Maxsus ta’lim metodikasi


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar



Download 7,06 Mb.
bet8/11
Sana28.05.2023
Hajmi7,06 Mb.
#945153
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
39890 УМК

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:



  1. Surdapedagog mutaxassislarini eksperimental – nazariy tekshirishlari

  2. Imo-ishora nutqining yagona samantik vositasi sifatida

  3. G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida karlarni individual о‘qitish bosqichi

  4. Kalkirlanuvchi imo-ishora nutqi о‘zini rivojlanishi

4-Mavzu



Talaffuzni shakllantirishning mazmuni, maqsadi va egallash metodlari



REJA

  1. Karlarda talaffuz malakalarini shakllantirish

  2. Karlarni talaffuzga o‘rgatish metodlari

  3. Talaffuzga o‘rgatish davrlari


Tayanch so’zlar va iboralar: talaffuz, eslab qolish, eshitish, taqlid, zamonaviy maktab, tovushlar atikulyatsiyasi, tayyorlov sinfi, talaffuzni korreksiyalash, analetik – sintetik metod
Karlarda talaffuz malakalarini shakllantirish (ularda nutqiy apparatning) u yoki bu usullar bilan nutqiy apparatning talab etilayotgan ishini chiqarish zaru-riyati bilan bog‘liq. Nafas, ovoz va tovushni qo‘yishda karlarda uchta asosiy usuldan foydalaniladi:
Birinchi usul – taqlidga asoslanadi. O‘quvchi o‘qituvchi nimani namoyish qilayot-gan bo‘lsa, saqlangan analizatorlar orqali qabul qiladi. Taqlid quyidagilar orqa-li yuzaga keladi.
a) eshitish asosida – o‘quvchi o‘qituvchining ekran ortida qanday gapirganlagini eshitadi va eshitganini to‘g‘ri talaffuz qilishga urinadi.
b) ko‘rish orqali – o‘quvchi o‘qituvchining og‘ziga qaraydi (alohida tovushlar ar-tikulyatsiyasida tilning holatiga).
v) ko‘ruv – eshituv orqali – o‘quvchi eshitib, bir paytning o‘zida o‘qituvchining artikulyatsiyasini ko‘radi ( ovoz kuchaytirgich apparat bilan oyna oldidagi mashg‘u-lot).
g) taktil vibratsion asosida yoki eshituv orqali – o‘quvchi zqituvchining lab-larining holatini ko‘radi.
Taqlid u yoki bu talaffuz malakalarini shakllantirishda, ta’limning barcha bosqichlarida talaffuzni korreksiyalashda keng qo‘llaniladi.
Ushbu usulda turli ko‘rgazmali vositalardan foydalanish nazarda tutiladi. Bu-lar ovoz kuchaytirgich apparatlar talaffuz ustida vibratsion nazorat qiladi.
Ikkinchi usul – mexanik. Bunda o‘qituvchi nutqning u yoki bu organlarini bu ishga soladi. Nafas ustida ishlashda qo‘l orqali bo‘yinga mashqlar qilinadi.
Tovush qo‘yishda ikkinchi usul quyidagicha olib boriladi; o‘quvchiga u yoki bu to-vushni talaffuz qilish tavsiya etiladi. Ayni paytda o‘qituvchi barmoq, shpatel, zondlar yordamida o‘quvchining nutq organlarining holatini o‘zgartiradi.
O‘rnatilishi kerak bo‘lgan yangi tovush hosil bo‘ladi. “K” tovushidan “T”, “S” dan “X”, “S” yoki “R” dan “Sh” tovushi.
Bunday mashqlardan so‘ng o‘quvchilarda kinestetik qo‘zg‘alishlar mustahkamlana-di.
Uchunchi usul – aralash. Bu birinchi va ikkinch usul birlashmasidir. O‘quvchi o‘qituvchiga taqlid qilib u yoki bu nutqiy organlar ishini ijro etadi, lekin aniq bajarmaydi. O‘qituvchi talab qilinayotgan tovushni aniqroq aytishga yordam beradi. Masalan, “O” tovushni qo‘yishda o‘quvchi lablarini to‘liq oldiga chiqarmaydi. “A” tovushga chqin talaffuz qiladi. O‘qituvchi katta ko‘rsatkich barmqlari bilan labla-rini harakatlantiradi.
Karlarni talaffuzga o‘rgatish metodlari.
Zamonaviy maktab va bog‘chalarda karlar uchun og‘zaki nutq ta’limi so‘zli nutqni daktil ko‘rinishida shakllantirish bilan birga olib boriladi.
Bunday yondashuv muloqot uchun kerakli bo‘lgan nutqiy materialni tez o‘zlashti-rish imkonini beradi. Pedagog tomonidan so‘zlarni sinxrom daktillash va og‘zaki gapirish, o‘quvchilarni og‘zaki – daktil so‘zlashishga undash, diqqatini nutq harakat-lariga, nutqning jarangiga, uni eshitish yordamida qabul qilishga yordam beradi-lar, ovoz kuchaytirgich apparatlaridan foydalanish bolalarning nutqiy apparati-ni faollashtiradi.
Bularning barchasi labdan o‘qish malakasini shakllantirishning to‘g‘ri yo‘nalti-rilgan va tizimli ishni olib borish uchun qulay imkoniyatlar yaratadi. Labdan o‘qishga o‘rgatishning asosiy vazifasi bolalarda atrofdagilar bilan muloqot ja-rayonida og‘zaki nutqni eshituv – ko‘ruv qobiliyatini rivojlantirishdan iborat.
Kar bolalarning talaffuzga o‘rgatish asosiy vazifasi – og‘zaki nutqini mulo-qot quroli sifatida rivojlantirish uning aniq va ravonligiga erishishdan ibo-rat. Bizning maktab va bolalar bog‘chalarimizda qabul qilingan analetik– sintetik metodning xususiyati uning konsentrik xarakterga ega ekanligidir. Konsentrik metodning asosiga normal eshituvchi bola nutqining talaffuz tomonlarini o‘zlashtirish qonuniyatlari yotadi.
O‘rganilayotgan metodning mohiyati shundaki, maktablarga nutqsiz qabul qilina-digan karlarni dastlabki talaffuzga o‘rgatish – birinchisi tayyorlov sinifida, ik-kinchisida esa 1 va 2 – sinflarda olib boriluvchi ikkita konsentirlardan iborat. Tayyorlov sinflarida o‘quvchilardan fonemalarning saqlanib qolgan tizimini tashkil etuvchi 17 asosiy fonemalarni aniq talaffuz etish talab qilinadi. Asosiy tovushlarga A,O,U,E,I unlilari va P,T,K,F,S,Sh,X,V,M,N,L,R undoshlari kiradi.
Bu tovushlar atikulyatsion bo‘yicha bir – biridan farq qilishadi va boshqa to-vushlarni o‘zlashtirishga nisbatan bu tovushlarni o‘zlashtirish ancha yengil hisobla-nadi. Tovushlar munosabati bo‘yicha asosiy tovushlarga kirmagan tovushlar asosiy tovushlarga mos ravishda so‘zlarda vaqtinchalik boshqa tovushlarga almashinadi.
Asosiy fonemalar: A O U E I P T K F S Sh X V L
Almashtiriladigan fonemalar
Y P
B
B T
D
D K
G
G S
Z
Z
S
J
I X V L
Bugungi kunda karlar maktabida aytib o‘tilgandek, talaffuzga o‘rgatishining analetik – sintetik, konsentrik – polisensorlik metodi qabul qilingan. Anali-tik – sintetik- bu yangi so‘z ustida ishlash demakdir. Bu analiz va sintez, butun va qism munosabatlarini dealetik tushunish demakdir.
Analetik – sintetik metod turli nutqiy harakat malakalarini shakllantirish psixologik jihatdan oqlangan. Analetik – sintetik metodi talablari bilan ish-lash,so‘z elementlari ustida (bo‘g‘in, tovushlar) ajratib ko‘rsatilgan tovushlar us-tida ish olib borish ishiga bo‘ysinadi.
So‘zlarni talaffuz qilish ustida ishlar ritmik va rejali malakasini ishlab chiqish uchun yo‘naltirilgan Bolalar talaffuzda birinchi marta uchraydi, gap, so‘zlar analiz qilinadi. Analiz ba’zi hollarda faqatgina bo‘g‘ingacha olib boriladi.
So‘zlarni talaffuz qilish bilan bog‘liq bo‘lgan mashqlarni ishlab chiqishda so‘z-ni o‘qib chiqish yoki so‘zlarni alohida harf bo‘g‘inlarga ajratish ishlari taklif eti-ladi. Bularning barchasi nutqiy materialni mustaqil talaffuz qilishni ta’min-laydi. Sizga ma’lumki, karlar ta’limi va talaffuz etish jarayoni karlarni eshi-tuvchi insonlar jamiyatida ijtimoiy moslashtirishga erishish uchun yo‘naltiril-gan. Bularga og‘zaki nutqni tarbiyalashda muhim o‘rin egallovchi vazifalar to‘plami-ni yechish orqali erishiladi. Bu yechim eshitish va nutq birligi buzilgan murakkab sharoitlarda olib boriladi.
Ivan Petrovich Pavlov inson nerv tizimining kompensator imkoniyatlarini ko‘rsatib bergan. Analizator funksiyalarining birining yo‘qligi boshqa analiza-torlarga konpensatsiyalashdir.
Shuning uchun, aytib o‘tilgan metod nafaqat analitik – sintetik, balki poli-sensorlik metod bo‘lib ham hisoblanadi.
Demak, karlarni talaffuzga o‘rgatish jarayonida ko‘ruv, teri tuyish kabi talaffuzni o‘rgatish uchun qulay sharoit yaratib beruvchi analizatorlarga tayanish nazarda tutiladi.
Qoldiq funksiyadan foydalanish asosiy ahamiyatga ega. Uchinchi chorakning ohiriga borib tayyorlov sinfi o‘quvchilari asosiy tovushlarni o‘zlashtiradi.
1 va 2 – sinflarda so‘zlarni talaffuz qilishni guruhlashtirish bo‘yicha tizimi ish yuritiladi. Nutqda doimiy karlarni talaffuzga o‘rgatishning ikkinchi vazifa-si talaffuzning maksimal tushunarligiga erishishdan iborat.
Ko‘rsatib o‘tilgan ikkita vazifa bilan birga boshqa vazifalar ham mavjud. Nutqiy faoliyat, labdan shqish, og‘zaki nutqni eshituv va eshituv-ko‘ruv orqala qa-bul qilish kabi nutqiy kinesteziyalarning aralashuvi karlar talaffuziga katta ta-lablarni qo‘yadi.
Karlarni talaffuzga o‘rgatish ta’limining mazmuni o‘quvchilarda og‘zaki nutq-ni qurollantirish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirish-ni o‘z ichiga oladi. Talaffuzga qo‘yiladigan umumiy talablar bilan birga nutqni, ovozni fonetik qurollantirish, iborali intonatsiya, talaffuzning umumiy sur’a-ti va darajasi kabi qismli talablarni ham nazarda tutish lozim.
Nutqiy nafas talablarini ko‘rsatib o‘tish zarur. Barcha umumiy va qismli ta-lablar karlarning talaffuzga o‘rgatish mazmunida maxsus dasturda o‘z ifodasini topadi.
Tayyorlov sinfi – so‘zning tovush tarkibi ustidagi ishning birinchi bosqichi. Bu bosqichda bolalar 17 ta asosiy tovushlar talaffuzini o‘zlashtiradilar. O‘quvchi-lardan asosiy tovushlardan iborat so‘zlarni aniq talaffuz qilish talab etiladi.
So‘z va ibora ustida ishlash bilan birga ta’lim mazmuniga ovoz va nutqiy nafas
ustida ishlash: me’yoriy temordan foydalanish so‘zli urg‘u bilan bog‘liq ravida ovoz kuchining o‘zgarishi ustida ish olib borish kiritiladi.
Ikkinchi bosqichda ( 1 – 2 – sinf ) so‘zning tovush tarkibidagi ishlar so‘zlarni talaffuzini chuqurlashtirish va avvalgi almashtirilgan tovushni tiklashni o‘z ichi-ga oladi.
Shunday qilib, talaffuzga o‘rgatish dasturiga quyidagi bilimlar kiritiladi:
1.Nutqiy nafas. Ishning mazmuni – o‘quvchilarda bir nafasda qisqa so‘z va ibo-ralarni talaffuz qilib nafasdan to‘g‘ri foydalanish malakasini shakllantirish, shuningdek iboralarni sintagmalarga ajratish malakasini ishlab chiqish.
2.Ovoz. Ishning mazmuni – o‘quvchilarda ovozdan normal balandlikda va qo‘pol buzilishlarsiz foydalanish malakasini ishlab chiqish.
3.Tovushlar va ularning ifodalanishi. Ishning mazmuni – o‘quvchilarda ona ti-lining barcha tovushlarini to‘g‘ri aytish va ularni so‘zlarda ifodalash malakasini shakllantirish.
4.So‘z ustidagi ish quyidagilardan iboratdir:
a) so‘z urg‘usi
b) orfoepik qoida
v) nutq tempi
Bu ish orqali o‘quvchilarda so‘zlarni ravon, tovush tarkibini saqlagan holda, normal sur’atda, urg‘ularga rioya qilgan holda talaffuz qilish malakasini shakllantirish amalga oshiriladi. Urg‘ular, intonatsiyalar to‘g‘ri qo‘yilmaydi. Shu bilan birga normal eshituvchilar orasida ham nutqi tushunarsiz bo‘lganlar uchrab turadi.
Karlar nutqni kam qabul qilishi nuqtai nazaridan fonetik jihozlanishi hi-sobga olib, nutqning jaranglashiga, uni normal eshituvchi va so‘zlovchi kishilar nutqiga yakunlashtirish chora – tadbirlari ko‘riladi. Bunga ovozning sifati, flne-malarning aytilish sifati, urug‘lar e’tibor berish, so‘zlardagi orfoepik me’yorlar kiritiladi.
Og‘zaki nutq karlarda atrofdagilar bilan muloqoti vositasi sifatida muhim rol o‘ynaydi. Agar karning nutqi to‘la tushunarli bo‘lmasa tilni o‘zlashtiriga ka-folat berib bo‘lmaydi, nutqiy tafakkur ba’zasi bo‘lib xizmat qila olmaydi, bu yoz-ma va daktil nutq hisobiga kompensatsiyalanadi.

Download 7,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish