Mavzu: 1-4-sinf о‘qish darslarida о‘quvchilarning badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasini shakllantirish (2 soat amaliy) Mashgʻulot maqsadi



Download 29,01 Kb.
bet1/9
Sana26.01.2022
Hajmi29,01 Kb.
#411481
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
5-mavzu 1-4-sinf о‘qish darslarida о‘quvchilarning badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasini shakllantirish (1)


Mavzu: 1-4-sinf о‘qish darslarida о‘quvchilarning badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasini shakllantirish (2 soat amaliy)

Mashgʻulot maqsadi: oʻqish darslarida matn ustida ishlash metodikasi, о‘qish darslarida о‘quvchilarning badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasini shakllantirish boʻyicha koʻrsatmalar berish.

Asarni matnini tahlil qilishning metodik shartlaridan biri asar mazmunini uning tasviriy-ifodaviy vositalari bilan bogʻliq holda qarashdir. Yana bir asosiy qoida asar ustida ishlash jarayonida ta’lim- tarbiyaviy vazifalarni umumiy ravishda amalga oshirish hisoblanadi. Bu qoidalar asar ustida ishlashning asosiy yoʻnalishini belgilaydi, shuningdek, matnni tahlil qilish jarayonida oʻquvchilar bajaradigan topshiriqlarni va muhokama qilish uchun ularga beriladigan savollarning xarakterini aniqlab olishga yordam beradi.

Asar tahlili jarayonida matn ustida ishlashning quyidagi turlaridan foydalaniladi:

Tanlab oʻqish. Bunda oʻquvchi matnning berilgan vazifaga mos qismini oʻqiydi. Vazifa asarning mazmunini oydinlashtirish, sabab-natija bogʻlanishini belgilash, badiiy xususiyatini ochish, oʻqilgan matnga oʻz shaxsiy munosabatini ifodalashdan iborat boʻlishi mumkin. Masalan, 4-sinfda “Oltin kuz” matnidan “Tabiatdagi oʻzgarishlar berilgan qismlarni topib oʻqing”, “Baqa va taqa” masalidagi “Taqachining nasihati berilgan joyni topish oʻqing” kabi topshiriqlar berilishi mumkin.

Tanlab oʻqish matn ustida ishlashning eng samarali usulidir. Tanlab oʻqishdan matn ustida ishlashning barcha bosqichlarida turli xil qiyinchilikda, murakkablikda foydalaniladi. U oʻquvchilarda yaxshi oʻqish sifatlarini oʻstirish bilan birga ularning ijodiy tasavvuri, nutqi va zehnini oʻstirishga yordam beradi.

Tanlab oʻqishning yana ham murakkabroq turlari matndan sabab-natija munosabati bilan bogʻlangan dalillarni taqqoslashni, umumlashtirishni talab qiladigan oʻrinlarini topib oʻqish hisoblanadi. Masalan, “Xarita” (Normurod Norqobilov) hikoyasi yuzasidan topshiriqlar quyidagicha boʻlishi mumkin:


  • Sinf rahbari Rasulni nima uchun Samadga biriktirib qoʻydi? Shu oʻrinni topib oʻqing.

  • Samadning Rasuldan arazlash sababi ifodalangan oʻrinni topib oʻqing.

Bunda oʻquvchi biror qatnashuvchi shaxs oʻzini qanday tutishini, nima uchun u shundayligini tasdiqlash uchun matndan material tanlab oʻqiydi.

Tanlab oʻqish ongli va ifodali oʻqish malakasini shakllantirishni matn ustida ishlash koʻnikmasini shakllantirish bilan birga qoʻshib olib borishga, bolalarning ijodiy tasavvurini, nutqi va zehnini oʻstirishga imkon beradi. Shuning uchun undan oʻqish darslarida keng foydalaniladi.

Tanlab oʻqish matn rejasini tuzishda (matn qismiga uning mazmunini ifodalaydigan gapni, ya’ni reja qismini topishda) qahramonga tavsif berish (matndan qahramonning muayyan bir xususiyatini, harakatini tavsiflovchi materiallar tanlash)da, asar gʻoyasini aniqlash ( gʻoyani anglatgan oʻrinni topib oʻqish)da tatbiq etiladi.


Download 29,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish