirilgan ish vaqtini muddati.

Ish vaqtining muddati o’n oltidan o’n sakkiz yoshgacha bo’lgan xodimlarga haftasiga o’ttiz olti soatdan, o’n beshdan o’n olti yoshgacha bo’lgan shaxslar uchun esa haftasiga yigirma to’rt soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi.

O’qishdan bo’sh vaqtlarida ishlayotgan o’quvchilarning o’quv yili davomidagi ish vaqti muddati ushbu moddaning birinchi qismida tegishli yoshdagi shaxslar uchun nazarda to’tilgan ish vaqti eng ko’p muddatining yarmidan ortib ketishi mumkin emas.

243-modda: O’n sakkiz yoshga to’lmagan xodimlarning kundalik ish vaqti qisqartirilgan xollardagi mehnatga xaq to’lash.

O’n sakkiz yoshga to’lmagan xodimlarning kundalik ish vaqti qisqartirilgan hollardagi mehnatiga haq kundalik ish vaqti to’liq bo’lgan chog’da tegishli toifadagi xodimlarga beriladigan miqdorda to’lanadi.

Korxonalarda o’qishdan bo’sh vaqtida ishlayotgan o’quvchilarning mehnatiga ishlayotgan vaqtiga mo’tanosib ravishda yoki ishlab chiqargan mahsulotiga qarab haq to’lanadi.

244- modda: O’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslarga yillik mehnat ta’tili berish.

O’n sakkiz yoshga to’lmagan xodimlarga kamida o’ttiz kalendar kundan iborat yillik ta’til beriladi va ular bu ta’tildan yoz vaqtida yoki yilning o’zlari uchun qulay bo’lgan boshqa vaqtida foydalanishlari mumkin.

Basharti ta’til berilayotgan yil xodim o’n sakkiz yoshga to’lguncha qadar va to’lgandan keyingi davrlarni o’z ichiga olsa, ta’tilning muddati o’n sakkiz yoshga to’lguncha qadar bo’lgan ish staji uchun - o’ttiz kalendaro kun hisobidan, o’n sakkiz yoshga to’lgandan keyingi ish staji uchun esa,-umumiy tartibda hisoblab chiqariladi.

245- modda: O’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslarni tungi ishlarga, ish vaqtidan tashqari ishlarga va dam olish kunlaridagi ishlarga jalb etishni taoqiqlash.

O’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslar tungi ishlarga, ish vaqtidan tashqari ishlarga va dam olish kunlaridagi ishlarga jalb etish taqiqlanadi.



246- modda: Mehnat shartnomasini bekor qilishda o’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslarning qo’shimcha kafolatlari.

O’n sakkiz yoshga to’lmagan xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga, mehnat shartnomasini bekor qilishning umumiy tartibiga rioya qilishdan tashqari, mahalliy mehnat organning roziligi bilan yo’l qo’yiladi.


2.4. Ayollari mehnatini muhofaza qilish.


Xotin-qizlar erkaklar bilan teng huquqli bo’lib, ular davlat, xo’jalik, madaniy va jamoat ishlarida faol qatnashish imkoniyatiga ega. Mehnat Kodeksida Xotin-qizlarning fiziologiyasi va onalikni himoya qilish hisobga olinib, ularning mehnatini muhofaza qilish belgilangan. Og’ir va organizm uchun zararli ishlarda ayollarning mehnat qilishiga yo’l qo’yilmaydi. Xomilador ayollarga davlat tomonidan ish haqi to’lanadigan ta’til beriladi.

224- modda: Homilador ayolllarni va bolasi bor ayollarni ishga qabul qilishdagi kafolatlar.

Homiladorligi yoki bolasi borligi sababi ayollarni ishga qabul qilishni rad etish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanadi. Homilador ayolni yoki uch yoshga to’lmagan bolasi bor ayolni ishga qabul qilish rad etilgan taqdirda ish beruvchi rad etishning sabablarini unga yozma ravishda ma’lum qilish shart. Mazkur shaxslarni ishga qabul qilishni rad etganlik ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.

225- modda: Ayolllar mehnatini qo’llashga taqiqlangan ishlar.

Mehnat sharoiti noqulay ishlarda, shuningdek yer osti ishlarida ayollar mehnatini qo’llanish taqiqlanadi, yer ostidagi ba’zi ishlar bundan mustasnodir.

Ayollarning ular uchun mumkin bo’lgan normadan ortiq yukni ko’tarishlari va tanishlari mann etiladi.

226- modda: Homilador ayollarni yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining ta’siridan xoli bo’lgan ishga o’tkazish.

Tibbiy xulosaga muvofiq homilador ayollarning ishlab chiqarish normalari, xizmat ko’rsatish normalari kamaytiriladi yoki ular avvalgi ishlaridagi o’rtacha oylik ish haqi saqlangan holda yengilroq yohud noqulay ishlab chiqarish omillarining ta’siridan xoli bo’lgan ishga o’tkaziladi.

Homilador ayolga yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillari ta’siridan xoli bo’lgan ish berish masalasi hal etiguncha qadar, u anna shu sababdan ishga chiqmagan barcha ish kunlari uchun o’rtacha oylik ish haqi saqlangan holda ishdann ozod etilishi lozim.

228- modda: Tungi ishlarda ish vaqtidan tashqari ishlarda, dam olish kunlaridagi ishlarda ayollar mehnatini qo’llashni va ularni xizmat safariga yuborishni cheklash.

Homilador ayollarni va o’n to’rt yoshga to’lmagan bolasi bor ayollarni ularning roziligisiz tungi ishlarga, ish vaqtidan tashqari ishlarga, dam olish kunlaridagi ishlarga jalb qilishga va xizmat safariga yuborishga yo’l qo’yishmaydi. SHu bilan birga homilador ayollarni va uch yoshga to’lmagan bolasi bor ayollarni tungi ishlarga jalb qilishga bunday ish ona va bolaning sog’lig’i uchun havf tug’dirmasligini tasdiqlovchi tibbiy xulosa bo’lgan taqdirdagina yo’l qo’yiladi.

237- modda: Homilador va bolasi bor ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishdagi kafolatlar.

Homilador ayollar va uch yoshga to’lmagan bolasi bor ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yo’l qo’yilmaydi, korxonaning bo’tunlay tugatilish hollari bundan mustasno, bunday hollarda mehnat shartnomasi ularni albatta ishga joylashtirish sharti bilan bekor qilinadi. Mazkur ayollarni ishga taylashtirishni mahalliy mehnat organi ularni ishga taylashtirish davrida qonun xujjatlarida belgilangan tegishli ijtimoiy to’lovlar bilan ta’minlangan holda amalga oshiradi.



Download 308 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish