Suv sarfi va uni aniqlash usullari
Daryoning ko’ndalang qirqimi yuzasidan vaqt birligi ichida oqib o’tadigan suv miqdoriga suv sarfi deyiladi. Suv sarfi m3/s yoki lҒs larda ifodalanadi.
Berilgan ko’ndalang qirqimdagi suv sarfini quyidagi ifoda bilan aniqlash mumkin:
,
bu yerda: ko’ndalang qirqimdagi o’rtacha tezlik, shu ko’ndalang qirqim yuzasi. Bu yuza ko’ndalang qirqimda chuqurlik o’lchash ishlari natijasida aniqlanadi. Suvning oqish tezligi Shezi ifodasi bilan hisoblangan hollardagina suv sarfi yuqoridagi ifoda yordamida aniqlanadi.
Suvning oqish tezligi alohida tiklik (vertikal)lar bo’yicha gidrometrik parraklar yoki qalqimalar yordamida aniqlanganda suv sarfi boshqacha yo’l bilan hisoblanadi. Masalan, tezlikni gidrometrik parrak yordamida o’lchab, so’ng suv sarfini hisoblashda ishlarni quyidagi tartibda amalga oshirgan ma’qul:
1. Тanlangan ko’ndalang qirqimdagi barcha chuqurlik va tezlik vertikallarida chuqurliklar o’lchanadi;
2. Тezlik vertikallarida tanlangan usulga ko’ra tegishli sondagi nuqtalarda tezliklar o’lchanadi;
3. Har bir tezlik vertikali uchun o’rtacha tezlik ( ) empirik ifodalar yordamida hisoblanadi;
4. Chuqurlik vertikallari orasidagi va so’ngra esa tezlik vertikallari orasidagi oraliq maydonchalar ( ) aniqlanadi;
5. Ko’ndalang qirqimdagi suv sarfi quyidagi ifoda bilan hisoblanadi:
,
bu yerda: mos ravishda 1,2 va tezlik vetikallarida suvning o’rtacha oqish tezligi, mҒs larda; qirg’oq bilan birinchi tezlik vertikali orasidagi yuza, m2 larda; tezlik vertikallari orasidagi oraliq yuzalar, m2 larda; oxirgi tezlik vertikali bilan qirg’oq chizig’i orasidagi yuza, m2 larda; qirg’oq bilan 1tezlik vertikali va oxirgi tezlik vertikali bilan qirg’oq orasidagi tezlikning o’zgarishini hisobga oluvchi koeffitsiyent bo’lib, qirg’oq va o’zan holatiga ko’ra maxsus jadvaldan topiladi.
Ko’ndalang qirqim uchun suvning o’rtacha oqish tezligi quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi:
mҒs ,
bu yerda ko’ndalang qirqimdagi suv sarfi, m3/s larda; ko’ndalang qirqim yuzasi, m2 larda.
Suv sarfi egri chizig’i chizmasi
Daryolarda chuqurlik va suvning oqish tezliklarini o’lchash ishlari ancha murakkab va serxarajat bo’lgani sababli, suv sarfini aniqlash har kuni bajarilmaydi. Biroq, daryolar oqimi miqdorini aniqlash uchun har kungi suv sarfini bilish lozim bo’ladi. Shuning uchun maxsus o’lchashlarsiz, kunlik o’rtacha suv sarfini topish maqsadida, suv sarfi bilan uning sathi orasidagi bog’lanish ni ifodalovchi chizma-suv sarfi egri chizig’i chizmasi chiziladi.
Shu chizmaning o’zida bog’lanish chizig’ini aniq o’tkazilishini ta’minlash maqsadida suv sathining maydon va o’rtacha tezliklar bilan bog’lanishini ifodalovchi , egri chiziqlari ham chiziladi (21rasm). Suv sarfi egri chizig’idan foydalanib, o’rtacha kundalik suv sathini bilgan holda, o’sha kun uchun o’rtacha suv sarfi topiladi.
Kundalik suv sarfining ma’lum daryoning tegishli kuzatish posti uchun tuzilgan yillik jadvalidan foydalanib, amaliy maqsadlarda zarur bo’ladigan gidrologik ma’lumotlar-daryo oqimi va uning asosiy ko’rsatkichlari hisoblanadi. Bu masalalar to’g’risida keyingi mavzularda kengroq to’xtalamiz.
Sinov savollari:
1. Suv sarfining ta’rifi va o’lcham birliklarini ayting.
2. Suv sarfi ma’lum bo’lsa, ko’ndalang qirqimdagi o’rtacha tezlik qanday aniqlanadi?
3. Suv sarfi egri chizig’i chizmasi qanday maqsadda chiziladi?
4. Suv safri egri chizig’i chizmasini chizishda qanday ma’lumotlardan foydalaniladi?
5. Kundalik suv sarfining yillik jadvaligidrologik yilnoma qanday tuziladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |