Maxsus ta’lim metodikasi


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar



Download 7,06 Mb.
bet3/11
Sana28.05.2023
Hajmi7,06 Mb.
#945153
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
39890 УМК

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
1. Eshitish nuqsoni deganda nimani tushunasiz?
2. Daktilologiya qanday alifbo hisoblanadi?
3. Daktilologiyaning qanday turlarini bilasiz?
4. Bir qo’lli daktilologiyaning afzalliklari nimadan iborat?
5. Og’zaki va yozma nutq nimasi bilan farq qiladi?
6. Daktilologiyaning tarixi qanday?


Foydalaniladigan adabiyotlar:


Asosiy adabiyotlar

  1. Зайцева Г.Л., Дактилология. Жестовая речь. Учебное пособие, М.: 2000 г

  2. Pо‘latova P.M, Maxsus pedagogika, Т.:2014.



Qo`shimcha adabiyotlar

  1. Raxmanova V.S. “Maxsus pedagogika”.-T.,”G‘ofur G‘ulom”, 2004.

  2. Базоев В.З., Паленний В.А. Человек из мира тишины ИКТС. - М.: Академ книга, 2002.

  3. Назарова Н.М. Специальная педагогика. - М.: Академия, 2000.



2-Mavzu



Daktilologiya – barmoq alifbosi

REJA:



  1. Daktil alifbosining rivojlanish tarixi

  2. Bir qo‘lli daktil alifbosi (kaftli daktil alifbosi)

  3. Ikki qo‘lli daktil alifbosi



Tayanch so‘zlar va iboralar: daktil nutq, daktil alifbo, bir qo‘lli daktil alifbo, kaftli alifbo, korreksion pedagogika, korreksiya, kompensatsiya, differensial, integratsiya, inklyuziv ta’lim, reabilitatsiya, tug‘ma nuqsonlar.

Barmoq ishoralari (shakllari) qadimdan paydo bo‘lgan. Xar bir barmoq shakli bu xarf. Dastlab, VII asrda qo‘llar sonoq vositasi sifatida qo‘llanila boshlagan. Sonlarni barmoqlar yordamida ifodalash nafaqat ko‘rgazmali bo‘libgina qolmay, shuningdek amaliy ehtiyojdan kelib chiqqan edi. Barmoqli belgilar o‘rta asrlarda arifmetikani o‘rganishda sanoqni tushunish uchun keng qo‘llanilgan.
Tahmin qilish mumkinki, sanoqni barmoqlarda amalga tizimi daktil nutqi alifbossini yuzaga kelishiga ta’sir o‘tkazgan.
Alifbos- muayyan tartibda joylashgan, u yoki bu tilda yezish uchun qo‘llaniluvchi grafik belgilar - xarflar yig‘indisidir.
Daktil alifbossi- bu u yoki bu daktil nutqida so‘zlashish uchun qo‘llaniluvchi, muayyan tartibda joylashgan barmoqlar belgilari, ya’ni xarflar. Xar bir daktil belgi aniq bir xarfni bildiradi. Daktil alifboslar u yoki bu til alifbossiga asoslanadi. Daktil xarflar soni u yoki bu til alifbossidagi xarflar soniga tengdir.
Kim birinchi daktil alifbosini tasvirlagani aniq emas. Ma’lumki, qo‘l barmoqlari tasvirlanishi X asrda lotin kutubxonasida uchratilgan edi. Bo‘lishi mumkin, ba’zi qo‘l belgilari, shuningdek harflar, qadimdan qo‘llanilgan. Tadqiqotchilar aytishlaricha, dastlabki daktil alifbosi 1953 yilda ispan monaxi de Verba tomonidan nashr etilgan. Daktil nutqi karlarni o‘qitishda birinchi bor ispan monaxi Nedro Ponse de Lion tomonidan XVI asrda qo‘llanilgan. Maxsus daktil alifbosi karlarni o‘qitish uchun tuzilgan bo‘lib, 1629 yilda Boneta bosgan. Boneta daktil alifbosi XVIII asrda franso‘z daktil alifbosi asosida birinchi Fransiya karlar o‘qituvchisi Pereyra Delepe tuzgan, shuningdek, Amerika daktil alifbosini XIX asr boshida Gallodet va Klerko ishlab chiqgan. Britaniya daktil alifbosi birinchi bor 1698 yilda bosib chiqilgan, u boshqacha asosda tuzilgan. Bu ispancha, franso‘zcha, amerikacha va boshqa ko‘pgina alifbos ikki qo‘lligi bilan farqlanadi. Uning zamonaviy ko‘rinishi Buyuk Britaniya, Avstraliya, janubiy Afrikada keng tarqalgan.

XVI asrda xarflarni bir qo‘l, kaft, ikki qo‘l, butun tana yordamida ifodalash usullari yeritilgan ishlar paydo bo‘la boshladi.


XVI asrda Ispaniyada ispan monaxi Pedro Ponse karlarni o‘qitish uchun bir qo‘lli ispan daktil alifbossini yaratgan.
1620 yilda Madridda ispan surdopedagogi Xuan Pablo Bonet o‘z yaratgan kitobida birinchi bo‘lib karlarni o‘qitish va tarbiyalash uchun bir qo‘lli ispan daktil alifbossini chop etdi.
XVIII ispan alifbossi asosida Fransiya davlatida franso‘z daktil alifbossi yaratilgan. Franso‘z daktil nutqini yaratishda franso‘z surdopedagoglari Ya.P.Pereyra va Sharl Mishel Delepe qatnashdilar.
Fransiya davlatidan ispan va franso‘z daktil alifboslari Yevropa mamlakatlariga va Amerikaga tarqaldi. Ushbu mamlakatlarda karlarni va karko‘rlarni o‘qitish uchun bir qo‘lli alifbos ishlatilgan va hozirgi davrda ham ishlatilmoqda.
Birinchi amerikalik o‘qituvchilar Parijda Sharl Mishel Delepe yordamida kar bolalar bilan ishlash uchun tayerlov kurslarni o‘tishdi. Hamda shu o‘qituvchilar Amerikada daktil nutqini (alifbossini) joriy qilishdi.
Franso‘z surdopedagogi Sharl Mishel Delepe ikki nafar kar kiz bola bilan shug‘ullangan. O‘quv amalietida qizlarni o‘qitish uchun imo ishoralarni ishlatgan. So‘ngra, 1770 yilda Delepe Parijda o‘z uyida duneda birinchi bo‘lib kar bolalar uchun ilk maxsus o‘quv muassasani ochdi. Mashg‘ulotlar kichik guruhlarda bepul tarzda o‘tqazilar edi, kam ta’minlangan o‘quvchilarga esa xaet kechirishlari uchun yordam berar edi. Maqsad imo ishora nutqi orqali kar bolalarni tarbiyalash va o‘qitish edi.
Buyuk Britaniya esa daktil nutqni yaratishda o‘z yo‘li bilan bordi. Ingliz daktil alifbossi ikki qo‘l barmoqlari xarakatlaridan iborat.Xar bitta daktilema ikkita qo‘l bilan xarakatlanadi (ifodalanadi). Ingliz ikki qo‘lli daktil alifbossini Oksford universitetning geometriya professori Djon Vallis yaratdi.
Ingliz ikki qo‘lli daktil alifbossi davlat tili ingliz tili bo‘lgan mamlakatlar (Avstraliya, Janubiy Afrika Respublikasi)da ham ishlatilmoqda.
Kaftli daktil alifbossini Angliyada D.Dalgarno yaratgan. Ushbu alifbosni barcha xarflari kaft va barmoq sohalarida joylashgan. So‘zlashuv jarayonida bir qo‘lning bir barmog‘i, yoki birdan bir necha barmoqlar bilan ikkinchi qo‘lning kaft va barmoqlardagi xarflar joylashgan joyga bosiladi va shu tarzda muloqot olib boriladi.
Xarflar maxsus qo‘lqopda joylashgan bo‘lib, eshitishida nuqsoni bo‘lgan shahslarga tarqatilar edi. Ammo ushbu kaftli daktil alifbossi keng tarqalishda davom etmadi.
1806 yilda Rossiyada, Peterburg yenida Pavlovsk shahrida kar bolalar uchun ilk o‘quv muassasa ochildi. Birinchi rus surdopedagoglar franso‘z daktil alifbossi asosida rus daktil alifbossini yaratishgan.
1935 yilda rus surdopedagog Viktor Ivanovich Fleri o‘z kitobida ilova tarzida rus va franso‘z daktil alifbossi chop etdi, hamda, Rossiyada chop etilgan birinchi imo ishora lug‘ati muallifiga aylandi. 1817 yilda Peterburg universitetiga ishga taklif qilindi va shu bilan bir vaqtda Peterburg karlar muassasida ham ishlab borgan, 1837 yildan boshlab esa shu muassasa rahbari etib tayillangan. Ushbu muassasada kar bolalar bilan ishlovchi surdopedagoglar uchun tayerlov kurslarni ochgan.
D a k t i l o l o g i ya yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, DAKTILOS “barmoq”, LOGOS so‘z degan ma’noni anglatadi.
XVI asrdan boshlab daktil nutq kar bolalarni o‘qitish uchun qo‘llanib kelinmoqda (xozirgi davrda bu nutq yordamida kar bolalar savodga o‘rgatilmoqda).
Kar bolalarga ta’lim bergan ilk o‘qituvchilardan biri Pedro Ponse (1508 1584) hisoblanadi. U daktil nutqni kar bolalarga og‘zaki nutq, savod, o‘qishni, fanlarni o‘rgatish uchun qo‘llar edi.
Ispan o‘qituvchisi Xuan Pablo Bonet (1579-1633) “Tovushlar tabiati va karlarni so‘zlash san’atiga o‘rgatish” kitobida (1620) daktil belgilar tasvirini chop etdi, xamda, ularni karlarni o‘qitishda qo‘llashga doir ko‘rsatmalar berdi. Bonet tomonidan yaratilgan metodika daktil nutqni karlarga og‘zaki va yozma nutqni o‘rgatishda qo‘llashni nazarda tutgan.
XVIII asrda franso‘z o‘qituvchisi Ya.R. Pereyra (1715-1780) daktil nutqidan keng foydalangan. U daktil nutqidan karlarni og‘zaki nutqqa o‘rgatish uchun foydalangan.
Fransiyadagi birinchi karlar o‘quv muassasini tashkil etgan Sharl Mishel Delepe (1712-1789) daktil nutqini ko‘proq turli xil atamalarni ifodalashda qo‘llagan. Ushbu alifbosni ma’lum bir so‘z uchun imo ishora bo‘lmagan taqtirda ishlatgan.
Uning o‘quvchisi va shogirdi R.A. Sikar (1742-1822) daktil nutqni imo ishora nutqidan og‘zaki nutqqa va og‘zaki nutqdan imo ishora nutqiga o‘girishda yordamchi vosita sifatida qo‘llagan. Franso‘z surdopedagogi Sikar 1790 yilda Parij kar soqovlar institutini boshqarib, mimik matodni yaratdi, va Delepe boshlagan belgilar lug‘ati ishlanmasini tamomladi. U shifokor Itar bilan birgalikda birinchi bo‘lib kar bolalarning ilmiy tafsifini (klassifikatsiyasini), shuningdek ularni o‘qitish metodlarini yaratishga urinib ko‘rdi.
Nemis surdopedagoglari esa daktil nutqni imo ishora nutqining bir turi deb xisoblashgan va ular daktil nutqdan umuman foydalanishmagan.
Faqatgina Amerika va Rossiyaning maxsus o‘quv yurtlarida daktil nutq muloqot jarayonida yordamchi vosita sifatida qo‘llanishda davom etgan.
Rus daktil alifbosini 1835 yilda V.I.Fleri bosib chiqgan bo‘lib, u pedagogik jarayonda qo‘llagandan keyin ishlab chiqgan. Bu daktil alifbosi, shuningdek, daktil harflar Peterburg kar – soqovlar uchiliщisi direktori kitobi G.A.Gursevaning «Ensiklopedik kurs» (1938)da e’lon qilingan, uning Bonetdan farqi: harflarni qo‘l yordamidagi grafik tasvirlanganidir. Daktil tufayli, Gurseva kitobida ko‘rsatilgandek zamonaviy rus daktil alifbosi kelib chiqdi.
O‘z zamonasida tuzilib va keng tarqalgan daktil alifbosi milliy tillarda, ya’ni o‘zbekcha, armancha, ukraincha, beloruscha (A.G.Gerankina, 1972; I.F.Geylman, 1981;). 43 ta daktil alifbosi dunyoning 59 davlatida faydalaniladi. Butun dunyo karlar federatsiyasi Konferensiyasida 1963 yili daktil alifbosi ishlab chiqilgan.
Bilingki, ba’zi mamlakatlar maxsus daktil alifboslardan ya’ni ko‘r – karlar uchun bo‘lgan milliy daktil harflar asosidan foydalanadilar. Xalqaro daktil alifbosi ko‘r – karlar uchun mavjuddir.



Download 7,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish