Oqim moduli (M) deb, daryo havzasining birlik, ya’ni 1 km2 yuzasidan birlik vaqt (sekund) ichida litrlar hisobida hosil bo’ladigan suv miqdoriga aytiladi. Oqim moduli quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
,
bu yerda Qo`rt -o’rtacha yillik suv sarfi, m3/s larda, F - havza maydoni, km2 larda, 103-metr kub lardan litrga o’tish koeffitsienti. Oqim moduli l/s km2 larda ifodalanadi.
Oqim qatlami (U) deb, havzada ma’lum vaqt oralig’ida hosil bo’ladigan oqim hajmining shu havza maydoniga bo’lgan nisbatiga aytiladi. Agar havza maydoni F (km2) bo’lsa, T kundagi vaqt oralig’i uchun oqim qatlami quyidagicha aniqlanadi:
Bir yil uchun aniqlaydigan bo’lsak, T= 365 kun bo’lib, yuqoridagi ifoda quyidagi ko’rinishni oladi:
Oqim moduli ekanligini hisobga olib, yillik oqim qatlamini oqim moduli orqali quyidagicha ifodalasa bo’ladi:
U = 31,54 M, mm.
Oqim qatlamini aniqlashdan asosiy maqsad, o’rganilayotgan daryo havzasiga yoqqan atmosfera yog’inlari va uning bug’langan qismi miqdorlarini taqqoslashdir. Shu sababli ham oqim qatlami millimetrlarda ifodalanadi.
Oqim koeffitsienti deb, daryo havzasida hosil bo’lgan oqim qatlamini shu havzaga yoqqan yog’in miqdoriga bo’lgan nisbatiga aytiladi. Bu kattalik "η" harfi bilan ifodalanib, o’lcham birligiga ega bo’lmagan kattalik hisoblanadi:
,
bu yerda: U-oqim qatlami, mm; X-yog’in miqdori, mm da.
Oqim koeffitsienti (η) 0 dan 1 gacha oraliqda o’zgaradi, ya’ni 0 < η < 1 shartni bajaradi.
Oqimning modul koeffitsienti (Ki) daryoning oqim me’yoriga nisbatan suvlilik darajasining ko’rsatkichi bo’lib xizmat qiladi va quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
,
ifodada: Qi - o’rganilayotgan yildagi o’rtacha suv sarfi, m3/c da; Q0 - o’rtacha ko’p yillik suv sarfi, ya’ni oqim me’yori, m3/s da.
Ko’rinib turibdiki, oqimning modul koeffitsienti o’lcham birligiga ega emas. Uni ulushlarda yoki foizlarda ifodalash mumkin. O’rganilayotgan yil uchun oqimning modul koeffitsientini aniqlab, daryoning ayni yildagi suvlilik darajasi haqida xulosa chiqarish mumkin. Agar Ki > 1 bo’lsa, daryodagi suv me’yorga nisbatan ko’p, Ki = 1 bo’lsa-me’yorga teng, Ki < 1 bo’lsa, me’yorga nisbatan kam.
Daryo oqimining yuqorida qayd etilgan ko’rsatkichlarining har biridan ma’lum maqsadlarda foydalaniladi. Masalan, oqim hajmi haqidagi ma’lumotlar daryoda suv omborlarini loyihalash, suvdan irrigatsiya va boshqa maqsadlarda foydalanishda zarur bo’lsa, oqim moduli, oqim qatlami, oqim koeffitsienti kabi kattaliklar daryo oqimini xaritalashtirishda qo’l keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |