Mavzu: ozon qatlamida sodir bo’layotgan o’zgarishlarni geoekologik oqibatlari



Download 1,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/35
Sana31.03.2022
Hajmi1,26 Mb.
#519924
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   35
Bog'liq
ozon qatlamida sodir bolayotgan ozgarishlarni geoekologik oqibatlari

Iqlim isishining tabiatga xavfi. 
Atmosferada issiqlikni muvozanati shuncha 
ko’p buziladi, sayyora iqlimi o’zgaradi. Iqlimiy va agroiqlimiy mintaqalar qutblar 
tomon siljishi mumkin. Shimoliy qutbda palma (xurmo daraxti) o’sishi mumkinligi 
to’g’risida fikrni behuda deb bo’lmaydi. Chunki o’simliklar ularning hayot 
faoliyati uchun qulay iqlim sharoitiga ko’chishga qodir emasliklari sababli 
o’simliklarning almashishi, shuningdek, u bilan bog’liq hayvonlar turlarining 
ekologik bog’liqlari o’zgarishi sodir bo’ladi. Masalan, Avstraliyada yashovchi 
koala ayiqlari Faqatgina evkalipt barglari bilan oziqlanadi, agar evkaliptlar iqlim 
o’zgarishini ko’tara olmasa, olam ushbu yoqimtoy hayvonlardan ham mahrum 
bo’lishi mumkin. 
Hayvonot va o’simlik turlari biologik xilma-xilligining o’zgarishi, hozirda 
qirilib ketish xavfi ostida bo’lgan turlarning yo’qolishi ehtimoldan xoli emas, ular 
orasida shundaylari bo’lishi mumkinki, ular yashab ketishi trofik zanjirida muhim 
bo’g’im bo’lib hisoblanadi, ularning halokati biosenoz tuzilmasida qaytmas 
o’zgarishlarga olib keladi. 
Iqlimning isiy boshlashi tuproq namligini o’zgartiradi, bu esa dalalarning 
hosildorligiga, keyin mollar soniga ta’sir qiladi. Iqlimning global isishi sahrolar va 
qurg’oqchil yerlar kengayishiga olib keladi. Cho’llanish tuproq unumdorligiga, 
oziq-ovqat salohiyati pasayishiga xavf soladi, ijtimoiy muammolar kelib 
chiqishiga sabab bo’ladi. O’zbekistonda inson, ya’ni siz bilan biz yashashimiz 
uchun yaroqli ilmiy sharoitlar saqlangan vohalarda joylashgan katta shaharlar ko’p, 
lekin sahroga juda yaqin yashayotganimizni edan chiqarmasligimiz kerak. 
2.3. Xalqaro hamjamiyatning ozon qatlamini yemirishga
qarshi tadbirlari. 
1974- yilning iyun oyida ―Tabiat‖ (Nature) jurnalida Amerika olimlari 
Roulend va Molinalarning ozon qatlami yemirilishi to’g’risidagi nazariyalari chop 
etilgan. Bu atmosferada bor bo’lgan hodisalar, jumladan, ozon qatlamining 


55 
siyraklashuvi va tabiiy turkumlarning bir-biriga bog’liq bo’lish to’g’risidagi 
birinchi maqola edi. 
Oradan ko’p o’tmay olimlar tomonidan ko’tarilgan ozon muammosi siyosiy 
mavzuga aylandi, global hususiyatga ega bo’ladi. Bu masalani Xalqaro hamjamiyat 
mamlakatlari muhokama qila boshladilar. 
1977- yil mart oyida BMTning Atrof-muhit bo’yicha dasturi (YUNEP) 
doirasida ozon qatlami yemirilishi masalalari bo’yicha birinchi xalqaro uchrashuv 
o’tkazildi. Shu uchrashuvda ―Ozon qatlamini o’rganishga qaratilgan umumjahon 
rejasi‖ tavsiya qilindi va yilda bir marta vaziyatni ilmiy tahlil qilish to’g’risidagi 
qaror qabul qilindi. YUNEPning Ozon bo’yicha maxsus Muvafiqlashtirish 
qo’mitasi tuzildi, uning majlislarida ozon yemirilishi muammosining muhim 
jihatlari, jumladan, uning inson salomatligiga ta’siri ko’rib chiqilgan. 
1977- yilda AQSH hukumati ozon qatlamini himoya qilish haqidagi 
tuzatmani ―Toza havo to’g’risida‖gi Qonunning bir qismi sifatida qabul qiladi. Bir 
yildan keyin AQSH yana aerozollar ishlab chiqarishda XFUlar ishlatilishini 
taqiqlaydi. Kanada, Daniya,Finlyandiya,Norvegiya va Shvetsiya, AQSHdan iborat 
oldilar. 1980-yilda Yevropa mamlakatlari hamjamiyati aerozollardan foydalanishni 
30 foizga qisqartirdi. 1980- yilning aprel oyida AQSH Atrof-muhitni muhofaza 
qilish agentligi XFUlar ishlab chiqarishni 1979- yildagi darajasida saqlab turish 
to’g’risidagi niyatini e’lon qildi. 

Download 1,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish