Mehnat muxofazasi


- Mavzu: MEHNAT MUHOFAZASI HOLATLARINING DAVLAT NAZORATLARI XALQ TA’LIMI SISTEMASIDA MEHNAT MUHOFAZA QILISH ISHLARINI TASHKIL QILISH



Download 308 Kb.
bet4/9
Sana17.12.2019
Hajmi308 Kb.
#30715
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
(MARUZA MATNI) MEHNAT MUHOFAZASI

3 - Mavzu: MEHNAT MUHOFAZASI HOLATLARINING DAVLAT NAZORATLARI XALQ TA’LIMI SISTEMASIDA MEHNAT MUHOFAZA QILISH ISHLARINI TASHKIL QILISH.


Reja

  1. Tarmoq kasaba uyushmasi.

  2. Davlat sanitariya nazorati.

  3. Uzsanoatkontexnazorat.

  4. Yong’in xavfsizligini oldini olish nazorat organi.

  5. Energetika nazorati.

  6. Davlat avtomobil nazorati.

  7. Xalq ta’lim sistemasida Mehnat muhofaza qilish ishlari.

Barcha vazirliklar tashkilot va karxonalarda mehnat muhofaza qilish qoidalariga amal qilishlarini nazorat etish O’zbekiston Respublikasi bosh prokuroriga yuklatilgan.

Mehnat muhofaza qilish qoidalari bajarilganligini nazorat organlari ko’zatib boradi.

3. 1. Tarmoq kasaba uyushmasi.


Tarmoq kasaba qo’mitasining texnik inspektori har bir sanoat korxonasiga biriktirib qo’yilgan. U korxonalarda Mehnat muhofaza qilish qoidalari bajarilganligini, baxtsiz xodisaga uchraganlar xisobga olinayotganligini nazorat qiladi. Og’ir yoki o’lim bilan tugagan xodisalarni gurux bilan birga taxlil qiladi, Mehnat muhofaza qilish qoida va meyorlarini bo’zganlarni javobgarlikka tortish maqsadida tegishli joylarga ma’lumot beradi. Texnik inspektor yangi uskunalarni qabul qilishda qatnashadi hamda bir vaqtning o’zida ular yangi obeoktlarni foydalanish uchun qabul qilish komissiyasining aozosi xisoblanib, mehnat muhofaza qilish tadbirlarini bajarilayotganligini nazorat qiladi.

Sanoat korxonalarida xizmat ko’rsatayotgan kasaba uyushmasining inspektori mehnat muhofaza qilish bo’limi raxbarligi ostida ish olib boradi.


3. 2. Davlat sanitariya nazorati.


Sanoat korxonalarida Davlat sanitariya xizmati O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligini sanitariya epidemiyalogiya xizmati xodimlari olib boradi. Ularni asosiy vazifasi tashki muxitni sanoatning zaharli chiqindilari bilan kasallanishni, Sanoat korxonalarida ishlovchilar kasallanishining oldini olishga qaratilgan chora -tadbirlarni amalga oshirishda ularga amaliy yordam ko’rsatish belgilab qo’yilgan.

Sanitariya epidemiologiya stantsiyalarining vakillari kapital qurilish oboektlarini qabul qilishda qatnashadi, korxona maomuriyati bilan birgalikda bu kasalliklarni yo’qotish chora-tadbirlarini kuradi. Suv xavzalaridan to’g’ri foydalanish va tashlandik suvlarni suv xavzalariga qo’shilishi masalalari bilan sog’liqni saqlash vazirligi Bosh sanitariya-epidemiologiya stantsiyasining maxalliy sanitariya epidemiologiya stantsiyalari shug’ullanadi.


3. 3. Sanoatda havfsiz ish olib borish va tog’ ishlari xavfsizligi texnik davlat nazorati.


Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi («O’zsanoatkontexnazorat» agentligi) Respublika davlat boshqaruvi nazorat qilish va tekshirish organi xisoblanadi, o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasiga O’zbekiston Respublikasi prezidenti farmonlari va farmoishlariga, Oliy majlis qonunlariga, Vazirlar maxkamasi qarorlari va farmoishlariga amal qiladi. U texnologik meoyorlarning bo’zilganligining, shuningdek xavfsizlik texnika qoida va kursatmalariga rioya qilinayotganligini ko’zatib boradi.

Bundan tashqari bu oragan bosim ostida ishlayotgan Bug’ qozonlari va idishlarning holatini suv isitish qozonlarini issiq suv va par beradigan kuvurlar yuk ko’taruvchi kranlar, liftlar, eckalatorlar va odamlarni tashiydigan osma arkon yo’llarining holatini ko’zatadi hamda qoidalar bo’zilmayotganligini tekshiradi.

«O’zsanoatkontexnazorat» Sanoat korxonalaridagi qozon agregatlar, ko’tarish qurilmalarini tekshirib, ishlashi uchun ruxsat beradi va ularni ruyxatga oladi. U kapital kurilish obeoktlarini qabul qilishda nazorat ostidagi oboektda bo’ladigan baxtsiz xodisalar sabablarini aniqlashda katnashadi.

3. 4. Yong’in xavfsizligi oldini olish nazorat organi.


Yong’in xavfsizligi nazorati Respublika ichki ishlar vazirligini yong’indan muhofaza qilish Bosh boshqarmasi va maxalliy organlar zimmasiga yuklatilgan.

Mahalliy boshqaruv organlari va yong’indan muhofaza qilish bo’limlari hamda yong’inga qarshi kurashuvchilar, o’zlari xizmat ko’rsatadigan sanoat korxonalarining hamma oboektlarida yong’inga qarshi kurash chora-tadbirlarining bajarilishni, yong’inga qarshi kurash olib boruvchi xizmatchilarning tayyorgarligini korxonadagi yong’inni o’chirish vositalarining ishga yaroqliligini va yangi ishlab chiqarish korxonalarini loyixalanganda yong’in xavfsizligiga rioya qilinayotganligini ko’zatish yo’li bilan nazorat qilib boradi. Yong’in chiqmasligi choralarini ko’rish vazifasi xodimlar zimmmasiga yuklatilgan.


3. 5. Energetika nazorati


Davlat energetika nazorati O’zbekiston Respublikasi energetika va elektrlashtirish vazirligining tegishli organlari tomonidan amalga oshiriladi. Uning asosiy vazifasi elektrostantsiyalarni elektr va issiqlik qurilmalarining texnik holatini va ularda xavfsizlik xizmat kursatishni nazorat qilib turishdan iborat. Energetika nazorati elektr quvvatidan to’g’ri foydalanayotganligini va elektr qurilmalarining texnika holatini kuzatib boradi.

3. 6. Davlat avtomobil nazorati.


Davlat avtomobil nazorati tomonidan barcha korxonalarning transport vositalari, shuningdek, shaxsiy transport vositalarining hamma texnik xolati nazorat qilinadi. Bundan tashqari yo’l blgilari o’rnatiladi, yo’l chiziqlari chiziladi, yo’l harakati qoidalarini bajarilishi nazorat qilinadi, o’rganilishi targ’ib qilinadi.

SHuningdek Yo’l transport xodisalari tahlil qilinib, kelib chiqish sabablari o’rganiladi, transport vositalari ro’yxatga olinadi.


3.7. Xalq ta’lim sistemasida Mehnat muhofaza qilish ishlari.


Xalq ta’limi sistemasida mehnat muhofaza qilishda maktab va oliy maktablarning ishlab chiqarish jarayonlari, o’qish jarayonida jaroxatlanish, kasb kasalliklariga uchrash sabablarini analiz qilishdir. O’qitish usullarini va vositalarini xavfsizligi va zararliligi nuqtai nazaridan o’rganish, o’quv jarayonida uchrashi mumkin bo’lgan xavfli va xatarli xodisalarni oldini olishni ilmiy asoslashdan iborat.

Maktab yoshdagi o’quvchilarga topshirish mumkin bo’lgan ishlarning ro’yxati maorif vazirligi tomonidan qonunchilik ostida belgilangan.

Maktabda pedagogika instituti mo’taxassisligini bitirgan va o’qituvchilik faoliyati aks ettirilgan har bir o’quvchi bilan ishlay oladigan shaxs o’qituvchi bo’lishi mumkin.

O’qituvchining xaftalik yuklamasi yuqori sinflar uchun 16 soat, boshlang’ich sinf uchun 14 soat tashkil etish kerak.

Normada o’rta maktab ustaviga asosan I-IV sinflarda 24 soat V-VIII sinflarda 30 soat. IX-XI sinflar uchun 32 soatni tashkil etadi.

Oliy o’quv yurti talabalarining xaftalik yuklamasi 36 soatdan oshmasligi kerak.

Maktablarda sog’liqqa zararli bo’lgan ishlarga jalb etish taoqiqlanadi.


Download 308 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish