Maxsus ta’lim metodikasi


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar



Download 7,06 Mb.
bet6/11
Sana28.05.2023
Hajmi7,06 Mb.
#945153
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
39890 УМК

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:

  1. So‘zning tovush va daktil obrazi orasida shartli boglanishi haqida aytib bering

  2. Eshitish analizatori va uning axamiyati

  3. Eshitishda nuqsoni bor bolalarning ‘oziga xos xususiyatlari

  4. Eshitishda nuqsoni b’olgan bolalar darajalari

  5. So‘zning tovush va daktil obrazi

Foydalaniladigan adabiyotlar:
Asosiy adabiyotlar

  1. 1. Зайцева Г.Л., Дактилология. Жестовая речь. Учебное пособие, М.: 2000 г

  2. Pо‘latova P.M, Maxsus pedagogika, Т.:2014.



Qo`shimcha adabiyotlar

  1. Raxmanova V.S. “Maxsus pedagogika”.-T.,”G‘ofur G‘ulom”, 2004.

  2. Базоев В.З., Паленний В.А. Человек из мира тишины ИКТС. - М.: Академ книга, 2002.

  3. Назарова Н.М. Специальная педагогика. - М.: Академия, 2000.

4-semestr

MA’RUZA MASHG’ULOTLARI




1-Mavzu



Imo-ishora nutqning karlarni o‘qitishda tutgan o‘rni, taraqqiyoti, lug’ati.



REJA



  1. Imo-ishoralar tarixi

  2. Turli davlatlar imo-ishora tili

  3. Imo-ishora lug’ati

Tayanch so’zlar va iboralar : imo-ishora, kommunikatsiya, pantomima, imo-ishora sistemasi, aloqada vositasi, sport, daktilologiya

Ma’lumki, tovushli nutq bundan 30-50 ming yil ilgari paydo bо‘lgan. О‘sha vaqtdan buyon sо‘zlashuv tili yoki kommunikatsiyaning og‘zaki sistemasi – odamlar orasidagi muloqot vositasining asosidir.


Qadimda insonlar og‘zaki bо‘lmagan imo-ishoralar yordami bilan muloqotga kirishganlar. Ba’zi bir olimlarning aytishlaricha, imo-ishora tovushli nutqdan oldin bо‘lib о‘tgan, insonlar avval imo-ishora orqali muloqotda bо‘lganlar, keyin sо‘zlashishni о‘rganishgan. Bugungi kunda sо‘zlashuv nutq funksiyasi kengash ish davom etib, og‘zaki bо‘lmagan belgilarni qо‘llash doirasi ham yetarli ahamiyatga ega bо‘lib, shartli grafikli belgilar (yо‘l belgilari, osmalar, kо‘rsatmalar va boshqa) va shartsiz turli ishoralardan foydalanish belgilangan.
Eng avvl shuni qayd etish kerak, imo-ishoralar juda kо‘plab (har doim emas) shaxslararo aloqada vositasiz ishtirok etib, juda muhim sо‘zsiz komponentdan tuzilgan. Muloqotning vaziyati va maqsadidan kelib chiqib, ular turlicha ishlatilgan. Masalan, rasmiy sharoitda lektor tez-tez ishorali kо‘rsatmalarga murojaat qiladi (qandaydir kо‘rgazma material) va bu ishora logik urg‘uni joylashtirishga, bosh mazmunni ajratishga yordam beradi. Rasmiy bо‘lmagan, erkin muloqotda sо‘zlashuv nutqidagi imo-ishora qiyin va turlicha bо‘ladi. Imo-ishoralar bilan mustaqil replika rolini bajarish mumkin, aytaylik, savolga javob: Kitobni olsam mumkinmi? Suhbatdosh ishora qilib, ruxsat etadi. Imo-ishora 4 qо‘llarni bir – biriga urib his tuyg‘uni bildirib yetkazishi keng tarqalgan. Kо‘pgina imo-ishoralar sо‘zli matnda kuzatiladi,: «Menga, iltimos shunday lenta (imo-ishora bilan kengligini kо‘rsatadi) bering» va boshqa.
Imo-ishoradan asosan san’atda (pantomima, opera, dramma va boshqa) foydalaniladi. Pantomimada sо‘zsiz kommunikatsiya bо‘lib, tana harakati bilan bir qatorda poetik ishlangan turli hayotiy vaziyatlarni his – tuyg‘u va kayfiyat orqali ifodalanadi. Ba’zi bir hind klassik teatr kо‘rinishlarida aktyorlar og‘zaki monolog, ashula va raqslarni imo-ishorada aniq predmetlarni bildiruvchi ta’sir, kechinmalarni ifodalaydilar. Bunday shartli imo-ishoralar sistemasi barcha kо‘ptilli mamlakatlar tomoshabinigagina tushunarli bо‘lib, murakkab badiiy asar mazmunini yetkazib beradi. Yaponiyada klassik drama teatrlarda ham huddi shunday imo-ishoralar sistemasi teng huquqli bо‘lib doim о‘zini ahamiyat va shaklini jonli vosita sifatida о‘rnatib kelgan. Kо‘rganimizdek, imo-ishoralar turli funksiyani bajaradi. Lekin bu imo-ishoralar tomoshabin bilan aktyor munosabatini mustaqil ishlatilmaydi. Ular doim san’at tilini bir qismini tashkil qilgan. Yana boshqa imo-ishoralar borki, ular transportda, armiyada, sportda qо‘llanib, bu mustaqil sо‘zsiz muloqot sistemasi bо‘lib, unchalik murakkab emas. Transportda imo-ishoralar nabori haydovchini postda idora etish va signal berishni belgilaydi. Imo-ishorali signal albatta haydovchini qachon transport vositasi yо‘qligida yoki chiroqli kо‘rsatma va tormoz ishlamaganda kerak bо‘ladi. Shunday imo –ishoralardan poyezd mashinisti signali bо‘lib, ular xavfsizlikdan darak beradi. Kо‘pgina davlat armiyasida imo-ishoralar nabori buyruq sifatida о‘rnatilgan bо‘lib, shartlarda qо‘llaniladi (mumkin emas yoki komanda berishga muvofiq) tartibni saqlash uchun qaratiladi.
Endi sportga kelsak xalqaro imo-ishoralarni sudya qо‘llaydi. Har qanday mamlakatdan musobaqaga qatnashuvchilar tushuna olishi kerak. Turli sport kо‘rinishlari bir xil shakldagi imo-ishoralari turlicha ahamiyatga ega. Masalan, xokkey va futbolda sudyani qо‘li yuqoriga kо‘tarilsa о‘yin turgaydi, voleybolda bu imo-ishora esa о‘yinda xato yuz berganini va bu komondaga jazo qо‘llashni bildiradi. Imo-ishoralar miqdori sudya va sportchilar muloqotiga zarur va har bir sistmani bajarish uchun yetarli kommunikativ funksiyadir.
Demak, sportda, transportda va boshqada qо‘llanuvchi harakt sistemasi normada va qonuniy tuzilgan. Shunday mustaqil sistemalar aniq ahamiyatga va talab chegarasida qо‘llaniladi. Sistemadan tashqari, ancha tor kommunikativ funksiyadan kо‘ra universal ahamiyatli va murakkab tuzilgan imo-ishorali sistema bor. Bunga imo –ishora sistemani shimoliy amerika qabilalardan indeyslar avstraliystlar rohiblar jamiyati a’zolari (jimlikda qо‘llanuvchi) daktil va imo-ishorali karlar nutqi tegishli.
Ba’zi shimoliy amerika indeys qabilalari va avstraliya aborigenlari imo-ishorali sistemasi eng qadimiyligi fandan ma’lum. Ular ilgari urush sharoitida va ovda, ya’ni tovushsiz muloqot qо‘llashgan. Indeys va aborigenlarning imo-ishorali nutqini sо‘zli tilga tarjima qilib bо‘lmagan. U shu doira kommunikatsiyasiga tushunarli va hususiy grammatikasini bildirib butunlay kо‘zda tutilgan maqsadni ta’sinlagan. Asosiy muloqot vositasi, tabiiy va sо‘zli nutqqa xizmat qilgan.
Muloqotni imo-ishorali sistemasi, rohiblar jamiyati a’zolari о‘rtasida qо‘llanilib (trappistlar, bonediktinsev) shunday о‘zini lingvistik sistemasiga ega bо‘lgan. Monaxlar uchun tavba – tazarru vaqtidagi jimlikda asosiy muloqot vositasi imo-ishorali nutq hisoblangan.
Daktil nutq – bu kinestetik sistemaga asoslangan. Qо‘l harakati (imo-ishora) atrof olamdagi hamma voqea – hodisalarni ham bildira olmaydi, alfavitdagi harflar esa milliy til hisoblanadi. Lekin bu harflarning barchasi yozma nutq kabi sо‘ning elementlarini kо‘rsatishga qaratilgan. Shunday ekan daktil nutq tarkibi – harflarni imo-ishora yordamidagi nutq bо‘lib, imo-ishorali belgilar. Daktil belgilari tо‘plamidan foydalanish, sо‘zlashuv tili grammatikasi bо‘yicha gaplashadilar (ruscha, inglizcha, о‘zbekcha va boshqa). Daktil nutq о‘zining turli shakllariga ega: sо‘zlashuv nutqi, og‘zaki kommunikatsiY. Daktil nutq funksiyasi juda keng: daktilologiya eshituvchilar muloqotida (о‘qituvchilar, ota – onalar) ham qо‘llaniladi va karlar, karlar kommunikatsiyasida shaxslararo munosabatda asosiy kо‘rinishda imo-ishorali nutq yotadi.
Karlarning imo-ishorali muloqot sistemasi murakkab tuzilgan bо‘dib, ikki turli kо‘rinishdagi imo-ishorali nutqga ega: sо‘zlashuv va kalkirlovchi. Sо‘zlashuv imo-ishorali nutq – bu о‘ziga xos leksika va grammatikani egallovchi, о‘ziga xos lingvistika sistemasining sо‘zlashuv imo-ishorali nutq vositasi yordamidagi muloqot, kalkirlovchi nutq sо‘zlashuv nutqining lingvistik tuzilishini kalkirlaydi. Kalkirlovchi imo-ishorali nutq bu ikkinchi belgili sistema, kar bola sо‘zlashuv nutqni о‘rganish jarayonida о‘zlashtiriladi. Bu esa imo-ishoralar sо‘zni teng ma’noli bо‘lib doimiy gap tartibida keladi.
Ba’zi bir ishoralar imo-ishoralar sistemasi muloqatini doimo о‘zgartirib, ba’zi ishoralar bir xil yoki о‘xshashdir. Misol uchun rus va amerika karlar imo-ishorasi nutqi va indeyslar muloqotidagi imo-ishorali sistemalar bularda kо‘z bilan kuzatsak harakatlarda umumiylik bor. Huddi uy tomini modellagandek kо‘pchiligi bir xil qurilgan, shu kabi qо‘lni bajarishi turli zamonda har biri ega bо‘lgan.
Aynan shuning uchun, bir xil ishoralar karlarning milliy ishorali tili sifatida uchraydi. Milliy ishorali til grammatikasi ba’zi bir umumiy qonuniyatlarga bо‘ysunadi. Lekin о‘ylaymanki, imo-ishorali nutq universal sistema emas. Lingvistik tekshirish shuni kо‘rsatdiki, Yevropa va Amerikaning kо‘pgina ilmiy markazlari keng ochib berishib, karlar imo-ishorali tili turli mamlakatda о‘ziga xos leksik va grammatik tuzilgani bilan farq qilar ekan. Milliy imo-ishorali sistema xalqaro imo-ishoralar tili jestuno deb nomlanadi. U о‘ziga xos sun’iy til hisoblanadi. (Haqiqatdan, sun’iy tildan farqli ravishda jestuno о‘zining grammatikasidan tuzilmagan. Jestuno tuzuvchilarga shunday vazifa turdiki – karlarning xalqaro muloqotga kirishishini yengillashtirib, butun dunyo karlariga yig‘lishini olib borish, tashkil etish (syezdlar, simpoziumlar, eshitmovchi sportchi tashkilotlari va boshqa). Buning uchun bir – biriga о‘xshamas kо‘pgina pog‘onalarni bosib о‘tish zarurat bо‘ladi. Buyuk Britaniya vakili milliy imo-ishoralar tili haqida ma’ruza qilgan edi. Uning nutqi ingliz sо‘zlashuv tiliga tarjima qilingan edi. Chunki bu chiqishni mazmunini boshqa delegatsiya a’zolari ham tushunishi kerak bо‘ldi, aytaylik, О‘zbekiston Respublikasi nomidan borgan delegat inglizcha va о‘zbekcha tarjima bilan ta’minlanishi, keyin karlar orasida о‘zbek tilida imo-ishorali nutqni topshirishi kerak. Bunday murakkab bajariladigan ish tartibi jiddiy о‘zgarishlarga, muloqotni pasayishi va qiyinlashuviga olib keladi. Ba’zi mamlakat vakillaridan tuzilgan bu xalqaro komitet 1500 atrofida imo-ishoralarni tanlab lug‘at bosma etishdi, ular temalarga kо‘ra guruhlandi: insonlar, shaxslararo munosabat, sud, tabiat va boshqalar. Imo-ishoralar xalqaro mimika fondi, milliy imo-ishoralardan tanlangan bо‘lib, komissiya a’zolari qisman yangilab chiqishdi. Lekin imo – ishoralarda grammatika yetishmasligi bilindi. Karlar imo-ishoralarni qonuniy milliy tilni yoki ingliz tilini grammatikasini о‘zlashtiradimi. Unisida ham bunisida ham qiyin bо‘ladi.
О‘z vaqtida karlarning xalqaro anjumanida xalqaro imo-ishoralar tilidan foydalanish kо‘rib chiqildi. Halqaro imo-ishoralar tilidan dokladchilar foydalandilar, ularga og‘zaki chiqishlar tarjima qilindi. Bu tildan delegatlar norasmiy suhbatlarda ham foydalanganlar. Tushunmovchiliklar paydo bо‘lmadi. Xalqaro imo-ishorali nutq ishlamoqda! Qanday kо‘rinishda? Aniqlaymiz, suhbatdoshlar imo-ishoradan qisman qiynaladi, qisman pantomimika, tabiiy ishoralar va yaqqol tasviriy harakatlardan foydalanadilar. Grammatikachi asosan morfologik va sintaksis har tomonlama milliy imo-ishorali nutq uchun umumiy. Hozirgacha xalqaro imo-ishoralar nutqi fan uchun jumboqdir.
«Daktilologiya» atamasi (grek tilidan, «Daktilos», «palets», «logos» sо‘zlari) asosan ikki xil ma’noda qо‘llaniladi. Birinchidan, alfavit shunday nomlanadi, qо‘l barmoqlari ishtirokida. Bu belgilar fikrlarni qо‘llashda: «Rus daktilologiyasi» bir qо‘lda, «ingliz daktilologiyasi» ikki qо‘lda va boshqa.
Kim birinchi daktil alfavitini tasvirlagani aniq emas. Ma’lumki, qо‘l barmoqlari tasvirlanishi X asrda lotin kutubxonasida uchratilgan edi. Bо‘lishi mumkin, ba’zi qо‘l belgilari, shuningdek harflar, qadimdan qо‘llanilgan. Tadqiqotchilar aytishlaricha, dastlabki daktil alfaviti 1953 yilda ispan monaxi de Verba tomonidan nashr etilgan. Daktil nutqi karlarni о‘qitishda birinchi bor ispan monaxi Nedro Ponse de Lion tomonidan XVI asrda qо‘llanilgan. Maxsus daktil alfaviti karlarni о‘qitish uchun tuzilgan bо‘lib, 1629 yilda Boneta bosgan. Boneta daktil alfaviti XVIII asrda franso‘z daktil alfaviti asosida birinchi Fransiya karlar о‘qituvchisi Pereyra Delepe tuzgan, shuningdek, Amerika daktil alfavitini XIX asr boshida Gallodet va Klerko ishlab chiqgan. Britaniya daktil alfaviti birinchi bor 1698 yilda bosib chiqilgan, u boshqacha asosda tuzilgan. Bu ispancha, franso‘zcha, amerikacha va boshqa kо‘pgina alfavit ikki qо‘lligi bilan farqlanadi. Uning zamonaviy kо‘rinishi Buyuk Britaniya, Avstraliya, janubiy Afrikada keng tarqalgan.
Rus daktil alfavitini 1835 yilda V.I.Fleri bosib chiqgan bо‘lib, u pedagogik jarayonda qо‘llagandan keyin ishlab chiqgan. Bu daktil alfaviti, shuningdek, daktil harflar Peterburg kar – soqovlar uchilishisi direktori kitobi G.A.Gursevaning «Ensiklopedik kurs» (1938)da e’lon qilingan, uning Bonetdan farqi: harflarni qо‘l yordamidagi grafik tasvirlanganidir. Daktil tufayli, Gurseva kitobida kо‘rsatilgandek zamonaviy rus daktil alfaviti kelib chiqdi.
О‘z zamonasida tuzilib va keng tarqalgan daktil alfaviti milliy tillarda, ya’ni о‘zbekcha, armancha, ukraincha, beloruscha (A.G.Gerankina, 1972; I.F.Geylman, 1981;). 43 ta daktil alfaviti dunyoning 59 davlatida faydalaniladi. Butun dunyo karlar federatsiyasi Konferensiyasida 1963 yili daktil alfaviti ishlab chiqilgan.
Bilingki, ba’zi mamlakatlar maxsus daktil alfavitlardan ya’ni kо‘r – karlar uchun bо‘lgan milliy daktil harflar asosidan foydalanadilar. Xalqaro daktil alfaviti kо‘r – karlar uchun mavjuddir.

Download 7,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish