1-topshiriq. 1-vazifa. Ertak matnini sekin, yarim ovozda oʻqib chiqing. Oʻqituvchining ishorasi bilan oʻqiyotgan joyingizni belgilab qoʻying.
2-topshiriq. 1-vazifa. Matnning bu qismida sehrli xalq ertagining qanday xususiyatlarini uchratish mumkin:
a) sehrgarlik ishlari
*b) sehrli buyumning mavjudligi v) sehrgarning harakatlari
2-vazifa. Matndan sizning oldingi javoblaringizni tasdiqlovchi gaplarni belgilab chiqing. (– Sen menga maymunjon berding, men senga biron narsa sovgʻa qilaman. Mana senga xurmacha, sen faqat shuni aytishing kerak: Bir, ikki, uch, xurmachada shavla pish.)
3-vazifa. Boshqa ertaklarda ham qahramoni sehrli buyumga ega boʻlgan shunga oʻxshash voqealar uchraydimi? Qaysi ertaklarda? Javobingizni yozing. («Ur toʻqmoq!», «Uch ogʻayni botirlar» ertaklari)
3-topshiriq. She’r tahlili: oʻqilganni tushunish, tasviriy vositalarni anglash, ohang tanlay olish, qofiyani aniqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |