Ma’ruza “Umumiy gidrologiya va iqlimshunoslik” faniga kirish Reja


Gidrologiya faning shakllanish tarixi va rivojlanish bosqichlari



Download 4,44 Mb.
bet2/100
Sana10.04.2022
Hajmi4,44 Mb.
#540559
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100
Bog'liq
3. Мa\'ruza matn 301019184931

Gidrologiya faning shakllanish tarixi va rivojlanish bosqichlari
Gidrologiya haqidagi ilk fikrlar bundan 6000 yil avval qadimgi Misrda paydo bo’lgan. O’sha paytdayoq misrliklar Nil daryosida oddiy gidrologik kuzatishlarni amalga oshirganlar. Ular Nilda o’tgan asrning 60-yillarida qurilgan Baland Asvon to’g’onidan 400 km yuqoridagi tog’ qoyalarida daryodagi suv sathi o’zgarishlarini belgilab borganlar. Shuningdek, Nil daryosida bo’ladigan har yilgi toshqinni qaysi vaqtlarida kuzatilganligini ham qayd etib borganlar. Keyincharoq, Quyi Nilda 30 ga yaqin o’z davriga xos bo’lgan "gidrologik kuzatish postlari" tashkil etilgan. Ana shulardan biri Qohira yaqinida saqlanib qolgan "Nilometr" bo’lib, u hozirgi kunda noyob arxitektura yodgorligi sifatida muhofaza etiladi.
XV asrning oxirida gidrologiya ilmiy asoslar bilan to’lg’azila boshladi. Leonaro da Vinchi va Bernad Palimmi bir biriga bog’lik bo’lmagan holda tabiatda suvning aylanishini tushnish bo’yicha to’g’ri fikrga keldilar. Ular o’z nazariyalarini kuzatish ma’lumotlariga asoslangan holda berganlar. XVII asrgacha gidrologik kuzatishlar doimiy ravishda olib borilmagan.
Gidrologiya qadimgi Misrdagi kuzatishlardan boshlanib, alohida fan sifatida shakllanishiga qadar bir necha ming yillar o’tgan. Gidrologiyaning rivojlanish tarixida XVII asr oxirida frantsuz olimlari P.Perro va E.Mariott amalga oshirgan ishlar katta ahamiyatga ega bo’ldi1. Ular hozirgi Frantsiyaning Yuqori Sena daryosi havzasiga yoqqan atmosfera yog’inlari va daryodagi suv miqdorini o’lchadilar. Natijada tadqiqotchilar ushbu daryo suv balansining asosiy tashkil etuvchilari, ya’ni atmosfera yog’inlari va daryodagi oqim miqdori orasidagi munosabatni aniqladilar. Bu bilan ular ilmiy gidrologiyaga asos soldilar.
Xalqaro tashkilot - YuNYeSKO (Birlashgan Millatlar Tashkilotining Maorif, fan, madaniyat masalalari bilan shug’ullanuvchi qo’mitasi) taklifi bilan 1974 yilda ilmiy gidrologiyaning 300 yilligining nishonlanishi yuqoridagi fikrlarning dalilidir. Buning boshlanishi sifatida yuqorida nomi tilga olingan frantsuz olimi P.Perroning "Suv manbalarining kelib chiqishi haqida" degan kitobi bosilib chiqqan sana, ya’ni 1674 yil qabul qilingan.
Birinchi marta "gidrologiya" atamasi XVII asr oxirida, aniqrog’i 1694 yilda nemis olimi E.Milxiorning "Uch qismdan iborat gidrologiya" kitobida ishlatilgan. Nemis olimi I.Kant Kenigsberg universitetida 1774-1793 yillarda tabiiy geografiyadan o’qigan ma’ruzalarida "gidrologiya" so’zini ishlatmasa ham daryolar, ularning hosil bo’lishi, okeanlar, dengizlar haqidagi masalalarga keng to’xtalgan. Rus ti­lidagi adabiyotlarda esa “gidrologiya” atamasi XVIII asrning ikkinchi yarmida paydo bo’ldi.
Gidrologiya XIX asrning oxirlariga kelib, tadqiqotchilar tomonidan tabiiy geografiyaning bir qismi sifatida o’rganila boshlandi. Bu davrda Yevropa oliy o’quv yurtlari talabalari gidrologiya asoslari bilan iqlimshunoslik, melioratsiya kabi kurslarda ham tanishtirib borilgan. Rossiyada birinchi marta gidrologiya kursi 1914 yilda Peterburg po­litexnika institutida professor S.P.Maksimov tomonidan o’qildi.
Gidrologiyaning XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi yutuqlari Yu.M.Shokalskiy, A.I.Voeykov, E.M.Oldekop, A.Penk, V.M.Lelyavskiy, V.G.Glushkov kabi olimlarning asarlarida umumlashtirildi.
Gidrologiya fanining tadqiqot yo’nalishi XX asr boshlarida aniqlasha bordi va bir qancha mamlakatlar, jumladan, Buyuk Britaniya, AQSh, Frantsiya, Germaniya va Rossiya oliy o’quv yurtlarida gidrologiyadan maxsus kurslar o’qitila boshlandi. Shu davrga kelib, gidrologik tadqiqotlarga oid ilmiy maqolalar, bir qancha risolalar, qo’llanmalar paydo bo’ldi.
Gidrologiyaning o’tgan XX asr o’rtalari va undan keyingi davrdagi rivojlanishi L.K.Davidov, A.V.Ogievskiy, M.A.Velikanov, F.Shaffernak, B.D.Zaykov, B.A.Apollov, D.L.Sokolovskiy, G.P.Kalinin, M.I.Lvovich, K.P.Voskresenskiy, G.I.Shamov, N.I.Makkaveev, G.V.Lopatin, A.I.Chebotarev, A.V.Karaushev, B.B.Bogoslovskiy, A.M.Vladimirov, G.A.Alekseev, R.S.Chalov, V.M.Kotlyakov kаbi olimlarning tadqiqotlari bilan bog’liqliqdir. Ular qatorida M.N.Bolshakov, B.T.Kirsta, I.S.Sosedov kabi o’rtaosiyolik, V.L.Shults, A.M.Muhamedov, O.P.Shcheglova, Yu.M.Denisov, Yu.N.Ivanov, G.Ye.Glazirin, B.K.Sarev, Z.S.Sirliboeva, M.A.Yakubov, A.F.Shohidov, A.A.Akbarov, A.R.Rasulov, M.A.Nosirov kabi o’zbekistonlik olimlarning gidrologik tadqiqotlari ham alohida ahamiyatga ega.
Hozirgi kunda gidrologik izlanishlar borasida amalga oshirilgan ishlarga yakun yasash va kelgusidagi ilmiy tadqiqot ishlari yo’nalishini belgilash maqsadida Respublikamizda va chet ellarda muntazam ravishda ilmiy anjumanlar tashkil etiladi.

Download 4,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish