Daryo oqimining yil davomida o’zgarishi
Daryo oqimining yil davomida o’zgarishi uning kunlik, besh kunlik, o’n kunlik, oylik, fasliy va mavsumiy taqsimlanishlarida aks etadi. Daryo oqimining ma’lum muddatlar - dekada, oy, fasl, mavsum bo’yicha yil davomida taqsimlanishini yillik oqimning umumiy miqdoriga nisbatan hissalarda yoki foizlarda ifodalash mumkin.
Oqimning yil davomida taqsimlanishini suv sarfini kuzatish ma’lumotlariga ega bo’lgan daryolarda istalgan muddat uchun hisoblash mumkin. Quyida shu masalani, ya’ni oqimining yil davomida oylar bo’yicha taqsimlanishini hisoblash usullarini Qashqadaryoning Varganza qishlog’i yaqinidagi gidrologik postda kuzatilgan suv sarfi ma’lumotlari misolida ko’ramiz (10.1-jadval).
10.1-jadval
Daryo oqimining yil davomida oylar bo’yicha taqsimlanishini hisoblash
(Qashqadaryo – Varganza qishlog’i, 1988 yil)
Oylar
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
VII
|
VIII
|
IX
|
X
|
XI
|
XII
|
Yil
|
Q, m3/c
|
3,67
|
4,99
|
11,5
|
25,2
|
16,5
|
7,05
|
3,96
|
3,03
|
2,63
|
2,60
|
2,49
|
2,61
|
7,19
|
T, 106 c
|
2,58
|
2,42
|
2,58
|
2,59
|
2,68
|
2,59
|
2,68
|
2,68
|
2,59
|
2,68
|
2,59
|
2,68
|
31,54
|
W, 106 m3
|
9,83
|
12,0
|
30,8
|
65,2
|
44,2
|
18,2
|
10,6
|
8,12
|
6,81
|
6,97
|
6,45
|
6,99
|
226,2
|
W,
|
4,34
|
5,30
|
13,6
|
28,8
|
19,5
|
8,04
|
4,68
|
3,58
|
3,01
|
3,08
|
2,85
|
3,09
|
100
|
Izoh: Q - suv sarfi; T – vaqt, sekundlarda ifodalangan; W - oqim hajmi
Mazkur hisoblash jadvali ma’lumotlaridan foydalanib, Qashqadaryo oqimining yil davomida oylar bo’yicha taqsimlanish chizmasi - gidrograf chiziladi (10.4-rasm). Ushbu chizmada ko’rinib turganidek, daryo oqimining yil davomida oylar bo’yicha taqsimlanishi mutlaq qiymatlarda, ya’ni oqim hajmi (mln.m3) ko’rinishida va foizlarda ifodalangan.
10.4-rasm. Daryo oqimining yil davomida taqsimlanishi
(Qashqadaryo Varganza q., 1988 y.)
Daryo yillik oqimining yuqorida sanab o’tilgan muddatlar bo’yicha taqsimlanishi daryoning to’yinish manbalariga bog’liq bo’lib, shu daryo suv rejimining asosiy xususiyatlarini o’zida aks ettiradi.
Agar daryo havzasiga yoqqan atmosfera yog’inlari faqat yomg’ir ko’rinishida bo’lsa, daryo oqimi uning yil ichida taqsimlanishini takrorlaydi. Lekin, oqimning asosiy qismi yilning sovuq davrlariga to’g’ri keladi. Chunki, bu vaqtda yer sirtida namlikning kattaligi tuproq-gruntlarga bo’ladigan shimilishni kamaytirsa, havo haroratining pastligi tufayli esa bug’lanish kamayadi. Bu holat, o’z navbatida, daryo havzasida oqim koeffitsientining yuqori bo’lishini ta’minlaydi. O’z o’zidan ravshanki, yilning issiq mavsumlarida esa yuqoridagilarning aksi kuzatiladi.
Daryo havzasiga tushgan yog’inning ma’lum qismi qor ko’rinishida bo’lsa, qor qoplami hosil bo’lib, undan faqat havo harorati iligandagina oqim hosil bo’ladi. Agar mazkur daryoning to’yinishida boshqa manbalarning hissasi uncha katta bo’lmasa, bunday daryolarda oqimning 70-90 foizi bahorga to’g’ri keladi.
Qish uzoq davom etadigan shimoliy hududlarda to’linsuv davri yozga to’g’ri kelib, daryo oqimining asosiy qismi ham shu davrda oqib o’tadi.
Baland tog’lardan boshlanadigan daryolarda, shu jumladan Amudaryo va Sirdaryoning yuqori qismidagi irmoqlarida (Vaxsh, Panj, Kichik Norin, Katta Norin) oqimning yil davomida taqsimlanishi havo haroratining yillik o’zgarishiga mos tushadi. Chunki, bunday daryolar baland tog’lardagi doimiy qor va muzliklarning erishidan hosil bo’ladigan suvlar hisobiga to’yinadi. Turli balandlik mintaqalaridagi qor va muzliklarning turli vaqtlarda erishi esa to’linsuv davrining cho’zilishiga sabab bo’ladi. Shu bilan birga ularda to’linsuv davrining boshlanishida oqim miqdori bir maromda ortib boradi, uning tugashida esa huddi shu tartibda kamaya boradi. Baland tog’ daryolari oqimining yil davomida taqsimlanishi shu jihatlari bilan tekislik daryolaridan farq qiladi.
Daryoning to’yinishida yer osti suvlari hissasining katta bo’lishi, havzada ko’llarning mavjudligi ham oqimning yil davomida bir maromda taqsimlanishiga ta’sir etadi. Bu holat Ladoga ko’lidan boshlanadigan Neva daryosida, Onega ko’lidan boshlanadigan Svir daryosida, Pomir tog’laridagi Sarez ko’lidan boshlanadigan Murg’ob daryosida yaqqol kuzatiladi. Daryo oqimining yil davomida taqsimlanishiga ko’lning ta’siri darajasi uning o’lchamlariga, shakliga, ko’ldagi suv hajmiga, ko’ldan suvning oqib chiqish sharoitlariga va boshqa omillarga bog’liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |