Maxsus ta’lim metodikasi


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar



Download 7,06 Mb.
bet4/11
Sana28.05.2023
Hajmi7,06 Mb.
#945153
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
39890 УМК

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:

1. Daktilologiya qanday alifbo hisoblanadi?


3. Daktilologiyaning qanday turlarini bilasiz?
4. Bir qo’lli daktilologiyaning afzalliklari nimadan iborat?
5. Og’zaki va yozma nutq nimasi bilan farq qiladi?
6. Daktilologiyaning tarixi qanday?
7. Eshitish analizatori va uning axamiyati
8. Eshitishda nuqsoni bor bolalarning ‘oziga xos xususiyatlari
9. Eshitishda nuqsoni b’olgan bolalar darajalari
Foydalaniladigan adabiyotlar:


Asosiy adabiyotlar

  1. Зайцева Г.Л., Дактилология. Жестовая речь. Учебное пособие, М.: 2000 г

  2. Pо‘latova P.M, Maxsus pedagogika, Т.:2014.



Qo`shimcha adabiyotlar

  1. Raxmanova V.S. “Maxsus pedagogika”.-T.,”G‘ofur G‘ulom”, 2004.

  2. Базоев В.З., Паленний В.А. Человек из мира тишины ИКТС. - М.: Академ книга, 2002.

  3. Назарова Н.М. Специальная педагогика. - М.: Академия, 2000.


3-Mavzu



Daktil belgilarning ta`rifi



REJA



  1. Eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar muloqot jarayoni

  2. Imo ishora va daktil nutqi

  3. «Og‘zaki metod»

  4. Kalkirlanuvchi imo-ishora nutqi



Tayanch so‘zlar va iboralar: eshituv idroki, kalkirlanuvchi imo-ishora nutqi, og’zaki nutq, o‘quv faoliyati, individual о‘qitish, oralizm, sof og‘zaki metod, manualizm

О‘quvchilar maxsus ta’lim sharoitida tilni egallab, kar bolani rivojlanishida uni sotsial aktiv shaxs sifatida shakllanishida muhim ahamiyatga ega bо‘lgan sо‘zlashuv nutqidan asta – sekinlik bilan muloqot quroli sifatida foydalanadilar. Ayni choqda bolalar kollektividagi muloqot jarayonida о‘quvchilar shaxslararo muloqotda imo-ishora nutqini egallaydilar va keng qо‘llaydilar. О‘quv faoliyati mehnat faoliyati bilan birga olib boruvchi kechki maktabni kar о‘quvchilari oilada, dо‘stlari orasida va eshitmaydigan kollektivlarda ishlaydigan ishlab – chiqarishda muloqot quroli vositasida imo-ishora nutqidan foydalanadi. Karlar jamiyati tomonidan uyushtiriluvchi ma’ruza, doklad, ekskursiyalarni о‘tkazishda imo-ishora tarjimasi bilan birga qо‘shib olib boruvchi kо‘rsatuvlar soni ham oshib bormoqda. Shunday qilib katta yoshdagi karlarni imo-ishora muloqoti doirasi kengaymoqda. Bu kechki maktab о‘quvchilarini ta’lim tarbiyasidagi nutqi vositalar sistemasida imo-ishora nutqini о‘rnini aniqlashga qaratilgan tekshirishlarni aktualligini belgilaydi.


Imo ishora va daktil nutqi
О‘quvchilar maxsus ta’lim sharoitida tilni egallab kar bolaning rivojlanishida uni sotsial aktiv shaxs sifatida shakllanishida muhim a hamiyatga ega bо‘lgan sо‘zlashuv nutqidan asta sekinlik bilan muloqot qurol sifavtida foydalanadilar. ayni choqda bolalar kollektividagi muloqot jarayonida о‘quvchilar shaxslar aro muloqotda imo ishora nutqini egalaydilar va keng qо‘llaydilar.О‘quv faoliyatini mehnat faoliyati bilan birga olib boruvchi kechki maktabni kar о‘quvchilari oilada dо‘stlari orasida va eshitmaydigan kollektivlar ishlaydigan ishlab chiqarishda muloqot quroli vositasida imo-ishora nutqidan foydalanadilar. karlar jamiyati tomonidan uyushtiriluvchi ma’ruza, doklad, ekskursiyalarni о‘tkazishda imo-oshira tarjimasi qо‘llaniladi. markaziy televideniyani imo-ishora tarjimasi bilan birga qо‘shib olib boruvchi kо‘rsatuvlar soni ham bmlan ortib bormoqda. shunday qilib katta yoshdagi karlarda imo-ishora muloqoti doirasi kengaymoqda. Bu ichki maktab о‘quvchilarini ta’lim tarbiyasidagi nutqiy vositalar sistemasida imo-oshira nutqini о‘rnini aniqlashga qaratilgan tekshirishlarni aktualligini belgilaydi.
G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida karlarni individual о‘qitish bosqichida eshitishda nuqsoni bor blalarni о‘qitish nazariyasi va praktikasini shakllanish jarayonida imo-ishora nutqiga turli xil yondoshishlar kо‘zga tashlanadi. (XVI asr oxiri XVIII asrning birinchi yarmi) Karlar uchun maktablardagi muloqot jarayonida tarbiyalanuvchilar о‘rtasida milliy imo-ishora nutqi rivojlandi. bu davrda ikkita pedagogik sistema «milliy metod» (SH.M.Delepe, R.A.Sikar) va «Og‘zaki metod» tarkib topdi. bularning vakillari imo-ishora nutqiga butunlay teskari pozitsiyada turganlar. «Milliy metod» yaratuvchisi SH.M.Delepe va uning davomchilarining qarashlariga Volter, Didro, Russoning materialistik fikrlari ta’sir kо‘rsatgan edi. Tarbiyaga «tabiiylik» prinsipini singdirmoqchi SH.M.Delepe va R.A.Sekar suropedagogika tarixida birinchi bо‘lib kar bolaning aqliy va ahloqiy rivojlanishi masalasini qо‘ydilar . bu masalani yechish uchun Delepe va Sikar fikricha ular kar bolani ona tili va «tabiiy» tarbiyaning asosiy vositasi sifatida kо‘ruvchi sо‘zlashuv nutqi va imo-ishora nutqini о‘qitish vositalari sistemasigsha kiritish kerak. Imo-ishora nutqi lingvistik tabiatini baholashda mimik metod yordamida yaratuvchlari «umumiy va ratsional grammatika » kitobida berilgan K.Lanso va A.Arno fikrlari asosida ish olib boriladi. «Mimik metod » asoschilari kar о‘quvchilar muloqot sistemasi bо‘lmagan «metodik jestlarni qо‘shib, imo-ishora tili rivojlanishini tezlashtirilishini» mumkin deb о‘ylaydilar. Rivojlanuvchi imo-ishora nutqini spetsifik qonunlarini rad etib, Delepe va Sikar о‘qitishda tanish, franso‘z tilini kalkirlanuvchi strukturasini yaratadilar va qо‘llaydilar vash u bilan birga о‘zlari tomonidan ishlab chiqilgan «tabiiylik» prinsipini buzadilar va bu «mimik metodni» chuqur krizisiga olib keladi. «Og‘zaki metod»ning konseptual bazasi bо‘lib, idealistik falsafa va uni qabul qilgan nemis pedagogikasi hisoblanadi. Kantning izidan A.Disterveg va N.G.Gerbart tarbiyaning bosh maqsadini «Formal ta’limda» kо‘rganlar Kant fikriga muvofiq «Fikrlash о‘z-о‘zi bilan izlanish demak, о‘z-о‘zini eshitishdir»(1966)
«Og‘zaki metod» yaratuvchisi Geyneki va uning tarafdorlari karlarni о‘qitishni bosh maqsadi og‘zaki nutqni rivojlantirish deb hisoblagan. Og‘zaki nutq karlarni о‘qitishni asosiy va yagona vositasi hisoblanadi. «Mimik» va «Sof og‘zaki» metod о‘rtasidagi kurash keyinchisi hisobiga tugadi. U Milan kongresi tomonidan effektivli pedagogik sistema sifatida qabul qilindi. ENB bolalarni о‘qitishni nazariy masalalari va ularni о‘qitishni amaliyotini evolyusiyasi Garbiy Yevropa va AQShda Milan kongresi davridan buyon hozirgacha ilm-fan rivojlanishi, Yangi psixologo-pedagogik, sotsial va lingvistik maktablarini shakllanishi tovush kuchaytirgich apparatlarni yuzaga kelishi va takomillanish bilan bog‘liq. Zamonaviy chet El surdopedagogikasida ikkita pedagogik sistema «Oralizm» va «Manualizm» qarama-qarshi qо‘yilgan. Zamonaviy «Oralizm»ning turli yо‘nalishlari klassik «Sof og‘zaki» metoddan tortib to «Tabiiy oralizm»gacha bixeviorizm va «Kommunikativ tarbiya» teoriyasiga muvofiq sotsial kommunikatsiya ehtiyojlarini qondiruvchi, turli hulq normalarni shakllantirish, pedagogik protssesnining bosh vazifasidir. Kar bolalar har doim kerakli stimullarini ota-onasi, tengdoshlarini og‘zaki nutqni egallab, maxsus tashkil qilingan ta’limsiz ham egallashlari mumkin deb hisoblashadi.

«Sof og‘zaki metod» ketidan og‘zaki nutq rivojlanishini absolyutlashtirib, bu yо‘nalish tarafdorlari о‘quv tarbiya jarayonida imo-ishora nutqi maqsad birligini inkor etadilar. Bunday nutqiy nazar «Oralist»larni ENB bolalarni hususiyatlarini tо‘la bilmasligidan dalolat beradi. Imo-ishora nutqi asosida yuzaga keluvchi ENB bolalarni hayoti va о‘zaro muloqoti barcha doirasini inkor etib «Oralizm» tarafdolari о‘qituvchini о‘quvchilarni bilimi tajribasini ishlatish ishlatish imkoniyatidan mahrum qiladi. Bu pedagogik ta’sir vositalari arsenalini birlashtiradi. Bundan tashqari karlar kata о‘lib kar jamiyati bilan hamkorlikda muhim sotsial, madaniy masalalarni yechishda ishtirok etishga tayyor bо‘lmaydilar.


«Manualizm» nazariy konsepsiyaisnini asoschilari surdopedagogik jarayon vositalarini sistemasiga imo-ishora nutqini kiritish lozim deb hisoblaydi. «Manualist»Lar kar bolaning individual ichki dunyosi imo-ishoranutqi bilan chambarchas bog‘liq deb hisoblaydilar. Bilim jarayonida nutqning ahamiyatini alohida takidalagan holda «Manualizm» tarafdorlari karni shakllanishida bu rol imo-ishora nutqiga tegishlidir. «Total kommunikatsiya» ya’ni «Mimik» metod an’analarini davomchilari qarashlariga muvofiq, nutq vositalari sistemasiga og‘zaki, daktil va imo-ishora kiradi, asosan esa kalkirlanuvchi nutq kiritiladi. 70-yillarda Amerika mutaxassislari tomonidan kо‘tarilgan «Total kommunikatsiya» prinsipi bо‘yicha karlarni о‘qitish AQSH va G‘arbiy Yevropa mamlakatlaridagi kо‘pgina maktablarda tarqalgan edi. Bush uni kо‘rsatdiki, karlarni о‘qitishgda barcha nutq vositalaridan foydalanish kar bolani intensiv intellektual rivojlanishiga sabab bо‘ladi, shuningdek maktab programmasini о‘rganishni yengillashtiradi. Boshqa tekshirishlarin natijalari kichik karlarni о‘qitishda imo-ishora nutqini qо‘llash talaffuz malakalari va tilni grammatikasini egallashini qiyinlashtiradi. Turli xil metodik va eksperemental tadbirlar «Total kommunikatsiyani» effektivligiga baho beruvchi bor bо‘lgan ma’lumot va dalillarni solishtirilishiga tо‘liq bо‘ladi. 80-yillarda shakllangan va «Bilingvistik yondashish» nomini olgan qarash yaratuvchilari karlani о‘qitishni boshlang‘ich vositasi sifatida sо‘zlashuv imo-ishora nutqidan foydalanishini kо‘zda tutadi. о‘zga rivojlangan lingvistik sistema aks ettirgan sо‘zlashuv imo-ishora nutqini karlarni ona tili sifatida kо‘rib «Bilingvistik yondoshish» tarafdorlari sо‘zlashuv nutqiga kar bolani ikkinchi tili sifatida о‘qitish lozim deb hisoblaydilar. Rossiyadagi dastlabki karlar uchun muljallangan bilim yurtlarni amaliyoti va rus surdopedagogikasini nazariy asosi A.N.Radishevning materialistik fikrlari ta’sirida shakllandi. A.N.Radishevning fikrlarini egallagan hamda progressiv rus surdopedagoglari A.G.Gursev, B.I.Fleriy «Mimik metod» va «Sof og‘zaki» metoddagi farq qiluvchi original pedagogik sistemani yaratdilar. Kar bolani aqliy, ahloqiy, jismoniy rivojlanishini masalasini oldinga surib, ular nutqiy vositalar sistemasini ishlab chiqdilar. Bu sistema og‘zaki, yozma , daktil va im-ishora nutqi о‘z ichiga oladi. V.I.Fleriy (1835) jahon ilmida birinchi bо‘lib sо‘zlashuv imo-ishora nutqini «Xurmatga loyiq» mustaqil va о‘ziga xos til sistemasini kо‘ra oldi. Sо‘zlashuv imo-ishora nutqini boshlang‘ich ta’lim tarbiya jarayonida qо‘llash lozim deb kо‘zda tutgan. Kalkillanuvchi imo-ishora nutqini tuzilishini tahlil qilib , avtor bu sistema kichik karlar bilan ishlashda effektivli emas deb hisoblanadi. Lekin ta’limni sо‘ngi etapida bu sistema foydali bо‘lishi mumkin. Fleriy «Metodik jestlar» grammatik terminlarni yaratadi. V.I.Flerining asosiy qarashlarini A.G.Gursev, Y.G.Speshnev, N.Y.Seleznev va boshqa progressiv rus surdopedagoglar ma’qullashdi. 80- yillar oxirida Rossiyadagi karlar maktabidagi ishlar «Sof og‘zaki metod» ta’siri ostida qayta kо‘rildi. о‘ning asosiy prinsiplariga tayanib A.R.Ostrogradskiy, N.M.Logovskiy og‘zaki nutqni surdopedagogik jarayon yagona vositasi sifatida oldinga suradilar. Shu vaqtda Fleri an’analarini davom ettiruvchi kо‘pgina pedagoglar N.V.Vasilyev, YE.S.Brishpolskiy va boshqalar « Sof og‘zaki metod»ni raqiblari bо‘lib maydonga chiqdilar. Bu siste ma bо‘yicha ish kar bola rivojlanishini tо‘xtatib qо‘yilishni ta’kidlab, ular nutqiy vositalar sistemasiga imo-ishora nutqini kiritish kerakligini qattiq turib himoya qiladilar.
Halq ta’limi sohasidagi qayta qurishlar karlar uchun о‘quv muassasalarini umumdavlat maorif sistemasiga Kirishi, maxsus Yangi tipdpgi maktabni yaratishni talab qildi. Rus mutaxassislarini eksperemental nazariy tekshirishlari jarayonida qо‘yilagan masalalarni yechishda « Sof og‘zaki metod» ni maqsadga muvofiq emasligi kо‘rindi. ENB bolalarni ta’lim va tarbiyasi metodlari va mazmuni ishlab chiqishdi. L.S.Vigotskiy о‘zining kata xissasini qо‘shdi. Vigotskiy yondoshishi imo-ishora nutqi maqsadga muvofiq foydalaniladigan tо‘laqonli nutq degan faktni tan olingani holda edi. L.S.Vigotskiyni tekshirish natijalari va uning qarashlarini rivojlantirgan. R.M.Boskis, I.G.Morozova va boshqa mutaxassislarni tekshirish natijalari mamlakat maktablarida «sof og‘zaki metod» ni hukmronligiga yakun yasagan, 1938 yil surdopedagoglarni butun Rossiya majlisi qarorlarini asosiga suyangan holda edi. Kar о‘quvchilarni ta’lim tarbiyasini butunlay qayta qurishni kerakligi surdopedagogik jarayonni vositalari kengaytirishni talab qildi. Asosiy vosita bо‘lib og‘zaki va yozma, yordamchi bо‘lib daktil va imo-ishora nutqi tan olindi. Shu vaqtdan boshlab imo-ishora nutqi karlar uchun mо‘ljallangan maktab internatlardagi о‘quv tarbiya ishini yordamchi vositasi sifatida kо‘riladi. Imo-ishora nutqi prinsipial yozuvsiz til bо‘lib , о‘z sо‘z his qilish sezgisini, qobiliyatini, qо‘llash imkoniyati tekshiruvchi bunda qо‘llay olmaydi. Bu tekshirish uchun mо‘ljallangan kerakli imo-ishora fikrlarini tuzatilgan tekstini topish zarurligini belgilaydi. Ikki eksperemental metodlar guruhlar ishlab chiqildi va ishlatish boshlandi. Bu ikki guruh eksperemental metodlar kalkirlanuvchi imo-ishra fikrlarini va sо‘zlashuv imo-ishora nutqini olish uchun mо‘ljallangandir. Imo-ishora nutqining yagona semantik vositasi sifatida murakkab strukturaga ega. Imo-ishora bosh komponentlari barmoqlarni holati bilan belgilangan konfiguratsiyalardir. Turli xil milliy imo-ishora tillarini о‘rganish imo-ishora strukturasidan universal belgilar bilan birga uning komponentlarini spetsifik xossalari kо‘zga tashlangan. Imo-ishora nutqining strukturasi bir vaqtda imo-ishorada aks etadigan uning elementlari о‘rtasidagi aloqa usuli bilan belgilanadi. Bu bilan til sistemasining birligi sifatida imo-ishora, kinestetik substansiyada realizatsiya qilinuvchi imo-ishora sо‘zidan farq qiladi. Imo-ishora elementlari apozitsiyasi sо‘zlashuv imo ishora nutqidagi leksik va grammatik belgilar kо‘rsatish uchun relevant bо‘lib hisoblanadi. Sо‘zlashuv va kalkirlanuvchi imo-ishora nutqi karlar tomonidan turli sharoitlarda egallanadi. Eshitmaydiganlar oilasida yashaydigan kar bolalar sо‘zlashuv imo-ishora nutqini ota-onasi bilan muloqotda egallaydigar. Imo-ishora sistemasini shakllanishini bolang‘ich etaplari eshituvchi bolani sо‘zlashuv nutqini rivojlantirish stadiyalariga tо‘g‘ri keladi. Eshituvchilar oilasidagi kar bola sо‘zlashuv imo-ishora nutqini о‘z tengdoshlari bilan о‘rtoqlari bilan muloqotda egallaydi. О‘quvchilar kalkirlanuvchi imo-ishora nutqini sо‘zlashuv nutqini leksikasi va grammatikasini о‘rganish bazasida ikkinchi belgili sistema sifatida egallaydilar. Har bir muloqot sistemasi rivojlanib, takomillashib kar bolalarni kommunikativ muloqot doirasida qо‘llanadi. Eshituvchilar muloqotiga qaraganda sо‘zlashuv imo-ishora nutqi norasmiy, tabiiy shaxslaraor muloqotda, karkirlanuvchi imo-ishora nutqi esa rasmiy muloqotda. Ikkinchi belgili sistema sifatidagi kalkirlanuvchi imo-ishora nutqi sо‘zlashuv imo-ishora nutqini leksik fondidagi asosiy imo-ishoralarni ilg‘ab oladi. Shunday qilib karkillanuvchi imo-ishora nutqini sо‘zlashuv va og‘zaki imo-ishora nutqini о‘zaro ta’siri asosida yuzaga kelgan, lekin karkillanuvchi imo-ishora nutqi о‘zining rivojlanishi jarayonida о‘zining leksik vositalarini ishlab chiqadi. Kalkirlanuvchi imo-ishora nutqi yordamida muloqotga kirishish bu nutqiy sistemani qanday egallanganligi darajasiga bog‘liq. Katta yoshdagi kar о‘quvchi bilan ishlashda imo ishora nutqi ikki formada nutqiy vositalar sistemasiga sо‘zlashuv nutqi bilan birga karkirlanuvchi imo-ishora nutqi va sо‘zlashuv imo-imshora nutqini qо‘llovchi о‘qituvchi bilan va sinfdan tashqari maktabdan tashqari ishlarni о‘tkazishda qatnashadigan tarjimon bilan.



Download 7,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish