UK-1. Kasbiy faoliyat doirasida vujudga keladigan turli masalalar yechimini topish usullarini tanlay olish;
UK-2. Rahbar tomonidan belgilangan maqsadga erishish uchun jamoada ishlay olish;
UK-3. O‘zining kasbiy malakasini va shaxsiy kamolotini takomillashtirib borish;
UK-4. Jamoada va ma’lum vazifani bajarishga yo‘naltirilgan guruhda ishlash, hamkasblar, rahbarlar va mijozlar bilan samimiy, xushmuomala va samarali muloqot qilish;
UK-5. Ta’lim olgan tilida fikrini og‘zaki va yozma ravishda ravon bayon qilish;
UK-6. Umuminsoniy fazilatlarga ega bo‘lish, o‘z millatini va Vatanini sevish, u bilan faxrlanish, milliy urf-odatlar, qadriyatlarni hurmat qilish;
UK-7. Professional vazifalarni samarali bajarish uchun zarur bo‘ladigan ma’lumotlarni qidirish;
UK-8. Kasbiy faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash;
UK-9. Kasbga doir hujjatlar bilan ishlash;
UK-10. Kasbiy faoliyatda xavfsizlik texnikasi va mehnat muhofazasi qoidalariga amal qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
4.2. 40710408- Issiqlik tarmoqlari uskunalari, quvur o’tkazgichlari va armaturalarini ta’mirlash kasbi ta’lim dasturini o‘zlashtirgan bitiruvchi quyidagi kasbiy kompеtеnsiyalarga ega bo‘lishi kеrak.
4.2.1. Issiqlik tarmog'idagi uskunalami ta'mirlash bo'yicha chilangar kvalifikatsiyasi bo‘yicha:
KK-1.1. Issiqlik tarmoqlari magistrallarini ta’mirlash, uskunalar qismlarini va uzellarini harakatlanishlarini bajarish, yer osti kommunikatsiya tarmoqlari bilan bog’liq ishlarini bajarish;
KK-1.2. Issiqlik tarmog’i uskuna detallari uning uzellarini yeyilish darajasini va sabablarini aniqlash, yuk ko’tarish mexanizmlarini harakatlanishi, takelajli uskunalar va qurilmalarini sinash ishlari va quvurlarni egish uchun shablonlarni yasash ishlarini bajarish;
KK-1.3. Issiqlik tarmoqidagi quvurlar va armaturalar kompensatorlarini va sentrabejli nasoslarni demontaj qilish, ta’mirlash, va o’rnatish, chizmalar va eskizlar bo’yicha belgilash, uskunalarni yig’ish, sozlash, jihozlash va sinovdan o’tkazish bo’yicha murakkab ishlarini bajarish;
KK-1.4. Issiqlik tarmoqlaridagi uskunalarni o’lchov ishlarini bajarish, o’ta murakkab qismlarini, uskuna detallari va ularni harakatlantirish, almashtiruv ehtiyot qismlarini,uskuna detallarini, quvur va armaturalarini ishlab chiqarish;
KK-1.5. Issiqlik tarmoqlaridagi har qanday diametrdagi beton va temir-beton quvurlarini transheyalarga yotqizish, o’rnatish, sentrabejli nasoslarni va nasos stansiyalarini ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va sozlash hamda ekspluatatsiya ishlarini amalga oshirish.
4.2.2. Issiqlik tarmoqlariga xizmat ko'rsatish bo'yicha chilangar kvalifikatsiyasi bo‘yicha:
KK-2.1 Xizmat ko‘rsatish doirasiga kiruvchi uskunalarni kuzatishi, uskunalarning texnik holatini vizual tarzda, uskunalar, armaturalar, quvurlar va quvurlarning tayanch-osma tizimlari umumiy texnik holatini aniqlash.;
KK-2.2. Uskunalarning qismlari va detallarida texnologik o‘lchov ishlarini bajarish;
KK-2.3. Issiqlik mexanik uskunalarning qismlari va mexanizmlarini demontaj qilish, kamchiliklarini aniqlash va ta’mirlash, yig‘ish, sozlash bo‘yicha alohida ishlarni bajarish;
KK-2.4. Uskunalarning shtat rejimida ishlashini reglamentlar talablari, ekspluatatsiya bo‘yicha yo‘riqnomalar va xavfsizlik qoidalariga muvofiq ta’minlash;
KK-2.5. Uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini o‘tkazish uchun ish joyini tashkil qilish, naryad asosida ish bajarish uchun ish joyini tayyorlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |